Авторы

  • Zarifaxon Alimova
  • Zarnigor Ibrohimova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.sspme.53305

Аннотация

Ushbu maqolada  turli tizimdagi tillarda, xususan, o‘zbek va rus tillarida  oyna bilan bog‘liq oilaviy marosimlar   va ularda qo‘llaniladigan leksemalarning o‘ziga xosligi  haqida so‘z boradi. Shuningdek, oyna kishilik jamiyatida o‘ziga xos ahamiyat kasb etib, asrlar davomida turli rasm-rusumlar orqali xalq mafkurasida mustahkam o‘rin egallagani, nikoh kechasi kelin-kuyov yuziga oyna tutilishi, chaqaloq tug‘lganda uning beshigiga tumor bilan birga oyna qo‘yilishi, kishi vafot etgan xonadonda marhumning ruhi oynaga joylashib qolmasligi, xonadon ahlini bezovta qilmasligi uchun oyna yuzi  mato bilan yopib qo‘yilishi haqida ham fikr yuritiladi.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

202

OILAVIY MAROSIMLARDA “OYNA” BILAN BOG‘LIQ UDUMLARNING

QO‘LLANILISHI

Alimova Zarifaxon Vaxobovna

Ph.D

Farg‘ona davlat universiteti dotsenti, filologiya

fanlari bo‘yicha falsafa doktori

Ibrohimova Zarnigor Nodirjon qizi

Farg‘ona davlat universiteti 1-kurs doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.11468796

Annotatsiya:

Ushbu maqolada turli tizimdagi tillarda, xususan, o‘zbek va

rus tillarida oyna bilan bog‘liq oilaviy marosimlar va ularda qo‘llaniladigan

leksemalarning o‘ziga xosligi haqida so‘z boradi. Shuningdek, oyna kishilik

jamiyatida o‘ziga xos ahamiyat kasb etib, asrlar davomida turli rasm-rusumlar

orqali xalq mafkurasida mustahkam o‘rin egallagani, nikoh kechasi kelin-kuyov

yuziga oyna tutilishi, chaqaloq tug‘lganda uning beshigiga tumor bilan birga

oyna qo‘yilishi, kishi vafot etgan xonadonda marhumning ruhi oynaga joylashib

qolmasligi, xonadon ahlini bezovta qilmasligi uchun oyna yuzi mato bilan yopib

qo‘yilishi haqida ham fikr yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

etnografiya, madaniy meros, milliylik, folklorshunoslik, oyna,

“o‘zga dunyo”, farovonlik ramzi, milliy urf-odatlar, arxeologik yodgorliklar .

O‘zbek xalqida nikoh to‘yi marosimi doirasida o‘tkaziladigan oyna ko‘rsatar

udumi o‘zining jozibadorligi va kelin –kuyovni hayratga solishi bilan qiziq. To‘y

tugagach, shu kuni kechqurun chimildiqda kelin –kuyovga oyna tutiladi.

Qadimda ikki yosh bir –birini ilk bora chimildiqda – ikkisini yonma- yon qo‘yib

yuzlariga katta oyna tutishganda ko‘rganlar. Bu ularning tanishuvi bo‘lgan.

Oyna barcha zamon va makonlarda pardoz vositasi sifatida maishiy

turmushda keng qo‘llanishi bilan birga o‘zbek marosim, udumlarida muhim

ahamiyatga ega detal hisoblanadi. Xalq tasavvurida, oyna kishilarni turli ziyon-

zahmat va yomon nazardan saqlaydi. Shu sababli hozirga qadar ham juda ko‘p

oilalarda:

-

Chaqaloq beshigi yostig‘i ostiga kulcha, tumor qatori oyna qo‘yiladi;

-

Nikohning ilk kechasida chimildiqda kelin –kuyov yuziga oyna tutiladi;

-

Xonadon kiraverishiga oyna qo‘yiladi, bunda uyga tshrif buyurgan

mehmonning kiraturib birinchi oynaga ko‘zi tushishi hamon uning yomon

“ko‘zi”, ya’ni hasadi, g‘ayirligi, umuman salbiy energiyasini oyna tortib

oladi va u uy ichiga toza nazar bilan kiradi.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

203

-

Kishi vafot etgan xonadonda oyna yuzi darhol mato bilan yopib qo‘yiladi,

ya’ni marhumning ruhi oynaga joylashib qolmasligi va xonadon ahlini

bezovta qilmasligi uchun.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

O'zbek xalqi qadimdan o'zining boy madaniy merosiga ega. Insonlar

hayotidagi turli marosimlar, ma'lum odat va an'analar, ularning yashayotgan

muhiti, turmush tarzi xalqning o’zligi, til va madaniyati shakllanib, sayqal

topishiga xizmat qilgan. Shu asnoda har bir millat va elatlar takomillashgan

barqaror urf-odatlariga, marosimlariga, rasm-rusumlariga, an'analariga ega

bo'lganlar. Lekin millatning urf-odatlari, turmush tarzini saqlab qolish va

rivojlantirish uchun, albatta, ma'lum shart-sharoitlar lozim bo'lgan. Bu shart-

sharoitni eng avvalo jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy muhit, siyosiy hokimiyat

belgilagan

1

.

Albatta, udumlarning birortasida oynaning magik vazifasi ilmiy jihatdan

isbotlanmagan. O‘zbek etnografiyasi va folklorshunosligida esa oyna bilan

bog‘liq rasm –rusumlar,

afsun – duolar va aytimlar haqida professor

B.Sarimsoqovning birgina maqolasidan boshqa birorta ham ilmiy fikr yuritilgan

tadqiqot yo‘q.

2

Bu maqolada oyna bilan bog‘liq tasavvurlarning paydo bo‘lishi,

uning to‘y va marosimlardagi o‘rni , oyna bilan bog‘liq qarashlaarninng folklor

va o‘zbek mumtoz adabiyotda badiiy obraz sifatida tutgan o‘rni to‘g‘risida ilk

marta jiddiy fikrlar bildirgan.

Oyna bilan bog`liq fetishistik qarashlarning tarixiy ildizlari qadimgi mifik

tasavvurlarga bog`lanadi.

3

Qadimgi Baqtriya hududidagi Saksonoxur va Emshi

tepa degan joyda olib borilgan arxeologik qazuv ishlari chog`ida qo‘lida oyna

ushlab turgan ayol ma‘buda haykalchalari ko‘plab topilganligi ham shu fikrni

tasdiqlaydi.

4

Kushonlar davrida oyna ko‘tarib turgan ma‘buda haykalchalarining

ham ko‘p uchrashi serhosillik va qut-baraka timsoli deb tasavvur qilingan

ilohalar to‘g`risidagi qadimiy, arxaik qarashlar ham ma‘lum darajada saqlanib

1

Imomnazarova Sh., Mirzayeva Sh. Xalq dostonlarida to‘y marosimlari va udumlarning aks

etishi. O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar jurnali. 2022, № 12. –B. 593

2

https:// arxiv.uz.> adabiyot> O’zbek xalq afsun –duolar folklor janri sifatida.2019. B.38.

3

M. JO’RAYEV, D.O’RAYEVA. O’ZBEK MIFOLOGIYASI. Toshkent “O’qituvchi” nashriyoti

2019. B.120.

4

Мухиддинов Ю. Терракоты Саксонохура как источник по истории и культуре Северной Бактрии.

АКД. Душанбе, 1973.-С.24-


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

204

qolganligidan dalolat beradi

5

. Buxoro viloyatidagi Qizilqir arxeologik

yodgorliklari tizimiga mansub obidalarda olib borilgan qazilmalar chog`ida turli

xil oyna-ko‘zgular ham topilgan. Xususan, Qizilqir arxeologik yodgorligida olib

borilgan qazilmalar chog`ida ayol kishi dafn etilgan qabr ochilgan. Ma‘lum

bo‘lishicha, murdaning bosh tomoniga qo‘y kallasi, oyoq tarafiga esa

bronzadan

yasalgan oyna

qo‘yib ko‘milgan ekan.

6

NATIJALAR VA MUHOKAMALAR

Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinadiki, oyna kishilik jamiyatida o‘ziga xos

ahamiyat kasb etib, asrlar davomida turli rasm-rusumlar orqali xalq

mafkurasida mustahkam o‘rin egallagan. Oilaviy marosimlardan bo‘lmish nikoh

to‘yida kelin – kuyovga oyna ko‘rsatish udumi bugungi kunda O‘zbekistonning

turli hududlarida hali –hanuz amalga oshiriladi. Bizning fikrimizcha, ko‘zgu

suvning atributi hisoblanadi, suvda xotira bor. Shu sababli ikki yosh ilk bor

qalbda hayajon va bokira, toza hislar, go‘zal yuz bilan oynaga qaraganda , ko‘zgu

bu musaffolikni ularning o‘zlariga qaytaradi. Shu jarayonda kelin –kuyovning

yon –atrofidagi yaqinlari o‘z duolari bilan ularni alqab, ezgu tilaklarni tilab

turadi. Ehtimol, qadimgi mifologik qarashlarga ko‘ra, suvning atributi bo‘lmish

oyna (demak unda ham xotira bor) ana shu pokiza yuz-ko‘zlar va duolarni yozib

olib, katta hayot ostonasida turgan yoshlarga bu ijobiy energiyani qaytarar.

Yig‘ilgan manbalar va xalq orasida bir necha bor ko‘rib, guvohi bo‘lganimiz bu

marosim asosida shunday xulosaga keldik.

“Oyna ko‘rsatar” marosimida qo‘llaniladigan leksemalar:

1.Kelin chiroyli

;

Yo‘q, kuyov chiroyli;
Yo‘q ikkovlari ham chiroyli.
2 .Optovi bosh –bosh,
Xush keldingiz.
Mulki so‘zning rahbari
Xush keldingiz.
Oy-u kunlar siz uchun
Mushtoq edik.
Jon bolam janonasi
Xush keldingiz.
Oyna berdik boqsin deb ,

5

Его же. Статуэтки женского божество с зеркалом из Саксонохура // Советская этнография, 1973,‖5.-

С.99-107;

6

M. JO’RAYEV, D.O’RAYEVA. O’ZBEK MIFOLOGIYASI. Toshkent “O’qituvchi” nashriyoti

2019. B. 121.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

205

Xush keldingiz.
Qo‘sha qarib yursin deb,
Xush keldingiz.
Omin, Ollohu akbar.

7

3.Osmondagi oyni ko‘rdim,
Ko‘zimni ochib sizni ko‘rdim.

Rus xalqida ham oyna kulti o‘ziga xos ahamiyatga ega. Xalq orasida ko‘zgu

bilan bog‘liq turli irimlar, iboralar bo‘lib, ular orasida bugungacha saqlanib

kelgan marosimlarni ham uchratishimiz mumkin. Xususan, Rossiyaning Udmurt

Respublikasi janubiy hududlarida nikoh to‘yida oynadan foydalanish an’anasi

mavjud.

8

Udmurtiyaning Votkins tumani Cherepanovka qishlog‘ida bu

kurnik

marosimi o‘tkaziladi. Bunda bezatilgan ko‘zgu ustiga to‘y pirogi - kurnik

qo‘yiladi va marosim qo‘shiqlari kuylanadi. Kurnik nikoh to‘yi arafasida

kelinning dugonalari tomonidan tayyorlanadi. Kurnik pirogi ikki qismdan :

xamir , pirog asosi va bezaklardan iborat bo‘ladi.

9

Bezatishda tasmalar va tabiiy

yoki qog‘ozdan yasalgan gullardan foydalaniladi.

10

Bu marosim to‘yning

birinchi kuni kelinning uyida kelinning eng shaddod dugonalardan biri

tomonidan o‘tkaziladi. Qizlar “Кума к куме выходила” marosim qo‘shig‘ini

kuylaydilar. Ular orasida eng shaddodi raqsga tushadi

— Зерькало выкупали — снаредят ево в цветы...
[— А где стоит оно?]
— Оно пока не стоит нигде, пока не окупят ево. Выходит девка одна
бойкая, пляшет:
Кума, кума выходила...
Люли, люли, выходила.
Пирог сдобной выносила...
Пирох сдобный весь на сдобе...
На двенадцати сподобах...
А тут уж зерькало ставят на стол и цену ему сказывают, сколь за
ево окупить. Вот и рядяца. Пока вот зерькало не окупят — невесту не
отдают... Маленькое зерькало окупают, маленько такое, столовоё-вот.
[— А кто выкупает?]
— А хто? Да все свалебшана жениховые, сидят которые за столом...

7

https:// arxiv.uz.> adabiyot> O’zbek xalq afsun –duolar folklor janri sifatida.2019. B.40.

8

Толкачева С. В

. Особенности бытования русской свадебной

обрядности в Удмуртской Республике: хореография, кинетика, атрибутика Научный диалог. —

2016. — № 11 (59). — С. 134—146.

9

Ko’rsatilgan manbaa.B137.

10

Ko’rsatilgan manbaa.B137.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

206

Денежку дают девкам. Всё, дадут сколь, а девки сами себе, по себе делят их.
А зерькало за собой увозят. Жоних за собой увозят. Они уж с ём опять там,
опять ево окупают там...

[Вострокнутова].

Ma’nosi:

-Oynani sotib olishdi – gullar bilan bezashdi.

- U qayerda turarkan?

- Puli to‘lanmaguncha hali hech yerda turmaydi.

Bir dadil qiz chiqib raqsga tushadi.

Kuma, cho‘qintirgan onasi chiqdi...

Lyuli, Lyuli chiqdi.

U yog‘li pirog olib keldi ...

Hammasi ustiga yog‘li pirog...

O‘n ikki marta ...

Va keyin ular oynani qo‘yishdi

Keyin esa ko‘zguni stol ustiga qo‘yib, narxini, qanchaligini aytishadi.

Mehmonlar qanchadir miqdorda pul beradilar va “xaridor”larning puliga

yarasha miqdorda pirogdan kesib beriladi. Marosimdan so‘ng oyna kelin –

kuyovnning uyiga osib qo‘yiladi. Oyna bu yerda yomon ko‘zlardan asrovchi,

boylik va farovonlik ramzidir.

“ Oyna aks ettirish va ikkilanish ramzi, yer va boshqa olam orasidagi chegara,

xususiyat va yovuz ruhlarning joylashuvidir.

Unda siz g‘ayritabiiy kuch,

qobiliyat bilan ta'minlangan nafaqat ko‘rinadigan dunyoni, balki ko‘rinmas va

qayta yaratiladigan olamni, o‘tmishni, hozirni va kelajakni ko‘rishingiz

mumkin

11

Udmurtiya ruslari etnomadaniyatida oyna o‘ziga xos ahamiyat kasb etib,

nikoh to‘y marosim qo‘shiqlarida o‘z aksini topgan. “Что при первом было

вечере”, “Долина, долинушка” qo‘shiqlarida ko‘zguning atrubuti sifatida shisha

oyna olingan. Bunda billur oyna vositasida “o‘zga olam” orqali kelin va kuyovga

farovon turmush istiqboli tilangan.

12

Oyna ishtirokidagi kurnik marosimi Rossiyaning boshqa hududlarida ham,

xususan, Yaroslavl va Vladimir viloyatlarida o‘tkazilgan. Bu marosimlarda

qo‘llanildigan leksika rus mavsum –marosim

Kama-Vyatskiy inter-nutqiga

xosdir.

13

11

Толкачева С. В

. Особенности бытования русской свадебной

обрядности в Удмуртской Республике: хореография, кинетика, атрибутика Научный диалог. —

2016. — № 11 (59). — С. 139.

12

Ko’rsatilgan manbaa.B.139.

13

Толкачева С. В

. Особенности бытования русской свадебной


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

207

XULOSA.

O‘zbek xalqida asrlar davomida oyna ko‘rsatar marosimi orqali yangi

hayot ostonasida turgan kelin bilan kuyovni bir-biriga tanishtirish va ularga baxt

–saodat va uzoq yillar birga yashash tilangan. Bugungi kunda garchi bo‘lajak

kelin- kuyov nikoh to‘yigacha bir –birlarini ko‘rib, gaplashib olsalar-da bu udum

o‘z ahamiyatini yoq’otmagan, hanuz o‘zbek to‘ylarida an’ana sifatida qadrlanadi.

“Oyna ko‘rsatar”dagi leksemalar o‘zining ko‘tarinkiligi, maqtovga boyligi, kuyov

bilan kelinga xayrixohligi bilan ahamiyatli. Bunda

kelin, kuyov, chiroyli, oy,

o‘g‘limning janonasi, xush keldingiz

leksemalari asosiy rol o‘ynaydi.

Ruslarda oyna vositasida ikki yoshga baxt va farovonlik tilashdan tashqari,

bu marosim leksikasida davraga ko‘tarinki ruh, quvnoqlik va endi qarindoshlik

aloqalarini o‘rnatgan nozik munosabatdagi kuyov va kelinning qarindoshlariga

o‘zaro iliqlik va ishonch , kulgu ulashish maqsadi yaqqol namoyon bo‘ladi.

Bunda

зерькало ( oyna), пирог (pirog), окупить ( sotib olmoq, xarid qilmoq)

leksemalari marosim semantikasini ifodalaydi.

O‘zbek xalqi “oyna ko‘rsatar” marosimida bosh rolda kelin bilan kuyov

bo‘lsa, ruslarning oyna bilan bog‘liq “курник” marosimida

qahramonlar

kelinning dugonalari va kuyovning qarindoshlari bo‘ladi. O‘zbeklarda bu

marosimning negizi ikki yoshni tanishtirish bo‘lsa, ruslarda o‘yin tarzidagi hazil

savdo orqali ikki oila mehmonlariga ko‘tarinkilik va quvonch ulashishdir.

Shuningdek, marosim davomida o‘zbeklarda faqat oyna ishlatiladi, ruslarda esa

oyna ustida taom – tovuqdan tayyorlangan pirog ham bo‘ladi va ehtimol

marosim nomi shundan kelib chiqqandir.

Umuman olganda , bu ikki xalqda ham oynaga sirli qudrat sifatida qaralgan va

shu orqali turmush qurayotgan yoshlarga istiqbol tilangan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Jo‘rayev M., O‘rayeva D. O‘zbek mifologiyasi.- Toshkent “O‘qituvchi”

nashriyoti . 2019.

2.

Imomnazarova Sh., Mirzayeva Sh. Xalq dostonlarida to‘y marosimlari va

udumlarning aks etishi. O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va ilmiy

tadqiqotlar jurnali. 2022, № 12. –B. 593.

3.

Мухиддинов Ю. Терракоты Саксонохура как источник по истории и

культуре Северной Бактрии. АКД. Душанбе, 1973.

4.

https:// arxiv.uz.> adabiyot> O‘zbek xalq afsun –duolar folklor janri

sifatida.2019. B.40.

обрядности в Удмуртской Республике: хореография, кинетика, атрибутика Научный диалог. —

2016. — № 11 (59). — С. 141.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

208

5.

Толкачева С. В. Особенности бытования русской свадебной

обрядности в Удмуртской Республике : хореография, кинетика,

атрибутика . Научный диалог. —2016. — № 11 (59). — С. 134—146.

6.

www.dissercat.com

7.

www.culture.ru

8.

www.ziyouz.com

Библиографические ссылки

Jo‘rayev M., O‘rayeva D. O‘zbek mifologiyasi.- Toshkent “O‘qituvchi” nashriyoti . 2019.

Imomnazarova Sh., Mirzayeva Sh. Xalq dostonlarida to‘y marosimlari va udumlarning aks etishi. O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar jurnali. 2022, № 12. –B. 593.

Мухиддинов Ю. Терракоты Саксонохура как источник по истории и культуре Северной Бактрии. АКД. Душанбе, 1973.

https:// arxiv.uz.> adabiyot> O‘zbek xalq afsun –duolar folklor janri sifatida.2019. B.40.

Толкачева С. В. Особенности бытования русской свадебной обрядности в Удмуртской Республике : хореография, кинетика, атрибутика . Научный диалог. —2016. — № 11 (59). — С. 134—146.

www.dissercat.com

www.culture.ru

www.ziyouz.com