Arxeologik va yozma manbalarda o‘rta osiyo mudofaa inshootlarining aks ettirilishi

CC BY f
153-155
12
Поделиться
Гаффаров, М. (2021). Arxeologik va yozma manbalarda o‘rta osiyo mudofaa inshootlarining aks ettirilishi. Глобальное партнерство как условие и гарантия стабильного развития, 1(1), 153–155. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/stable_development/article/view/22031
Максадбек Гаффаров, Министерство внутренних дел Республики Узбекистан Хорезмский академический лицей

преподаватель

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Arxeologik izlanishlar natijalariga ko'ra, 0‘rta Osiyoning janubiy mintaqasi boTgan Janubiy Turkmanistonda mil.avv. 1V-HI ming yilliklardayoq oddiy mudofaa inshootlari paydo boTa boshlagan. Mudofaa dcvorlar mudofaa nuqtai nazaridan oddiy boTib, ko'proq paxsadan qilingan to'siqdck ko'rinsada, ular aholining xavfsizligini ta'minlash uchun aniq maqsadida qurilganiligini qayd etish joiz.

Похожие статьи


background image

153

G‘affarov Maqsadbek Qadamboyevich

О ‘qituvchi

О ‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining

Xorazm akademik litseyi

ARXEOLOGIK VA YOZMA MANBALARDA O‘RTA OSIYO MUDOFAA

INSHOOTLARINING AKS ETTIRILISHI

Arxeologik izlanishlar natijalariga ko‘ra, O‘rta Osiyoning janubiy mintaqasi boTgan Janubiy

Turkmanistonda mil.avv. IV-III ming yilliklardayoq oddiy mudofaa inshootlari paydo boTa boshlagan.
Mudofaa devorlar mudofaa nuqtai-nazaridan oddiy boTib, ko‘proq paxsadan qilingan to‘siqdek ko‘rinsada,
ular aholining xavfsizligini ta’minlash uchun aniq maqsadida qurilganiligini qayd etish joiz.

Turon mudofaa tizimining rivoji bronza davrida kechgan tarixiy jarayonlar bilan bogTiq. A.

Asqarovning Sopollitepada olib borgan arxeologik izlanishlar natijalaridan maTumki, u murakkab
fortifikatsiya tizimiga ega boTgan. Bu yodgorlik to‘rtburchak shakldagi bu yodgorlik H-shalkda burjdan holi
mudofaa devor bilan o‘rab olingan. Bu mudofaa elementining o‘ziga xos xususiyati labirint tilsimida boTib,
dushmanni tuzoqga tushirish vazifasini bajargan. Tashqi mudofaa devori 8 ta darvozaga ega boTib, ichki
mudofaa devorlarining darvozalari faqat bittadan qilib qurilgan. Bu qal’aga hujum qilayotgan dushman
kuchlarini chalgTtish uchun qilinganligini mutaxassislar alohida qayd etib o‘tishadi. Tashqi devor
darvozalaridan faqat bittasida qal’a ichiga olib boruvchi yoT boTib, qolgan ettitasidan tashqi va o‘rta mudofaa
devori orasida joylashgan labirint shakldagi murakkab karidorlarga kirishgan.

O‘rta Osiyoda, xususan, Turon zaminida bronza davridan boshlab manzilgohlar mudofaa devorlari bilan

o‘rab olinishidan dalolat beradi. Jamiyat taraqqiy etib borishi hamda urushlar koTamiga qarab mudofaa tizimi
ham bosqichma-bosqich murakkablashib bordi. Muhim tranzit aloqa yoTlari bo‘yi va kechuvlarda maxsus
qo‘rg‘onlar, soqchi-minoralar barpo etila boshlandi. O‘rta Osiyodagi qadimgi shaharlarning eng muhim
tarkibiy elementlarini tashkil qilgan fortifikatsiya tizimi mavjudligini hisobga olsak, mudofaa masalasi
jamiyat hayotida katta o‘rin tutganligini kuzatish qiyin emas. Turondagi Qiziltepa, Uzunqir, Afrosiyob,
Yerqo‘rg‘on, Talashkan shahar va shaharchalar ikki qatorli mudofaa devorlar bilan himoyalangan.
Uzunqirdagi mustahkam buijlar va jangovor shinaklarga ega boTgan mudofaa devori tuzilishi
Mesopotamiyadagi qadimgi shaharlar mudofaa tizimiga aynan o‘xshab ketishini mutaxassislar alohida qayd
etganlar. Ahamoniylar davriga oid qishloq tipidagi Talashkantepada (mil.avv. VI-IV asrlar) himoya
inshootlarining yangi elementlari aholi tomonidan qoTlanilgan. Yodgorlik aylana shakldagi ikki qatorli
mudofaa devor bilan o‘ralgan boTib, yarim aylana burjlarga ega. Ular o‘z navbatida kamondan o‘q otishga
moTjallangan ikki qatorli shinaklarga teshiklarga ega markazlashgan iqtisodiy va siyosiy jihatdan qudratli
imperiya shaklidagi davlatlaming paydo bo‘lishi va bo‘lganligi bois, miloddan avvalgi IV asrdan boshlab,
qal’alami zabt etishga mo‘ljallangan hujumkor qurollar - katapultlar, manjanaqlar va boshqalar paydo bo‘ldi.
Takomillashgan harbiy qurollar himoya devorlari qurish ishiga ma’lum ma’noda o‘zgartirishlar kiritilishini
taqozo etdi. Shuning uchun ham himoya devorlarining asosi ancha qalin bo‘lgan bo‘lib, uning atrofi suv
to‘ldirilgan chuqur xandaq bilan o‘rab olingan. Devor burchaklari va tashqi devor bo‘ylab devor bo‘ylab
ma’lum masofadaburjlar barpo etila boshlangan. Devor va uning burjlarida bir, ikki qator qilib o‘q-yoy otish
uchun teshiklar qilingan. Burjlar doira, to‘rtburchak, yarim aylanasimon shakllarga ega bo‘lgan. Qal’alarda
eng ojiz joy mudofaa darvoza bo‘lgan. Shuning uchun ham kirish joylari murakkab darvozaoldi tartibi bilan
mustahkamlangan bo‘lib, ushbu qurilma Xorazm shahar va shaharlarida keng tarqalgan. Shuningdek, boshqa
himoya ishlari ham shaharsozlikda qo‘llanilgan. Qal’a devorlari platforma ustiga qurilganligi bois, devor
kirish joyi yuqorida joylashgan. Unga olib chiquvchi yo‘l - pandus tor ishlangan bo‘lib, dushmanlar bu yerdan
faqat bir yoki ikki qator bo‘lib chiqa olish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Bu esa hujum qilayotganlarning qal’aga
kirishini qiyinlashtirgan. Shuningdek, pandus shunday qurilganki, darvoza tomon borayotgan yov, qal’a
himoyasiga qilich ko‘targan tomoni, ya’ni ochiq tomoni bilan bo‘lib turgan. Ikkinchi qo‘lidagi qalqon bilan
o‘zini to‘sish juda noqulay bo‘lgan. Qizilqal’a shahar mudofaa tizimini barpo etishda muhandislar atrof-muhit


background image

154

va tabiiy sharoitdan foydalanishga katta e’tibor berishgan. Shu bilan birga, aholi shaharlar mudofaa tizimida
daryolar o‘zanidan samarali foydalanilgan. Buni biz qadimgi Uzunqir, Termiz, KatqaTa (Beruniy) va boshqa
shaharlar misolida ko‘rishimiz mumkin.

O‘rta asrlar davridagi mudofaa inshootlari tuzilishida bir qator o‘ziga xosliklarni kuzatishimiz mumkin.

Shaharlaming ko‘pchiligi uch qismdan: ark (hukmdor qarorgohi), shaharning ichki qismi va shahar atrofidagi
hududlar - rabotdan iborat bo‘lgan.

Hukmdoryoki shahar hokimi qarorgohi bo‘lgan ark odatda shahaming markaziy qismigayaqin

joydajoylashib, mustahkam mudofaadevori bilan o‘rib olinar edi. O‘rta asr shaharlarini o‘rab turgan mudofaa
devorlari o‘z tizimi va boshqaradigan vazifasiga ko‘ra qadimgi davr shaharlari mudofaa devorlari tuzilishidan
unchalik ko‘p farq qilmaydi. Mudofaa devorlari odatda devor ustidabir necha qator jangchilar, zambaraklar
bemalol joylashishiga imkon beradigan darajada qalin qilinib qurilar edi. Qurilishda asosan xom g‘isht va
paxsadan foydalanilganligi O‘rta Osiyo mudofaa devorlarining o‘ziga xos xususiyatlaridandir.

O‘rta asr shaharlari odatda 4 tadan 12 tagacha darvozaga ega bo‘lib, ular kechasi yopib qo‘yilar va

maxsus qo‘riqchilar tomonidan qattiq qo‘riqlanar edi. Shaharlaming mamlakat miqiyosidagi siyosiy, harbiy-
strategik mavqesiga qarab, ularning mudofaa qobiliyati ham shunchalik o‘sib borgan. Buularning mudofaa
devorlarining o‘rta asr qamal qurollari, ya’ni shaharlaming devorlarini buzishga imkon beruvchi qurollardan
(manjanak va boshqalar) himoya qilinishi darajasining yuqoriligi hamda shaharda himoya uchun etarli
harbiylar guruhining mavjudligi va uzoq qamalga bardosh berish imkoniyatini oshiradigan zaxiralar - (oziq-
ovqat, qurol-yarog‘ va boshqalar) mavjudligi bilan ham xarakterlanadi.

Yozma manbalarda O‘rta Osiyoda shaharlar mudofaa devorlari haqida ma’lumotlar qayd

qilinadi.Narshaxiyning«Buxorotarixi»asaridaBuxoro devorlari haqidakeltirilganma’umotlar, arab sayyohlari
va geograflari ibn Havqal, Istaxri, Maqdisiy, Se’moniy, Yoqut asarlarida Movaraunnahr shaharlari, mudofaa
devorlari, darvoza va burjlari haqida keltirilgan ma’lumotlarni uchratish mumkin.

O‘rta asr mudofaa inshootlarining mustahkamlik darajasi va shaharlarnig uzoq qamalga bardosh bera

olishlari XIII asr boshlarida, mo‘g‘ullar istilosi paytida ham yaqqol namoyon bo‘ldi. Xorazmshoxlar
poytaxtining chegara shahri bo‘lgan O‘tror va poytaxt shahar Urganchni egallash uchun Chingizxon
qo‘shinlari 5 oydan ortiq vaqt sarflashganligining o‘ziyoq bu davr fortifikatsiya inshootlari sifatidan dalolat
beradi. Agar Chingizxon qo‘shinida devorlarni buzishga mo‘ljallangan maxsus qurilmalar, bu sohada
mutaxassis bo‘lgan xitoylik muhandislar ham bo‘lganligini hisobga olsak, O‘rta Osiyo shaharlarining
mudofaa qudrati darajasi haqida kerakli xulosa chiqarishimiz mumkin.

Amir Temur va temuriylar davrida Samarqand, Shahrisabz, Nasaf, Andijon va boshqa shaharlar

mudofaa devorlari o‘z hajmi va ko‘lami bilan zamondoshlari e’tiborini tortganligi ma’lum. Temuriy hukmdor
Bobur Mirzo o‘zining «Bobumoma» asarida Andijon qo‘rg‘oni haqida «Movaraunnahrda Samarqand va
Kesh qo‘rg‘onidan so‘ngra mundin ulug‘roq qo‘rg‘on yo‘qdir» deb ta’kidlab o‘tishi ham yuqoridagi
fikrimizning isbotlaydi.

XV-XVI asrlarda Movaraunnahrning muhim harbiy strategik ahamiyatga ea bo‘lgan shaharlaridan biri

bo‘lgan Shahrisabz XVI asrda, shayboniylar davrida ham o‘z mudofaa qudrati bilan ajralib turardi. Amir
Temur tomonidan XIV asr so‘nggi choragida qurilgan mudofaa devori XVI asr tarixchilarining ham hayratiga
sabab bo‘lganligini Hofiz Tanish Buxoriyning Shahrisabz baland mudofaa devorga, mustahkam burjlarga,
ega bo‘lib, hech qaysi hukmdor bu shahami osonlik bilan qo‘lga kirita olmas edi, degan fikrlardan ham
bilishimiz mumkin.

O‘rta Osiyo mudofaa inshootlari ulaming turlarini yoritish bilan birga, fortifikatsiya tizimlarining

dehqonchilik vohalarini o‘rab turgan devorlar haqida ham alohida e’tibor berish lozim. Tarixiy maTumotlarga
ko‘ra, O‘rta Osiyodagi bunday devorlar antik davrda paydo bo‘lgan. Salavkiylar davlati asoschisi Salavka va
uning o‘g‘li Antiox O‘rta Osiyoda mudofaa inshshootlari, mustahkamlangan shaharlar, qo‘rg‘onlar qo‘rishga
katta e’tibor berishganligi maTum. Antiox tashabbusi bilan Murg‘ob vohasida (Turkmaniston) Aleksandr
tomonidan qurilgan shahar mahalliy ko‘chmanchilar tomonidan vayron etilgandan keyin, Antiox bu yerda
yangi mustahkam shaharga asos soladi (Bu shahar uning nomi bilan Antioxiya deb atalgan) va Marv vohasini
ko‘chmanchilar hujumidan himoya qilishuchunuzunligi 235 km ga tengbo‘lgan devor qurdiradi. Bu ulkan
mudofaa devorining xarobalari Turkmanistondagi Bayram-Ali shahri yaqinida xozirgacha saqlanib qolgan.


background image

155

Mil.avv. II asrda Xan imperiyasi davrida qurilgan Buyuk Xitoy devori ham ko‘chmanchi xalqlar

(xunnlar) hujumidan himoyalanish maqsadida barpo etilganligini hisobga olsak, bunday mudofaa devorlari
qurilishida umumiy o‘xshashlik va vaziyat taqozosini ko‘ramiz. Ehtimol Buyuk Xitoy devori qurish g‘oyasi
ham O‘rta Osiyodagi Antiox devori ta’sirida paydo boTgan boTishi mumkin.

Arxeologiktadqiqotlar natijasidaKushon davlatining sharqiy chegaralarida, Ko‘hitog‘, Boy sun va Xisor

togTaridan ham yirik mustahkam mudofaa devori qoldiqlari qazib topildi.

Shu tariqa O‘rta Osiyoning janubida antik davrda Buyuk Xitoy devoriga monand qilib barpo etilgan

mudofaa devorlari paydo boTa boshladi. Bunday devorlaming o‘rta asrlar davrida ham mavjud boTgan
boTib, ular bu davrda ham ko‘chmanchi xalqlar hujumidan saqlanish maqsadida xizmat qilganligini ko‘ramiz.

O‘rta asrlarda Samarqand vohasi atrofini o‘rab turgan Devori qiyomat, Kampirak devori, Buxoro

vohasini ko‘chmanchilar hujumidan saqlab turgan va boshqa vohalarda mavjud boTgan devorlar haqida
manbalarda maTumotlar mavjud. Xususan, Narshaxiyning dalolat berishicha, Buxoro vohasini o‘rab turgan
devor Buxoro hokimi Muxtadiy ibn Hammad ibn amir az-Zuhliy davrida qurila boshlagan bo‘lib, uning har
bir farsaxida bir darvoza, har yarim mil masofada esa mustahkam minorasi boTgan. Bu devor qurilishi
830/831 yil fevral oyida, Muhammad ibn Yahyo ibn Abdulloh ibn Mansur ibn Xaljad ibn Varak amirligi
davrida qurib bitkazilgan. Bu devor har yili ta’mirlanib, uning xarajatlari Buxoro aholisidan undirib olingan.
Somoniylar davlati asoschisi Ismoil Somoniy Buxoro xalqini bu xarajatlardan va hashar ishlaridan ozod qilish
uchun bu devomi ta’mirlamay qo‘ydi. Ismoil Somoniyning «To men tirik ekanman, Buxoro viloyatining
devori men bo‘laman»degan gaplari esa el orasida mashhur bo‘lib ketgan edi. Lekin bu devor buzilib
ketgandan keyin bir necha o‘n yil o‘tib, Somoniylar davlati ko‘chmanchi turkiy xalqlar asos solgan
Qoraxoniylar davlati tomonidan yo‘q qilinganligini esga olsak, bunday himoya devorlarining ahamiyatini
yanada yaxshiroq anglay boshlaymiz.

Turon hududidagi tarixiy-madaniy vohalarni o‘rab turgan devorlar ichida Kitob-Shahrisabz vohasida

barpo etilgan va tarixiy manbalarda «Chim» mudofaa devori nomi bilan atalgan devor ham katta o‘rin tutadi.
Bu mudofaa devori fortifikatsiya tarixidagi qadim an’analar to XIX asr o‘rtalarigacha saqlanib kelganligidan
dalolatdir.

Umuman olganda, mudofaa inshootlarining vujudga kelishi va rivojlanishi harbiy san’atining ajralmas

bir qismi bo‘lib, ularni o‘rganish o‘zbek xalqi me’morchiligi, fortifikatsiya inshootlarini barpo etish va
foydalanish masalalarini yoritishda muhim o‘rin tutadi. O‘zbekistonda mudofaa devorlari XIX asr oxiri-XX
asr boshlariga kelib, mavjud ijtimoiy-siyosiy vaziyatga bog‘liq holda o‘z harbiy ahamiyatini yo‘qotadi va
arxeologik obidalar qatorida tarixiy voqealar sirlarini hanuzgacha saqlab kelmoqda.

ADABIYOTLAR:

1.

Asqarov A. Sopollitepa. T.: Fan, 1973

2.

Narshaxiy “Buxoro tarixi”. -T.: 2005.

3.

Hofiz Tanish Buxoriy. Abdullanoma. («Sharafnomai shohiy») / Fors tilidan S. Mirzaev tarjimasi,-

T.: Sharq, 1999. 1-kitob.

4.

Sobirov Q. Qadimgi O‘rta Osiyo mudofaa inshootlari tarixidan. (Eng qadimgi davrdan II ming yillik

oxiri). T.: 2008.

5.

Sobirov Q. Xorazmning qishloq va shaharlari mudofaa inshootlari. T.: 2008.

6.

O‘zbekistonda Harbiy ishtarixidan. (Qadimgi davrdan hozirgacha) T.: 2012.

7.

Bobur Zahridin Muhammad. Boburnoma. T.: “O‘qituvchi” 1989.

8.

Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida. O‘zbekistonning yangi tarixi. 1-kitob. -T.:

2000.

9.

Шермухамедова, Нигинахон. "Фалсафа." (2010).

Библиографические ссылки

Asqarov A. Sopollitepa. T.: Fan, 1973

Narshaxiy “Buxoro tarixi”. -T.: 2005.

Hofiz Tanish Buxoriy. Abdullanoma. («Sharafhomai shohiy») I Fors tilidan S. Mirzaev tarjimasi,-T.: Sharq, 1999. 1-kitob.

Sobirov Q. Qadimgi O'rta Osiyo mudofaa inshootlari tarixidan. (Eng qadimgi davrdan II ming yillik oxiri). T.: 2008.

Sobirov Q. Xorazmning qishloq va shaharlari mudofaa inshootlari. T.: 2008.

0‘zbckistonda Harbiy ishtarixidan. (Qadimgi davrdan hozirgacha) T.: 2012.

Bobur Zahridin Muhammad. Boburnoma. T.: “0‘qituvchi” 1989.

Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida. O'zbekistonning yangi tarixi. 1-kitob. -T.: 2000.

Шермухамедова, Нигинахон. "Фалсафа.” (2010).

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов