170
BARKAMOL AVLOD TA’LIM-TARBIYASIDA O‘QITUVCHI PEDAGOGIK
MAHORATINNG O'RNI
Mirmaxmudova Aziza Ozodjon qizi,
Mirzayeva Madina Ma’murjon qizi
O‘zMU 4-bosqich talabalari E-mail:
jamshid yusubov@mail.ru
Annotatsiya.
Mazkur maqolada o
‘
qituvchi-pedagoglarning shaxs
ma’naviy kamoloti, yosh avlodni hozirgi zamon talablarida tarbiyalash va
zamonaviy bilimlar bilan qurollantirishda pedagogik mahoratini o
‘
rni haqida
fikr-mulohazalar berilgan.
Kalit so‘zlar:
Pedagogik mahorat,kasbiy kompetentlik, o
‘
qituvchi,
tarbiya.
O
‘
qituvchi barkamol avlod ta’lim-tarbiyasi uchun javobgar shaxs bo
‘
lib,
nafaqat ma’naviy-axloqiy madaniyati bilan atrofdagilarga o
‘
rnak bo
‘
lishi, shu
bilan birga, pedagogik mahoratini ham namoyon eta olishi, yetuk o
‘
qituvchi
sifatida malakali kadrlarni tayyorlash ishiga o
‘
zining munosib hissasini
qo
‘
shishi zarur.
Pedagogik mahoratga ega bo
‘
lish, o
‘
qituvchi uchun ta’lim-tarbiya
samaradorligini ta’minlovchi zamin bo
‘
libgina qolmasdan, ayni vaqtda uning
jamiyatdagi obro
‘
-e’tiborini ham oshiradi, o
‘
quvchilarga nisbatan hurmat
yuzaga keladi. Kasbiy mahoratni oshirish yo
‘
lida amaliy harakatlarni tashkil
etish: pedagogik faoliyatda yo
‘
'l qo
‘
yilgan yoki qo
‘
yilayotgan xatolardan holi
bo
‘
lish, o
‘
quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar bilan munosabatda
muvaffaqiyatlarga erishish imkoniyatini yaratadi.
Pedagogik mahorat nima? Uning mohiyati nimalardan iborat? Ularni
egallash uchun nimalarni bilish kerak? Hozirgi zamon pedagogikasi va
psixologiyasi «pedagogik mahorat» tushunchasiga turlicha izoh beradi.
Jumladan, “Pedagogik ensiklopediya”da quyidagicha izohlangan: “O‘z
kasbining mohir ustasi bo‘lgan, yuksak darajada madaniyatli, o‘z fanini chuqur
biladigan, yondosh fanlar sohalarini yaxshi tahlil eta oladigan, tarbiyalash va
171
o‘qitish uslubiyatini mukammal egallagan mutaxassis”[5]. Ushbu ta’rifning
mohiyatidan kelib chiqib o‘qituvchining pedagogik mahorati tushunchasi
mazmunini shunday izohlash mumkin:
1. Madaniyatning yuqori darajasi, bilimdonlik va aql-zakovatning
yuksak ko‘rsatkichi.
2. O‘z faniga doir bilimlarning mukammal sohibi.
3. Pedagogika va psixologiya kabi fanlar sohasidagi bilimlarni
puxta
egallaganligi, ulardan kasbiy faoliyatida foydalana olishi.
4. O‘quv-tarbiyaviy ishlar metodikasini mukammal bilishi.
O‘qituvchilarning
bolalar
bilan
ma’naviy
madaniyatini
shakllantirishning eng yaxshi namunasini izlash, shu asosida tarbiyachi
ishining hayotiy me’yor va qadriyatlarini aniqlash o‘quvchining tarbiya
jarayonidagi faolligini ta’minlashga olib keladi. Dunyoqarashi hali to‘la-to‘kis
shakllanmagan bolalar uchun kattalarning hayotiy tajribalari, ularning shaxsiy
namunalari tarbiyaviy ta’sir kuchiga ega.
“Pedagogik mahorat”- kompetentli o‘qituvchilarni tayyorlashning asosi
bo’lib, «Pedagogik mahorat» fani kasbga oid bilim va qobiliyatlarni
o‘qituvchilarda shakllantirish, ijodkorlikni tarbiyalash, mahorat, ko‘nikma va
malakalarni egallashlari uchun, pedagogik texnika, pedagogik hamkorlik,
pedagogik nazokat, nutq madaniyati to‘g‘risida ma’lumotlar berib boradi.
Pedagogik mahorat tizimi quyidagi o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan
asosiy komponentlardan iborat:
1. Pedagogik insonparvarlik talablariga bo‘ysunishi.
2. Kasbga oid bilimlarni boshqa fanlar bilan aloqadorlikda mukammal
bilish.
3. Pedagogik qobiliyatga ega bo‘lish.
4. Pedagogiktexnika sirlarini puxta egallash[6].
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida
2019-yil 23-avgust kuni xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning
172
malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish
masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida, Prezidentimiz maktab
ta'limi tizimini isloh qilish bo‘yicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan
islohotlar, bu borada oldimizda turgan dolzarb vazifalar haqida fikr yuritar
ekan:
“Ta’lim-tarbiya sohasida zamonaviy va
oqilona tizim yaratish, o‘qitish metodlari, ta’lim standartlari, darslik va o‘quv
qo‘llanmalarini yangilash zarurligi, bilim berishda chet eldagi ilg‘or tajribalardan
foydalanish, tarbiyada esa milliy an’ana va qadriyatlarga suyanish
muhimligini”[1] qayd etdi.
Barcha kasblar orasida o‘qituvchilik kasbi o‘zgacha va muhim ijtimoiy
ahamiyat kasb etadi. Zero, o‘qituvchi yosh avlod kamolotining me’mori,
yoshlarga ta’lim-tarbiya beruvchi insondir. Ana shu mas’uliyat o‘qituvchidan
o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lishni, o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatib,
ularning qiziqishi, qobiliyati, iste’dodi, e’tiqodi va amaliy ko‘nikmalarini har
tomonlama rivojlantirish yo‘llarini izlab topadigan kasb egasi bo‘lishni talab
etadi. Buning uchun doimo o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini, ko‘nikma va
malakalarini oshirib borish, ularga har tomonlama g‘amxo‘rlik qilish, zarur
shart-sharoitlar yaratish, moddiy va ilmiy-metodik yordam ko‘rsatish,ijodiy
tashabbuskorligini muntazam oshirib borishga ko’maklashish lozim.
Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek“Bugun har bir o’qituvchi va
tarbiyachi, oliygoh domlasi ta’lim va ilm-fan sohasidagi eng so’nggi ijobiy
yangiliklarni o’quv jarayonlariga tatbiq eta oladigan, chuqur bilim va
dunyoqarash egasi, bir so’z bilan aytganda, zamonamiz va jamiyatimizning
eng ilg’or vakillari bo’lishlari kerak
”
[2]
.
Bugungi kunda o’qituvchi yoshlarni
g‘oyaviy - siyosiy jihatdan chiniqtirib tabiat, jamiyat, ijtimoiy hayot, tafakkur
taraqqiyoti qonuniyatlarini o‘rgatadi, mehnat faoliyatiga tayyorlab, kasb- hunar
sirlarini puxta egallashlariga ko‘maklashadi va jamiyat uchun muhim bo‘lgan
ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlarni hal etadi.
Pedagogning kasbiy kompetentligi tasnifi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- pedagogning ish sohasi bo‘yicha kompetentligi uzluksiz ta’lim
tizimini o‘z ichiga oladi;
173
- ixtisoslik bo‘yicha kompetentligi - o‘qituvchi, tarbiyachi, psixolog,
defektolog, kasb ta’limi o‘qituvchisi, ishlab chiqarish ustasi;
- pedagogning faoliyati yo‘nalgan obyekt bo‘yicha kompetentligi-
o‘quvchilar, Ota-onalar, sinf jamoasi, sotsium va boshqalar;
- pedagogning faoliyati turi bo‘yicha kompetentligi motivatsion,
gnostik, metodologik, metodik, informatsion, kommunikativ, refleksiv,
prognostik, konstruktiv, tadqiqot, texnologik, korreksion va shu kabilar.
Pedagogning kasbiy kompetensiyasi o‘z-o‘zidan shakllanmaydi, balki
uning shakllantirish bosqichlari mavjud bo‘lib, ushbu bosqichlar asosida
pedagog kadrlar tarbiyalanadi va shakllanadi. Ular quyidagi bosqichlardan
iborat:
Pedagogning kasbiy kompetensiyasining shakllanish bosqichlari:
>qobiliyatni aniqlash;
>tarbiyalsh va shakllantirish;
>chiniqtirish, (kichik hajmdagi topshiriqlar berish);
> i shonch;
Xalq ta’limi tizimi pedagog kadrlari o‘z faoliyatlarida ilm-fan, tajriba,
qobiliyat
va kasbiy mahoratga asoslangan holda o‘z-o‘zini namoyon etishi
o’quvchilar jamoasini samarali boshqarishda muhim rol o‘ynaydi.
Zamonaviy jamiyat ta’lim tizimi oldiga yuqori malakali, intiluvchan,
raqobatbardosh, tashabbuskor, ma’naviy va jismoniy sog’lom shaxslarni
tarbiyalab berish talabini qo‘ymoqda. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasida "Yuksak
bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash, ta’lim muassasalarida
kompetentli ilmiy pedagogik kadrlar zahirasini yaratish" vazifasi belgilandi.
O’zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
Shavkat
Mirziyoyev
ta’kidlaganidek: “Eng katta boylik - bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros - bu
yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik - bubilimsizlikdir! Shu sababli hammamiz
uchun ilg’or bilimlarni o’zlashtirish, chinakam ma’rifat va yuksak madaniyat
174
egasi bo’lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak”[3].
Respublikamiz mustaqillikka erishgach ta‘lim-tarbiya jarayonini
rivojlantirish uchun bir qancha yangi asoslar yuzaga keldi. Jumladan “Ta’lim
to‘g‘risidagi Qonun”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning yaratilishi ta‘limni
tubdan isloh etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak
ma‘naviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi malakali kadrlar tayyorlash
imkoniyatini beradi.
«Ta'lim to'g'risida»gi Qonunda belgilangan vazifalarni amaliyotga
tadbiq etish, Respublika ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar
muvaffaqiyatini ta’minlash, ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan
o’qituvchi, tarbiyachi, ishlab chiqarish ustalarining ma’naviy qiyofasi hamda
kasbiy mahoratlariga ham bog’liqdir. Shaxsni tarbiyalash ishi nihoyatda
murakkab faoliyat jarayoni bo’lib, juda qadimdan ushbu faoliyatga jamiyatning
yetuk kishilari jalb etilgandir.
Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uning tashkil etilishi mazmuni
nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilashda muhim
ahamiyatga ega ekanligini anglatadi. Har tomonlama yetuk, ma’naviyati boy,
dunyoqarashi keng, intellektual salohiyatli, bilimli, yuksak axloqiy xislatlarni
o’zida mujassamlashtirgan yosh avlod - yurt kelajagi poydevori ekan, bu
avlodni tarbiyalovchi, yetuklikka olib boruvchi pedagoglar o’zlari dars
beradigan fani bo’yicha kuchli bilimga ega bo’lishidan, bu bilimlarni yangi
zamonaviy pedtexnologiyalar, interfaol metodlar bilan o’quvchi shaxsiga
yetkazib berishdan tashqari, har bir dars orqali tarbiyaning ma’lum bir
elementlarini ularga singdirib borar ekan, avvalo o’zi barcha axloqiy
kategoriyalarni o’zida mujassamlashtirgan ma’naviy yetuk shaxs bo’ishi lozim.
Yuqorida qayd etilgan fikrlardan bugungi kun o‘qituvchisi shaxsiga
nisbatan qo’yilayotgan talablar mazmuni anglaniladi. Zamonaviy o‘qituvchi
qanday bo‘lishi zarur?O‘qituvchi-pedagog pedagogik, psixologik va
mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus ma’lumot, kasbiy tayyorgarlik,
yuksak axloqiy fazilatlarga ega hamda ta’lim muassasalarida faoliyat
175
ko’rsatuvchi shaxs sanaladi.Bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy kompetentligi,
irodaviy sifatlar, intellektual salohiyat, hissiy sifatlar, amaliy ko‘nikmalar, o‘z-
o‘zini boshqara olish layoqatlarining o‘zaro bog‘liqligi va shaxsning ijtimoiy-
madaniy faollik darajasini aks ettiruvchi individual sifatlar asosida
shakllantiriladi. Yevropa davlatlarida shakllangan an’anaga muvofiq kasbiy
malaka mutaxassisning kompetentligi, uni shakllantirishga qaratilgan ta’lim
tizimi esa - bilim, ko‘nikma va malakalar darajasi bilan o‘lchanadi.
Pedagoglarning shaxsiy, kasbiy va tarbiyaviy fazilatlarini tarkib
toptirishning usul va vositalarini belgilab olish va o’zlashtirishda jahon
andozalari, buyuk ajdodlarimiz merosidan foydalanish kabi masalalar
mavzuning dolzarbligini belgilaydi. MamlakatimizPrezidentiShavkat Mirziyoev
ta’kidlaganidek,“Bizta’limvatarbiyatiziminingbarchabo’g’inlarifaoliyatinibugun
gizamon talablari asosida takomillashtirishni o’zimizning birinchi darajali
vazifamiz debbilamiz”[4].
Shuni ta’kidlash kerakki, har doim ham belgilangan talablar va
standartlarga to‘liq mos keladigan odamlar chinakam professionallar
bo‘lavermaydi, sabab, ba’zilari bilimlarni amalda qanday qo‘llashni
bilishmaydi, demak, bunday pedagogik faoliyat samarasiz bo‘lib qolaveradi.
Kasbiy pedagogik kompetensiyalarni alohida turlarga ajratish maqsadga
muvoqdir:
- Maxsus pedagogik kompetensiya
- pedagogik faoliyatni zarur
darajada amalga oshirish uchun yetarli ma’lumotga ega bo‘lish va
pedagogningo‘z kasbiy darajasini munosib baholay olishi va mutaxassis
sifatida o‘z rivojlanishini belgilash qobiliyati.
-
Ijtimoiy pedagogik kompetensiya
- ijtimoiy vakolat darajasi
pedagogning hamkasblari bilan munosabatlarni samarali qurishi, birgalikdagi
harakatlarni rejalashtirish qobiliyatini belgilaydi. Samarali aloqa ko‘nikmalari,
pedagogik madaniyat va ish natijalari uchun javobgarlik - bularning barchasi
ijtimoiy pedagogik kompetensiya tushunchasiga kiritilgan.
-
Shaxsiy pedagogik kompetensiya
- bu pedagogik ishni oqilona
176
tashkil etish qobiliyati bo‘lib, vaqtni boshqarish, shaxsiy o‘sishga intilish uning
asosiy tarkibiy qismlaridir. Shaxsiy pedagogik kompetensiyaning yuqori
darajasi ega bo‘lgan ishchilar charchashga kamroq moyil, vaqt bosimida
ishlashga qodir.
Zamonaviy pedagog kompetensiyasida jarayonni boshqarishning
o‘ziga xos vazifalari mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
> loyihalashtirish;
> tashkillashtirish;
> tahlil qilish;
> nazorat qilish;
> motivatsiya berish.
Yuqorida bayon etilgan pedagog kadrlarning kasbiy kompetentligi
komponentlari pedagogning yutug‘ini kafolatlaydigan omillar hisoblanadi.
Pedagog kadrlarning faoliyatini innovatsion boshqarishda uning kasbiy
refleksiyasi muhim rol o‘ynaydi.
Pedagoglarning kompetentligini baholashda xatti-harakatlarning
ko‘rsatkichlariga tayanib ish tutish samaralidir. Aynan shu narsa kompetensiya
va kompetentlik orasidagi farqlar nimani anglatishini aniq ko‘rsatib beradi.
Mutaxassislarning malakasini baholash muntazam, mustaqil, maqsadli,
shaffof, aniq mezonlarga ega bo‘lishi kerak. Kompetentlik nima ekanligini
tushungandan so‘ng, uning darajalarini aniqlash qiyinchilik tug’dirmaydi.
Pedagoglarning boshqaruv kompetentligi sifatida jamoaviy ish,
rahbarlik, hamkorlik, murabbiylik, rasmiy vakolatlardan foydalanish kabi
mezonlar ko‘rsatadi. Bu kabi kompetentlik talablariga javob bermaydigan har
bir pedagogni qo‘shimcha mashg’ulotlarga yuborib, ta’lim muassasasi
faoliyatiga asoslangan treninglar o‘tkazish maqsadga muvofiqdir, ya’ni
pedagoglarni rivojlantirish muhim vazifa hisoblanadi.
Demak, kompetentlikni shakllantirish bosqichma-bosqich va uzluksiz
jarayon bo’lib, u oliy ta’lim muassasasida boshlanadi va ish joyida tajribali
ustozlar nazorati ostida davom etadi. Shuni unutmaslik kerakki, yuqori kasbiy
177
kompetentlik nafaqat bilim darajasi, balki xodimning amaliy ko‘nikmalari,
tajribasi va shaxsiy fazilatlari hamdir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Sh.M.Mirziyoyev. 2019 yil 23-avgust kuni ta'lim tizimidagi
muammolar yechimiga bag'ishlangan videoselektoryig'ilishidagi nutqi.
2. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning
“O’qituvchi va murabbiylar kuniga bag’ishlangan tantanali marosimdagi nutqi.
30.09.2020 yil.
3.
Mirziyoyev
Sh.M.
Yangi
O’zbekiston
strategiyasi.
-
Toshkent:”O’zbekiston” nashriyoti, 2021. 24-bet.
4. Mirziyoyev SH.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini
ta’minlash
-
yurt
taraqqiyoti
va
xalqfarovonligining
garovi.-
T.:«O’zbekiston»,2017.-22-b.
5. R.G’.Safarova. R.H.Jo’rayev. Pedagogika Ensiklopediya (II jild) -
Toshkent: O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi nashriyoti. 2015y.
6. Qarang: www.ziyonet.uz.
7. www.prezident.uz.
8.
кызы МУСТАФАЕВА, Наджиба Ильгар. "К 70-ЛЕТИЮ
ВСЕОБЩЕЙ ДЕКЛАРАЦИИ ПРАВ ЧЕЛОВЕКА." Московский журнал
международного права 106.1 (2018): 35-43.
9.
Khamdamova,
Shirin.
"НОРМОТВОРЧЕСКАЯ
ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ МЕСТНЫХ КЕНГАШЕЙ КАК ОДИН ИЗ МЕХАНИЗМОВ
РЕАЛИЗАЦИИ ПРЕДСТАВИТЕЛЬНОЙ ВЛАСТИ." Theoretical & Applied
Science 4 (2020): 73-76.