SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
111
KONTSERTLARNI TASHKIL ETISH VA UNING TURLARI
Sultonov Dostonbek
O‘zDSMI FMF
“Dramatik teatr rejissorligi” 4-bosqich
talabasi
sultonovdoston07@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.14015944
Annotatsiya
: Teatrlashtirilgan kontsertning boshlanishi (prologi) va oxiri
(finali) tomoshabinlarda yaxshi taassurot qoldirish uchun yuksak g‘oyaviy-
badiiy shaklda o‘tmog‘i lozim. Tadbirda nomerlar rivojlanib bormog‘i va eng qi-
ziqarli o‘rinda epizodlar finaldan oldin qo‘yilishi kerak. Oddiy kontsert ikki
qismdan (har biri, taxminan bir soatdan) iborat bo‘lsa, teatrlashtirilgan kontsert
(antraktsiz) yaxlit shaklda, taxminan bir soat ichida o‘tadi, chunki tanaffus
programmaning rivojiga, ritmiga putur etkazishi mumkin.
Kalit so‘zlar:
rejissura, konsert, tomoshabin, sahna, omma, tadbir.
«Kontsert» deganda, keng ma’noda san’atkorlarning oldindan tuzilgan
muayyan programma asosidagi chiqishlari tushuniladi. «Kontsert» lotincha
so‘zdan olinib, «o‘zishaman» degan ma‘noni bildiradi. Avvalo, kontsertlar
to‘g‘risida to‘liq tushunchaga ega bo‘lish uchun ularni turlarga bo‘lamiz.
Kontsertlar, asosan, uch turga bo‘linadi:
1.
Umumlashma (yig‘ma) kontsertlar.
2.
Tematik (mazmunli) kontsertlar.
3.
Teatrlashtirilgan kontsertlar.
Birinchi turdagi, ya’ni umumlashma kontsertlar kundalik hayotimizda ko‘proq
uchrab turadi. Bu kontsertlarni tayyorlash va o‘tkazish unchalik katta
tayyorgarlikni talab etmaydi. Buning uchun nomerlar tayyor bo‘lsa bas,
kontsertni tomoshabinlarga xohlagan paytda namoyish qilish mumkin.
Havaskorlar o‘z ijodini, erishgan yutuqlarini, qobiliyatlarini xalqqa taqdim
etishadi. Bunda qat’iy mavzu bo‘lishi shart emas, lekin kontsertning
ta’sirchanligini oshirish uchun yordamchi vositalardan foydalanishni unutmaslik
kerak. Tematik kontsertlarda barcha foydalanilgan nomerlar yagona mavzuga
bo‘ysunadi. Bunda hamma nomerlar bir-biriga mantiqan bog‘liq bo‘ladi. Odatda,
havaskorlar o‘z ijodini muhim sanalarga bag‘ishlab, kontsertlar tashkil qilishadi.
Bunda ta’sirchanlik vositalari, nomerlar mavzu bilan bog‘liq bo‘lishi lozim.
Teatrlashtirilgan kontsertda esa nomerlar teatrlashtirish metodi yordamida
uyushtirilib, ular yagona syujet rivojiga amal qiladi. Teatrlashtirilgan kontsertlar
bu eng murakkab kontsert turi bo‘lishi bilan birga, u eng ta’sirli va badiiy-estetik
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
112
jihatdan kuchli shakldir. Shu sababli unga batafsil to‘xtalamiz. Teatrlashtirilgan
kontsert degan tushuncha 50-60 yillarda paydo bo‘lgan. Lekin, bu bilan o‘zbek
va boshqa xalqlarning qadimdan yagona muzika san’atida teatrlashtirilgan
elementlar bo‘lmagan, deyish albatta noto‘g‘ri bo‘lar edi. Muzika san’atida
teatrlashtirish elementlaridan hamda tomoshalarda muzikadan foydalanish
milliy an’anaviy san’atda qadimdan mavjud hodisadir. Qadim zamonlardanoq
bayram, marosim, to‘ylarda an’anaviy muzika va teatrlashgan tomosha san’ati
bir-biri bilan bog‘langan holda rivojlanib kelgan. Ayniqsa, bu hol maishiy
marosimlarga bag‘ishlanganda («Yor-yor», «Kelinsalom»), tabiat va mehnatga
(«mayda», «yozi») oid mavzularda aytiladigan qo‘shiqlarda teatrlashtirish
elementlari ancha jonli bo‘lgan. Teatrlashtirilgan tomoshalar (masxaraboz-
qiziqchi, qo‘g‘irchoqboz) va sirk san’atini muzika va ashulasiz ta’savvur qilish
mumkin bo‘lmagan. Bunday sintez, asosan, o‘tgan asrning 30-40 yillarigacha
davom etib keldi. Keyinchalik esa muzika san’ati va teatr san’ati bir-birlaridan
bir oz ajrala boshladi. Bunga sabab, muzika san’atining yangi janr va turlar bilan
boyishidir. Buning ustiga ular mustaqil ravishda rivoj topa boshladi. Muzika
san’ati bilan shug‘ullanadigan o‘quv muassasalarining vujudga kelishi muzika
san’atining rivojlanishiga hissa qo‘shadi, lekin ular muzikani boshqa san’atdan
ajratib qo‘yishdi.
Bu, albatta, ijobiy hol, lekin har bir ijobiy hol-da zarracha bo‘lsa ham salbiy
tomon bo‘lganidek, muzika san’ati teatrlashtirish elementlaridan borgan sari
ajrala boshladi. «Birlashish uchun ajralish kerak» deganidek, yana muzika san’ati
bilan teatrlashtirish elementlarini qo‘shib, kontsertlar tashkil qilish vaqti keldi.
Bu haqda keyingi paytlarda ko‘p fikrlar bo‘lmoqda, zamonaviy yangi yo‘llar
izlanmoqda.
Mamlakatimizda keyingi yillarda bu sohada ancha tajriba to‘plangan.
O‘zbekistonda ham davlat va respublika ahamiyatiga molik bo‘lgan ko‘pgina
kontsertlar teatrlashtirilmoqda. Lekin ularning ko‘pchiligida kontsertning boshi
va oxiri teatrlashtirilib, o‘rtasida temaga mos bo‘lmagan nomerlardan foydalanib
kelinmoqda. Bunday kontsertlarni to‘liq teatrlashtirilgan deb bo‘lmaydi. Hozirgi
ko‘pgina kontsertlar faqat muzikaviy nomerlar qo‘shiq, raqslar yig‘indisi bo‘lib
qolmoqda. Ularni tashkil qilishda g‘oya va mazmun degan komponentlarga
e’tibor berilmaydi. Hayot kontsertlar saviyasini takomillashtirishni talab
qilayotgan bir paytda, ko‘proq teatrlashtirish metodiga murojaat qilish lozim
bo‘lib qolmoqda.
Buning uchun, eng avvalo, milliy an’analarga, uning progressiv tajribalariga
diqqatimizni jalb qilib, undan teatrlashtirishning an’anaviy usullarini
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
113
o‘rganishimiz kerak. Undan keyingina teatrlashtirish borasidagi zamonaviy ish
tajribalaridan
foydalanmog‘imiz
lozim.
Bizningcha,
teatrlashtirilgan
kontsertlarni tashkil qilishda ikki asosiy talabga e’tibor berish lozim.
Birinchidan, butun kontsert programmasini dramaturgiya asosida (maxsus
stsenariya bilan) umumiy g‘oyaviy mavzuga bag‘ishlab, badiiy-obrazli shaklda,
qat’iy syujet liniyasiga amal qilgan holda (boshlanishi, rivojlanishi va yakuni
bor) va kompozitsion tuzilishiga ega holda tashkil qilmoq kerak. Bunda
kontsertdagi barcha nomerlar mavzuga yaqin bo‘lishi shart. Masalan,
«Qo‘shig‘imdasan, O‘zbekiston» nomli teatrlashtirilgan kontsertda O‘zbekiston,
Vatan, uning so‘lim tabiati, dongdor kishilar haqidagi qo‘shiqlardan, kuylardan,
badiiy lavhalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ikkinchidan, kontsertning
samarasini oshirish maqsadida uning har bir nomerida ko‘proq ta’sirchanlik
vositalari (kino, slaydlar, suratlar va hokazolar)dan foydalanish kerak. Masalan,
paxta bayramiga bag‘ishlangan «Oq oltin karvon-karvon» nomli teatrlashtirilgan
kontsertda paxta va paxtakorlar haqidagi, davlat rahbarlarining paxtakorlar
bilan bo‘lgan uchrashuvini tasvirlovchi kinolavhalardan, shu mavzudagi she’rlar,
qo‘shiqlar, raqslardan foydalanish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
www.ziyo.uz electron kutubxonasi
2.
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
3.
Raimov A., Raimova N. Hikmatlar shodasi. -T.: О‘zbekiston. 2013.
4.
Umarov E. Teatrda badiiy obraz yaratishning estetik tamoyillari. -T.: Star
5.
poligraf. 2011.