SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
214
KREDIT VA BOSHQA QARZLAR BILAN BOGʼLIQ OPERATSIYALARLAR
AUDITINI REJALASHTIRISH
Yunusov Abduvoxid Abdukarimovich
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Huzuridagi Biznes Va Tadbirkorlik
Oliy Maktabining Tinglovchisi Yunusov
https://doi.org/10.5281/zenodo.11469706
Annotasiya
Kredit va boshqa qarzlar bilan bogʼliq operatsiyalar auditini
takomillashtirish bo’yicha ilmiy maqolada auditorlik tekshiruvini jarayonida
rejalashtirishni samaradorligini oshirish uchun qo’shimcha auditorlik amallarini
rejaga kiritish (kredit va boshqa qarzlar bo’yicha tuzilgan shartnomalarni hamda
boshqa hujjatlarni o’rganish); kreditor tashkilotlari tomonidan beriladigan pul
mablag’larni ularning ruxsatisiz pul o’tkazmalarini amalga oshirimaslik; kredit
va qarzlarni maqsadli ishlatilishini kuzatib borish va natijalarini
rasmiylashtirish; ichki nazorat tizimi bo’yicha yo’riqnomalarini takomillashtirish
orqali kredit va qarzlar bo’yicha risklarni kamaytirish (ichki auditor
tekshiriruvdan o’tkazish) keltirilgan.
Kalit so’z:
audit, kredit, qarzlar, pul mablag’lari, ichki nazorat.
Auditning xalqaro standartlari – AХS (International Standarts of Auditing –
ISAs) da standartlash ob’ekti sifatida – Rejalashtirish standartlari (300-330)
nomli maxsus bo’lim ajratilgan. Ushbu bo’lim 4 ta standartni o’z ichiga oladi:
№ 300 – “Moliyaviy hisobotlar auditini rejalashtirish” (Planning an
Audit of Financial Statements)
№ 315 – “Tashkilot va uning atrof-muhitini tushunish orqali jiddiy
noto'g'ri ma'lumotlar xavfini aniqlash va baholash” (Identifying and Assessing
the Risks of Material Misstatement through Understanding the Entity and Its
Environment)
№ 320 – “Auditni rejalashtirish va o'tkazishda muhimlik” (Materiality in
Planning and Performing an Audit)
№ 330 – “Auditorning baholangan risklarga javoblari” (The Auditor’s
Responses to Assessed Risks).
Audit ancha murakkab jarayon. Ko'p audit protseduralari mavjud. Ko'p
narsa auditor qanday protseduralardan, qanday hajmda va ketma-ketlikda
foydalanishiga bog'liq: audit natijalari etarlicha ob'ektiv bo'ladimi, audit
qanchalik mashaqqatli va xavfli bo'ladi va hokazo. Mijozning auditorlik
tekshiruvini o'tkazish to'g'risida buyrug'ini olgandan so'ng, auditor birinchi
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
215
navbatda auditorlik ishining hajmini aniqlash, mehnat xarajatlarini hisoblash,
shuningdek, auditning narxi va vaqtini aniqlash uchun auditni rejalashtirishdir.
Auditni rejalashtirishda har bir tekshirilayotgan ob'ektning individual
xususiyatlarini hisobga olgan holda audit strategiyasi ishlab chiqiladi. Auditorlik
tashkilotining mehnat resurslaridan oqilona foydalanish, audit xarajatlari va
vaqtini minimallashtirish auditorning auditni qanday rejalashtirganiga bog'liq.
Rejalashtirish audit o’tkazishning boshlang’ich bosqichi hisoblanib, audit
o’tkazishning kutilayotgan hajmi, jadvallari va muddatlarini ko’rsatgan holda
auditorlik tashkiloti tomonidan auditning umumiy rejasini ishlab chiqishdan,
shuningdek, auditorlik tashkiloti tomonidan xo’jalik yurituvchi sub’ektning
moliyaviy hisoboti to’g’risida xolis va asosli fikr shakllantirilishi uchun zarur
bo’lgan auditorlik rusum-qoidalarini amalga oshirish hajmi, turlari va izchilligini
belgilaydigan auditorlik dasturini ishlab chiqishdan iborat bo’ladi.
Auditni rejalashtirishni auditorlik tashkiloti auditni o’tkazishning umumiy
qoidalariga, shuningdek quyidagi xususiy qoidalarga muvofiq o’tkazishi kerak,
ya’ni:
2-rasm. Auditni rejalashtirishning asosiy tamoyillari
Auditni rejalashtirishning kompleksliligi qoidasi birlamchi rejalashtirishdan
boshlab auditning umumiy rejasi va dasturini tuzishga qadar rejalashtirish
barcha bosqichlarining o’zaro bog’langan va uyg’un bo’lishi ta’minlanishini
taqozo etadi.
Auditni rejalashtirishning uzluksizligi qoidasi auditorlar guruhiga o’zaro
bog’langan topshiriqlarni belgilash va rejalashtirish bosqichlarini muddatlar
hamda xo’jalik yurituvchi turdosh sub’ektlar (alohida balansga ajratilgan
tarkibiy bo’linmalar, filiallar, vakolatxonalar, shu’ba jamiyatlar) bo’yicha
1
Muallif tomonidan ishlab chiqilgan
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
216
balansda o’z ifodasini topadi. Audit uzoq vaqt davriga rejalashtirilganda xo’jalik
yurituvchi sub’ektning auditorlik kuzatuvi bir yil davomida amalga oshirilsa,
auditorlik tashkiloti xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliya-xo’jalik faoliyatidagi
o’zgarishlarni va oraliq auditorlik tekshiruvlar natijalarini hisobga olgan holda
auditni o’tkazish reja dasturlariga o’z vaqtida tuzatishlarni kiritishi kerak bo’ladi.
Auditni rejalashtirishning
maqbulligi qoidasi
shundan iboratki,
rejalashtirish jarayonida auditorlik tashkiloti auditorlik tashkilotining o’zi
belgilagan mezonlar asosida audit umumiy rejasi va dasturining maqbul
variantini tanlash imkoniyati uchun rejalashtirishning variantliligini ta’minlashi
kerak.
Auditni rejalashtirish paytida auditorlik tashkiloti quyidagi asosiy
bosqichlarni ajratishi kerak: dastlabki rejalashtirish; auditning umumiy rejasini
tayyorlash va tuzish; audit dasturini tayyorlash va tuzish.
Auditni samarali rejalashtirish uchun auditorlik tashkiloti xo’jalik yurituvchi
sub’ekt rahbariyati bilan auditni o’tkazish bo’yicha asosiy tashkiliy masalalarni
kelishib olishi kerak.
Dastlabki rejalashtirish bosqichida auditor xo’jalik yurituvchi sub’ektning
moliya-xo’jalik faoliyati bilan tanishishi va quyidagilar to’g’risida axborotga ega
bo’lishi shart:
xo’jalik yurituvchi sub’ektning xo’jalik faoliyatiga ta’sir ko’rsatadigan,
umuman, mamlakat (mintaqa)dagi va iqtisodiy vaziyatni va uning tarmoq
xususiyatlarini aks ettiradigan tashqi omillar haqidagi;
xo’jalik yurituvchi sub’ektning xo’jalik faoliyatiga ta’sir ko’rsa-tadigan,
uning individual xususiyatlari bilan bog’langan ichki omillar haqidagi.
Shu bilan birgalikda, auditor quyidagilar bilan ham tanishishi kerak:
xo’jalik yurituvchi sub’ektning tashkiliy-boshqaruv tuzilishi;
ishlab chiqarish faoliyatining turlari va ishlab chiqarilayotgan
mahsulotlarning ro’yxati;
kapital tuzilmasi va aktsiyalar kursi;
mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasining o’ziga xosligi;
rentabellik darajasi;
xo’jalik yurituvchi sub’ektning asosiy xaridorlari va mahsulot etkazib
beruvchilar;
tashkilot ixtiyorida qoladigan foydani taqsimlash tartibi;
mavjud sho’’ba va tobe korxonalar;
xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan tashkil etilgan nazorat tizimi;
xodimlarga ish haqi to’lashni shakllantirishning tamoyillari.
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
217
Auditor xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy-xo’jalik faoliyatini audit
qilishda muayyan axborotlarni olishi kerak. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt to’g’risida
axborot olish manbalari quyidagilardir:
korxonaning Nizomi;
korxona ro’yxatdan o’tkazilganligi to’g’risida hujjatlar;
korxonaning kuzatuv va ijro organlari majlislari, aktsiyadorlar yoki
shunga o’xshash boshqa boshqaruv organlari yig’ilishlarining bayonlari;
korxonaning hisob yuritish siyosatini tartibga soluvchi hujjatlar va unga
kiritilgan o’zgartirishlar;
buxgalteriya hisoboti;
statistika hisobotlari;
korxona faoliyatini rejalashtirish hujjatlari (rejalar, smetalar, loyihalar);
korxonaning kontraktlari, shartnomalari, bitimlari;
auditor maslahatchilarining ichki hisobotlari;
ichki firma yo’riqnomalari;
soliq tekshiruvlari materiallari;
sud da’volari materiallari;
xo’jalik yurituvchi sub’ektning ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilishlarini
tartibga soladigan hujjatlar, uning filiallari va shu’ba jamiyatlari ro’yxati;
xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati va ijrochi xodimlari bilan
suhbatlardan olingan ma’lumotlar;
xo’jalik yurituvchi sub’ektni, uning asosiy uchastkalari, omborlarini
ko’zdan kechirishda olingan axborot.
Dastlabki rejalashtirish bosqichida auditorlik tashkiloti auditni o’tkazish
imkoniyatini baholaydi. Agar auditorlik tashkiloti auditni o’tkazishni mumkin
deb hisoblasa, u auditni o’tkazish uchun shtatni shakllantirishga o’tadi.
Auditorlar guruhiga kiradigan mutaxassislar tarkibini reja-lashtirish
paytida auditorlik tashkiloti quyidagilarni hisobga olishi shart:
auditning har bir bosqichi: tayyorgarlik, asosiy va yakunlash bosqichi
ish vaqti byudjetini;
guruh ishining taxmin qilinayotgan muddatlarini;
guruhning miqdoriy tarkibini;
guruh a’zolarining mansab darajasini;
guruh xodimlarining vorisligini;
guruh a’zolarining malaka darajasini.
Audit umumiy rejasi va dasturini ishlab chiqishga kirisharkan, auditorlik
tashkiloti xo’jalik yurituvchi sub’ekt to’g’risidagi dastlabki bilimlarga,
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
218
shuningdek, o’tkazilgan tahliliy rusum-qoidalarning natijalariga asoslanishi
kerak.
Tahliliy rusum-qoidalarni o’tkazish yordamida auditorlik tashkiloti audit
uchun ahamiyatli bo’lgan sohalarni aniqlashi kerak.
Tahliliy rusum-qoidalarning murakkabligi, hajmi va o’tkazish muddatlarini
auditorlik tashkiloti xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliya hisoboti ma’lumotlarining
hajmi va murakkabligiga qarab o’zgartirishi kerak bo’ladi.
Audit umumiy rejasi va dasturini tayyorlash jarayonida auditorlik tashkiloti
xo’jalik yurituvchi sub’ektda amal qilayotgan ichki nazorat tizimining
samaradorligini baholaydi va ichki nazorat tizimi xatarini (nazorat xatarini)
baholashni amalga oshiradi. Agar ichki nazorat tizimi noto’g’ri axborot paydo
bo’lgani to’g’risida o’z vaqtida ogohlantirsa, shuningdek, noto’g’ri axborotni
aniqlasa, uni samarador deb hisoblash mumkin. Ichki nazorat tizimining
samaradorligini baholarkan, auditorlik tashkiloti auditorlik isbot dalillarining
etarli miqdorini to’plashi shart. Agar auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobotning
ishonchliligi xususida etarli darajada ishonch hosil qilish uchun ichki nazorat
tizimiga va buxgalteriya hisobi tizimiga asoslanishga qaror qilsa, u bo’lg’usi audit
hajmini tegishli tarzda tuzatishi kerak bo’ladi.
Audit umumiy rejasi va dasturini tayyorlash paytida auditorlik tashkiloti
moliyaviy hisobotni ishonchli deb hisoblash imkonini beradigan jiddiylik va
auditorlik xatarining uning uchun maqbul darajasini belgilashi kerak.
Auditorlik xatarini rejalashtirarkan, auditorlik tashkiloti, xo’jalik yurituvchi
sub’ekt auditidan qat’i nazar, ushbu hisobotga xos bo’lgan moliyaviy hisobotning
ajralmas xatari va nazorat xatarini belgilaydi. Belgilangan xatarlar va jiddiylik
darajasi yordamida auditorlik tashkiloti audit uchun ahamiyatli cohalarni
aniqlaydi va zarur auditorlik rusum-qoidalarini rejalashtiradi. Audit jarayonida
rejalashtirish paytida belgilangan auditorlik xatari va jiddiylik darajasining
o’zgarishiga ta’sir ko’rsatadigan holatlar yuzaga kelishi mumkin.
Auditning umumiy rejasi va dasturini tuzarkan, auditorlik tashkiloti hisob
axborotiga ishlov berish darajasini inobatga olishi kerak, bu ham auditorlik
tashkilotiga auditorlik rusum-qoidalarining hajmi va tusini aniqroq belgilash
imkonini beradi.
Audit jarayonida auditorlik tashkilotida umumiy rejaning ayrim qoidalarini
qayta ko’rish uchun asoslar paydo bo’lishi mumkin. Rejaga kiritilayotgan
o’zgartishlarni, shuningdek, o’zgartishlar sabablarini auditor batafsil
hujjatlashtirishi kerak.
Umumiy rejada auditorlik tashkiloti auditni o’tkazish muddatlarini nazarda
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
219
tutishi va auditni o’tkazish muddatlarini, hisobot (xo’jalik yurituvchi sub’ekt
rahbariyatiga yozma axborot) va auditorlik xulosasini tuzishni nazarda tutishi
shart. Vaqt sarfini rejalashtirish jarayonida auditor quyidagilarni hisobga olishi
kerak:
haqiqiy xarajatlar;
bundan oldingi davrda (takroriy audit o’tkazilgan taqdirda) vaqt sarfi
hisob-kitobi va uning joriy hisob-kitob bilan aloqasi;
jiddiylik darajasi;
auditorlik xatarlarining amalga oshirilgan baholari.
Umumiy rejada auditorlik tashkiloti dastlabki tahlil natijalari asosida
auditni o’tkazish usulini belgilaydi, ichki nazorat tizimining ishonchliligini, audit
xatarlarini baholaydi. Tanlab audit o’tkazishga qaror qilingan taqdirda auditor
auditorlik tanlamasini “Auditorlik tanlash” audit andozasiga muvofiq
shakllantiradi.
Boshqaruvni va bajarilayotgan audit sifatini nazorat qilishni rejalashtirishga
doir qoidalar umumiy rejaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Umumiy rejada
quyidagilarni nazarda tutish tavsiya qilinadi:
rahbarning reja bajarilishi va auditor assistentlari ishining sifati, ular
tomonidan ish hujjatlari yuritilishi va audit natijalari tegishlicha
rasmiylashtirilishini nazorat qilishi;
auditorlik guruhi rahbarining auditorlik rusum-qoidalarini amalda
ro’yobga chiqarish bilan bog’liq uslubiy masalalarini tushuntirishi;
muayyan faktni baholashda auditorlik guruhi rahbari bilan uning oddiy
a’zosi o’rtasida ixtiloflar paydo bo’lganda auditorlik guruhi a’zosi (ijrochi)ning
alohida fikrini hujjatli rasmiylashtirish.
Auditorlik tashkiloti umumiy rejada ichki audit rolini, shuningdek audit
o’tkazish jarayoniga eksportlarni jalb etish zaruratini belgilaydi.
Audit dasturi audit umumiy rejasini rivojlantirish hisoblanadi va audit
rejasini amalda ro’yobga chiqarish uchun zarur bo’lgan auditorlik rusum-
qoidalari mazmunining batafsil ro’yxatini o’z ichiga oladi. Dastur auditor
assistentlari uchun batafsil yo’riqnoma bo’lib xizmat qiladi va bir vaqtning o’zida
auditorlik tashkiloti va auditorlik guruhining rahbarlari uchun ish sifatini
nazorat qilish vositasi hisoblanadi.
Auditor audit dasturini hujjatli rasmiylashtirishi, har bir bajariladigan
auditorlik rusum-qoidasini raqam yoki kod bilan belgilashi kerak, toki auditor
ish jarayonida o’zining ish hujjatlarida ularga havola qilish imkoniyatiga ega
bo’lsin.
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
220
Auditorlik dasturini nazorat vositalari testlari dasturi ko’rinishida va
mohiyatiga ko’ra auditorlik rusum-qoidalari dasturi ko’rinishida tuzish kerak.
Nazorat vositalari testlari dasturi ichki nazorat va hisob tizimining faoliyati
to’g’risidagi axborotni yig’ish uchun mo’ljallangan harakatlar majmuining
ro’yxatidan iborat. Nazorat vositalari testlarining maqsadi shundan iboratki, ular
xo’jalik yurituvchi sub’ekt nazorat vositalarining jiddiy kamchiliklarini
aniqlashda yordam beradi.
Mohiyatiga ko’ra auditorlik rusum-qoidalari o’z ichiga buxgalteriya hisobida
hisobvaraqlar bo’yicha oborotlar va saldo to’g’ri aks ettirilganligini batafsil
tekshirishni oladi. Mohiyatiga ko’ra auditorlik rusum-qoidalari dasturi ana
shunday aniq batafsil tekshirishlar uchun auditor harakatlari ro’yxatidan iborat
bo’ladi. Mohiyatiga ko’ra rusum-qoidalar uchun auditor buxgalteriya hisobining
ayni qanday bo’limlarini tekshirishini belgilashi va buxgalteriya hisobining har
bir bo’limi bo’yicha audit dasturini tuzishi kerak bo’ladi.
Auditni o’tkazish shartlari va auditorlik rusum-qoidalari natijalarining
o’zgarishiga bog’liq holda audit dasturi qayta ko’rib chiqilishi mumkin.
O’zgarishlarning sabablari va natijalari hujjatlashtirilishi kerak. Auditorlik
dasturining har bir bo’limi bo’yicha auditorning ish hujjatlarida rasman aks
ettirilgan xulosalari auditorlik hisoboti (xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyatiga
yozma axborot) va auditorlik xulosasini tuzish uchun fakt materiali, shuningdek,
xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisoboti to’g’risida auditorning xolis
fikrini shakllantirish uchun asos bo’lib hisoblanadi.
Auditni rejalashtirish jarayoni tugaganidan so’ng audit umumiy rejasi va
dasturi hujjatni rasmiylashtirilishi va ularga belgilangan tartibda viza qo’yilishi
kerak.
2-jadval
Korxonada auditorlik tekshiruvi o’tkazish namunaviy umumiy rejasi
Auditning umumiy rejasi
Тekshiriladigan tashkilot
Audit davri kishisoatlar miqdori
Auditorlik guruhining rahbari
Auditorlik guruhining tarkibi
Rejalashtirilgan auditorlik riski
Rejalashtirilgan jiddiylik darajasi
№
Rejalashtirilgan ishlar turlari
O’tkazis Bajaruvc Eslat
2
Muallif tomonidan ishlab chiqilgan
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
221
h davri hi
ma
1 Mijoz faoliyati bilan tanishish
2 Ichki nazorat tizimini baholash
3 Auditorlik dalillar
4 Jiddiylik va risk darajasini aniqlash
5 Auditorlik tanlash
6 Audit dasturi
7 Auditni bevosita o’tkazish jarayoni
(dasturni bajarish)
8 Bajarilgan ishlar natijalarini tahlil
qilish, barcha oraliq va umumiy
hujjatlarni tayyorlash
9 Тekshiruv natijalarini mijozga taqdim
etish va h.k.
Auditorlik tashkiloti nomidan (auditorlik xulosasini imzolash huquqiga ega
rahbar), Auditorlik guruhining rahbari.
Auditorlik tekshiruvini amalga oshirish chog’ida ko’p hollarda mijoz
faoliyatini 100% to’liq tekshirish mumkin bo’lmaydi. Shu boisdan rejada
auditorlik tanlash qay tarzda amalga oshirilishini ko’rsatish zarur
Audit umumiy rejasi va dasturining ayrim bo’limlarini xo’jalik yurituvchi
sub’ekt rahbariyati bilan kelishish ko’zda tutilgan bo’lib, bunda auditorlik
tashkiloti audit uslublari va usullarini tanlashda mustaqil bo’lib qoladilar. Ko’p
hollarda bunday kelishish, mijoz faoliyatining ayrim uchastkalarini batafsilroq
tahlil etish bilan bog’liq masalalarni rejalashtirish bosqichida ko’zda tutish,
auditorning tekshiruv chog’idagi hatti - harakatlari mijoz-korxona rahbariyati
uchun tushunarli bo’lishi, shuningdek auditorning ish jadvaliga muvofiq talab
qilinadigan hujjatlar mijoz tomonidan tezkorlik bilan taqdim qilinishi va
tekshiruvning u yoki bu bosqichida zarur bo’ladigan moliyaviy xizmat
xodimlarini ishdan ozod etish uchun maqsadga muvofiqdir.
Rejalashtirish audit davomida doimiy ravishda amalga oshiriladi va
quyidagi bosqichlarni o'z ichiga oladi: ish rejasini tuzish va tuzatish (auditning
maqsadi, vazifalari va muddatini ko'rsatadi); audit dasturini ishlab chiqish va
tuzatish (muayyan audit protseduralarining mazmuni, muddati va hajmini aks
ettiruvchi).
Auditni rejalashtirish jarayoni kredit va boshqa qarzlarga bog’liq bo’lgan barcha
hujjatlarni tekshirish hamda ularning mazmuniga ham alohida e’tibor berilishini
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
222
belgilab olinadi. Ba’zi tashkilotlar kredit va qarzlarni to’liq o’rganishni hamda
samarali takliflar berilishini talab qilishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi: -T.: O’zbekiston, 2023 y.
2. O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi O’RQ-404-son
Qonuni. 13.04.2016 yil.3-modda. www.lex.uz.
3. O’zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonuni (yangi
tahriri). 2021 yil 5 fevral. O’RQ-677-son.
4. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentyabrdagi
“O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari
to’g’risida”gi PQ-3946-sonli Qarori. www.lex.uz.
5. Avlokulov A.Z. Auditorlik tekshiruvida ichki nazorat tizimini baholash.
//“Moliya” ilmiy jurnali. -Toshkent, 2012. №5-6. 64-67-b.
6. Dusmuratov R.D. Auditorlik faoliyati: nazariya, uslubiyot va amaliyot :
monografiya. -T: Moliya nashriyoti, 2007. -276 b.
7. Kholmurodovich, S. D., & Batirovich, P. A. B. (2023). Green Economy and Ways
of its Development in Uzbekistan. Genius Repository, 24, 7-15.
8. Miralimovich, A. M., Kholmurodovich, S. D., & Batirovich, A. B. (2023).
PROSPECTS FOR THE DEVELOPMENT OF THE GREEN ECONOMY BASED ON
INVESTMENT PROJECTS IN COOPERATION WITH DEVELOPED COUNTRIES.
Western European Journal of Modern Experiments and Scientific Methods, 1(2),
19-31.
9. Shokhazamiy, S., & Alimov, B. (2019). Methods for complex retro-forecast
analysis and complex forecasting of the accounting balance in terms of the
interests of investors of insurance companies. International Journal of Research
in social sciences, 9(7), 652-672.