QONUN USTUVORLIGI - INSON HUQUQ VA ERKINLIKLARINING
KAFOLATI
Xusanova Dilnoza Alimqul qizi
OZbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy
fanlar fakulteti 2-bosqich talabasi E-mail:
dilnozaxusanova092@gmail.com
Annotatsiya
. Mazkur maqolada qudratli Yangi O‘zbekistonni barpo
etish yo‘lida xalqimizning huquq va erkinligini ishonchli himoya qilish, qonun
ustuvorligini ta’minlash, sud-huquq sohasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan
islohotlar haqida batafsil yortilgan. Sohadagi dolzarb muammolar va ularning
yechimlari yuzasidan taklif, tavsiya va xulosalar berilgan.
Kalit so‘zlar:
konstitutsiya, qonun, huquq, erkinlik, Milliy strategiya,
xalqaro shartnoma, huquqiy ong, huquqiy madaniyat, shartnomaviy qo‘mita.
Mamlakatimizda inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari
Konstitutsiya va boshqa qonun hujjatlari bilan mustahkamlab qo‘yilgan.
Qonun ustuvorligi, inson huquq va erkinliklari kafolatini ta’minlash va
muhofaza etish dolzarb va muhim vazifa sanaladi. Sud-huquq sohasida inson
huquq va erkinliklarining kafolati bu - davlat tomonidan o‘rnatilgan yoki
tasdiqlangan, inson va fuqarolarga qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan
huquq va erkinliklarni amalda to‘laqonli ta’minlashga yordam beradigan
huquqiy vositalar, yuridik usul va uslublar hamda qulay shart- sharoitlar
majmuidir. Inson huquq va erkinlikarini kafolatlashning asosiy maqsadi,
huquq va erkinliklarini amalga oshirish, ta’min etish jarayonida vujudga
keladigan barcha to‘siqlarni bartaraf etish bilan bog‘liq.
2023-yil 1-maydan kuchga kirgan yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning X
bobi “Inson hamda fuqaroning huquq va erkinliklari kafolatlari” deb atalib 54-
58-moddalarda o‘z aksini topgan. Konstitutsiyaning 55-moddasida “Har kim
o‘z huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan
491
492
himoya qilishga haqli. Har kimga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya
qilish, davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor
shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi ustidan
sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi. Har kimga buzilgan huquq va
erkinliklarini tiklash uchun uning ishi qonunda belgilangan muddatlarda
vakolatli, mustaqil hamda xolis sud tomonidan ko‘rib chiqilishi huquqi
kafolatlanadi”,-deya belgilab qo‘yildi.[2] Shu nuqtayi nazardan inson, uning
huquq va erkinliklari oliy qadriyat hisoblanadigan fuqarolik jamiyati asoslari
mustahkamlandi. Inson huquq va erkinliklari ta’minlanishining muhim sharti,
bu huquqiy kafolatlarning yaratilganligi hisoblanadi. Ya’ni, bu - inson va
fuqarolar huquq va erkinliklarining Konstitutsiya va qonunlarda
mustahkamlanishi hamda ularni ta’minlashga, amalga oshirishga qaratilgan
boshqa huquqiy hujjatlarning mavjudligida o‘z aksini topadi. Qonun
ustuvorligini ta’minlash, insonlarning huquq va erkinliklarini kafolatlashda bir
qancha kamchilik va muammolar ko‘zga tashlanmoqda. Xususan, fuqarolar
huquqiy vositalardan keng ko‘lamda foydalanishlarini ta’minlash va yuridik
fanlar bilan amaliyot aloqasini mukammal yo‘lga qo‘yish asosiy
vazifalarimizdan biri sifatida ta’kidlanishi zarur. Zero, yuridik va jismoniy
shaxslar o‘rtasidagi munosabatlarni tizimli tartibga solib borish vazifasini
amalga oshirishda huquqiy vositalardan mohirona foydalanilsa jamiyat hayoti
ham shunchalik erkin va tartibli muhitga ega bo‘ladi.
“Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy
strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6012-sonli Farmonida: “Sudlar va
huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan inson huquqlari bo‘yicha
xalqaro shartnomalar normalarini qo‘llash amaliyotini yanada kengaytirish,
ozodlikdan mahrum qilish joylarida saqlanayotgan shaxslar huquqlariga rioya
etilishini monitoring qilish tizimini takomillashtirish hamda shartnomaviy
qo‘mitalarning xabarlarini ko‘rib chiqish yuzasidan qarorlarni bajarishning
aniq mexanizmlarini ishlab chiqish lozim“,[3]- deya mustahkamlab qo‘yildi.
Sud-huquq sohasida qonun ustuvorligi va inson huquq va erkinliklari
493
kafolatini ta’minlashda quyidagi maqsad va vazifalarga e’tibor qaratish lozim:
- fuqarolarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni keng qamrovda
shakllantirish, huquqiy savodxonlikni oshirish;
- inson huquqlari sohasida
ixtisoslashgan huquqshunoslarni
tayyorlash tizimini takomillashtirish;
- sud jarayonlarida tenglik, shaffoflik va tortishuv tamoyillarini to‘liq
joriy qilish;
- umumxalq uchun foydali va samarali bo‘lgan malakali yuridik
yordamni takomillashtirish;
- inson huquqlari va erkinliklariga oid xalqaro standartlarni
ta’minlashda, jismoniy va yuridik shaxslarning konstitutsiyaviy shikoyatlari
institutini joriy etishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining roli
va o‘rnini oshirish.
Qolaversa, yoshlarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy huquqlarini himoya
qilish, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini ta’minlashni
davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishi etib belgilash maqsadga muvofiq.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga
yo‘llagan murojaatnomasida inson huquq va erkinliklarini kafolatli himoya
qilish, qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan islohotlar izchil davom
ettirilishi ma’lum qilindi. Bunga ko‘ra, fuqarolik, iqtisodiy va jinoyat ishlari
bo‘yicha viloyat darajasidagi sudlar bitta sud sifatida birlashtirilishi, sud
muhokamasiga qadar sudda ishlarni dastlabki eshitish amaliyoti yangi tartib
sifatida joriy etiladigan bo‘ldi. Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda
fundamental va innovatsion tadqiqotlarni kengaytirish, ilmiy- tadqiqot
muassasalarining salohiyati, ilmiy tadqiqotlari va ishlanmalarining
samaradorligini oshirish jamiyatda qonunga hurmatni shakllantirishning
zamonaviy usullarini joriy etishda asos vazifasini bajaradi. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining PF-158-sonli “O‘zbekiston - 2030” strategiyasi
to‘g‘risidagi Farmonining 85-maqsadida “Davlat organlari va mansabdor
shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini o‘rnatish hamda
494
ma’muriy adliya tizimini yanada rivojlantirish” uchun
“-Ma’muriy sudlarga bevosita murojaat qilishga to‘sqinlik qilayotgan
omillarni to‘liq bartaraf etish;
-Sudga qadar bosqichda nizolarni hal qilish samaradorligini 50 foizga
oshirish;
-Sudga qadar hal etilishi mumkin bo‘lgan nizolar yuzasidan sudlarga
kelib tushadigan ishlar sonini 50 foizga kamaytirish;
-Ma’muriy tartib-taomillar prinsiplarini yo‘l harakatini tartibga soluvchi
belgilar va ishoralarga to‘liq tatbiq etish” kabi islohotlarni amalga oshirish
lozimligi belgilab qo‘yildi”.[5]
Hozirgi kunda Yangi O‘zbekistonda mutlaqo yangi va milliy huquqiy
tizim shakllantirilmoqda. Ya’ni, “Inson, uning huquqlari, erkinliklari, ayniqsa,
qadri - eng muhim qadriyat” degan tamoyil alohida e’tirof etilmoqda. Eng
asosiysi: Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida yillar davomida amal
qilib kelgan “davlat - jamiyat - inson” tamoyili “inson - jamiyat - davlat”
tamoyiliga o‘zgartirilmoqda. Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasi
loyihasining 19-maqsadi - advokatura institutining inson huquqlari, erkinliklari
va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdagi salohiyatini tubdan oshirish,
shuningdek, aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining malakali huquqiy xizmatlarga
bo‘lgan talabini to‘liq qondirishdan iborat[4] deb belgilab qo‘yilganligi muhim
va dolzarb sanaladi. Shu ma’noda, mamlakatimizda sud-huquq sohasidagi
islohotlar doirasida mahkumlar va qamoqqa olingan shaxslar uchun qulay
shart-sharoitlar yaratish, ularning huquq va erkinliklariga rioya etish, sha’ni va
qadr-qimmatini hurmat qilishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga
oshirilayotgani e’tiborga molik. Yuqoridagi o‘zgarishlar va islohotlar
barchamizni xursand qiladi. Chunki, har bir fuqaroning huquq va
erkinliklarining kafolatlari kuchaytirilmoqda, fuqarolarga yangi imkoniyatlar va
qulayliklar yaratilmoqda. Bugungi kunda inson huquqlari bo‘yicha uzluksiz
ta’lim tizimini rivojlantirish, inson huquqlari va erkinliklari sohasida
professional jurnalistlar va mutaxassis, kadrlarni tayyorlash va ularning
495
malakasini oshirish tizimini takomillashtirish zarur. Shu jumladan, inson
huquqlari sohasida axborot tarqatish bo‘yicha ommaviy axborot vositalari
faoliyatini yanada kuchaytirish, jurnalistlar va blogerlarning axborot olish va
tarqatishga bo‘lgan huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish birinchi darajali
vazifa sifatida belgilab qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik
jamiyatini barpo etishida qonun ustuvorligini ta’minlash dolzarb masala
sanaladi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Xorijiy investorlari
kengashining birinchi yalpi majlisidagi nutqida: “Biz qonun ustuvorligini Yangi
O‘zbekiston taraqqiyotining bosh tamoyillaridan biri etib belgiladik”[1], - deya
ta’kidlarida ham bunga yaqqol guvoh bo‘lamiz. O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasida huquqiy davlatning muhim prinsipi - hokimiyatlar bo‘linishi
mustahkamlab qo‘yilgan. Jumladan, Asosiy qonunimizning 11-moddasiga
ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning
qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga
asoslanadi. Hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi esa qonun ustuvorligini
kafolatlashda yetakchi rol o‘ynaydi. Konstitutsiyaviy sud qonun hujjatlarining
Konstitutsiyaga qanchalik mosligiga doir ishlarni ko‘rish orqali har bir
hokimiyat tarmog‘ining o‘z vakolati doirasida ish yuritayotgani, ularning
hujjatlarida inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilinganiga baho beradi.
Bularning barchasi huquqiy davlatning muhim sharti hisoblangan qonun
ustuvorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda sud-huquq tizimi har tomonlama
puxta va aniq, xalqaro standartlarning eng ilg‘or tajribalarini o‘zida mujassam
etgan tizim sifatida shakllangan. Qonun ustuvorligini ta’minlash, inson huquq
va erkinliklarini kafolatlash ushbu sohadagi xalqaro tadqiqotlar
integratsiyalashuvini amalga oshirish va tadqiqot natijalarini amaliyotga keng
joriy etish imkonini beradi. Ijtimoiy va sud-huquq munosabatlarida vakolatli
davlat organlari tomonidan faol norma ijodkorligini joriy etish siyosatining
rivojlanishi huquq va erkinlikning yetarlicha ta’minlanishiga asos bo‘ladi.
496
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xorijiy investorlari
kengashining birinchi yalpi majlisidagi nutqi. 16.11.22y. www.prezident.uz.
2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -T. O'zbekiston,
01.05.2023y.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-
6012-sonli Farmon, 22.06.2020.
4.
Yangi
O‘zbekistonning
Taraqqiyot
strategiyasi.
https://lex. uz/uz/docs/-5841063
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston -
2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-sonli Farmoni. 11.09.23.
6. кызы МУСТАФАЕВА, Наджиба Ильгар. "К 70-ЛЕТИЮ
ВСЕОБЩЕЙ ДЕКЛАРАЦИИ ПРАВ ЧЕЛОВЕКА." Московский журнал
международного права 106.1 (2018): 35-43.
7. Khamdamova, S. "Regulatory activity of local Kengashes as one
of the mechanisms of realization of representative authority." ISJ Theoretical
& Applied Science, 04 (84) (2020): 73-76.
8. Исраилова, Зарина. "Конституция–основа свободной и
благополучной жизни народа." in Library 1.1 (2023): 46-56.