Maqolada xalq og‘zaki ijodi o‘quv faoliyatining ajralmas qismi ekanligi, o‘quvchilarga yangi materialni puxta o‘zlashtirishda integratsion yondashuvlarga asoslanish imkoniyatlari, folklor o‘quvchilarning tashabbuskorligi va bilish faoliyatini oshirishga xizmat qiluvchi vosita ekanligi, darsning u yoki bu bosqichida qo‘shiq, rivoyat, maqol, topishmoqlardan foydalanish o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirishi, ularda vatanparvarlik, qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini tarkib toptirishi, tarix, adabiyot faniga qiziqish uyg‘otishi haqida nazariy ma’lumotlar bayon etilgan.