SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
25
RAQAMLASHTIRISHNING XOTIN-QIZLAR BANDLIGI
JARAYONLARIGA TA’SIRI SIFATINI OSHIRISH YO‘LLARI
Nurmuxamidova Muxtabar Xasanovna
katta o‘qituvchi
Guliston davlat universiteti
https://doi.org/10.5281/zenodo.11142976
Annotatsiya:
Mazkur maqolada jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida xotin-
qizlarning ishtirokini yanada kuchaytirish, inson kapitali sifatini ta’minlashning
muhim tashkil etuvchilari sifatida xotin-qizlarning turmush shart-sharoitlarini
yaxshilash omillari tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar:
barqaror rivojlanish, raqamli iqtisodiyot,inson kapitali, aholi
daromadlari,xotin-qizlar mavqei, iqtisodiy o‘sish, ish bilan bandlik.
Ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishning
zamonaviy
bosqichi
axborot
texnologiyalarining hayotning barcha jabhalariga kirib borishi va ularning
shiddat bilan rivojlanishi bilan xususiyatlanib, nomoddiy iqtisodiyot bilan
bog‘liq ravishda xizmatlar sohasining rivojlanishiga olib kelmoqda. Shunga mos
ravishda xizmatlar sohasida ish bilan bandlik darajasi ham ortib bormoqda.
Misol uchun, Malayziyada so‘nggi 20 yil ichida xizmat ko‘rsatish sohasida
ayollarning ish bilan bandlik darajasi 53,3 %dan 75%ga, Rossiyada 63,1 %dan
80,7%ga etdi. 2020 yil holatiga BAA da ayollarning 95 %, AQSh va Kanadada 90
% xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lgan. Jahon bankining ma’lumotlariga
ko‘ra O‘zbekiston ayollarining 58,7 % xizmatlar sohasida ish bilan band. Ushbu
ma’lumotlardan kelib chiqib, respublikamizda xizmatlar sohasini
rivojlantirish uchun xali juda katta imkoniyatlar mavjudligi aniqlanadi.
Harakatlar strategiyasining mantiqiy davomi sifatida 2022-2026 yillarga
mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasida ham jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida
xotin-qizlarning ishtirokini yanada kuchaytirish, inson kapitali sifatini
ta’minlashning muhim tashkil etuvchilari sifatida xotin-qizlarning turmush
shart-sharoitlarini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, Taraqqiyot
strategiyasining 4 –ustivor yo‘nalishida, jamiyatda xotin-qizlarning mavqeini
yanada mustahkamlash maqsadida: tazyiq va zo‘ravonlikka nisbatan
murosasizlik muhitini yaratish; ularning huquqiy va qonuniy manfaatlarini
ta’minlash; xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab-
quvvatlashga doir islohotlarni amalga oshirish; ayollarning ta’lim va kasbiy
ko‘nikmalar olishlari, munosib ish topishlariga har tomonlama ko‘maklashish;
turar joyga muhtojlarni uy-joy bilan ta’minlash, turmush va mehnat sharoitlarini
yaxshilash, daromadlarini ko‘paytirish; og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolganlarga
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
26
ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam ko‘rsatish, ularni manzilli qo‘llab-
quvvatlash; “ayollar daftari” bilan manzilli ishlash, muammolar o‘z vaqtida
bartaraf etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish kabi
vazifalarning belgilab berilishi-ning o‘ziyoq, fikrimizning yaqqol isbotidir.
Mamlakatimiz rahbari tomonidan jamiyatda xotin-qizlarning jamiyatdagi
o‘rnini mustahkamlash, ularning turmush sharoitlarini yaxshilash, yuqori
texnologiyali tibbiy yordam ko‘rsatishni besh baravarga kengaytirish, dori-
darmon va vitaminlarni bepul etkazib berish bo‘yicha xarajatlarni oshirish,
talaba xotin-qizlarning to‘lov-shartnoma pullarini to‘lashlari uchun foizsiz ta’lim
kreditlari ajratish, magistraturada tahsil olayotgan qizlarning to‘lov-shartnoma
pullarini davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan to‘liq qoplab berish, tadbirkorlik
faoliyati bilan shug‘ullanayotgan ayollarga soliq imtiyozlari taqdim qilish kabi
ustivor vazifalar belgilab berilgan. Bunday keng ko‘lamli chora-tadbirlarning
amalga oshirilishi mamlakatimizda inson kapitali sifatining yaxshilanishiga katta
hissa qo‘shadi.
Ayollarning iqtisodiy faollik darajasi jamiyatda samaradorlik va tenglikni
ta’minlaganligi sababli, jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun muhim omil
sifatida talqin etiladi. Mehnat bozorida ayollarning faollik darajasining oshishi
ikki natija, ya’ni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va ayollarning huquq va
imkoniyatlarining kengayishini nazarda tutadi. Bu tenglikning ta’minlanishi va
inson salohiyatidan samarali foydalanish orqali kambag‘allikni qisqartirishi va
iqtisodiy o‘sish uchun imkoniyatlarni kengaytirishi mumkin.
Xalqaro mehnat tashkilotining ma’lumotlariga qaraganda, turli davlatlar
kesimida turlicha bo‘lsada, umuman olganda butun dunyoda ayollar va
erkaklarning mehnat bozoridagi ishtirokida katta farqlar saqlanib qolmoqda.
2019 yilda jahon bo‘ylab ayollarning iqtisodiy faollik darajasi 48 % bo‘lgan
bo‘lsa, erkaklarda bu ko‘rsatkich 75 %ni tashkil etdi, ya’ni dunyo mamlakatlarida
3,5 mlrd. kishini tashkil etgan ishchi kuchining 5 tadan 3 tasini erkaklar tashkil
etayapti. Masalan, Norvegiyada ayollarning iqtisodiy faolik darajasi o‘rtacha 61
foizni tashkil qiladi.
Sanoatlashuv va globalizatsiya jarayonlari ta’sirida butun dunyoda
ayollarga bo‘lgan munosabat o‘zgarib borib, ularning mehnat bozoridagi o‘rni
ham o‘zgarib bormoqda. Lekin ijtimoiy-iqtisodiy hayot qanchalik
modernizatsiyalashib borishiga qaramay, ayollar mehnat bozori segmenti
boshqa segmentlardan farqli o‘ziga xos xususiyatlarga egaligi saqlanib
qolmoqda. Bandlik darajasining beqarorligi va ishsizlikning yuqori xavfi,
mehnatga xaq to‘lash darajasidagi farqlar, ishga qabul qilinishi va
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
27
bo‘shatilishidagi mehnat qonunchiligiga rioya etilmaslik kabilar bunga yaqqol
misol bo‘la oladi.
Tadbirkorlik faoliyatida ayollarning ishtiroki ahamiyatli tarzda oshib
bormoqda, amerikalik tadqiqotchilar R.Peterson va K.Vermeyerlar bu fenomenni
“Jahon miqyosidagi tinch inqilob” deb atashgan edi. Darxaqiqat, oxirgi yillar
davomida butun dunyoda ayollar tadbirkorligi keng tus olib, jahon
iqtisodiyotiga katta hissa qo‘shayotganini inkor etib bo‘lmaydi. Masalan, AQSh
va Kanadada kichik biznesning uchdan bir qismi ayollar qo‘lida, Frantsiyada
tadbirkor ayollar erkak tadbirkorlardan 3 marotaba ko‘p, umuman olganda,
rivojlangan davlatlarda tadbirkor ayollar tadbirkorlarning 50,2 - 70,5 % foizini
tashkil etmoqda. Shu o‘rinda respublikamizda ham ayollar orasida kichik biznes
va oilaviy tadbirkorlik sohasining rivojiga alohida e’tibor qaratilib, keng
imkoniyatlar ochib berilmoqda. Lekin, kichik biznes va oilaviy tadbirkorlik
barcha hududlarda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan deb bo‘lmaydi.
Dunyo bo‘yicha kambag‘al aholining 76,5 % qishloqlarda yashashini
inobatga olib, ayollar uchun oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va ulardan
foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish orqali dunyoda kambag‘allik darajasini
kamaytirish mumkin. Shuning uchun ham respublikamizda qishloq ayollarining
oilaviy tadbirkorligini rivojlantirish va ulardan unumli foydalanish katta
strategik ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega hisoblanadi
O’tgan asr oxirlaridan boshlab globalizatsiya jarayonlari natijasida
ayollarning mehnat bozorida ishtirokining ortishi barcha davlatlarni qamrab
oldi. Jahon banki “Gender tenglik aqlli iqtisodiyot sifatida” nomi ostida axborot-
tahliliy byulleten nashr etib, unda ayollar uchun iqtisodiy imkoniyatlarni
kengaytirish rivojlanishning muhim omili ekanligini ta’kidlaydi.
Jahon miqyosidagi tadqiqotlarda ayollarning mehnat bozoridagi
ishtirokining turli jihatlari tadqiq etilmoqda. Ayollar ish bilan bandligini
ta’minlashning samarali mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha quyidagi
ustuvor yo‘nalishlarda tadqiqotlar olib borilmoqda: ayollar ish bilan bandligi va
bu sohada uchraydigan muammolar; mehnat bozorida ayollarning kamsitilishga
uchrashining nazariy-uslubiy jihatlari; ayollarning iqtisodiy faollik darajasi
bo‘yicha hududiy tafovutlar va ularning sabablari; ayollar mehnat bozoridagi
ishtiroki va ularning reproduktiv funktsiyalari orasidagi bog‘liqlik; ayol ishchi
kuchining zamonaviy ish o‘rinlari tuzilishi o‘zgarishiga moslashuvini oshirish;
virtual ish joylarini joriy etishning samarali va tezkor innovatsion yo‘llarini
ishlab chiqish; kasbiy malakalarni oshirishda ish beruvchilarning talablariga
asosan malaka oshirish tizimini tashkil etish, farzandlar tug‘ilishi hamda
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
28
ularning tarbiyasi bilan bog‘liq ayollarning hayotiy tsikl modelini e’tiborga olgan
holda, qo‘shimcha ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash strategiyalaridan
foydalanishning ilmiy asoslarini takomillashtirish va boshqalar.
So‘nggi yillarda respublikada xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish
bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlarning ahamiyatini e’tirof etgan holda,
istiqbolda quyidagi ishlarni amalga oshirish taklif etiladi:
-
Ayollarning aksariyat qismi band bo‘lgan sohalar, ya’ni ta’lim va
sog‘liqni saqlash sohalarida oylik ish haqi miqdorlarini muttasil ravishda oshirib
borish. Ushbu tadbir nafaqat ayollarning iqtisodiy faravonligini oshirishga
xizmat qilib, balki mamlakat istiqbolini belgilab beradigan milliy inson kapitalini
sifatli darajada shakllantirishga asos bo‘ladi. Ta’lim tizimidagi ish haqlarining
boshqa sohalarga nisbatan pastligi uning malakali kadrlar uchun jozibadorligini
keskin pasaytiradi;
-
ayollarning, xususan qishloq joylardagi xotin-qizlarning tadbirkorlik
faoliyati bilan shug‘ullanishlari uchun imkoniyatlarni yanada kengaytirish;
-
xotin-qizlarning o‘rta maxsus va oliy ta’lim olishlari uchun moliyaviy,
hududiy imkoniyatlarni yanada kengaytirish;
-
ayollarning 3 yoshgacha farzandni parvarishlash ta’tilidan keyin
mehnat bozorida moslashishini osonlashtirish shuningdek, ta’lim va oilaviy
majburiyatlarni uyg‘unlashtirish uchun shart-sharoitlarni yaratish maqsadida
bandlik xizmati organlari tomonidan kasb ta’limi va qo‘shimcha kasb-hunar
ta’limi bo‘yicha dasturlarni tashkil etish, jumladan, davlat masofaviy
xizmatlarini tashkil etish shaklida ham;
-
bola parvarishlash ta’tilida bo‘lgan ayollarni ijtimoiy himoya qilish va
moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash;
milliy inson kapitalini shakllantirishda oilaning, xususan onalarning rolini
beqiyos ekanligini e’tirof etgan holda, 14 yoshgacha farzandi bo‘lgan ish bilan
band bo‘lgan ayollarning ish vaqtini ish haqini o‘zgartirmagan holda 2 soatga
qisqartirilgan ish kunini tashkil etish imkonini beruvchi chora-tadbirlarini ishlab
chiqish. Ushbu tadbir farzandli ayollarning mehnat bozorida raqobatbardoshlik
darajasiga salbiy ta’sir etishini oldini olish, bunday toifadagi ayollarni ish bilan
ta’minlagan ish beruvchilarga nisbatan soliq va boshqa imtiyozlarni joriy etish
tavsiya etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning O‘zbekiston
Respublikasi
Oliy
Majlisiga
Murojaatnomasi.
http://uza.uz/oz/politics/o‘zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-
mirziyeevning-oliy-25-01-2020
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
29
2.Extracts from B. Seebohm Rowntree, Poverty: A Study of Town Life (1902
edition; first published 1901).
3.Inson
huquqlari
umumjahon
deklaratsiyasi.
http://constitution.uz/
uz/pages/humanrights
4.Berdiyev G.I. Структура доходов домашных хозяйств Республики
Узбекистан и его изменение в условиях модернизации экономикии //
Журнал “Экономика и предпринимателство // Jurnal “Ekonomika i
predprinimatelstvo”. Moskva 2017. №8. Str.1147-1151. (08.00.00. № 29)