SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
19
QISHLOQ HUDUDLARIDA AHOLI O‘RTASIDA TADBIRKORLIK
FAOLIYATINI RA/BATLANTIRISHNING IQTISODIY
MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI
Mamajonova Saida Vaxabjonovna
katta o‘qituvchi
Guliston davlat universiteti
https://doi.org/10.5281/zenodo.11142925
Annotatsiya:
Mazkur maqolada kambag‘allikka qarshi kurashishning
o‘ziga xos jihatlari va dunyo mamlakatlari tajribasidan kelib chiqqan holda,
O‘zbekistonda kambag‘allikni kamaytirish borasida qishloq tadbirkorligini
rivojlantirilishi zarur bo‘lgan ustivor vazifalar tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar:
barqaror rivojlanish, kambag‘allik, qashshoqlik, yashash
minimumi, iste’mol savatchasi, aholi daromadlari, inson kapitali, kambag‘allik
tuzog‘i.
Bugungi kunda jahon iqtisodiyoti turli moliyaviy-iqtisodiy, ijtimoiy-
siyosiy inqirozlarning kuchayishi, mamlakatlar o‘rtasida turli savdo
urushlarining avj olishi natijasida dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi ijtimoiy-
iqtisodiy aloqalarning cheklanishi kabi jarayonlar bilan tavsiflanadi. Buning
natijasida esa, dunyoning ko‘pgina milliy iqtisodiyotlarda YaIM o‘sishining
sekinlashuvi, real daromadlarning pasayishi, ijtimoiy tabaqalanishning
chuqurlashuvi va qashshoqlikning ortishi kuzatilmoqda. Kambag‘allik va
qashshoqlik muammosi dunyo miqyosidagi global muammolardan biri sanaladi,
shu sababdan BMT Bosh Assambleyasining 2014 yil avgust oyida o‘tkazilgan
sessiyasida mazkur muammo 2030 yilgacha bo‘lgan muddatda sayyyoramizni
barqaror rivojlantirishning asosiy maqsadlaridan biri sifatida e’tirof etilgan.
Kambag‘allik muammosi rivojlanayotgan mamlakatlar qatori O‘zbekiston
uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda kambag‘allik
mamlakatimizda turli ko‘rinishlarda: xususan, yashash minimumidan past
darajadagi daromadga ega bo‘lgan shaxslar ulushining yuqoriligi; ijtimoiy
barqarorlikka tahdid tug‘diruvchi ish haqi va daromadlar darajasi bo‘yicha aholi
qatlamlarining tabaqalanishi; daromadlarning asosiy qismi oziq-ovqat
mahsulotlari uchun sarflanishida namoyon bo‘luvchi iste’mol xarajatlarining
nooqilona tuzilmasi; ayniqsa hozirgi inqiroz sharoitida aholi katta qismining
kambag‘allik domiga tushib qolish xavfining yuqoriligi; hududlar kesimida
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi-ning farqlanishi kabilarda namoyon
bo‘ladi.
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
20
Ijtimoiy-iqtisodiy ta’minlanganlik darajasi past bo‘lgan uy xo‘jaliklarining
moddiy ahvolini yaxshilash, ularning ijtimoiy takror ishlab chiqarish
munosabatlari jarayonida faol ishtirokini ta’minlash har qanday mamlakat
hukumati tomonidan amalga oshiriluvchi ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning muhim
tashkil etuvchisi hisoblanadi.
Kambag‘allik - muayyan maqbul turmush darajasini ta’min eta olmaslikdir.
Bir so‘z bilan aytganda, bu muayyan bir shaxs yoki oilaning zaruriy ehtiyojlari
darajasining ularni qondirish imkoniyatlaridan oshib ketishidir. Mutloq, nisbiy
va sub’ektiv kamabag‘allik tushunchalari farqlanadi. Insonning oziq-ovqat,
kiyim-kechak va uy-joy bo‘lgan birlamchi fiziologik ehtiyojlarini to‘liq yoki
qisman qondira olmaslik holati mutloq kambag‘allik tushunchasini ifoda etadi.
Kambag‘allik darajasining miqdoriy hisob-kitoblari to‘g‘risida dastlab, ingliz
olimlari Charlz But va Sib Rauntrilar fikr yuritishgan va ular tomonidan
“kambag‘allik chegarasi” tushunchasi ilmiy muomalaga kiritilgan[2].
Kambag‘allik chegarasi insonning faqat eng muhim bo‘lgan birlamchi
oziq-ovqat, kiyim-kechaklarni sotib olish va istiqomat qilish uchun etarli bo‘lgan
daromadlarning minimal miqdorini ifoda etadi. Jamiyat rivojlanishi bilan hayot
uchun zarur buyum va xizmatlar majmui kengaya borsada, lekin yuqorida tilga
olib o‘tilgan usul o‘z mohiyatini yo‘qotganicha yo‘q. Biror bir shaxs yoki oilani
kambag‘allar toifasiga kiritish ularning nimaga egalik qilishlariga ko‘p jihatdan
bog‘liqdir.
Kambag‘allik borasida yanada aniqroq ta’rif Jahon Banki tomonidan
berilgan bo‘lib, unga ko‘ra kambag‘allik chegarasi 2015-yildan boshlab, kuniga
1,25 dollardan 1,90 dollargacha ko‘tarilgan. Kuniga 3,20 dollarga kun kechirish
o‘rtacha daromadga ega bo‘lgan mamlakatlardagi kambag‘allik chegara-sini aks
ettirsa, kuniga 5,50 dollarga kun kechirish o‘rtachadan yuqori daromadga ega
bo‘lgan mamlakatlarda kambag‘allik chegarasini aniqlashda asosiy mezon
hisoblanadi.
Hukumat oldida 2026 yilga borib aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM
miqdorini 2 800 dollarga yetkazish va 2030 yilga borib esa 4000 dollardan
oshirish va o‘rta daromadli mamlakatlarning yuqori guruhiga kirish vazifasi
turibdi.
Bugungi kunda kambag‘allikning favqulodda ko‘rinishi bo‘lgan
qashshoqlik dunyodagi eng katta va aytish mumkinki, og‘riqli muammolardan
biri bo‘lib qolmoqda. Qashshoqlik-bu insonning kuniga 1,90 dollarga yoki undan
ham kamroq mablag‘ hisobiga kun kechirishini anglatadi. Shu bilan bir qatorda,
qashshoqlik-bu insonning kambag‘allik chegarasidan ham past darajada
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
21
daromadga ega bo‘lishini va insonning shunchaki hayotda mavjud bo‘lishini aks
ettiradi. Kambag‘allik chegarasi kuniga 1,90 dollar etib belgilangan bo‘lsada, har
bir mamlakat o‘zining rivojlanish darajasi va imkoniyatlaridan kelib chiqqan
holda, kambag‘allik chegarasini belgilaydi. Masalan, Evropa Ittifoqi
mamlakatlarida agar insonning daromadlari o‘zi istiqomat qilayotgan
mamlakatdagi o‘rtacha ish haqining 60 foizdan kamroq qismini tashkil etsa, u
kambag‘al insonlar sirasiga kiritiladi. Dunyoning ko‘pchilik mamlakatlarida
kambag‘allik chegarasi deyilganda, yashash minimumidan past darajadagi
daromad chegarasi tushuniladi.
Yashash minimumi-inson salomatligini saqlash va uning hayotiy faoliyatini
ta’minlash uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat, nooziq-ovqat mahsulotlari va
xizmatlarning eng kam to‘plamlarini, shuningdek majburiy to‘lovlar va
yig‘imlarni o‘z ichiga olgan iste’mol savatchasini qiymat bahosini ifoda etadi.
Boshqacha qilib aytganda, yashash minimumi insonning eng zaruriy
ehtiyojlarini qondira olmaydigan yoki kambag‘allik qashshoqlik bilan
almashinuvchi chegarani aks ettiradi.
Xalqaro oziq-ovqat tashkiloti (FAO) mutaxassislari insonlar ochlik domiga
tushib qolishlariga sabab bo‘luvchi omillarni ajratib ko‘rsatishadi:
Bandlik darajasining pasayishi va daromadlarning qisqarishi
fuqarolarning oziq-ovqat mahsulotlariga sarflashlari mumkin bo‘lgan
xarajatlarning qisqarishini anglatadi. Migrantlarning pul o‘tkazmalarining
qisqarishi ham mazkur muammoni yanada chigallashtiradi. Shu bilan birga,
dunyo mamlakatlari orasida siyosiy, irqiy, iqtisodiy, millatlararo
ziddiyatlarning kuchayishi oziq-ovqat mahsulotlari narxining ko‘tarili-shiga va
taqchilligiga sabab bo‘lmoqda.
Davlat daromadlarining keskin pasayishi turli tavsifga ega bo‘lgan
ijtimoiy himoya chora-tadbirlarini mablag‘ bilan ta’minlashni mushkul holatga
solib qo‘yadi va davlatning o‘sib borayotgan ehtiyojlarni qondira olmasligini
anglatadi.
Bizning fikrimizcha, bu o‘rinda eng katta e’tibor berilish lozim bo‘lgan
jihat- bu insonlarning iqtisodiy tafakkur darajasidir. Insonlarda o‘z hayotlarini
yaxshiroq qilish va rivojlantirish istagi bo‘lishi kerak.
O‘zbekistonda kambag‘allikka qarshi kurashish dasturlarini ishlab
chiqishda Xitoy tajribasidan foydalanish ijobiy samara beradi. Xitoyda
kambag‘allikka qarshi kurashish chora-tadbirlari quyidagi jihatlari bilan ajralib
turadi:
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
22
1.
Ko‘rsatilayotgan ijtimoiy himoya chora-tadbirlarining aniq manzilga
yo‘naltirilganligi;
2.
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, mahalliy bozorlarni sifatli oziq-
ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash borasida ilmiy-tadqiqot ishlarining har
jihatdan qo‘llab-quvvatlanishi;
3.
Kambag‘allikka qarshi kurashishda har bir hududning o‘ziga xos
jihatlaridan kelib chiqib yondashish;
4.
Xitoyda amalga oshiriluvchi ijtimoiy siyosat aholi turli
qatlamlarining manfaatlarini qamrab olishga qaratilgan. Xususan, keksa
yoshdagi aholi uchun tegishli ijtimoiy xizmatlarning sifatini oshirish maqsad
qilib olingan bo‘lsa, mehnatga layoqatli va ayniqsa yoshlarning mehnat
salohiyatlarini ro‘yobga chiqarish Xitoyda kambag‘allikka qarshi kurashish
siyosatining asosini tashkil etadi, bunda asosiy e’tibor yoshlarni kasb-hunarga
o‘rgatishga qaratiladi, ya’ni “Insonlarga qarmoq berib, ularga baliq tutishni
o‘rgatish kerak”- degan Konfutsiy ta’limotiga qat’iy amal qilinadi;
5.
Qishloq hududlarida kambag‘allikni kamaytirish maqsadida qishloq
hududlariga sanoat ishlab chiqarishini olib kirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari
ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini kuchaytirish;
6.
Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, aholi bandligi
va daromadlarini oshirish maqsadida maxsus iqtisodiy zonalarni tashkil etish
amaliyotidan keng foydalanish;
7.
Ijtimoiy dasturlarga yo‘naltirilgan har qanday mablag‘ning
sarflanishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish.
Mamlakatimizda kambag‘allikka qarshi kurashishga doir chora-tadbirlar
dasturini ishlab chiqishda quyidagilarga alohida e’tibor qaratish talab etiladi:
-
Jamiyatda kambag‘allikka sabab bo‘luvchi korruptsiya, sifatsiz
infratuzilma, ko‘rsatilayotgan turli xil ijtimoiy xizmatlar sifatining pastligi, atrof-
muhit va ishlab chiqarishga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ekologik omillar va shu
kabilarni chuqur tahlil qilish asosida kambag‘allikka qarshi kurashish borasida
ilmiy asoslangan dastur va rejalar ishlab chiqish;
-
Kichik va o‘rta shaharlarni rivojlantirish hisobiga qishloq
hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish masalalarini hal etish;
-
Yoshlarni arzon uy-joylar bilan ta’minlashda ipotekali kreditlash
imkoniyatlarini yanada kengaytirish, ajratilayotgan ipoteka kreditlarining foiz
stavkalarini hududlar kesimida qayta ko‘rib chiqish;
-
Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish,
fuqarolarning ayniqsa yoshlar o‘rtasida tibbiy madaniyatni shakllantirish;
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
23
-
O’zbekistonda aholi o‘rtasida “namoyishkorona iste’mol” darajasi
haddan tashqari yuqori va mamlakatimiz aholisining iqtisodiy xulq-atvori
“kambag‘allik falsafasi” ustiga qurilganligini ko‘rsatadi. Yuqoridagilarni inobatga
olgan holda, aholi keng qatlamlarining iqtisodiy fikrlashini o‘zgartirishga
qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
-
Yoshlarning kasb-hunar va oliy ta’lim bilan qamrab olinish
darajasini oshirish va bunda asosiy e’tiborni mehnat bozori talablaridan kelib
chiqqan holda, yoshlarni zamonaviy va istiqbolli kasb-hunar va mutaxassisliklar
bo‘yicha o‘qitishga qaratish;
-
Iqtisodiyot tarmoq va sohalari, ayniqsa qishloq xo‘jaligi ishlab
chiqaruvchilari o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini izchil yo‘lga qo‘yish;
-
Inson kapitali sifatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni
izchil amalga oshirish;
-
Bilimlar iqtisodiyotini shakllantirishga alohida urg‘u berish, ilmiy-
tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini har tomonlama qo‘llab-
quvvatlash;
Jamiyat ijtimoiy va iqtisodiy hayotida raqamli texnologiya-larning tobora izchil
joriy etib borilishiga erishish va shu kabilar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning O‘zbekiston
Respublikasi
Oliy
Majlisiga
Murojaatnomasi.
http://uza.uz/oz/politics/zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-
mirziyeevning-oliy-25-01-2020
2.Extracts from B. Seebohm Rowntree, Poverty: A Study of Town Life (1902
edition; first published 1901).
3.Inson
huquqlari
umumjahon
deklaratsiyasi.
http://constitution.uz/
uz/pages/humanrights
4.https://www.worldbank.org/en/publication/poverty-and-shared-prosperity
5.https://www.vorldbank.org
6.https://www.vedomosti.ru/economics/articles/2019/10/17/814013-
kartine-bednosti
7.https://www.un.org/sustainabledevelopment/ru/sustainable-development-
goals/
8.https://www.un.org/ru/development/devagenda/pdf/Russian_Why_it_matte
rs_Goal_1_Poverty.pdf
9.https://uza.uz/uz/posts/ozbekiston-respublikasining-orta-muddatda-
rivozhlanish-istiqbollari-2022-yil-uchun-davlat-byudzheti-loyihasi-muhokama-
qilindi_311791
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
24
10.https://www.norma.uz/uz/qonunchilikda_yangi/aholining_minimal_istemol
_harajatlari_qiymatini_hisoblash_tartibi_joriy_etilmoqda
11. Khakimova, M. Kh. (2021). USING THE “BRAINSTORMING” METHOD IN
TEACHING SOIL SCIENCE AS A FACTOR OF ACHIEVEMENT OF EFFECTIVENESS.
Bulletin of Science and Education , (6-3 (109)), 56-61.
12. Rakhimov, D., Juliev, M., Agzamova, I., Normatova, N., Ermatova, Y.,
Begimkulov, D., ... & Ergasheva, O. (2023). Application of hyperspectral and
multispectral datasets for mineral mapping. In E3S Web of Conferences (Vol.
386). EDP Sciences.