Авторы

  • Sabrina Xamidova
    Guliston davlat pedagogika instituti o‘qtuvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.sspme.53310

Аннотация

Fasilitator interaktiv o‘yin jarayonini nazorat qiladi, uning tartib-qoidalari buzilmasligini ta’minlaydi. Bu esa qolgan ishtirokchilarning o‘yin va mashg‘ulotlar maqsadiga, interaktiv o‘zaro aloqa ma’zmuniga diqqat qaratishini ta’minlaydi.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

178

O‘QITUVCHI– PSIXOLOG, FASILITATOR

Sabrina Xamidova

Guliston davlat pedagogika instituti o‘qtuvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11380966

Fasilitator interaktiv o‘yin jarayonini nazorat qiladi, uning tartib-qoidalari

buzilmasligini ta’minlaydi. Bu esa qolgan ishtirokchilarning o‘yin va
mashg‘ulotlar maqsadiga, interaktiv o‘zaro aloqa ma’zmuniga diqqat qaratishini
ta’minlaydi.

Katta yoshdagi o‘quvchilarni o‘qitishda ular o‘zini qulay (jismoniy va ma’naviy)

xis etadigan sharoitni yaratish muxim. Shunda ular ommaviy rivojlanishga va
bilim olishlikka layoqatli bo‘ladilar. Bu fasilitatorning muxim vazifasidir, chunki,
ko‘pchilik interaktiv texnologiyalar auditoriya oldida aniq haraqatlar qilishni,
ommaviy prezentatsiyalarni nazarda tutadilar. Bunday o‘quv jarayoni tajriba
bilan bog‘liq bo‘lgani holda, shubhasiz, tinglovchilarning, ayniqsa, rahbarlarning
o‘zlashtirishini murakkablishtiradi va mashg‘ulotlarda o‘zaro ishonch, tushunish
va sirlilik muhitini talab etadi.

O‘zaro ishonch muhitini yaratish ko‘p sabablarga bog‘liq;

“o‘yin maydoni”, ya’ni qulay atrof muhit (havo, yorug‘lik, mebel,

videotexnika, flipchartlar va b.q.);

o‘zgalarda ishonch va yaxshi taa’ssurot xissini o‘yg‘otadigan interaktiv

ta’sirni tashkilashtirishda muallimning o‘zini o‘zi prezentatsiya qilishi;

ish reglamentiga, tanaffusga va asosiy o‘yin tartibiga aloqador tashkiliy

masalalarni gurux bilan muhokama qilish;

“o‘z xohishiga ko‘ra”asosida ish olib borish: kim gurux ichida ishlashni

xohlamasa majbur qilmaslik;

guruxda avvaldan mavjud bo‘lgan bilimlar va tajribalarni aniqlash;

o‘yinga “kirishish” uchun “qizituvchi” mashqlar, charchoqni oladigan,

bo‘shashtiradigan va samimiylikka chaqiradigan treninglar;

bo‘lib o‘tgan o‘yin natijalari muhokamasi haqida fikr yuritish, xissiyot va

ta’ssurotning aks etishi xamda o‘zaro konstruktiv tanqid.
Amaliy o‘yinlar natijalari muhokamasida, odatda, asosiy eti’bor faoliyat natijasiga,
chiqarilgan xukumlar va ishlab chiqilgan programmalar yoki proektlar analiziga
qaratiladi. Shu bilan birga, trening mashg‘ulotlarida o‘zaro aloqa jarayoni, ayniqsa,
agar ular kommunikativ treninglar bo‘lsa, ahamiyatga ega. Shuning uchun
muhokamaga va interaktiv o‘zaro alokaning ko‘p qirrali analiziga yetarlicha vaqt
ajratish kerak. Refleksiv analiz qilish, o‘z va o‘zgalar xatti-harakatlari ustida fikr


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

179

yuritish – bu ma’lum vaqt talab qiladigan fikrlash jarayonidir. Tinglovchilar faqat
o‘ylash emas, balki, mustaqil hulosa va xukumlar chiqarishlari kerak.
Muallim-fasilitator ishtirokchilarning o‘zgalar nuqtai-nazari va o‘ziga xosligini
inobatga olgan holda hamkorlik qilish tuyg‘usini o‘yg‘otadi va shu yo‘sinda
guruxlarda muntazam ish olib boradi. Bunday maqsadlarga erishish uchun
quyidagilar lozim:

samimiy savolar berish;

guruxdan kelayotgan turli signalarga ijobiy ahamiyat qaratish;

guruxlar orasidigi janjalli va chalkash suxbatlarga aniqlik kiritish;

guruxga xulosalar chiqarishda yordam berish;

kerakli ma’lumotlarni taqdim etishga tayyor bo‘lish;

guruxning qaror qabul qilishiga yordam berish.

Muallim-fasilitator, masalan, shunday savolar beradi: “Siz nimani sezdingiz..?”,

“Mashqlarni bajarish vaqtidagi o‘z xissiyotlari haqida kim gapirmoqchi?” va b.q.
yoki “Sizningcha yana nima voqea yuz berdi?” va har bir o‘yin ohirida unga yakun
yasaydi.

Agarda maxsus mashqlarga vaqt bo‘lmasa, unda tinglovchilardan yaqin oy yoki

yil mobaynida nima bilan band bo‘lishligi yoki o‘yin mashg‘ulotlaridan tashqari
paytda, odatda, nima bilan shug‘ullanishligi haqida so‘ralishi mumkin. 3-5 minut
mobaynida ishtirokchilarga savollar berishi, ulardan o‘z xis-tuyg‘ulari (joyida va
ayni vaqtda) hakida so‘rashi, boshqa gurux a’zolariga murojaat qilib, o‘yin
mashg‘ulotlari jarayonida yuzaga kelgan vaziyatlar haqida fikr bildirishi mumkin.

Muallim - psixolog

Interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda muallim shaxslar aro va amaliy muloqat ichidagi

“insoniylik” bilan bog‘liq qimmatli dasturlarga ega bo‘lishi kerak. Tinglovchilarga
odamiylik va e’tibor bilan qaragan, munosabatlarida iliqliq va samimiylikni
namoyon etgan muallim, o‘quvchilarning kommunikativ kompetentlik bilan bog‘liq
yangi ko‘nikmalarni egallashlari uchun qulay sharoit yaratadi. Samimiy odam o‘zga
odamlar bilan “sovuq”, indifferent (lat. indifferens - lokayd) shaxsdan farqli o‘laroq
murosa qilishi osonroqdir. Interaktiv o‘zaro aloqa haqida gap ketganda
“munosobatlardagi iliqliq” tushunchasi quyidagilardan tashkil topadi:

aloqadagi sheriklarning teng xukukligi;

ayblovga yo‘l qo‘ymaslik;

“ximoyalanish pozitsiyalarining” yo‘qligi;

o‘zaro ishonch va yaqinlik;

samimiylik.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

180

Muallim va o‘quvchi munosabatlaridagi iliqlik – bu uslub va fikrlashning o‘ziga

hosligi, shu bilan birga professional ko‘nikmadir. Interaktiv mashg‘ulotlarni olib
boriyotgan muallim har bir tinglovchiga nisbatan e’tibor va iliqlik xissi bilan
yondashishi kerak. Bu unga xos bo‘lgan meyyor tuyg‘usi, pedagogik odob,
emotsional vazminlik va o‘zini tuta bilish, shu bilan birga o‘z xulqini va o‘zgalar
bilan munosobatini nazorat qila bilish qobiliyati orqali namoyon bo‘ladi.

O‘zga odamlarni tushunish

ularni xis qila bilish

,

empatiya –

dunyoga boshqa

odamning nazari bilan qaray bilish, uning xis-tuyg‘ularini anglash qobiliyati bilan
bog‘liq. Ayniqsa, bu suhbatdoshni tinglay bilishda, uning fikriga qiziqish
bildirishda, vaqtida psixologik yordam ko‘rsatishda namoyon bo‘ladi.

Bundan tashqari, muallim

barcha tinglovchilarga nisbatan bir xil ijobiy

munosabatda bo‘lishi kerak

. Xuddi shunda har bir odamning qadr-qimmati va

o‘ziga xos qirralari namoyon bo‘ladi. Xatto to‘ng odamlarga nisbatan ham tolerant
va samimiy muomalada bo‘lish – bu yuqori onglilik, o‘z muammolari
diagnostikasiga asoslanib o‘zini o‘zi korreksiya qilishni talab etadigan murakkab
xulq-atvor ssenariysidir.

Psixologik yordam ko‘rsatish, o‘zgalar tajribasiga hurmat bilan qarash,

tinglovchilar tomonidan bajarilgan xarakat va qarorlarga xayrixohlik bildirish –
bularning xammasi tinglovchilarda o‘qishga va rivojlanishga ishtiyoq xissini
uyg‘otadi.
Shunday qilib, o‘yin qoidalarini ishlab chiquvchi muallim bo‘lmoq – bu barcha
vazifalarni bir vaqtda, saviyali va professional ravishda bajarishdir.To‘g‘ri,
amaliyotda bu vazifalarni bir necha tashkilotchilar bajarishi mumkin. Bunday
tajriba tashkiliy-faoliy va innovatsion o‘yinlarda keng qo‘llaniladi. Universal
muallimni malaka oshirish, mutaxassis va rahbarlarni qayta tayyorlash tizimida
topish ancha murakkab, chunki ularning ko‘pchiligida yukorida aytilgan
xususiyatlarning ayrimlarigina mavjud. Lekin shunga qaramay, bu xislatlarni
rivojlantirish zarur, chunki interaktiv o‘qitishning samaradorligi va muvaffiqiyati
ularga bog‘liq.