SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
86
MINTAQA TRANSPORT-LOGISTIKA XIZMATLARI
SAMARADORLIGI MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH
Наргиза Эшқобилова
Денов тадбиркорлик педогогика институти тадқиқотчиси
https://doi.org/10.5281/zenodo.13989765
Annotatsiya:
Ushbu
maqolada
transport-logistika
xizmatlari
samaradorligini oshirish mexanizmlari va ularga ta’sir etuvchi omillar tahlil
qilingan. Shuningdek, transport-logistika tizimini rivojlantirish yo‘llari va
istiqbollari, samaradorligini oshirish omillari, imkoniyatlari, tashkiliy-iqtisodiy
mexanizmlari hamda transport-logistika tizimlarining samaradorligini aniqlash
va hisoblash uchun bu xizmatlarga aynan qanday omillar, qay darajada ta’sir
etishini o‘rganish zarurligi hamda bu omillarni turlicha guruhlash mumkin
bo‘lib, ular bozordagi ishtirokchilarning aynan qaysisining samaradorligini
aniqlanayotganligiga bog‘lik yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar:
transport-logistika, yuklar, samaradorlik, ta’sir etuvchi
omillar,
ortib-tushurish,
samaradorlik,
baholash,
tashkiliy-iqtisodiy
mexanizm,mintaqa.
Iste’mol va ishlab chiqarishning muayyan o’zgarishlarga uchrab, kishilarda
transport-logistika xizmatlaridan foydalanish talabi oshayotgan bir vaqtda
bunday turdagi xizmatlarni ko‘rsatuvchilarni faoliyatini muvofiqlashtirish,
tartibga solish, nazorat qilish, muammolarni bartaraf qilish va rag‘batlantirish
kabi masalalar ham yuzaga chiqa boshlaydi. Bu esa o‘z navbatida davlat
darajasida mazkur subyektlarning faoliyatini tartibga solishda zaruriy
mexanizm bo‘lishini va u doimiy asosda takomillashtirilib turilishini talab etadi.
Mazkur ishda ana shu mexanizmning zarurati, tuzilishi va takomillashtirilishi
haqida so‘z boradi.
O‘zbekiston Respublikasida transport va logistika sohasidagi masalalarni
muvofiqlashtiruvchi bir nechta tashkilotlar bor. Bunday tashkilotlar sifatida
O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi, mazkur vazirlik qoshidagi,
qo‘mita, agentlik, markazlar hamda boshqarmalarni, Davlat Soliq va Bojxona
Qo‘mitalari, davlat xizmatlari agentligi va ularning quyi tashkilotlari va
joylardagi bo‘linmalari kiradi.
Transport-logistika xizmatlarini ko‘rsatuvchi subyektlar sifatida “O‘zbekiston
temir yo‘llari”AJ, “O‘ztemiryo‘lkonteyner”AJ, logistik markazlar, ekspeditorlik
firmalari, xususiy tadbirkorlar, terminallar, o‘zi ishlab chiqargan tovarlarni o‘zi
yetkazib beruvchi korxonalarni ko’rish mumkin. Bu korxonalarning mulkchilik
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
87
shakli xar xil. Ular joylashgan hududlardagi mavjud infratuzilmaga qarab u yoki
bu transport turidan kengroq foydalanadi.
O‘zbekiston Respublikasi dunyo okeaniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish
imkoniga ega bo‘lmagan 29 ta davlatdan biri hisoblanadi. Shu bilan birga aynan
O‘zbekiston va Lixtenshteyn ikki karra dunyo okeaniga chiqishda chegaralangan
2 davlat hisoblanadi . Bu esa o‘z navbatida tashqi savdo munosabatlarida
transport xizmatlarining yuqori narx va ko‘p vaqt evaziga amalga oshirilishini
izohlaydi. Bu borada samarali mexanizmga zarurat katta.
Tadqiqot jarayonida mintaqada transport-logistika xizmatlari samaradorligini
oshirish mexanizmlariga ta’sir etuvchi omillarning tavsifiy asoslari va
rivojlanish masalalari qiyosiy fikrlash, induksiya va deduksiya hamda
abstraksiya usullaridan keng foydalanilgan
Mexanizm atamasi faqat iqtisodiyotga tegishli bo‘lmagan umumiy atama
hisoblanadi. U iqtisodiyotga Leo Gurvits tomonidan kiritilgan bo‘lib, iqtisodiy
mexanizm nazariyasining asosi bo‘lib xizmat qilgan. Keyinchalik Erik Maskin
mexanizmlarning dizayni, xususiyatlari va kriteriyalarini ishlab chiqdi. Rodjer
Mayersen esa asosiy nazariy postulatlarni qo‘llab nazariyani amaliyotga
ko‘chirishga xizmat qildi.
Gurvisning fikricha mexanizm subyekt va markaz o‘rtasidagi o‘zaro
bog‘liqlik bo‘lib, u uch bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda har bir subyekt
markazga xabar yuboradi. Ikkinchi bosqichda markaz olingan xabarlar asosida
natijani hisoblaydi. Uchinchi bosqichda esa markaz natijani e’lon qiladi va
zaruratga ko‘ra amaliyotga joriy qiladi. A.N. Bichkova mexanizmga obyektni
harakatga keltiruvchi o‘zaro bog‘liq elementlar to‘plami deb ta’rif bergan. Bunda
ham mexanizm elementlardan iborat bir to‘plam sifatida qaralgan.
“Iqtisodiy mexanizm” atamasi “mexanizm” atamasiga nisbatan yosh bo‘lib,
unga nisbatan keng ta’rifni A.Kulman bergan. Uning fikricha iqtisodiy
mexanizmni umumiy ko‘rinishda turli iqtisodiyodisalar o‘rtasida tabiiy ravishda
paydo bo‘ladigan zaruriy o‘zaro bog‘liqlik deb tushunish kerak. Kulman turli
iqtisodiy mexanizmlar o‘rtasidagi bog‘liqlikning asosida iqtisodiy tahlil yotishi
kerakligini ta’kidlagan. Iqtisodiy mexanizmlar qonunlar doirasida harakat qiladi.
Zamonaviy iqtisodiy atamalar lug‘atida “Iqtisodiy mexanizm –iqtisodiy
jarayonlarga ta’sir ko‘rsatuvchi, ularni tartibga soluvchi vositalar va metodlar
majmuasidir” deb ta’rif berilgan.
Yuqoridagi ta’rflardan kelib chiqqan holda quyidagi ta’rifni beramiz:
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
88
Iqtisodiy mexanizm bu iqtisodiyotdagi u yoki bu jarayonlarni harakatga
keltiruvchi va ishlashini ta’minlovchi o‘zaro bog‘liq elementlaran iborat
murakkab tizimdir.
Endi tashkiliy-iqtisodiy mexanizm tushunchasiga keladigan bo‘lsak, bu
tushuncha iqtisodiy mexanizmga nisbatan ko‘proq amaliy ahamiyatga ega
bo‘lgan tushunchadir. Bunda iqtsodiy mexanizmning elementlari o‘rtasidagi
o‘zaro bog‘liqlik qanday yo‘lga qo‘yilganligi, ularning o‘zaro va teskari ta’siri
qanday sodir bo‘lishi aniq ifodalanadi.
Tashkiliy-iqtisodiy mexanizm bu boshqaruv subyekti ta’sir ko‘rsatadigan
obyektga oldiga ko‘ygan maqsadga erishishi uchun foydalanadigan normativ
huquqiy hujjatlar, tashkiliy tuzilma, undovchi motivlar, metodlar, choralar va
vositalardan iborat boshqaruv to‘plamidir.
Tashkiliy-iqtisodiy mexanizm qanchalik yaxshi va to‘g‘ri tashkil etilgan
bo‘lsa korxona, hudud, milliy iqtisodiyot shunchalik yaxshi natijalarga erishadi.
Raqobatbardoshlikni oshiradi, aholi ist’emolini to‘laroq qondirib, ko‘proq foyda
olishga erishiladi.
Tashkiliy-iqtisodiy mexanizmning qay darajada mukammal tashkil
etilganligi mamlakatdagi transport-logistika xizmatlarini sifati, holati va
mamlakat YaIM dagi ulushida ham namoyon bo’ladi.
Iqtisodiy mexanizm kabi tashkiliy-iqtisodiy mexanizmni ham mikro, mezo
va makrodarajalarda ko‘rib chiqish mumkin. Mikrodarajada transport-
ekspeditorlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalar, mezodarajada butun
respublika hududida xizmat ko‘rsatuvchi “O‘zbekiston temir yo‘llari”AJ,
makrodarajada O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi faoliyatini ko‘rish
mumkin. Tashkiliy-iqtisodiy mexanizmning zarurligi va ahamiyati haqida olib
borilgan ishlarda ko‘plab misollar va nazariyalar keltirilgan. Bu fikrlani inkor
etmagan holda tashkiliy-iqtisodiy mexanizmning ahamiyatini korxona faoliyati
misolida tushuntirib o‘tamiz. Hajmidan qat’iy nazar korxona o‘z faoliyati
davomida ko‘rsatadigan xizmatlari uchun bu xizmatlarni amalga oshirish
jarayoning ketma-ketligini tuzib oladi(1-rasm).
Har bir jarayonga bir mutaxasis mas’ul bo‘ladi. Bu jarayonlar o‘rtasidagi
bevosita va bilvosita bog‘liqlikka ko‘ra o‘sha mutaxasislar bir biriga bo‘ysinish
yoki teng darajada javobgarlik tartibida o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Ularning
barchasi yakuniy hisobda bir shaxsga korxona rahbariga bo‘ysinadi. Ma’suliyati
va jarayondagi ishtirokiga ko‘ra olingan foydadan o‘z ulushini oladi.
Yakuniy natijadan manfaatdorlik har bir jarayon ishtirokchisi uchun sifatli
xizmat ko‘rsatish asosi bo‘lib xizmat qiladi. Korxona rahbari nafaqat o‘zi balki,
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
89
bo‘ysinuv tartibiga ko‘ra ham o‘zidan quyidagi mutaxasislar uchun jazolash va
rag‘batlantirish, teng daraja uchun taklif, tavsiyalar va e’tiroz bildirish
richaglariga ega bo‘lishi kerak.
Mezodarajadagi tashkiliy-iqtisodiy mexanizmga temiryo‘l transportida
xizmat ko‘rsatuvchi operatori “O‘zbekistontemiryo‘llari” AJni misol qilish
mumkin. Korxona bilan solishtirganda katta masshtabga ega ekanligi, butun
respublika bo‘ylab yoyilganligi bilan farq qiladi. Hududiy bo‘linmalaridan
tashqari temir yo‘lga xizmat qiluvchi infratuzilmani ham o‘z ichiga olganligi bilan
ajralib turadi. Korxona hajmi kattalashgani sari tashkiliy tuzilma
murakkablashib, bo‘g‘inlar soni va ular o‘rtasidagi aloqani o‘rnatish ham
qiyinlashadi. Shunga mos ravishda ko‘rsatilayotgan tashish va saqlash xizmatlari
ham katta hajmda ko‘rsatiladi.
Makrodarajada deyilganda butun respublika miqiyosida transport va
logistika munosabatlarini xalqaro va mahalliy darajada tartibga soluvchi
tashkiliy-iqtisodiy mexanizm nazarda tutilib, bizning fikrimizcha 3.3-rasmda
ko‘rsatilganidek bo‘lishi kerak. Bunda yuqori tashkilot sifatida Transport
Vazirligi turadi. Vazrlik tarkibida hududiy bo‘linmalardan tashqari yo‘l
infratuzilmasi, ilmiy tadqiqot, kadrlar tayyorlash bilan bog‘liq tarkibiy qismlar
mavjud.
1-rasm. Mintaqa transport-logistik korxonasining tashkiliy-iqtisodiy
mexanizmi
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
90
Bu mexanizmning har bir elementi yana elementlarga bo‘linadi. Bu
tashkiliy-iqtisodiy mexanizmda * belgi bilan belgilangan transport-logistikani
xizmatlari samaradorligini o‘lchash va monitoring qilish klaster markazi tashkil
etilishi va u markaz byudjet mablag‘larini tejash maqsadida Transport va
logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazining bir bo‘limi
sifatida tashkil etilishi mumkin. Bu markaz mamlakatda mavjud korxonalarni
reytingini aniqlaydi va ularni rag‘batlantirish mexanizmini bajaruvchisi bo‘ladi.
Shunday qilib, transport-logistika xizmatlari samaradorligini oshirishning
tashkiliy –iqtisodiy mexanizmi bir nechta belgilarga ega:
- subyektlar o‘rtasidagi iqtisodiy jarayonni ishga tushirishda vositachilik
qiladi;
- darajasidan qat’iy nazar umumiy asosga ega bo‘lib, elementlari shu asosda
quriladi va faoliyat yuritadi;
- elementlardan iborat tuzilma;
- tartibga solib turiladigan tizim hisoblanib, mexanizm harakatga kelishi
uchun uni ishga tushiruvchi, tartibga soluvchi subyekt kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yhati:
1.О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentabrdagi PF-158-son
farmoni bilan tasdiqlangan
2. Ramser, J. H. 1959. The truck dispatching problem, Management Science 6(1):
80–91. Lai, K.-H.; Ngai, E. W. T.;
3.Cheng, T. C. E. 2004. An empirical study of supply chain performance in
transport logistics, International Journal of Production Economics 87(3): 321–
331. Lun, Y. H. V.; Lu, C.-S.;