SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
49
JAMOAT XAVFSIZLIGI KONSYePSIYaSI – MAMLAKATDA TINCh VA
OSOYIShTA HAYoTNI TA’MINLASh GAROVI
Abraev Shoxrux Xolmurodovich
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat Xavfsizligi Universiteti
magistratura tinglovchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13925176
Annotatsiya.
Respublikada jamoat xavfsizligini ta’minlash ahvoliga
bo‘lgan doimiy e’tibor ichki ishlar organlarining har bir xodimiga katta
mas’uliyat yuklaѐtgani va Yangi O‘zbekistonni barpo etish davrida ichki ishlar
organlari tizimida bosqichmabosqich tub islohotlar amalga oshirilaѐtgani ilmiy
asoslar bilan keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
Islohot, huquq, erkinlik, qonun, mas’uliyat, tizim, jinoyat,
kriminogen vaziyat xodimlarni boshqarish, xodimlarni boshqarish tizimi,
xodimlarni boshqarish tamoyillari,
Prezidentining 2021 yil 29 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi jamoat
xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish choratadbirlari
to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilinib, ushbu farmon bilan “O‘zbekiston
Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasi” “2022-2025 yillarda O‘zbekiston
Respublikasida jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirish
strategiyasi” “2022-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida jamoat
xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirish strategiyasini 2022 yilda amalga
oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. Xususan, jamoat xavfsizligini
ta’minlash sohasidagi davlat siѐsatini belgilovchi muhim hujjat sifatida
Konsepsiyada: jamoat xavfsizligi va jamoat xavfsizligini ta’minlash
tushunchalariga aniq ta’riflar; jamoat xavfsizligi jamiyatning qonunga xilof
tajovuzlar, ijtimoiy va millatlararo nizolar, favqulodda vaziyatlar va boshqa
tahdidlardan himoyalanganlik holati bo‘lib, u jamiyatning barqaror
rivojlanishiga xizmat qiladi hamda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy
manfaatlari ro‘ѐbga chiqarilishini ta’minlaydi. jamoat xavfsizligini ta’minlash
davlat tomonidan jamiyatni tahdidlardan himoya qilish uchun belgilanadigan
hamda doimiy ravishda takomillashtirib boriladigan siѐsiy, ijtimoiy-iqtisodiy,
huquqiy va boshqa kompleks tashkiliy chora-tadbirlarni qamrab oluvchi yaxlit
tizim. jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida davlat siѐsatining asosiy
yo‘nalishlari; jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatining asosiy tamoyillari;
jamoat xavfsizligini ta’minlovchi hamda jamoat xavfsizligini ta’minlashda
ishtirok etuvchi sub’ektlar doirasi va ularning vazifalari; jamoat xavfsizligini
ta’minlovchi sub’ektlar - Vazirlar Mahkamasi, ichki ishlar vazirligi, Milliy
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
50
gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizligi xizmati, Bosh
prokuratura, Mahalla va oilani qo‘llabquvvatlash vazirligi, Axborot
texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Sog‘liqni saqlash
vazirligi va mahalliy davlat hokimiyati organlari. jamoat xavfsizligini
ta’minlashda ishtirok etuvchi sub’ektlar - boshqa davlat organlari va
tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat
tashkilotlar va fuqarolar. jamoat xavfsizligi konsepsiyani amalga oshirish
mexanizmi; jamoat xavfsizligi konsepsiyani amalga oshirishdan kutilaѐtgan
natijalar belgilab berildi. “Jamoat xavfsizligi Konsepsiyasi”ning o‘ziga xos, shu
sohada qabul qilingan boshqa normativ-huquqiy hujjatlardan farq qiluvchi
tomonlaridan yana biri hozirda jamoat xavfsizligini ta’minlashda mavjud
muammolardan kelib chiqib, ularni bartaraf etish maqsadida tuzilganligida
bo‘lib, Konsepsiyaning ushbu xususiyati uning real haѐtga tatbiq qilishni
osonlashtiradi. Ushbu holat ayrim hollarda yuqoridagi xizmat xodimlarining
hamkorlikda harakat qilishida nomutanosibliklarni, ularning harakatiga
nisbatan fuqarolar tomonidan e’tiroz bildirilgan hollarda esa jamoat xavfsizligini
ta’minlovchi organlar xodimlarining harakatlariga huquqiy baho berishda ayrim
muammolarni keltirib chiqaradi. Strategiyada, jamoat xavfsizligi sohasida
yagona qonun hujjat loyihasini ishlab chiqish va qabul qilish orqali ushbu sohaga
mas’ul bo‘lgan yuqoridagi vakolatli organlarning 200 dan ortiq normativ-
huquqiy va idoraviy normativ hujjat normalarini va qoidalarini birlashtirish
vazifasi orqali ushbu muammoni hal qilish belgilangan. Baѐn etilganlarga
qo‘shimcha qilib, Jamoat xavfsizligi konsepsiyasi, jamoat xavfsizligini ta’minlash
tizimini rivojlantirish strategiyasini ijro etish doirasida, ichki ishlar organlari
tomonidan jamoat xavfsizligini ta’minlashda mavjud muammolardan kelib
chiqib ayrim mulohazalarimizni taklif ko‘rinishida baѐn etishni lozim topdik.
Bugungi kunda patrul-post xizmati hanuz eski davrdan qolgan ish uslubi asosida
xizmat qilib kelaѐtganligi ko‘pchilikning salbiy fikrlari shakllanishiga sabab
bo‘lmoqda. Ya’ni, ushbu xizmat xodimlari tomonidan shubha uyg‘otgan ѐki
huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar ichki ishlar organlariga olib kelinishi
fuqarolarning haqli e’tiroziga sabab bo‘lmoqda. Shuning uchun, jamoat joylarida
xavfsizlikni ta’minlash uchun mustaqil xizmatni yo‘lga qo‘yishga ehtiѐj mavjud.
Bunda, jamoat joylardagi huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularning
barvaqt oldini olishga qaratilgan ta’sirchan tizimni shakllantirish maqsadida,
xuddi profilaktika va yo‘l-patrul inspektorlari kabi patrul-post xizmati
xodimlarini ham ichki ishlar organlarining ma’lumotlar bazalariga ulangan
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
51
zamonaviy planshetlar bilan ta’minlab, ularga ma’muriy huquqbuzarliklar
bo‘yicha baѐnnoma tuzish vakolatini berish lozim.
Jamoat xavfsizligi
— shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini, insonning
qonun bilan himoyalangan huquq va erkinliklarini, moddiyva ma’naviy boyliklar,
diniy bag‘rikenglik, ijtimoiy va millatlararo munosabatlarni (keyingi o‘rinlarda
— jamoat xavfsizligi ob’ektlari) qonunga xilof tajovuzlardan (g‘ayriijtimoiy xulq-
atvor, ma’muriy huquqbuzarlik, jinoyatlardan) hamda tabiiy va texnogen
xarakterga ega favqulodda holatlardan himoyalanganlik holatidir. Jamoat
xavfsizligini ta’minlash - davlat tomonidan jamoat xavfsizligi ob’ektlarini himoya
qilish uchun belgilanadigan hamda doimiy ravishda takomillashtirib boriladigan
siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqa kompleks tashkiliy
choratadbirlarni qamrab oluvchi yahlit tizim hisoblanadi.
Jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyati asosiy tamoyillari qonuniylik;
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini muhofaza qilish
hamda ularni hurmat qilish; ochiqlik va shaffoflik; jamoat xavfsizligiga tajovuz
qiluvchi tahdidlarni oldini olish va bartaraf etish tadbirlarining ustuvorligi;
jamoat xavfsizligini ta’minlashda harakatlar izchilligi va birligi. Jamoat
xavfsizligini ta’minlash sohasini davlat tomonidan tartibga solish Jamoat
xavfsizligini ta’minlash tizimi jamoat xavfsizligini bevosita ta’minlovchi va unda
ishtirok etuvchi sub’ektlardan iborat. Jamoat xavfsizligini ta’minlovchi sub’ektlar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy
gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh
prokuratura, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Axborot
texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Sog‘liqni saqlash
vazirligi, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan iborat. Boshqa davlat
organlari va tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari,
nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolar jamoat xavfsizligini ta’minlashda
ishtirok etuvchi sub’ektlarga kiradi.
Konsepsiyani amalga oshirish mexanizmlari
jamoat
xavfsizligini
ta’minlash
bilan
bog‘liq
qonunchilikni
takomillashtirish; jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan maqsadli va
manzilli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish; jamoat xavfsizligini
ta’minlashga qaratilgan idoralararo amaliy o‘quv mashg‘ulotlarni o‘tkazish;
jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimida malakali kadrlarni tayyorlash, ularni
joyjoyiga qo‘yish, tizimli malakasini oshirish va qayta tayyorlashni amalga
oshirish; jamoat xavfsizligiga xavflarning holati va darajalarini belgilovchi
mezonlarni va asosiy ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish hamda joriy etish; jamoat
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
52
xavfsizligini ta’minlash holatining joriyva istiqboldagi rivojlanishini prognoz
qilish, mavjud va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlarni belgilash, ularni
bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; jamoat
xavfsizligiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga
oshirish, ularni sodir etgan shaxslarni belgilangan tartibda javobgarlikka
tortilishini ta’minlash; jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha vakolatli davlat
organlari va jamoat tuzilmalarining faoliyatini muvofiqlashtirish va tezkor
boshqarishning yagona markazlashgan tizimini joriy etish; jamoat xavfsizligini
ta’minlashda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish; jamoat xavfsizligini
ta’minlash bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va uni tatbiq etish
choralarini ko‘rish, sohada xalqaro hamkorlikni amalga oshirish. Jamoat
xavfsizligini ta’minlashga tahdidlar, ularning holati va rivojlanish tendensiyalari,
jamoat xavfsizligini ta’minlanganligi holati belgilangan ko‘rsatkichlar asosida
baholanadi. Jamoat xavfsizligini ta’minlashning joriy holati manzilli va maqsadli
dasturlarni, jamoat xavfsizligi tizimini rivojlantirish strategiyalarini ishlab
chiqish orqali amalga oshiriladi.
Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natija
Jamoat
xavfsizligini
ta’minlashga
doir
qonunchilik
yanada
takomillashtiriladi, mavjud huquqiy bo‘shliq va ziddiyatlar bartaraf etiladi, milliy
xususiyatlar va sharoitlar e’tiborga olingan holda xalqaro standartlar va ilg‘or
xorijiy tajriba tatbiq etiladi; jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlanganligi
darajasi oshiriladi, qonun ustuvorligi mustahkamlanadi, fuqarolarning
konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini himoya qilish samaradorligi oshiriladi;
jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimi faoliyatining shaffofligi va oshkoraligi
ta’minlanadi, sohada jamoatchilik bilan uzviy hamkorlik darajasi oshiriladi;
jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatiga ishni tashkil etishning zamonaviy
shakl va usullari hamda ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng
joriy etiladi. Konsepsiyani amalga oshirishning pirovard natijasi jamoat
xavfsizligini, aholining tinchligi va osoyishtaligini ta’minlashning sifat jihatidan
yangi tizimini samarali tatbiq etish, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini
ta’minlashning ishonchli va samarali mexanizmlarini joriy etish hisoblanadi.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar
doirasida aholining tinch hamda osoyishta hayotini ta’minlash va
jamiyatimizda qonunga itoatkorlik shu bilan birga jamoat xavfsizligi
madaniyatini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda. Jamoat
xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishidagi ishlarni “Inson manfaatlariga xizmat
qilish” tamoyili asosida tashkil etishning yangi mexanizm va tartiblari joriy
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
53
etilib, davlat organlarining jamoatchilik tuzilmalari bilan o‘zaro maqsadli
hamkorligi yo‘lga qo‘yildi.Shuningdek, jahonda kuchayib borayotgan turli xavf-
xatar va ziddiyatlar, xalq tinchligi va osoyishtaligiga rahna solayotgan tahdidlar,
pandemiya, tabiiy va texnogen ofatlar mas’ul davlat tuzilmalariga o‘z faoliyatini
“Barcha sa’y-harakatlar inson qadri uchun”degan ustuvor g‘oyaasosida yanada
takomillashtirish vazifasini yuklamoqda.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida
aholining tinch va osoyishta hayotini ta’minlash hamda jamiyatimizda qonunga
itoatkorlik va jamoat xavfsizligi madaniyatini shakllantirishga alohida e’tibor
qaratilmoqda. Jumladan, jamoat xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishidagi ishlarni
“
Xalq manfaatlariga xizmat qilish
” tamoyili asosida tashkil etishning mutlaqo
yangi mexanizm va tartiblari joriy etilib, davlat organlarining jamoatchilik
tuzilmalari bilan o‘zaro maqsadli hamkorligi yo‘lga qo‘yildi.
Shu bilan birga, jahonda kuchayib borayotgan turli xavf-xatar va
ziddiyatlar, el-yurt tinchligi va osoyishtaligiga tahdidlar, pandemiya, tabiiy va
texnogen ofatlar mas’ul davlat tuzilmalariga o‘z faoliyatini “Barcha sa’y-
harakatlar inson qadri uchun” degan
ustuvor g‘oya
asosida yanada
takomillashtirish vazifasini yuklamoqda.
Mamlakatimizda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar,
xususan jinoyatchilikka qarshi kurashish siyosatida huquqbuzarliklar
profilaktikasining o‘rni va roli sezilarli darajada oshib bormoqda. O‘tgan davr
mobaynida zamon talablariga javob beradigan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi
va jinoyatchilikka qarshi kurashishning mutlaqo yangi tizimi yaratildi. Faqat
jazolash bilan qo‘rqitib, huquqbuzarliklarning oqibati bilan kurashish emas,
balki noqonuniy harakatlar sodir etilishining barvaqt oldini olish eng dolzarb
vazifaga aylandi”.
Ma’lumki, jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash davlatning asosiy
funksiyalaridan biri sifatida e’tirof etilgan. Mazkur funksiyani amalga oshirish
maqsadida turli tashkiliy va huquqiy mexanizmlar ishlab chiqiladi va amalga
oshiriladi. Jumladan, respublikamizda har yili minglab siyosiy, madaniy va sport
ommaviy tadbirlarini o‘tkazilishi yurtimizdagi osoyishtalik va tinchlik
hukmronligidan dalolat beradi.
Jamoat xavfsizligi bu shaxs, jamiyat va davlatning hayotiy manfaatlarini
jinoiy va boshqa huquqqa xilof harakatlar, ijtimoiy nizolar, tabiiy ofatlar,
zilzilalar, epidemiyalar, epizootiyalar, texnogen falokatlar, avariyalar va
yong‘inlar natijasida kelib chiqadigap favqulodda vaziyatlar oqibatlaridan
himoyalanganlik holatidir.
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
54
Qonun hujjatlarida odatda jamoat tartibiga nisbatan “saqlash” (muhofaza
qilish), jamoat xavfsizligiga nisbatan “ta’minlash” terminlari ishlatilsada,
huquqni muhofaza qilish faoliyatining ushbu turlari mazmuni asosan mos keladi.
Jamoat xavfsizligi tushunchasi shaxsning, jamiyat va davlatning hayotiy
muhim manfaatlarini boshqa g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar va ijtimoiy
to‘qnashuvlar, tabiiy ofatlar, epidemiya, epizootiya, halokatlar, yong‘in keltirib
chiqargan favkulotda vaziyatlarning oqibatida muhofaza qilish holati sifatida
ta’riflanadi.
Ta’kidlash joizki, “jamoat tartibi” va “jamoat xavfsizligi” tushunchalarining
mohiyatini tahlil qilishda ular bir-biridan farq qilsa-da, ularni ta’minlash o‘zaro
bog‘liq va bir-birini to‘ldiruvchi hamda birini ikkinchisidan ajratish juda ham
murakkab bo‘lgan jarayon ekanligini namoyon qiladi. Jamoat tartibini saqlash bu
bir vaqtning o‘zida fuqarolarning shaxsiy xavfsizligi va jamoat xavfsizligini
ta’minlash tushunchalarini ham o‘z ichiga qamrab oladi. Lekin “fuqarolarning
shaxsiy xavfsizligi” va “jamoat xavfsizligi” tushunchalari “jamoat tartibi”
tushunchasi bilan bog‘liq bo‘lsa-da, o‘zaro bir-biridan farq qiladi.
Mamlakatimiz qonunchiligida va huquqiy fan doirasida mazkur
tushunchalardan keng foydalanishiga qaramay, yuridik adabiyotlarda hamon
ularni ta’riflashga yagona yondashuv ishlab chikilmagan. Bunday yondashuv
“ommaviy tadbir”, “jamoat tartibi”, “jamoat xavfsizligi» kabi tushunchalarning
mazmun-mohiyatini ochib berish va ularning nazariy ta’riflarini shakllantirishni
taqozo qiladi.
Fikrimizcha, jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta’minlash
tushunchasi bo‘yicha yagona fikr va yakdillik mavjud emasligini namoyon etadi.
Jumladan, Fransiyalik olim Jorj Vedel “Xavfsizlik – jamoa yoki ayrim shaxslarga
tahdid solayotgan xavf-xatarlarni oldini olishga karatilgan faoliyat bo‘lib, o‘z
ichiga davlat xavfsizligiga tahdidlardan tortib oddiy baxtsiz hodisalarga yzl
qo‘ymaslikni kamrab oladi” – degan fikrni ilgari surgan.
Avstriyalik olim I.Peters “Jamoat xavfsizligi deganda shaxs tomonidan
jamiyatda yurish-turishning barcha tartibga solingan va yozilmagan qoidalariga
rioya qilishi, shuningdek davlat va fuqarorlarning o‘zaro bir makonda faoliyat
yuritishi va yashashining asosiy sharti bo‘lgan qoidalarning majmui tushuniladi”
– deb fikr bildiradi.
O‘z navbatida rossiyalik olim B.P.Kondrashev “Jamoat xavfsizligi – bu
jamiyatning moddiy ne’matlari va ruhiy qadriyatlarini bir butunligi va
buzilmasligini ta’minlashdir” –degan tushunchani ilgari surgan. Rossiyalik
huquqshunos olim Ye.F.Kolontayevskiyning fikricha, jamoat tartibi jamoatchilik
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
55
munosabatlari tizimini belgilab, korxona, muassasa va jamoat tashkilotlarini
faoliyat ko‘rsatishi uchun shart-sharoitlar yaratish hamda jamoatchilik
xavfsizligini ta’minlashdan iborat.
Demak, jamoat tartibi va jamoat xavfsizligi ijtimoiy munosabatlarning har
xil turi bo‘lib, ular o‘rtasida chambarchas aloqadorlik mavjud: ushbu gurux
munosabatlarning xar birn boshqasining mavjudlik shartidir. Bundan tashqari,
jamoat tartibi va jamoat xavfsizligining mazmuni tegishli ijtimoiy munosabatlar
shaxs va jamiyatning hayotiy muhim manfaatlariga kiradigan shaxs sha’ni va
qadr-qimmati hurmat qilinishi, jamiyat va shaxs tinchligini hurmat qilinishini
ta’minlaydigan sohaga mos keladi.
Jamoat xavfsizligiga taxdid holati temir yo‘l, suv, havo, avtomobil
transportidan foydalanish, yo‘l harakati, qurilish, yo‘l va boshqa ishlarni olib
borish qoidalari buzilishiga yo‘l qo‘yilganda, yong‘indan xavfli inshoot va
qurilmalardan foydalanish, shuningdek, portlovchi materiallar va boshqa xavfli
predmet va moddalar bilan muomala qilish talablari buzilganda vujudga keladi.
Demak, temir yo‘l, daryo, avtomobil yo‘llari transporti vositalarini ekspluatatsiya
qilish qoidalari buzilganda, avtomobil yo‘li harakati qoidalariga rioya
qilinmaganda, qurilish, yo‘l qurilishi va boshqa ishlar jarayonida texnika
xavfsizligi qoidalari buzilganda, yong‘indan xavfli ob’ektlar va qurilmalarni
ekspluatatsiya kilishda, o‘q otar qurollar, o‘q-dorilar, portlovchi materiallar,
kuchli ta’sir qiladigan zaharli moddalar, radioaktiv izotoplar va boshqa xavfli
predmetlar va narsalar bilan muomala qilinganda jamoat xavfsizligiga nisbatan
xavf-xatar tug‘ilishi mumkin.
Bugungi kunda davlatimnzning siyosiy-ijtimoiy hayotida yuz berayotgan
o‘zgarishlar, ayniqsa mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligi bilan bog‘liq
vazifalar nihoyatda jiddiy yondashuvni talab etib, bunda ichki ishlar
organlarining harakatlarini tizimli, aniq va qonunni bo‘lishi va ular muntazam
takomillashtirilib borilishi o‘z yechimini kutayotgan masalalardan biridir.
Jamiyatda barqarorlik, tinchlik va osoyishtalikni qaror toptirish, inson
huquq va erkinliklariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash mamlakatni ijtimoiy-
iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, aholi farovonligini yuksaltirish, huquqiy
demokratik davlat qurish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli
islohotlardan ko‘zlangan maqsadlarga erishishning muhim sharti hisoblanadi.
Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya
qilish, jamoat tartibini saqlash, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini ta’minlash,
huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasi bo‘yicha respublikada yaxlit
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
56
huquqiy tizim yaratilgan bo‘lib, unda ichki ishlar organlari muhim o‘rin
egallaydi.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, barcha davlatlarda jamoat tartibini saqlash va
fuqarolar xavfsizligini ta’minlash muhim masalalardan biri bo‘lib, ushbu vazifa
bilan shug‘ullanuvchi tarkibiy bo‘linmalarni boshqarish turli yo‘llar va usullar
orqali amalga oshiriladi. Ushbu sohada har bir davlat o‘ziga xos tajribaga ega
bo‘lib, ularni o‘rganish hamda yurtimizda jamoat tartibi va xavfsizligini
ta’minlash tizimiga tatbiq etish bugungi kunda dolzarb masalalardan biridir.
Zero, mamlakat Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “bugungi kunda
ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini oshirish uchun rivojlangan xorijiy
davlatlarning ilg‘or tajribasini chuqur o‘rgangan holda, amaliy faoliyatga
yangicha ish uslublari va mexanizmlarini, xususan, raqamli texnologiyalarni
keng tatbiq etish vazifasiga alohida e’tibor qaratishimiz lozim”.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.
2. O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi
Qonuni.
3. O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonuni.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.03.2021 yildagi “Jamoat
xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar
organlari faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish choratadbirlari
to‘g‘risida”gi PF-6196-son farmoni.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 12.02.2021 yilda Ichki ishlar
vazirligida o‘tkazilgan Hay’atining kengaytirilgan yig‘ilishi 8-sonli baѐni.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.04.2021 yildagi “Ichki ishlar
organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikkka qarshi
kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha
tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5050-son qarori.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘z2021 yil 29 noyabrdagi
“O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni
amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-27-son farmoni.