Авторы

  • Nargis Qudriddinova
    BQ Bojxona instituti O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.sspme.53314

Ключевые слова:

oila oilaviy qadriyatlar oila va jamiyat ma’naviy fazilatlar moliyaviy savodxonlik.

Аннотация

Mazkur maqolada oilaviy munosabatlarning barqarorligi yoshlarning oilaviy hayotga tayyorligiga bog‘liq bo‘lib, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda ota-ona ko‘proq e’tibor berishi kerak bo‘lgan jihatlar haqida so‘z yuritilgan.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

162

YOSHLARNI OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASH

Qudriddinova Nargis Dexkonovna

BQ Bojxona instituti O‘zbek va

xorijiy tillar kafedrasi katta

o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11350107

Аnnotatsiya

Mazkur maqolada oilaviy munosabatlarning barqarorligi yoshlarning

oilaviy hayotga tayyorligiga bog‘liq bo‘lib, yoshlarni oilaviy hayotga
tayyorlashda ota-ona ko‘proq e’tibor berishi kerak bo‘lgan jihatlar haqida so‘z
yuritilgan.

Kаlit so‘zlar:

oila, oilaviy qadriyatlar, oila va jamiyat, ma’naviy fazilatlar,

moliyaviy savodxonlik.

Аннотация

В данной статье говорится о том, что от готовности молодежи к

семейной жизни зависит стабильность семейных отношений и
рассматриваются те аспекты, на которые родители должны обращать
больше внимания при подготовке молодежи к семейной жизни.

Ключевые слова:

семья, семейные ценности, семья и общество,

духовные качества, финансовая грамотность.

Annotation

This article notes that the stability of family relations depends on the

readiness of young people for family life and examines those aspects that
parents should pay more attention to when preparing young people for family
life.

Key words:

family, family values, family and society, spiritual qualities,

financial literacy.

Oila – hamma uchun tushunarli bo‘lgan so‘z. U hayotning birinchi

daqiqalaridan boshlab har birimizga yaqindir. Inson shaxs sifatida oilada
shakllana boshlaydi. Oila va oilaviy qadriyatlar – insonning hayoti
shakllanadigan poydevor. Biz hammamiz oilada tug‘ilamiz va o‘sib-ulg‘aygach
o‘zimizning oilamizni quramiz.

Oilada eng muhimi nima? Bu savolga aniq javob berish juda qiyin.

Sevgimi? O‘zaro tushunish? G‘amxo‘rlikmi, yoki fidoyilik va mehnatsevarlikmi?
Yoki oilaviy an’analarga qat’iy rioya qilish kerakmi?

Oila va oilaviy qadriyatlar bir-biri bilan chambarchas bog‘liq va bir-birisiz

mavjud emas. Agar oila bo‘lmasa, unda oilaviy qadriyatlar ham o‘z-o‘zidan


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

163

ahamiyatini yo‘qotadi.

G‘amxo‘rlik va muhabbat an’anaviy oilaviy

qadriyatlarning asosidir.

Nima uchun inson oilaga muhtoj? Bu savolni ba’zi yoshlar o‘ziga berishi

mumkin.

“Oila” tushunchasi har bir shaxs uchun o‘ziga xos ma’no kasb etadi.

Bola uchun oila uning tarbiyasiga mas’ul otasi, onasi, shuningdek, tarbiyasida
ishtirok etuvchi bobolari, amakilari, tog‘alari, amma-yu xolalari va aka-opalari
bo‘lsa, ulg‘ayib, turmush qurgandan so‘ng uning uchun birinchi navbatda yangi
oilasi: turmush o‘rtog‘i, bolalari ekanligi ko‘rinadi. Oila odamga to‘liq psixologik
va fiziologik qulaylikni ta’minlaydi, “hissiy boshpana” funksiyalarini bajaradi.
Oilada inson o‘zining foydaliligi va qadr-qimmatini his qiladi.

Oila jamiyatning mustahkam poydevori, davlatning harakatlanish

kuchidir. Shunga ko‘ra oila mavqei va munosabatlar masalasi doimiy davlat
e’tiborida bo‘lib kelgan. Barkamol inson haqida, uning mehnati va turmushi,
ma’naviy taraqqiyoti haqida g‘amxo‘rlik mamlakatimizning asosiy maqsadidir.

Yoshlarning qadriyat yo‘nalishlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar shuni

ko‘rsatadiki, oila yoshlar uchun asosiy qadriyat bo‘lib qolmoqda.

Har bir xonadonda qiz bola farzand dunyoga kelsa, beshikdan to balog‘at

yoshigacha uni to‘g‘ri tarbiyalash, “qiz bola – boshqa xonadoning fayzi”, – degan
xayol uning voyaga yetgunicha va uni turmushga bergunga qadar har bir ota-
onaning fikrini tark etmaydi.

Bugungi kunda turmushga chiqayotgan qizlar oilaviy hayotning ma’naviy,

axloqiy, iqtisodiy xususiyatlari, oilani rivojlantirish, oilada tinchlik va totuvlikni
saqlash, oilada farzand tarbiyasini amalga oshirish ishlariga tayyor bo‘lishlari
zarurligini hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda. Qiz bolani har tomonlama barkamol
etib tarbiyalash, unga hamisha g‘amxo‘rlik qilishning ahamiyati yuksak, oqibati
xayrlidir.

Qizlarimizni oilaviy hayotga tayyorlashda ularga oilaviy hayotning chiroyli

taraflari bilan bir qatorda hayotning past-balandliklari ham mavjud ekanligini,
turli xil murakkab vaziyatlarda shirin so‘z va chiroyli muomala bilan yechim
topish mumkinligi borasida bilimlarni ham berib borish lozim. Misol uchun
ko‘pgina oilalarda uchrab turadigan muammolar bilan ham tanishtirib borilsa,
qizlar katta hayotga qadam qo‘yganda, qiyinchiliklarga duch kelishganda
dovdirab qolishmaydi, oqilona yo‘lni tanlab bu vaziyatdan chiqa olishlari
mumkin bo‘ladi.

Yigitlarni voyaga yetkazishda ularda eng yuqori erkaklik fazilatlarini

shakllantirish, ularni munosib odamlar sifatida tarbiyalashga e’tibor berish
lozimdir.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

164

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Baxtiyor oila” kitobida

oila qurgan yigitlarga shunday nasihat berilgan:

Xotiningiz ayol bo‘lganligi sababli, sizdan farqli o‘laroq, boshqacha fikr

yuritishi va tasarruf etishini biling. Uning mag‘rurligini tushunish va uning
hurmatiga sazovor bo‘lish uchun siz quyidagilarga amal qilishingiz kerak:

1.

U ham siz kabi harakat qilishi kerak deb o‘ylamang. Sizdan farqli o‘laroq

u biroz boshqacha yaralgan.

2.

Uni e’tiborsiz qoldirmang. Unga sevishingingizni ko‘rsating, marhamatli

bo‘ling va xavfsizligini ta’minlang. Chunki u ayol va ayollar tabiatdan bu
narsalarga ehtiyoj sezadilar.

3.

Unga sovg‘alar berishda ziqna bo‘lmang, chunki ayollar ziqna erlarni

yoqtirmaydilar.

4.

Agar u qarindoshlarinikiga bormoqchi bo‘lsa, qarshi bo‘lmang, agar siz

bunga qarshi bo‘lsangiz, uning ko‘nglini qoldirishni boshlaysiz. Ayollar o‘z
oilalariga va qarindoshlariga ko‘proq bog‘langandir.

5.

Ayol homiladorlik, tug‘ish kabi davrlarni boshdan kechirishini hech

ham unutmang. Bu davrlarda siz uning his-tuyg‘ularini yanada hurmat
qilishingiz va unga muloyimlik bilan munosabatda bo‘lishingiz kerak.

6.

Uni maqtab turishni unutmang. Uning kiyimlarini, zargarlik

buyumlarini, pishirgan taomlarini va uyni saranjom-sarishta tutishini maqtang.
Bu ayol kishining ko‘nglini ko‘taradi.

7.

Uni ham, uning his-tuyg‘ularini ham masxara qilmang, chunki u nozik

xilqat va jarohatlarga dosh berolmaydi.

8.

Unga xiyonat qilmang. Erining xiyonati ayol uchun juda og‘irdir.

9.

Undan yordamingizni ayamang. Chunki ayol har doim ishonadigan va

tayanadigan insoni turmush o‘rtog‘i bo‘lishini xohlaydi.

10.

Oilaviy mas’uliyatni va bergan va’dalaringizni bajarishni hech ham

unutmang.

Bularga amal qilishingiz turmush o‘rtog‘ingizga unga bo‘lgan

sevgingizni his qilishga imkon beradi.

Har bir ota-ona o‘z bolasiga sog‘lom tarbiya berib voyaga yetkazsa,

farzandning mustaqil hayotga toza ruh, olam-olam orzu-intilishlari bilan
qadam qo‘yayotganini ko‘rsa, uning hayoti ma’no kasb eta boshlaydi.
Farzandlarni to‘g‘ri tarbiyalash, ayniqsa jismoniy, ma’naviy fazilatlarni ularda
tarbiya qilish doimo ota-onaning asosiy maqsadi bo‘lib kelgan.

Oilaning mustahkam bo‘lishida oila qurgan yoshlarning moliyaviy

savodxonligi ham ahamiyat kasb etadi. Moliyaviy savodxonlikka ega bo‘lish va


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

165

uni yuksaltirishdan asosiy maqsad insonning farovonligi va hayot sifatini
oshirish hisoblanadi.

Yoshlarga bolaligidan boshlab pulni to‘g‘ri sarflash aynan oilada o‘rgatiladi

va bu borada ota-onaning roli katta, deb o‘ylayman. Bolalar uchun moliyaviy
savodxonlikning ahamiyati shundaki:

kelajakda moliyaviy qarorlarni qabul qilish va moliyaviy barqarorlik

uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. O‘z pullarini qanday boshqarish haqida bilimga
ega bo‘lish bolalarga moliyaviy maqsadlari va strategiyalarini ongli ravishda
rejalashtirishga imkon beradi. Bu nafaqat ularning shaxsiy farovonligi, balki
umuman ijtimoiy rivojlanishi uchun ham muhimdir.

bolalarni moliyaviy xatolar va firibgarlardan himoya qiladi.

Budjetlashtirishning asosiy tamoyillarini bilish, ehtiyojlar va istaklarni ajrata
olish, moliyaviy qarorlarni tahlil qilish va qabul qilish qobiliyati ularga
iste’molchi sifatida tovar va xizmatlar bozorida uchrab turadigan qalloblikdan
himoya qilishga

va o‘z resurslarini tejashga yordam beradi.

bolaligidan pul va moliyaviy mustaqillikka mas’uliyatli munosabatni

rivojlantirishga yordam beradi. Ular o‘zlarining jamg‘armalarini boshqarishni,
xarajatlarni rejalashtirishni va moliyaviy maqsadlarga intilishni o‘rganadilar, bu
ularga o‘z imkoniyatlariga ishonch bag‘ishlaydi va zamonaviy jamiyat talablariga
muvaffaqiyatli moslashishga yordam beradi.

Farzandlar mehnat qilib topilgan pulni to‘g‘ri taqsimlashni va sarflashni

o‘rgansa, kelajakda o‘zi ham, uning oilasi ham to‘kinlikda yashaydi.
Bo‘lajak kelin va kuyovlarni baxtiyor oila, oilaviy hayot, turmush, ro‘zg‘or tutish,
oila a’zolari bilan o‘zaro munosabatlarda “muvaffaqiyat kaliti”ga erishish
mahoratiga o‘rgatish jamiyatimizda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qator oilaviy
muammolar, manfaatlar to‘qnashuvi, kelishmovchiliklar, jumladan, ajrimlarning
oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “Baxtiyor oila”. T., “Hilol-

Nashr”, 2013.
2.

Н. Е. Жданова, И. В. Воробьева, М. С. Кривощекова, С. И. Велкова.

Детско-родительские взаимоотношения как предиктор финансовой
активности молодежи. Образование и наука. 2020. Т. 22, № 7. С. 33-51.

Библиографические ссылки

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “Baxtiyor oila”. T., “Hilol-Nashr”, 2013.

Н. Е. Жданова, И. В. Воробьева, М. С. Кривощекова, С. И. Велкова. Детско-родительские взаимоотношения как предиктор финансовой активности молодежи. Образование и наука. 2020. Т. 22, № 7. С. 33-51.