Авторы

  • Behzod Xayitboyev
    Bank-moliya akademiyasi magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.sspme.53164

Ключевые слова:

Investitsiya xorijiy investitsiya to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiya portfel investitsiya investor kapital eksporti ustav kapital dividend tadbirkorlik foydasi eksport import.

Аннотация

Ushbu maqolada xorijiy investitsiyalarning ahamiyati va ularni milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o’rni yoritilgan bo’lib, statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni faollashtirishda qanday chora-tadbirlardan foydalanish kerakligi keltirilgan.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

81

MILLIY IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA XORIJIY

INVESTITSIYALARNING O’RNI

Xayitboyev Behzod Xamidulla o’g’li

Bank-moliya akademiyasi magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.13978950

Annotatsiya:

Ushbu maqolada xorijiy investitsiyalarning ahamiyati va

ularni milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o’rni yoritilgan bo’lib, statistik
ma’lumotlar asosida tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada milliy iqtisodiyotga
xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni faollashtirishda qanday chora-tadbirlardan
foydalanish kerakligi keltirilgan.

Kalit so’zlar:

Investitsiya, xorijiy investitsiya, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy

investitsiya, portfel investitsiya, investor, kapital eksporti, ustav kapital,
dividend, tadbirkorlik foydasi, eksport, import.

Аннотация:

В этой статье анализируется важность иностранных

инвестиций и их роли в развитии национальной экономики и
анализируется на основе статистических данных. В статье также
излагаются шаги, которые необходимо предпринять для содействия
привлечению иностранных инвестиций в национальную экономику.

Ключевые слова:

инвестиции, иностранные инвестиции, прямые

иностранные инвестиции, портфельные инвестиции, инвесторы, экспорт
капитала,

уставный

капитал,

дивиденды,

преимущества

предпринимательства, экспорт, импорт.

Abstract:

This article analyzes the importance of foreign investment and

their role in the development of national economy and is analyzed based on
statistical data. The article also outlines the steps to be taken to facilitate the
attraction of foreign investments into the national economy.

Key Words:

Investment, foreign investment, direct foreign investment,

portfolio investment, investor, capital exports, charter capital, dividend,
entrepreneurship benefits, export, import.

Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan taraqqiy etishi, barqaror iqtisodiy

o’sishga erishishi, aholi daromadlarining oshishi, turmush sharoitining
yaxshilanishi aksariyat holatlarda milliy iqtisodiyotning turli soha va
tarmoqlariga jalb etilayotgan investitsiya mablag’larining hajmi va tarkibiga
bog’liq. Shunday ekan, har bir mamlakat
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasining ustuvor yo’nalishi milliy
iqtisodiyotga investitsiya mablag’larini jalb etishning jozibador muhitini
shakllantirishga qaratilishi muqarrardir.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

82

Iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida va bozor munosabatlari talablaridan
kelib chiqib, jahonda investitsiyalar uchun qat’iy raqobatli kurash izchil davom
etmoqda.

Tashqi

iqtisodiy

faoliyatni

erkinlashtirish,

mamlakatimiz

iqtisodiyotiga bevosita chet el investitsiyalarining jalb qilinishini ta’minlaydigan
huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shart-sharoitlarni takomillashtirish, chet el
investitsiyalari uchun barcha qulayliklarni yaratish siyosatini o’tkazish,
mablag’larni mamlakatning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlovchi ustuvor
yo’nalishlarda hamda raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish bilan bog’liq
yo’nalishlarda mujassam qilish respublikamizda olib borilayotgan investitsiya
siyosatining asosiy tamoyillaridir.

Xorijiy investitsiyalarni jalb etmay, ayniqsa, yetakchi tarmoqlarda chet el

investitsiyalari ishtirokini kengaytirmay turib, iqtisodiyotda tarkibiy
o’zgarishlarni amalga oshirish va uni modernizatsiya qilish, korxonalarni
zamonaviy texnika bilan qayta jihozlash hamda raqobatdosh mahsulotni ishlab
chiqarishni yo’lga qo’yish mumkin emas. Mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy
investitsiyalarning jalb etilishi uning iqtisodiy imkoniyatlarining kengayishini
tezlashtirib, barcha sohalarda ichki imkoniyat va rezervlarni ishga solish, yangi
texnika va texnologiya, eksportbop tovarlarni o’zlashtirish, ularni ishlab
chiqarishni yo’lga qo’yish orqali davlatimiz iqtisodiy qudratini ta’minlashda
muhim ahamiyat kasb etadi.

Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning ahamiyati

katta bo’lib, u quyidagilar bilan izohlanadi:
birinchidan, ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etib,
eksportga mo’ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantiradi;
ikkinchidan, import o’rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish va
buning uchun xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotning ustivor sohalariga
yo’naltirish va pirovardida aholining me’yordagi turmush darajasini ta’minlash
imkonini yaratadi;
uchinchidan, kichik biznesni, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va qishloq
xo’jaligi ishlab chiqarishini jadallashtirish orqali o’sib borayotgan aholini ish
joylari bilan ta’minlaydi;
to’rtinchidan, korxonalarning eskirgan ishlab chiqarish quvvatlarini, moddiy-
texnik bazasini yangilaydi va texnik qayta qurollantiradi;
beshinchidan, tabiiy resurslarni qayta ishlovchi korxonalarni barpo etishga
ko’maklashadi, davlat byudjetiga soliq tushumining kelib tushishi ko’payadi.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

83

Mamkalatlarning iqtisodiy salohiyatiga baho berishda eng muhim

iqtisodiy ko‘rsatkichlardan hisoblangan yalpi ichki mahsulot va uning tarkibiy
qismlarini tahlil qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
2023-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi YAIMi hajmi
joriy narxlarda 1 066 569,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022-yil bilan
taqqoslaganda 6 %ga o‘sdi.
Investitsiyalar hajmi yalpi ichki mahsulot bilan to‘g‘ri bog‘liqlikda ekanligini
inobatga olsak, iqtisodiyotga jalb qilinayotgan investitsiyalar hajmining oshishi
YaIM hajmining oshishiga va aksincha kamayishi kamayishiga olib keladi.
Investitsiyalar dinamikasidagi o‘zgarishlarni, shuningdek, yalpi ichki mahsulot
tarkibida asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushini 1-jadval ma’lumotlarini
tahlil qilish orqali yana ham aniqroq tushunishimiz mumkin.

1-jadval

Asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi

Yillar

Asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan

investitsiyalar hajmi

(trln.so‘m)

YaIM tarkibada asosiy kapitalga

o‘zlashtirilgan investitsiyalarning

ulushi

(foizda)

2019

195,9

36,80%

2020

210,2

34,70%

2021

239,6

32,50%

2022

226,6

23,30%

2023

352,1

33%

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida jami 352,1 trln. so‘m asosiy kapitalga

investitsiyalar o‘zlashtirilib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 122,1 %ni
tashkil etgan. Jumladan, YAIM tarkibida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan
investitsiyalar hajmi 2023-yilda 33 foizni tashkil qilib o‘tgan yilga nisbatan 7,7
%ga oshganligini ko‘rishimiz mumkin. Shuningdek, asosiy kapitalga
investitsiyalarning tarkibida
66,4 % yoki 233,8 trln. so‘m investitsiyalar jalb etilgan mablag‘lar hisobidan
moliyalashtirilgan bo‘lsa, korxona, tashkilot va aholining o‘z mablag‘lari
hisobidan 33,6 % yoki 118,3 trln. so‘m moliyalashtirildi.




background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

84

2-jadval

Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari

boʻyicha oʻzgarishi (mlrd soʻmda)


2-jadval ma’lumotlariga asosan, markazlashmagan investitsiyalar hajmi

2022-yilga nisbatan 26,2 foizga oʻsib 307,3 trln soʻmni, markazlashgan

investitsiyalar esa 0,7 foizga qisqarib 44,8 trln soʻmni tashkil etdi.
Hisobot yilida oʻzlashtirilgan investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari
tarkibida markazlashmagan investitsiyalarning ulushi 2022-yildagi 84,6 foizdan
87,3 foizgacha oshgan boʻlsa, markazlashgan investitsiyalar ulushi esa 15,4
foizdan 12,7 foizgacha qisqargan.
Markazlashmagan

investitsiyalarning

oʻsishi

toʻgʻridan-toʻgʻri

xorijiy

investitsiyalar hajmining qariyb 2,0 barobarga hamda tijorat banklari kreditlari
va boshqa qarz mablagʻlarining 17,9 foizga, aholi mablagʻlarining 9 foizga
oshganligi hisobiga shakllangan.
2023-yilda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarning sof hajmi 2022-yilga
nisbatan 16 foizga kamayib, qariyb 2,2 mlrd dollarni tashkil etib, ularning
kapitaldagi sof oʻsishi 870 mln dollar, bosh kompaniyalardan olingan qarzlar
boʻyicha majburiyatlarning sof oʻsishi 914 mln dollar hamda mahsulot
taqsimotiga oid bitimlar (MTB) doirasidagi investitsiyalarning sof kamayishi
382 mln dollarga teng boʻldi.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

85

Hozirgi kunda O’zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar oqimining jadal
sur’atlarda o’sishini quyidagi omillar belgilab bermoqda:
-

mamlakatdagi investitsiya muhitining barqarorligi;

-

valyuta kursini tartibga solishdagi ijobiy o’zgarishlar;

-

mamlakatning soliq mexanizimini takomillashtirishning aniq yo’nalishlari

belgilanganligi;
-

soliq qonunchiligida xorijiy investitsiyalarning faoliyatini tartibga soluvchi

qaror va qonunlarning ishlab chiqilganligi;
-

jahon

tovar

bozorlaridagi

eksportyorlar

uchun

qulay

narx

konyukturasining vujudga kelganligi.
Xulosa o’rnida aytish mumkinki, milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb
qilishni faollashtirishda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur:
birinchidan, inflyatsiya darajasini investitsion loyihalar qiymat o’sishiga ta’sirini
kamaytirish, shuningdek, xorijiy investitsiyalar hajmini yanada ko’paytirish;
ikkinchidan, investitsiyalarni real ishlab chiqarish sohasiga, ya’ni xom-ashyoni
qayta ishlovchi tarmoqlarga jalb etish;
uchinchidan, chet el investorlariga yanada qulay investitsiya muhitini yaratish
maqsadida rag’batlantirish tizimini yanada takomillashtirish, xususan, soliq
yukini kamaytirish va soliq tizimini investorlar uchun ham soddalashtirish;
to’rtinchidan, xorijiy iqtisodiy sub’ektlar bilan o’zaro manfaatli loyihalarni
amalga oshirish tizimini takomillashtirish va ular bilan erkin investitsion
iqtisodiy zonalarni tashkil etish.
Yuqoridagi takliflarni amaliyotda joriy etish milliy iqtisodiyotimizga xorijiy
investitsiyalarni jalb etishni yanada faollashtirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Ushbu holat pirovardida ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan
uzluksiz yangilab borish, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga
oshirish, sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni izchil davom
ettirish asosida, kelgusida mamlakatimizda investitsion siyosatni to’liq amalga
oshirish imkoniyatini yaratadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo’mitasi rasmiy veb sayti:

https://stat.uz/img/press-relizlar/02_-vvp_press-reliz-2023-g__uzb.pdf.

2.

O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy veb sayti:

https://cbu.uz/upload/medialibrary/a53/wn6gcejpkxphv2v4guajin4x01h7iyxa
/Yillik-hisobot-2024.pdf

Библиографические ссылки

O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo’mitasi rasmiy veb sayti: https://stat.uz/img/press-relizlar/02_-vvp_press-reliz-2023-g__uzb.pdf.