SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
116
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SPORTNING SHAKLLANISHI VA
UNING MAHALLIY BOZORDA RIVOJLANISH YO’LI.
Abdurashidova Diyora Abduvaxob qizi
Toshkentdagi Kimyo Xalqaro Univeritetining
turizm yo’nalishi
3-kurs bakalavr talabasi
diyoraabdurashidova749@gmail.com
0009-0002-0895-4717
https://doi.org/10.5281/zenodo.15388789
Annotatsiya
: Turizm global iqtisodiyotning muhim yo’nalishiga aylandi va
albatta sport bu sohada iqtisodiyotga o’z ta’sirini ko’rsatmay qolmaydi. Sport
turizmi turizmning eng oldi sohalaridan bo’lib, u mamlakatning iqtisodiy
yaxshilanishida va mamlakatlararo turistlar almashinuvida muhim o’rin tutadi.
Ushbu maqola sport turizmining paydo bo‘lish tarixi, asosiy rivojlanish
bosqichlari va iqtisodiyotga bo’lgan ta’sirini tahlil qiladi.
Kalit so’zlar
: sport turizmi, sport tarmoqlari, xalqaro biznes, marketing,
olimpiada o’yinlari.
Аннотация:
Туризм стал важным сектором мировой экономики, и,
конечно же, спорт не может не оказывать влияние на экономику в этой
сфере. Спортивный туризм является одной из ведущих отраслей туризма,
играющей важную роль в экономическом развитии страны и обмене
туристами между странами. В статье анализируется история спортивного
туризма, основные этапы его развития и его влияние на экономику.
Ключевые слова
: спортивный туризм, спортивные сети,
международный бизнес, маркетинг, Олимпийские игры.
Abstract
: Tourism has become an important sector of the global economy,
and of course, sports cannot fail to have an impact on the economy in this area.
Sports tourism is one of the leading sectors of tourism, which plays an important
role in the economic development of the country and the exchange of tourists
between countries. This article analyzes the history of the emergence of sports
tourism, the main stages of development and its impact on the economy.
Key words
: sports tourism, sports networks, international business,
marketing, Olympic Games.
Metodologiya
Maqola iqtisodiy tahlil uslubi asosida yozilgan, unda sport turizmning
paydo bo‘lishi va rivojlanish bosqichlari xronologik tartibda ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, asosiy omillar va bu jarayonlarning iqtisodiyotga va
sayohatchilarga ta’sirini tahlil qilishga e’tibor qaratiladi.
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
117
Adabiyotlar tahlili
1.
O'zbekistonda sportni rivojlantirishning muhim qismi hukumat,
tadbirkorlar, jamoat tashkilotlari va sportchilar bilan birgalikda ishlashdir.
Hukumat sportning rivojlanishi uchun katta e'tibor berishni davom ettirish,
moliyaviy yordam ko'rsatish, sportchilarni rag'batlantirish, sportchilar uchun
mukofotlar tizimini yaratish va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilishni
davom ettirish kerak. Bu qadamlar sport olamidagi ijtimoiy muammolarni hal
qilishga, sportning rivojlanishiga va jamiyatning sportga qarshi munosabatini
yaxshilashga yordam beradi. (Ramazonovich K. S., O'ZBEKISTONDA SPORTNI
RIVOJLANTIRISH CHORA TADBIRLARI, 2024)
2.
Bugungi kunda sport turizmi kam rivojlangan sohadir. Shuning
uchun mamlakatimizda turizm madaniyatini rivojlantirishning yana bir muhim
omillaridan biri – bu sport turizmi borasida yuqori sifatli ta’lim berish va
mutaxassislar tayyorlashdir. Shu o‘rinda ta’kidlashimiz kerakki, sport turizmi
zaruriy baza mavjudligini talab etadi. Jumladan, turli inventarlar, maxsus
trassa va yo‘llar, sport maydonchalari, sport asbob-uskunalari va h. Sport
sayohatlariga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri bu dam oluvchilarning
xavfsizligini ta’minlash hisoblanadi. (Umarjonovich G. A., SPORT TURIZMINI
RIVOJLANTIRISHNING TASHKILIY VA IJTIMOIY-PЕDAGOGIK ASOSLARI, 2023)
3.
Turistlarning qoniqishiga, shuningdek, ularning kelajakda yana
ishtirok etish, manzilga qaytish va do‘stlar hamda oila a’zolariga tavsiya qilish
niyatlariga eng katta ta’sir ko‘rsatadigan besh asosiy omil mavjud. Bular :
Tadbirning o‘zi (sifati va tashkiloti), Manzilning narxi va xizmatlari, Muhit va
atmosfera, Ko‘ngilochar dasturlar va dam olish imkoniyatlari, Tabiiy (atrof-
muhit) jozibadorlik. (Abdujalilovich, ROLE OF SPORT TOURISM IN
UZBEKISTAN’S LOCAL TOURISM MARKET, 2024).
Sport turizmi
- bu tabiiy to'siqlarni yengib o'tishda odamni sport bilan
takomillashtirishga
qaratilgan
sport
turi.
Sport
turizmi
tarixan SSSRda rivojlangan. Turizmning sport mahorati tabiiy to'siqlarni yengib
o'tish, to'siqlarni yengib o'tishning turli taktikasi va usullarini qo'llashdan iborat
Ma’lumki sport o’ynaladigan, sevib tomosha qilinadigan va insonlarga
emotsiya ulashadigan global mahsulot va servis turidir. O’zbekistonda ham sport
sohasining ommaviylashishi va rivojlanishi Sovet Ittifoqi davridan boshlangan.
1920-1930-yillarda
Sovet Ittifoqi davrida sportni ommalashtirish uchun
dasturlar boshlandi, shu jumladan O'zbekistonda ham sport turlari, masalan,
futbol, voleybol, yengil atletika va boshqalar rivojlana boshladi.
1950-1980-
yillarda esa
O'zbekistonda professional sportga alohida e'tibor qaratildi.
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
118
Masalan, Toshkent shahrida Olimpiya zali, futbol stadionlari, sport komplekslari
va boshqa muhim inshootlar qurildi. Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionining
qurilishi, shuningdek, O‘zbekistondagi boshqa sport inshootlari va komplekslari
professional sportning rivojlanishiga yordam berdi. Bir nechta yirik sport
turlari, masalan, futbol, basketbol, dzyudo, kurash va yengil atletika rivojlana
boshladi. O‘zbek futboli, ayniqsa, Toshkentning “Paxtakor” klubi o‘sha davrda
mashhur bo‘lib, mamlakatni xalqaro miqyosda tanitishga yordam berdi. Bu
davrda sportchilar ko'plab xalqaro miqyosda musobaqalarda qatnashib,
O'zbekistonga sovet sporti ramzlari ostida xizmat qilgan. kurash bo‘yicha
Xolmirza Tursunov, Rashidov Shavkat,
Yengil atletika bo‘yicha
Tatyana
Koshkina
hamda
O‘zbekistonning mashhur bokschilari
Muhammad Mimov va
Shavkatdjan Kamilov
Sovet Ittifoqining Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etib,
medal topgan.
https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekistonda_sport
Mustaqillikni qo'lga kiritgandan so'ng, O'zbekistonda sportning yangi
bosqichi boshlandi. 1992-yil 14-yanvarda O‘zbekiston Respublikasining
“Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Ushbu qonunning
yangi tahriri 2015-yil 4-sentyabrda qabul qilindi. Mazkur Qonunda O‘zbekiston
hukumatining jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish huquqiy meʼyoriy
asoslari Konstitutsiya va xalqaro huquq normalariga mos ravishda yaratildi.
Mazkur qonun 8 bob va 47 moddadan iborat. 2021-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra,
respublikamizda yuqori malakali sportchilarni tayyorlashga ixtisoslashtirilgan
jami 352 ta sport-ta’lim muassasalari faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, 2022-yilning 1-
yanvar holatiga ularning soni 367 taga yetgan. Shundan shahar joylarda – 324 ta,
qishloq joylarda ‒ 43 ta. Ayni paytda respublikamizda 254 ta bolalar sport
maktablari, 56 ta ixtisoslashtirilgan sport maktablari, 15 ta olimpiya zahiralari
kollejlari, 12 ta oliy sport mahorati maktablari faoliyat ko‘rsatmoqda. 2022-
yilning 1-yanvar holatiga koʻra, respublikamizda jami 6907,8 ming kishi
jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishi aniqlandi. (ALLAMURATOVICH,
MUSTAQILLIK YILLARIDA O'ZBEKISTONDA JISMONIY TARBIYA VA SPORT,
2023).
Hozirgi kunda Olimpiada o'yinlari va Jahon kubogi kabi xalqaro
musobaqalar ko'plab jamoat axborot vosItalarining e'tibor markazida bo'lishiga
qaramay, sport marketingi hamda xalqaro biznes o'ziga tegishli o'zaro
aloqalarda ham amaliy va nazariy nuqtai nazardan oqsoqlanishlar ko'zga
tashlanadi va bu kabi vaziyatlarni yurtimizda ham tez-tez uchrab turishi
muammoli holatlardan biridir.
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
119
Shunga o’xshash muammolarga yechim topish maqsadida Vazirlar
Mahkamasi “2019-2023 yillar mobaynida O'zbekiston Respublikasida jismoniy
tarbiya va ommoviy sportni rivojlantirish konsepsiyasi” Qaror sifatida
tasdiqlandi.
Butun dunyo bo'ylab tarqalgan, mamlakatlarni iqtisodiy inqiroz yo’liga
olib kelgan katta muammolardan biri bo'lgan koronavirus ham O’zbekistonda
jismoniy tarbiya va sport tarmog’ida ham o'z ta'sirini ko'rsatadi. (Sultonovich S.
O., O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SPORT MARKETINGINI RIVOJLANTIRISH,
2024)
Tokyo-2020 Olimpiya o‘yinlari
ning 2020 yil 24 iyulda boshlanishi
rejalashtirilgan edi, ammo ular pandemiya sababli
2021 yilga qoldirildi
. Bu
tadbir O‘zbekiston sport turizmi uchun ham muhim edi, chunki ko‘plab o‘zbek
sportchilari va tomoshabinlar ishtirok etish uchun Tokioga safar qilishni
rejalashtirgan edilar.
2020 yil, mart
: FIFA tomonidan
Jahon chempionati saralash
o‘yinlari
kechiktirildi, bu esa xalqaro sportchilar va muxlislar uchun sport
turizmi imkoniyatlarini chekladi.
2020 yil, may
:
Formuly-1
ning butun 2020 yilgi mavsumi kechiktirildi,
shu jumladan O‘zbekistonning
Buxoro viloyatida Formula-1 o‘yini tashkil
etilishi rejalashtirilgan edi
. Lekin pandemiya tufayli bu tadbirlar amalga
oshmadi.
2020 yil, mart
: O‘zbekiston hukumati koronavirusning tarqalishini
oldini olish uchun barcha xalqaro reyslarni to‘xtatdi.
2020 yil, mart
: O‘zbekistonning barcha sport inshootlari va stadionlari
vaqtincha yopildi. Bunda, masalan,
Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida
o‘tkazilishi kerak bo‘lgan futbol musobaqalari
cheklovlar tufayli o‘tkazilmay
qolgan.
2020 yil, aprel
: Mahalliy turizm kompaniyalari va mehmonxonalar
faoliyati to‘xtatildi. Pandemiya davrida O‘zbekistonning sport turizmi bilan
bog‘liq sohalari — masalan, mehmonxonalar, restoranlar va sport inshootlari
faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘ldi. O‘zbekistonda sport turizmi bilan bog‘liq 2
000 dan ortiq kichik va o‘rta bizneslar vaqtincha yopildi
O‘zbekistonda sport faoliyatiga marketing chuqur singib ketganicha yo‘q va
shu sababdan maxsus o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar ham juda ozchilikni tashkil
qiladi. Ana shularni e’tiborga olgan holda R. Nabiullinning 2022 – yilda nashr
etilgan «Jismoniy tarbiya va sportda marketing» nomli darsligini asos qilib
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
120
olishga to‘g‘ri keladi. (Sultonovich S. O., O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SPORT
MARKETINGINI RIVOJLANTIRISH, 2024)
Asosiy qism
Sport marketingi - bu sport tadbirlari va jamoalarni targ‘ib qilishga,
shuningdek sport tadbirlari va sport jamoalari orqali boshqa mahsulotlar va
xizmatlarni targ‘ib qilishga yo‘naltirilgan marketingning bir qismidir. Bunday
holda, reklama qilingan mahsulot jismoniy mahsulot yoki tovar nomi bo‘lishi
mumkin. Maqsad mijozga sportni ommalashtirish yoki boshqa har qanday
mahsulot, xizmat, biznes yoki sabablarni sport orqali targ‘ib qilish strategiyasini
taqdim etishdir. Sport marketingi orqali iste’molchilarning ehtiyojlari va
ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan. Ushbu strategiyalar umumiy
marketingning an’anaviy 4Pga amal qiladi: mahsulot, narx, reklama va joy. Sport
marketingida ham yana 4P qo‘shildi, chunki sport bu xizmat deb hisoblanadi.
Qo‘shimcha 4P: rejalashtirish (planning), qadoqlash (packaging), joylashishni
aniqlash (positioning) va idrok etish (perception). Qo‘shimcha to‘rtta
elementning qo‘shilishi “sport marketingi aralashmasi” deb nomlanadi.
(Sultonovich S. O., O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SPORT MARKETINGINI
RIVOJLANTIRISH, 2024)
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islorn Karimov: O'zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining birinchi rnajlisidagi ma'ruzasida «Biz sog'lorn
avlodni tarbiyalab yetkazishirniz kerak. Sog'lom kishi deganda faqat jismoniy
sog'lornlikni emas, balki sharqona axloq-odob va umurnbashariy g'oyalar ruhida
kamol topgan insonni tushunamiz»,- deydi. "Sog'lom avlod uchun" ordeni ta'sis
etilganligi, xalqaro xayriya jamg'armasi tashkil qilinganligi ham kelgusida
sog'lom va barkarnol avlodni tarbiyalab yetkazishga xizmat qiladi . 1993-yilning
14-15 mayida 0'zbekiston Respublikasi oliy o'quv muassasalari rektorlari, o'rta
maxsus maktablaming direktorlari, jismoniy tarbiya kafedralari mudirlari,
o'qituvchilari yig'ilishib, talabalar hamda o'quvchi yoshlar sog'ligini
mustahkamlash, jismoniy tarbiya va sportni yoshlar hayotiga singdirish, turli
kasalliklarning oldini olish, yoshlarga sportning xohlagan turi bilan
shug'ullanishga sharoit yaratib berish masalalarini ko'rib chiqishdi. Shundan
so’ng 1993- yildan boshlab har yili aprel oyining uchinchi yakshanbasi jismoniy
tarbiya va sport xodimlarining kasbiy bayram sifatida nishonlanadigan bo'ldi.
https://lex.uz/uz/
1994- yilning yanvarigacha faqat respublikamiz poytaxtida 26 dan ortiq
o'yingoh, 5 ta manej, sport saroylari va suv sporti saroyi, 58 ta suzish havzasi, 36
ta futbol maydoni, 549 ta jismoniy tarbiya tashkiloti qayd qilingan bo'lsa,
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
121
bugungi kunda respublikamiz hududida 815 ortiq o'yingoh, 12 ta manej, 65
tadan ortiq sport va suv saroylari, 49 ta suzish havzasi, 68 ta futbol maydonlari
va 560 ta birlamchi jismoniy tarbiya tashkilotlari faoliyat ko'rsatmoqda. Shu
bilan birga turli xil sport federatsiyalari tashkil etila boshlandi. ( 1-jadval )
1 – jadval
: Sport Federatsiyalari va ularning raislari.
Dastlabki harakatlar “O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish
jamg’armasi” Jamg’armaning homiylik kengashi o’z faoliyatini joylarda bolalar
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
122
jismoniy tarbiya va sportning moddiy bazasini shakllantirish, aholi
manzilgohlarida zamonaviy bolalar sport komplekslari tarmog’ini barpo
etishdan boshlandi. Jamg’arma orqali sport inshooti qurilishi va ta’mirlanish
ishlari yo’lga qo’yildi. Respublikada tibbiy va ilmiy asoslangan 2.8 mingdan ortiq
sport to’garaklari tashkil qilinib, ularga 85 mingdan ortiq bolalar jalb qilindi.
Sport mashg’ulotlariga o’quvchilarni ommaviy ravishda, uzluksiz jalb qilishni
tashkil etish maqsadida, “O’quvchi va talaba yoshlarni sportga jalb qilishga
qaratilgan uzluksiz sport musoboqalari tizimini tashkil etish to’g’risida”
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.06.2003 yildagi 244-son
qarori asosida mamlakatda umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-
hunar kollajlari o’quvchilari hamda oliy ta’lim muassasalari talabalarining “Umid
nihollari”, “Barkamol avlod” musoboqalarining hududlarda respublika final
bosqichlarini o’tkazish rejasi belgilandi va uzoq muddatga rejalashtirilgan uch
bosqichii daviat sport dasturi asosida mamlakatimizda ushbu turdagi
musobaqalar o'tkazilmoqda. (Namozov Baxodir Kuchkorovich, Eshquvatov
Abdumo'min Keldibek o'g'li, 2025).
Bundan tashqari, Mamlakatimiz talaba-yoshlar hayotida 2000- yilning 26-
mayi unitilmas kun bo'ldi, chunki shu kundan boshlab respublika oIiy ta'lim
muassasalarining talaba va aspirantlari o'rtasida ,,Universiada’’ musobaqalari
boshlandi. Ushbu musobaqalar har uch yilda bir marta o'tkazilib kelmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 17-yanvardagi “O’zbekistonda futbolni
rivojlantirishning tashkiliy asoslari va prinsiplarini tubdan takomillashtirish
chora tadbirlari to’g’risida”gi 27-sonli qaroriga muvofiq, Qoraqlpog’iston
Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida futbol maktab
internatlari tashkil etildi.
Bolalar ommaviy sport mahorati bo’g’inidagi tadbirlar, ommaviy razryadlar
ko’rsatkichidan ikkinchi, sportning yuqori mahorati bo’g’inida, o’smir-yoshlar
sporti orqali tayyorlanadigan birinchi razryadli, sport ustasi nomzodi va sport
ustasi datrajasiga chiqish imkoniyatlarini yaratdi. (Namozov Baxodir
Kuchkorovich, Eshquvatov Abdumo'min Keldibek o'g'li, 2025).
«Mehnat zahiralari’’ sport jamiyati tashkilotining 58 ta maxsus o'rta ta'lim
o'quv muassasida 303 dan ortiq umumta'lim maktablarida o'z muxlislari bor. 30
ta ixtisoslashgan sport maktabida 660 mingdan ziyod o'quvehilar sportning
bareha turlaridan ta'lim olib, o'z mahoratini oshirmoqda. Shu bilan bir qatorda,
madaniyat va sport tuman bo' limlari, «Jismoniy tarbiya hamma uchun»
assotsiatsiyasi, Xalq ta'lim vazirligi huzurida "Bolalar sporti" jamg'armasi
faoliyat ko'rsatib kelmoqda.
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
123
O’zbekistonda 2023-yilning aprel-may oylarida Toshkentda bo’lib o’tgan
IBA erkaklar o‘rtasidagi Jahon boks chempionati mamlakatimizga 5,2 million
dollarlik mukofot jamg‘armasi bilan 200 dan ortiq sportchilarni jalb etdi. Bu
tadbir mehmonxona, transport va oziq-ovqat xizmatlari orqali iqtisodiy
faoliyatni jonlantirdi.
O’zbekistonda turizm va iqtisodiyotning rivojlanishida Xalqaro Olimpiada
o’yinlarining o’rni beqiyos.
Olimpiada to'rt yilda bir marta jahon sportchilarining katta sport
anjumaniga taklif qiladi. Olimpiada o'yinlari 12 kundan ortiq davorr etmasligi
kerak. XOQning shtabi shveysariyaning Lozanna shahticia joylashgan. Olimpiada
o'yinlarining shiori: «Tezroq», «Balandroqi), «Kuchliroq». Dastlab birinchi
zamonaviy Olimpiya o'yinlarini 1900 yi!i Parijda o'tkazishga kelishilgan. Ammo
Xalqaro Olimpi)a Qo'rnitasining birinchi prezidenti grek shoiri Drnitrius Vikelos
1896 yili Afinada Olirnpiya o'yinlarini tashkil qilish taklifini kiritadl. Kongress
a'zolariga bu taklif rna'qul bo'ladi. Vikelos grek shahzodasi Konstantin bilan
hamkorlikda Olimpiya o'yinlarini o'tkazishga 300 ming droxm yig'ib, 1896 - yil 6
-aprelda 1 – Olimpiada o'yinlari o'tkazadi.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Sport_turizmi
Osiyo o'yinlariga har bir davlat xohlagancha sportchi olib borish huquqiga
ega bo'lsa (har bir turga 3 nafardan ko'p emas), Olimpiadaga qatnashish uchun
har bir sportchi o'z sport turi bO'yicha belgilangan xalqaro musobaqalarda XOQ
tomonidan qo'yilgan mezonlarni bajarishi shart. Bizning sportchilar uchun ana
shunday musobaqalar - Osiyo o'yinlari, chempionatlari va yirik xalqaro turnirlar
hisoblanadi. O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi 1992 yilni 21 yanvarda
Toshkent shahrida tashkil topdi va u 1993 - yil 17 -sentyabrda 27 Xalqaro
Olimpiada qo'mitasi tarkibiga qabul qilindi. MOQning birinchi prezidenti
lavozimiga Obid Nazirov saylandi. O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng
1994 yil Norvegiyaning Lillexammer shahrida Lina Cheryazova mamlakatimizga
birinchi Olimpiada oltin medalini keltirgan. Yozgi o'yinda birinchi Olimpiada
kumush medalini Armen Bogdasarov (dzyu-do) qo'lga kiritgan. O'zbekistonlik
sportchilar mustaqillikdan oldin 10- Olimpiada o'yinlarida 36 ta medallarni
qo'lga kiritgan bo'lsaIar, mustaqillikdan so'ng 2024-yilga qadar jami 47,106 ta
medalni qo‘lga kiritgan. https://kun.uz/
O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng, 1996-yildan 2024-yilgacha
bo‘lgan davrda Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun davlat byudjetidan jami
601 milliard so‘m (taxminan $50,55 million) ajratilgan. 2024-yilgi Parij
Olimpiadasida O‘zbekiston sportchilari 13 ta medal (8 oltin, 2 kumush, 3 bronza)
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
124
qo‘lga kiritdi. ( 1-rasm ). Medallarni tayyorlash va taqdirlash xarajatlari jami
$4,14 millionni tashkil etdi. Bu har bir medal uchun o‘rta hisobda $3,89 millionni
tashkil etadi. 2024-yil uchun sport uchun ajratilgan mablag‘lar 73 milliard
so‘mni tashkil etdi. Shu bilan birga, O‘zbekiston hukumati sport infratuzilmasini
rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda. So‘nggi yillarda 101 yangi sport
inshootlari barpo etildi va 67 ta mavjud inshoot ta’mirlandi. Bu chora-tadbirlar
sport sohasining rivojlanishiga va iqtisodiyotga qo‘shimcha foyda keltirishga
xizmat qilmoqda. (ALLAMURATOVICH, O‘ZBEKISTON SPORTCHILARINING
OLIMPIYA O'YINLARIDA ERISHGAN YUTUQLARI, 2023).
1 – rasm
: 2024 – yil Parij Olimpia o’yini chempionlari.
2 – jadval
: O’zbekistonning jami medallari.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda sport, ekstremal va dam olish turini
rivojlantirish bo‘yicha sezilarli islohotlar amalga oshirildi. Ekstremal turizm —
bu xavf bilan bog‘liq sayohat va faol dam olish turidir. Ekstremal dam olishning
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
125
deyarli har bir turi ma’lum mahorat, tajriba va tayyorgarlikni talab qiladi.
Ekstremal turizm xususiyatlaridan biri uskunalar va ish kiyimlarining yuqori
narxidir. Ushbu sohada yetakchi davlatlar qatoriga AQSH, Fransiya, Italiya va
Germaniya kiradi. O‘zbekiston ekstremal turistik resurs va imkoniyatlarga juda
boy. Turoperatorlik firmalari tomonidan “Toshkent-ChorvoqToshkent”,
“Toshkent-Bildirsoy-Chimyon-Toshkent”,
“ToshkentZomin-Toshkent”,
“Toshkent-Aydarko‘l-Toshkent” kabi marshrutlarda o‘tkazilgan ekstremal turlar,
cho‘l hududlardagi tuyada sayr qilish kabi faoliyatlar, nafaqat O‘zbekiston, balki
butun dunyo turistlarining e’tiborini jalb qilmoqda. Tahlillarga ko‘ra, ekstremal
turizm xizmatlarini ko‘rsatayotgan turoperatorlar asosan Chimyon-Chorvoq
rekreatsiya zonasi doirasida faoliyat yuritmoqda. Mamlakatning ulkan tog‘li
hududlari ayniqsa maftunkor. O‘zbekistonda tog‘ turizmi kichik, ammo faol
rivojlanayotgan sohadir. Bu go‘zal tog‘ manzaralari bo‘ylab piyoda yurish,
alpinizm, tog‘dagi g‘orlarga tashriflar, to‘rtta zamonaviy kurort majmualaridan
birida qishki chang‘i sportidan iborat. https://uzbekistan.travel/uz/v/sport-
turizmi/
O‘zbekiston tog‘lari alpinizm, tog‘ turizmi va qoyaga chiqish kabi faol dam
olish turlarini sevuvchilar uchun juda jozibali. Mamlakatimiz hududining katta
qismini asosan tekisliklar egallaydi, ammo o‘lkaning ko‘pgina mintaqalarida
Tyan-Shan va Pomir tog‘ tizmalarining g‘arbdan sharqqa tomon cho‘zilgan
zanjirlari ham joylashgan.
O‘zbekistonning mashhur tog‘li hududidan biri – Chimyon tog‘lari, eng
yuqori cho‘qqisi 3309 metrli Katta Chimyon cho‘qqisi. Mazkur hudud ko‘plab
toqqa chiqish yo‘llari, piyoda yurish, qoyaga chiqish yo‘llari, ot minish
marshrutlari, tog‘ chang‘isi yo‘laklari va boshqalar uchun xizmat qiladi. Bu yerda
uchta tog‘-chang‘i kurortlari – Chimyon, Bildirsoy va Amirsoy joylashgan bo‘lib,
ular turli xil qishki sport turlarini sevuvchilarni o‘ziga jalb qilib kelmoqda.
Chang‘i mavsumi dekabr oyining oxiridan boshlab mart oyining o‘rtalariga to‘g‘ri
keladi. Tog‘ chang‘isi uchun eng yaxshi vaqt fevral hisoblanadi.
Shu o‘rinda alohida ta’kidlash kerakki Chimgan va Amirsoy tog‘ kurortlarida
o‘tkazilgan qishki sport festivallari (masalan, Chimgan Challenge-2023) tog‘
turizmini rivojlantirishda katta ro’l o’ynadi. Shu kabi tadbirlar chang‘i, snoubord,
etnosport va boshqa faol sport turlarini ommalashtirishga katta xizmat qildi .
Amirsoy tog‘ kurorti 2019-yilda ishfga tushirilgan bo‘lib, Markaziy
Osiyodagi eng zamonaviy chang‘i kurortlaridan biridir. 2023-yilda 150 000 dan
ortiq mahalliy sayyohni jalb etdi. Bu kurortning rivoji turizm infratuzilmasini
yaxshilashga va yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qilmoqda.
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
126
Shakhrisabz tumanida 3000 gektarlik chang‘i kurorti qurilishi
rejalashtirilgan bo‘lib, bu loyiha 2024-yilda turizm poytaxti sifatida belgilangan
Shakhrisabzning iqtisodiy rivojlanishida katta ro’l o’ynaydi.
Boysuntog‘ tizmasidagi Boysun buloq (amplitudasi 1415 m), festivalnaya-
Ledopadnaya (-580 m) va Ural (-565 m) kabi chuqur g‘orlar, Qulasoy, Langar va
Gulkam daralarining g‘aroyib manzaralari, Zomindagi Turkiston tog‘ tizmasi
shimoli-g‘arbiy qoyalarining shifobaxsh havosi – sayyohlar va hayajon
izlovchilarning
misli
ko‘rilmas
sonini
o‘ziga
jalb
qiladi.
https://uzbekistan.travel/uz/v/sport-turizmi/
O‘zbekistonning keng tog‘li hududlari go‘yo alpinizm, qoya va muzli
cho‘qqiga chiqish uchun mo‘ljallangandek go‘yo. O‘zbekiston alpinizm va qoyani
zabt etish federatsiyasi o‘z saytida O‘zbekistonning 34 tog‘li hududida balandligi
3099 metrdan 4326 metrgacha bo‘lgan 74 yo‘nalish haqida ma’lumot beradi.
Ulardan 15 ta yo‘nalish 4a yoki 4b qiyinchilik darajalariga ega, 9 ta yo‘nalish 5A
yoki 5b qiyinchilik darajalariga ega va faqat bitta yo‘nalishning qiyinchilik
darajasi 6a ga yetadi. Alpinizm, toqqa chiqish va muzli qoyaga ko‘tarilishning
asosiy yo‘nalishlari asosan G‘arbiy Tyan-Shan hududlarida joylashgan:
Maydontol tizmasi, Pskom tizmasi va Chotqol tizmasi. Bu yerda har yili alpinizm
va toqqa chiqish bo‘yicha O‘zbekiston ochiq musobaqalari o‘tkaziladi. Bu esa
albatta O’zbekiston iqtisodiyotiga o’z ta’sirini ko’rsatmay qolmaydi.
https://uzbekistan.travel/uz/v/sport-turizmi/
O‘zbekistonning tog‘ turizmi, xususan Chimyon, Amirsoy va Zomin kabi
hududlarda, mamlakat iqtisodiyotiga sezilarli darajada foyda keltirmoqda. 2023-
yilda O‘zbekistonda 7 milliondan ortiq xorijiy sayyohlar tashrif buyurdi, bu esa
2022-yilga nisbatan 1,8 millionga ko‘pdir. Turizm xizmatlari eksporti 2023-yilda
2,1 milliard AQSh dollariga yetdi. Bu, 2022-yilga nisbatan 500 million dollarga
ko‘pdir. 2023-yilda 183 ta yangi mehmonxona va 356 ta oilaviy mehmon uylari
ishga tushirildi, natijada 70 ming yangi ish o‘rni yaratildi. Amirsoy tog‘ chang‘i
kurorti 2019-yilda o’z faoliyatini boshlagan bo‘lib, 100 million yevro miqdorida
sarmoya kiritilgan. Bu kurortda 350 o‘rinli mehmonxonalar qurilishi
rejalashtirilgan va yangi osma yo‘llar, frirayd yo‘llari kabi infratuzilma loyihalari
amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, Chimyon, Amirsoy va Zomin hududlarida bojxona imtiyozlari
bilan yirik savdo komplekslari qurilishi rejalashtirilgan. Bu komplekslar xorijiy
turistlar oqimini oshirishga va ichki turizmni rivojlantirishga katta xizmat qiladi.
(G‘ulomqodirova Mamura, Valiyeva Layloxon Obidjon qizi , 2024)
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
127
Mamlakatimizda velosport ham rivojlanishni boshladi. Velosipedda yurish -
sog‘lom turmush tarzi va sog‘lom bo‘lishning ajoyib usuli. 2021-yilning 24-
sentabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq
O‘zbekistonda velosportni rivojlantirishning yangi dasturi tasdiqlandi. Hujjatda
Turizm va sport vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021-
2022-yillarda velosipedning har xil turlarini rivojlantirish dasturini ishlab
chiqishi kerakligi ko‘rsatilgan. Dasturga muvofiq, 2022-2023-o‘quv yillari uchun
Turizm va sport vazirligi tizimiga kiritiladigan velosport mahorati bo‘yicha
Respublika maktab-internati tashkil etiladi. Shuningdek, 2022-yilda bir nechta
yirik xalqaro musobaqalarni tashkil qilish belgilab berildi.
Ilk bor erkaklar va ayollar o‘rtasida velosportning ,, shosse ‘’ turi bo‘yicha
Xalqaro velosipedchilar ittifoqi (UCI) taqvim rejasiga kiritilgan “OQTOSH-
CHORVOQ MOUNTAIN” ko‘p kunlik xalqaro musobaqalariga start berildi. Unda
O‘zbekiston terma jamoasi bilan birga dunyo bo‘ylab saralangan 120 nafar
velosportchi kuch sinashyapti. Musobaqada o‘zbekistonlik sportchilar yuqori
natijalarni qayd etishni boshlashdi. Bu esa O’zbekiston iqtisodiyotiga katta foyda
olib
keldi.
https://uzbekistan.travel/uz/o/ozbekistonda-velosportni-
rivojlantirish-dasturi-tasdiqlandi/
XULOSA
Sport turizmi iqtisodiy o'sish, jamiyat taraqqiyoti va madaniyat
almashinuvining omili sifatida katta o’rin egallaydi. Uning rivojlanish
bosqichlarini tushunish, tegishli metodologiyalardan foydalanish va barqaror
amaliyotni qo'llash orqali sport turizmining to'liq rivojlanishini taminlaydi. Bu
esa mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirihsda katta ahamiyatga ega.
Kelajakdagi tadqiqotlar sport turizmining rivojlanayotgan tendentsiyalarini
o'rganishga, ularning maqsadli raqobatbardoshlikka ta'sirini baholashga va
barqaror rivojlanishning eng yaxshi tajribalarini aniqlashga qaratilishi kerak. Biz
bu orqali sportning rivojlanishidagi kamchiliklarni hal etishimiz mumkin.
Agarda rivojlanishdagi kamchiliklar yetarli darajada hal etilsa sport bilan birga
turizm ham rivojlanadi. Bu esa iqtisodiyotni ham rivojlanishiga olib keladi.
Foydalanilgan Adabiyotlar:
1.
Ziyadullayev, K. ., Jumaniyazov, A. ., & Safarov, O. . (2025). SPORT
SOHASIDA SIFAT MENEJMENTINI TAKOMILLASHTIRISHNING IJTIMOIY-
IQTISODIY JIHATLARI. Modern Science and Research, 4(2), 712–718.
2.
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/68467
3.
( Safarov O‘lmasbek Sulton o‘g‘li. (2024). O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA
SPORT
MARKETINGINI
RIVOJLANTIRISH
YO‘LLARI.
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
128
https://doi.org/10.5281/zenodo.12589372 International scientific journal, 2 -
str )
4.
Qosimov U., Xusainov Sh.Y., Eshmuradov K.A. “Jismoniy tarbiya va sport
ta’limida kurash milliy sport turning o’tmishi va kelajagi” – o’quv
qo’llanma.Samarqand 2021yil.
5.
Shamshidin Yalgashevich, K., Abriyevich, E. Q., & Kuchkarovich, N. B.
(2023). Analysis of the Technique of Teaching the Jerk in Weightlifting. Eurasian
Research Bulletin, 17, 121-128.
6.
Khusainov ShamshidinYalgashevich, Namozov Baxodir Kuchkarovich, &
Eshmurodov Qodir Abriyevich. (2023). Use of Games and Relay Races in
Teaching Gymnastics at the Department of Physical Education and Sport.
Horizon: Journal of Humanity and Artificial Intelligence, 2(11), 44–47. Retrieved
from https://univerpubl.com/index.php/horizon/article/view/2770
7.
Namozov, B., & Eshquvatov , A. . (2025). JISMONIY TARBIYA VA
SPORTNING BOLALAR VA O’SMIRLAR TARBIYASIDAGI O’RNI. Modern Science
and
Research,
4(3),
456–458.
Retrieved
from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/75909
8.
Ashur Nazarovich Nonnurodov.(2011). ,, JISMONIY TARBIYA’’
https://aylimkutubxona.uz/storage/books/October2024/j673jQivch5utehfLyT
3.pdf