SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
253
HUQUQNI QO‘LLASH HUJJATLARI VA ULARNING O‘ZIGA XOS
XUSUSIYATLARI.
Tog’oyeva Malikabonu Sulton qizi
Toshkent Davlat Yuridik Universiteti Magistratura va sirtqi ta’lim fakulteti
Davlat boshqaruv huquqi mutaxassisligi magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.11515801
ANNOTATSIYA
Mazkur tezisda huquqni qo‘llash tushunchasi, huquq normalari
qo‘llaniluvchi yuridik hujjatlar, ularning turlari va o‘ziga xos xususiyatlari haqida
fikr yuritilgan. Shuningdek, tadqiqot ishida huquqni qo‘llash jarayonining davlat
va xo‘jalik boshqaruvi organlari, sud-huquq tizimi hujjatlaridagi ahamiyati
o‘rganilgan.
Kalit so‘zlar:
huquqni qo‘llash, akt, sud hujjati, farmon, ijro akti, kollegial
hujjatlar, individual hujjatlar.
АННОТАЦИЯ
В данной статье рассматриваются понятие применения права,
правовые документы, применяющие правовые нормы, их виды и
особенности. Также в исследовательской работе изучено значение
процесса применения права в документах органов государственного и
хозяйственного управления и правовой системы.
Ключевые слова:
право применение, акт, судебный документ,
постановление, исполнительный акт, коллегиальный документы,
индивидуальный документы.
Bugungi kunda mamlakatimizda inson huquq va manfaatlarini himoya
qilish maqsadida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli demokratik islohotlar
sharoitida huquq normalarini qo‘llash jarayoni hamda bu normalar
qo‘llaniluvchi huquqiy hujjatlar kategoriyalarini aniqlash va ularning normativ-
huquqiy hujjatlardan farqini anglash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida huquqiy davlatni shakllantirishda davlatning
zamonaviy huquqiy tizimida huquqni qo‘llash jarayoni va mexanizmini isloh
qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu tufayli O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g’risida”gi
farmonida ham huquqni qo‘llash sohasi va uning hujjatlarini rivojlantirish
bo‘yicha bir qancha tashkiliy-amaliy vazifalarni joriy etgan bo‘lib, unga ko‘ra
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning hududiy bo‘linmalari
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
254
hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida huquqni qo‘llash
amaliyotini izchil va bir xilda ta’minlash bo‘yicha choralarni amalga oshirish,
shuningdek, ushbu davlat organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlariga yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirishda metodik
yordam ko‘rsatish hamda Adliya vazirligi zimmasiga huquqiy fanlarni
rivojlantirish choralarini ko‘rish, davlat va jamiyat qurilishi, sud-huquq tizimi,
mamlakatda huquq ijodkorligi, huquqni qo‘llash, huquqni muhofaza qilish
faoliyati sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarning amalga oshirilishini
muvofiqlashtirish kabi chora-tadbirlar yuklandi[1].
Yuqoridagilarga tayangan holda ushbu tezisning tadqiqot doirasi bugungi
kunda amalga oshirilayotgan islohotlarning bir qismi sifatida muhim ahamiyat
kasb etadi. Shuningdek, bugungi kunda milliy qonunchilikni tartibga solishda
huquqni qo‘llash hujjatlarining joriy xulosa va tavsiyalarini ishlab chiqish
maqsadga muvofiqdir.
Huquqni muhofaza qilishda huquqiy tartibga solishning eng muhim
bosqichlaridan biri bu fuqarolarning huquq va manfaatlarini to‘la qonli qonun
hujjatlariga asosan himoya qilishdir. Aynan huquqni muhofaza qiluvchi organlar
huquq normalarini qo‘llashda bosh ishtirokchi organlar hisoblanib, huquqiy
majburiyatlar bajarilishini ta’minlash orqali huquqiy davlatni muvaffaqiyatli
shakllantirishga xizmat qiladi.
ASOSIY QISM
Huquqni qo‘llash jarayonida huquqni qo‘llash faoliyati vakolatli
subyektlarning rasmiy yozma akt-hujjatini qabul qilishi bilan ya’kunlanishi
ma’lum. Muayyan davlat organlari va shaxslarga nisbatan majburiy, bajarilishi
shart bo‘lgan va hokimiy xususiyatga ega bo‘lgan huquqni qo‘llash hujjatida
ma’lum bir davlatning kuchi va irodasi o‘z ifodasini topadi. Ushbu hujjatda
ko‘rsatilgan talablarni bajarmaganlik natijasida javobgar shaxs tegishli tartibda
jazolanadi.
Huquqni qo‘llash hujjatlari ko‘p qirrali huquqiy voqe’lik hisoblanib, ular
iqtisodiy rivojlanish darajasini va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarini
ifodalaydi. Usbu tushunchaga ilmiy-nazariy jihatdan yondashishdan oldin shuni
ta’kidlash lozimki, bu tushuncha yuridik fanda ko‘p qirrali tushuncha hisoblanib,
unga olimlar tomonidan turlicha ta’riflar berib o‘tilgan. Xususan, huquqshunos
olim Z.M. Islomovning ta’riflashicha, “Huquqni qo‘llash akti – bu davlat-hokimiy
xususiyatiga ega, individual belgilangan hujjat bo‘lib, u vakolatli subyekt
tomonidan subyektiv huquqlar yoki yuridik majburiyatlar mavjudligi yoki
yo‘qligini aniqlash hamda tegishli huquqiy normalar asosida va ularning
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
255
normativ amalga oshirilish manfaatini ko‘zlab, ular mezonini belgilash
maqsadida muayyan ish yuzasidan tuziladi”[2].
Huquqshunos olim V.I. Leushinning ta’riflashicha, “huquqni qo‘llash hujati
– bu vakolatli davlat organi yoki mansabdor shaxsning yuridik faktlar va huquq
normasi asosida chiqaradigan, konkret shaxslarning huquq va majburiyatlarini
yoki yuridik javobgarligi doirasini belgilaydiga huquqiy hujjatdir”[3].
Yuqoridagi ta’riflarga asosan huquqni qo‘llash aktlari quyidagi turlarga
bo‘linadi:
-
Parlament aktlari;
-
Davlat boshlig’i aktlari;
-
Ijro hokimiyati organlarining aktlari;
-
Sud hokimiyati organlarining aktlari;
-
Mahalliy hokimiyat organlarining aktlari;
-
Korxona, tashkilot, muassasa rahbarlarining aktlari.
Huquqni qo‘llash hujjatlarining ta’rifi va turlari asosida huquqni
qo‘llashning quyidagi o‘ziga xususiyatlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin.
a)
Vakolatli organlar va mansabdor shaxslar tomonidan chiqarilishi;
b)
Hujjatning qat’iy individuallashganligi, ularning muayyan shaxs va
vaziyatlarga qaratilganligi;
c)
Davlat tomonidan ta’minlanishi
d)
Huquqni qo‘llash hujjatlarining bir marotaba qo‘llanilishi va shu
bilan o‘z vazifasini tamomlashi.
Huquqni qo‘llash hujjatlarini huquqni qo‘llash jarayonidagi ahamiyatiga
qarab asosiy va yordamchi huquqni qo‘llash hujatlari kabi turlarga bo‘lish
mumkin. Masalan, sudning jinoiy ish yuzasidan chiqargan hukmi asosiy huquqni
qo‘llash hujjatlari sirasiga kirsa, sudning ekspertiza tayinlash to‘g’risidagi qaror
yordamchi huquqni qo‘llash hujjati hisoblanadi[4].
Huquqni qo‘llash hujjatlari huquqni qo‘llash jarayonining mantiqiy-
huquqiy yakuni sifatida vakolatli davlat organlari va mansabdor shaxslar
tomonidan aniq bir huquqiy ahamiyat kasb etgan muammoni hal etish
maqsadida qabul qilinadi. Bu vaziyatda fuqarolarning ijtimoiy hayotda mavjud
bo‘lgan muammolar yuzasidan tegishli subyektlarga – davlat organlari yoki
mansabdor shaxslarga murojaat etib, masalani hal etish uchun tegishli qarorga
kelingan yakuniy xulosa – huquqni qo‘llash hujjatini chiqarishga asos qilib
olinadi. Huquqni qo‘llash hujjatlari orasida eng keng tarqalgan turi bu – hujjat
shaklidadir. Bularga misol qilib sudning hukmi, sudning ajrimi, nikohdan
o‘tganlik to‘g’risidagi guvohnoma va shu kabilarni keltirish mumkin.
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
256
XULOSA
Yuqoridagi ilmiy-nazariy qarashlardan xulosa qilish mumkinki, huquqni
qo‘llash hujjatini har qanday subyekt emas, balki qonun bilan belgilab qo‘yilgan
va muayyan vakolatga ega bo‘lgan davlat organlari va mansabdor shaxslargina
amalga oshira oladilar. Bunda garchi normativ-huquqiy hujjatlar ommaviy
xarakterga ega bo‘lib, ko‘pchilikka qaratilgan bo‘lsa-da, huquqni qo‘llash
hujjatlari muayyan huquq subyektiga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Shunga ko‘ra
berilgan ma’lumotlarga asosan huquqni qo‘llash hujjatlarining quyidagi asosiy
vazifalari mavjud ekan:
Huquq normalarida belgilangan qoidalarni aniq vaziyatga qo‘llaydi;
Aniq
huquq
subyektining
huquq
va
majburiyatlarini
konkretlashtiradi;
Huquq subyektining javobgarlik doirasini belgilaydi.
Xulosa sifatida ta’kidlash lozimki, huquqni qo‘llash hujjatlari – bu
shaxsiylashtirlgan yuridik ishni hal qilish doirasida vakolatli organlar va
mansabdor shaxslar tomonidan qabul qilingan shaxsiy imperativ ko‘rsatmalarni
o‘zida mujassam etgan, shaxslarning ma’lum bir doirasiga qaratilgan qonunni
qo‘llashning tavsifi va tartibini o‘z ichiga olgan maxsus huquqiy hujjat. Ammo
ta’kidlash joizki, huquqni qo‘llash hujjatlari qonun normasini o‘zgartirmaydi
yoki bekor qilmaydi. Bu turdagi hujjatlar subordinatsiya xarakteriga ega bo‘lib,
ular qonunga zid bo‘lmasligi va qonun normalari asosida amalga oshirilishi
lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
“O‘zbekiston Respublikasida Adliya vazirligi faoliyatini yanada
takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g’risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining Qarori, 18.03.2022. PQ-3666-son.
2.
Islomov. Z.M. Davlat va huquq nazariyasi. – T.: Adolat. 2007. – 916b.
3.
Леушин В.И. Реализация и применение права. Юридический процесс
// Теория государства и права. - М.: Норма. 2012. - С.402
4.
Малько А.В. Проблемы правовых средств. / Проблемы теории
государства и права. – М.: Юристь. 2016. – С.359.