SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
30
KASB-HUNAR MAKTABLARIDA RUS TILI FANINI O’QITISHDA
SHAXSGA YO’NALTIRILGAN METODLARDAN SAMARALI
FOYDALANISH YO’LLARI.
Yakubova Zaytuna Zayniyevna
Buxoro viloyati G’ijduvon tumani 1-son kasb-hunar maktabi rus tili fani
o’qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11149428
ANNOTATSIYA
Zamonaviy kadrlardan talab qilinadigan birlamchi sifatlardan biri-bu
uning xorijiy tillarda mukammal so’zlasha olishidir. Mamlakatimizda jahon
bozoriga malakali kadrlarni yetkazib berish borasida olib borilayotgan
islohotlarning mohiyatini anglagan holda rus tili darslarini samarali tashkil etish
muhim ahamiyat kasb etadi.
Kalit so’zlar:
moslashuvchanlik, harakatli o’yinlar, guruhlash metodlari,
master klass
ANNOTATION
One of the primary qualities required of modern personnel is his ability
to speak foreign languages perfectly. Effective organization of Russian language
classes is of great importance, realizing the essence of the reforms that are being
carried out in our country in terms of supplying qualified personnel to the world
market.
Key words:
flexibility, action games, grouping methods, master class
Bizga ma’lumki, XXI asr axborot texnologiyalari, aloqaning tezkorligi,
dunyo mamlakatlari o’rtasida axborot va savdo munosabatlarining misli
ko’rilmagan rivojlanish asridir. Bu esa o’z navbatida bugungi kunda har bir
insondan tezkorlik, kommunikativlikni talab qiladi. Zamonaviy kadrning eng
yaxshi xususiyatlaridan biri esa- bu uning chet tillarida muloqot qila olishidir.
Zero, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev aytganlaridek: «Biz raqobatdosh davlat
qurishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, bundan buyon maktab,
litsey, kollej va oliygoh bitiruvchilari kamida 2 ta chet tilini mukammal bilishlari
shart. Bu qat’iy talab har bir ta’lim muassasasi rahbari faoliyatining asosiy
mezoniga aylanishi lozim». Mamlakatimiz rahbarining bu talabi har bir ta’lim
mutasaddisi, har bir pedagogga katta mas’uliyat yuklaydi.
2023/2024-oʻquv yili boshida, Oʻzbekiston Respublikasi kasb-hunar
maktablarida tahsil olayotgan oʻquvchilar 194,6 ming nafarni tashkil etib,
shundan oʻgʻil bolalar 143 ming nafar, qiz bolalar 51,6 ming nafarni tashkil
etgan. Bu o’quvchilar kasb-hunar maktablarida umumta’lim fanlarni o’qish bilan
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
31
bir qatorda ma’lum bir sohada har tomonlama yetuk mutaxassis bo’lib
yetishishlari uchun malakatimizda barcha imkoniyatlar yaratilgan. Ularning
jahon bozorida raqobatbardosh kadr bo’lib yetishishlarida biz chet tili fani
o’qituvchilaridan juda katta izlanish talab qilinadi.
Ma’lumki, kasb-hunar maktabi o’quvchilari tuman yoki shaharning turli
mazillari, turli maktablaridan kelishadi, bu o’z navbatida o’quvchilar
dunyoqarashi, bilim darajasi, ayniqsa, til bilish qobiliyatidagi tafovutda yaqqol
namoyon bo’ladi va chet tillarini , xususan, rus tilini o’qitishda turli
muammolarni keltirib chiqaradi:
- o’quvchilarning fiziologik va psixologik holati, o’smirlikka xos
xususiyatlari;
- o’quvchilarning yangi guruh, yangi sharoit, ta’lim jarayoniga moslashish
davridagi agressiv holati;
- guruhlardagi o’quvchilar bilim darajasidagi keskin farq;
- o’quvchilarning chet tilini bilish muhim emas deb hisoblashi;
- xorijiy til o’qituvchilarining yetarli malaka va ko’nikmalarga ega emasligi.
Yuqorida keltirilgan muammolar bizning faoliyatimizda uchrab turadi. Rus
tili darslari jarayonida guruhlarning ikkiga bo’linishi darslar davomida har bir
o’quvchi bilan individual ishlash imkoniyatini bersada, kasb-hunar maktablarida
o’quv mashg’ulotlarining davomiyligi umumiy o’rta ta’lim maktablariga nisbatan
ikki baravar ekanligi ba’zida birinchi bosqich o’quvchilarida turli noqulayliklar
tug’diradi. Bu jarayonga o’quvchilarning moslashuvchanligini oshirib, ularning
fanga bo’lgan qiziqishini rivojlantirishda pedagogdan alohida mahorat talab
etiladi. Ish faoliyatimiz mobaynida bir necha dars ishlanmalarini tayyorladik,
mazkur dars ishlanmalarini qo’llash dars o’z maqsadiga erishishida to’liq
samaradorlikka erishdi. Shu tajribalarimizdan kelib chiqqan holda, kasb-hunar
maktablarida rus tili , umuman chet tillarini o’qitishda yanada samaradorlikka
erishish uchun quyidagi takliflarni keltirib o’tamiz:
-
darslar davomida o’quvchilarning turli tarkibdagi guruhlarda ishlashini
ta’minlash, ya’ni har safar guruh bo’lib ishlayotganda ularni yangi usullar
bilan guruhlarga ajratish, talabalarning boshqa-boshqa muhitlarda faoliyat
olib borisjhlariga sharoitlar yaratish;
-
o’quvchilarning o’z fikrlarini ayta olish imkoniyatini yaratish va
rag’batlantirish, aksar hollarda darslarda savolga to’g’ri javob bermagan
yoki mavzuga to’g’ri yondashmagan o’quvchilar pedagoglar tomonidan
tanqid qilinadi. Agarda, har bir bildirilgan fikr uchun rag’bat berib borilsa,
o’quvchida fikrini bayon eta olish qobiliyati, o’ziga ishonchi ortadi. Bu
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
32
jarayonda o’qituvchilar muvofiqlashtiruvchi koordinatorlar sifatida
ishtirok etadilar, fikr bildirgan o’quvchini rag’batlantirib, uni tanqid
qilmay, ma’lumotlarni to’ldirib, to’g’rilab turadilar;
-
dars jarayonida yorqin rangli tarqatmalar, videoroliklar, animatsiyali
prezentatsiyalar ham o’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishlarini
orttiradi;
-
mavzuga mos tarzda harakatli o’yinlarni tashkil etish o’quvchilarning
xushyorligini oshirib, ularda zerikish, turli stress holatlarining kelib
chiqishining oldini oladi;
-
malakali pedagoglar o’rtasida Respublika miqyosida aniq bir mavzudagi
dars ishlanmasi bo’yicha muntazam tanlovlar o’tkazib, g’oliblarning dars
ishlanmalarini ommalashtirib borish, haqiqatdan yaxshi dars ishlanma
tayyorlagan pedagoglarni munosib rag’batlantirish tizimini yaratish;
-
pedagoglarning fikr va metodlar almashishlari uchun maxsus platformalar
yaratish va doimiy tarzda hududiy seminarlar, master klasslar tashkil
etish.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda aytishimiz mumkinki, o’quvchining har
bir fanga qiziqishi bevosita fan o’qituvchisiga bog’liqdir. Agar pedagoglar o’z
ustida doimiy ishlasa, izlansa farzandlarimiz bilim cho’qqilarini mashaaatqsiz
zabt eta oladilar.
Adabiyotlar:
1.
Devid A. J., Eggen, P. Kauchak. Ta’lim usullari; Talabalarning o’qishini
rag’batlantirish [M] 2002.
2.
Feng Vang, Erta yoshdagi bolalar ta’limida tadqiqotga asoslangan ta’lim
texnologiyasini qo’llash.
3.
E. Yu. Protasova, N.M. Vatan: Maktabgacha yoshdagi bolalarga chet tilini
o’rgatish usullari.
4.
https://www.maam.ru/detskijsad/obuchenie-vtoromu-ruskomu-jazyku-
cherezigru.html
5.
Google qidiruvi: Bolalarni ruscha kidskey.org saytiga qiziqtirish uchun 12
ta maslahat
6.
S. M. Gafforova , G. Z. Garafiyev , D.S. Garipova, G. M. Bilalova , R. F.
Nigmatullina , Z.F. Badrutdinova : Biz rus tilini o’rganamiz. Maktabgacha
yoshdagi bolalarga rus tilini o’rgatish bo’yicha uslubiy qo’llanma.
7.
Mahmudovna, Q. G. (2024). RAQOBATDOSHLIKNI OSHIRISHDA
INNOVATSION SALOHIYATNING AHAMIYATI.
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
33
8.
Qudratova, G. (2024). THE IMPORTANCE OF INNOVATIVE POTENTIAL IN
INCREASING COMPETITIVENESS. Modern Science and Research, 3(1), 933-938.