Авторы

  • Oybek Xolmuratov
    Alfraganus universiteti Moliya kafedrasi o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.sspme.53339

Ключевые слова:

Investitsiya aksiyalarni obligatsiyalarni veksellar kredit modernizatsiya moliya bozori.

Аннотация

Maqolada mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda investitsiyalarning o‘rni va ahamiyati o‘rganilgan. Shuningdek, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning o‘rni va iqtisodiyot tarmoqlariga jalb qilingan investitsiyalarni YaIMdagi ulushi dinamikasi tahlil qilingan.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

36

IQTISODIYOT TARMOQLARIGA INVESTITSIYALARNI JALB

QILISHNI RIVOJLANTIRISH YO‘NALISHLARI

Xolmuratov Oybek Tursunmuratovich

Alfraganus universiteti Moliya kafedrasi o‘qituvchisi

xolmuratovoybek@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.11171356

Annotatsiya

Maqolada mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda investitsiyalarning o‘rni

va ahamiyati o‘rganilgan. Shuningdek, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning
o‘rni va iqtisodiyot tarmoqlariga jalb qilingan investitsiyalarni YaIMdagi ulushi
dinamikasi tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar:

Investitsiya, aksiyalarni, obligatsiyalarni, veksellar, kredit,

modernizatsiya, moliya bozori.

Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning oʻziga xos yoʻnalishini belgilab

olishda investitsiyalarning oʻrnini beqiyosligi investitsiyaning barqaror
rivojlantirishdagi rolini oshirish masalasini ilmiy asosda tadqiq qilgan holda
oʻrganish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Investitsiyani mamlakat iqtisodiyotini
barqaror rivojlantirishdagi rolini oshirish bilan bogʻliq boʻlgan muammolari
aniqlashdi va ularni hal qilishga qaratilgan ilmiy takliflar ishlab chiqish, shu
orqali investitsiyani iqtisodiy-ijtimoiy mazmunini va mohiyatini har tomonlama
oʻrganishda olimlar fikrini tadqiq etish ushbu mavzuni oʻrganishni muhim
yoʻnalishlaridan biri boʻlib hisoblanadi. Chunki investitsiyalarning iqtisodiy
mazmun va mohiyati toʻgʻrisida iqtisodchi olimlar oʻrtasida xilma-xil fikrlarni
mavjudligi ularni yagona tizimga keltirish iqtisodchi olimlar oʻrtasida katta ilmiy
qiziqish uygʻotmoqda.

Investitsiya, investitsiya muhiti va shu kabilarni iqtisodiyotni barqaror

rivojlantirishdagi rolini oshirish masalasini nazariy va amaliy jihatlari iqtisodchi
olimlar tomonidan chuqur tadqiq va tegishli ilmiy xulosalar shakllantirilgan. Shu
oʻrinda aytib oʻtish lozimki, Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yil 25
dekabrdagi «Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida»gi qonunda
investitsiyaga quyidagicha ta’rif berilgan: “Investitsiyalar investor tomonidan
foyda olish maqsadida ijtimoiy soha, tadbirkorlik, ilmiy va boshqa faoliyat turlari
obyektlariga tavakkalchiliklar asosida kiritiladigan moddiy va nomoddiy
boyliklar hamda ularga boʻlgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulk
obyektlariga boʻlgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar”

1

deb ta’rif berilgan

boʻlib, ular quyidagilarni oʻz ichiga olishi mumkin:

1

https://lex.uz/doks/4664142


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

37

- mablagʻlarni, shu jumladan pul mablagʻlarini (shu jumladan

chet

el valyutasini), maqsadli bank omonatlarini, paylarni, ulushlarni,

aksiyalarni, obligatsiyalarni, veksellar va boshqa qimmatli qogʻozlarni, koʻchar va
koʻchmas mol-mulkni (binolar, inshootlar, uskunalar, mashinalar va boshqa
moddiy qimmatliklarni);

- intellektual mulkka doir mulkiy huquqlarni, shu jumladan u yoki bu

ishlab chiqarish turini tashkil etish uchun zarur boʻlgan, texnik hujjatlar,
koʻnikmalar va ishlab chiqarish tajribasi tarzida rasmiylashtirilgan,
patentlangan yoki patentlanmagan (nou-xau) texnik, texnologik, tijoratga
oid va boshqa bilimlarni, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining qonun
hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa qimmatliklarni.

Globallashuvning yanada kengayishi bilanoq, koʻpgina korxonalar oʻz

faoliyatini tobora rivojlantirishga harakat qilishadi. Chunki, boshqa mamlakatda
yangi ishlab chiqarish korxonalarini ochish arzonroq ishlab chiqarish va mehnat
xarajatlari imkoniyatlari berishi bilan jozibaliroqdek tuyuladi. Bundan tashqari,
bu yirik korporatsiyalar koʻpincha eng kam soliq toʻlaydigan mamlakatlar bilan
biznes yuritishga intilishadi.

Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish iqtisodiy rivojlanish siyosatining muhim

yoʻnalishi hisoblanadi. Dunyoning aksariyat mamlakatlarida toʻgʻridan-toʻgʻri
xorijiy investitsiyalar jalb qilish vakolatiga ega boʻlgan milliy investitsiyalarni
ragʻbatlantirish agentliklari tashkil etilgan. U asosiy amalga oshirish masalalarini
bayon qiladi va mintaqa boʻylab agentliklar uchun toʻgʻridan-toʻgʻri
investitsiyalarni jalb qilish va uning samaradorligini yanada oshirish uchun
amaliy qoʻllanmasi boʻlib xizmat qiladi.

Investitsiyalarni jalb qilish strategiyasining maqsadi puxta oʻylangan

taktikani amalga oshirish orqali erishish mumkin boʻlgan aniq maqsadlar
toʻplamiga asoslanganholda biznes investitsiyalarini jalb qilishning strategik
rejasini ishlab chiqishdan iborat.

Ma’lumki, investitsion muhit yaratilishi lozim boʻlgan hududda xorijlik

investorlar ushbu hudud statistikasi va yashash sharoitlari va darajalarini
chuqur tahlil qilib koʻrishadi. Ushbu tahlil potensial xorijiy investorlarni aniqlab
berishda va oʻz mablagʻarini yoʻnaltirishda asosiy omil boʻlib xizmat qiladi.

Strategik korxonalar, jumladan, tabiiy resurslar va kommunal sohadagi

eksportga yoʻnaltirilgan muhim korxonalar toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar
uchun asosiy nomzodlardir, biroq bu tarmoqlar Oʻzbekistonda toʻgʻridan-toʻgʻri
investitsiya maqsadlari sifatida sezilarli darajada cheklab qoʻyilgan. Butun
Markaziy va Sharqiy Yevropa uchun oʻtgan yillarda xususiylashtirish natijasida


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

38

kelib chiqqan toʻgʻridan-oʻgʻri investitsiyalar umumiy toʻgʻridan-toʻgʻri
investitsiyalar oqimining deyarli 49 foizini tashkil etdi. Oʻzbekiston iqtisodiyoti,
xususan, eksport tarmoqlari tovar ishlabchiqarishga yoʻnaltirilgan.

1-rasmdan koʻrinib turibdiki, 2021-yilgi pandemiya asoratlari tufayli

Oʻzbekistonga ham investitsiya hajmi biroz kamaydi. Ushbu koʻrsatkich 2020-
yilgi holatga koʻra 38,4 foiz tashkil etgan boʻlsa, hozirga kelib 33,3 foiz ga
yaqinlashgan. Shuni ham ta’kidlab oʻtish lozimki, Oʻzbekiston Respublikasi YaIM
hajmi ham yildan yilga yuqorilagani bois, ushbu tushish mamlakatimizga
avvalgidek kuchli ta’sir oʻtkazgani yoʻq.

1-rasm. Iqtisodiyot tarmoqlariga jalb qilingan investitsiyalarni

YaIMdagi ulushi

2

Oʻzbekistonda 8000 ga yaqin xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona

roʻyxatga olingan boʻlib, ulardan 5600 ga yaqini faoliyat koʻrsatayotgani xabar
qilingan. Ular orasida yirik xalqaro kompaniyalar (KIA, BAT Industries,
Newmont va Coca Cola) bilan tuzilgan qoʻshma korxonalar ham bor. Biroq,
umumiy hisobda, Oʻzbekiston hozirgi vaqtda aholi soniga nisbatan va Markaziy
Osiyoning qolgan qismi bilan solishtirganda mutlaq koʻrsatkichlarda juda kichik
toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar oqimini jalb qilmoqda.

3

Xulosa

qilib

aytganda,

Moliyaviy

globallashuv

sharoitida

investitsiyalarning rivojlantishning asosiy maqsadi ishlab chiqarilgan
tovarlarning eksport salohiyatini oshirish, iste’molchilarni jahon talablariga mos
keladigan tovarlar bilan ta’minlash va mamlakatning investitsiya siyosati
barqarorligii ta’minlashdir.

2

https: //stat.uz

3

https: // gazeta.uz

38,40%

34,80%

33,30%

35,60%

30,00%

31,00%

32,00%

33,00%

34,00%

35,00%

36,00%

37,00%

38,00%

39,00%

2 0 2 0

2 0 2 1

2 0 2 2

2 0 2 3


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

39

Mamlakatimizda investitsiya bozorini rivojlantirish borasidagi chora-
tadbirlarda ushbu bozorni rivojlantirishning yaxlit strategiyasini shakllantirish,
uning samarali infratuzilmasi shakllanishida ko‘maklashish hamda ikkilamchi
bozorini jadal rivojlantirish va kengaytirishga qaratilgan amaliy harakatlarni
faollashtirish, korporativ boshqaruv tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida
takomillashtirish, investitsiya bozorini tartibga solish sohasida xalqaro
aloqalarni rivojlantirish kabi masalalar alohida ustuvorlik kasb etishi lozim.

Фойдаланилган адабиётлар рўйхати:

1.

Maxmudov N.M., Avazov N.R. “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda

investitsiyalardan samarali foydalanish yo‘llari”: Ilmiy-ommabop risola. – T.:
TDIU, 2019 y. - 4 b.
2.

O‘zbekiston Respublikasi “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati

to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasi
3.

G’ozibekov D .G’. Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari. T.: «Moliya»

nashriyoti. 2022. 26 bet.
4.

Haydarov N.H. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida korxonalar

investitsion faoliyatidagi moliya-soliq munosabatlarini takomillashtirish
masalalari. I.f.d ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. T.: 2023. 29 b.
5.

Rejapov Kh., Turgunov T., Kholmuminov Kh. INVESTMENT CLIMATE AND

DIRECTIONS FOR STIMULATION OF ATTRACTING THE FOREIGN INVESTMENT
//

The

Scientific

Heritage.

2021.

№64-3.

URL:

https://cyberleninka.ru/article/n/investment-climate-and-directions-for-
stimulation-of-attracting-the-foreign-investment

(дата

обращения:

08.05.2024).
6.

https://lex.uz/doks/4664142

7.

https: //stat.uz

8.

https: // gazeta.uz

Библиографические ссылки

Maxmudov N.M., Avazov N.R. “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda investitsiyalardan samarali foydalanish yo‘llari”: Ilmiy-ommabop risola. – T.: TDIU, 2019 y. - 4 b.

O‘zbekiston Respublikasi “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasi

G’ozibekov D .G’. Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari. T.: «Moliya» nashriyoti. 2022. 26 bet.

Haydarov N.H. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida korxonalar investitsion faoliyatidagi moliya-soliq munosabatlarini takomillashtirish masalalari. I.f.d ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. T.: 2023. 29 b.

Rejapov Kh., Turgunov T., Kholmuminov Kh. INVESTMENT CLIMATE AND DIRECTIONS FOR STIMULATION OF ATTRACTING THE FOREIGN INVESTMENT // The Scientific Heritage. 2021. №64-3. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/investment-climate-and-directions-for-stimulation-of-attracting-the-foreign-investment (дата обращения: 08.05.2024).

https: //stat.uz

https: // gazeta.uz