“O‘zbekiston - 2030” strategiyasida qonun ustuvorligini ta’minlash masalalari

CC BY f
379-384
0
0
Поделиться
Акмалов X. (2024). “O‘zbekiston - 2030” strategiyasida qonun ustuvorligini ta’minlash masalalari. Узбекистан – стратегия 2030 с точки зрения молодых ученых: экономика, политика и право, 1(1), 379–384. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/strategy-2030-young-scientists/article/view/28772
Xамид Акмалов, Каракалпакский государственный университет имени Бердаха
Студент3 курса юридического факультета
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur maqolada joriy yilda mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan, qonunchilikni isloh qilishni talab etadigan konstitutsiyaviy islohotlar va undan kelib chiqqan holda qabul qilingan “O‘zbekiston - 2030” strategiyasi haqida bayon etilgan. Shuningdek, “O‘zbekiston - 2030” strategiyasidan kelib chiqqan holda mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash va milliy qonunchilikni takomillashtirish masalalariga to‘xtalib o‘tilgan.


background image

“O‘ZBEKISTON - 2030” STRATEGIYASIDA QONUN USTUVORLIGINI

TA’MINLASH MASALALARI

Akmalov Hamid Akmalovich Berdaq nomidagi

Qoraqalpoq davlat universiteti Yuridik fakulteti 3-

bosqich talabasi e-mail:

hamidakmalov999@gmail.com

Annotatsiya.

Mazkur maqolada joriy yilda mamlakatimizda davlat

hokimiyati va boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan,

qonunchilikni isloh qilishni talab etadigan konstitutsiyaviy islohotlar va undan

kelib chiqqan holda qabul qilingan “O‘zbekiston - 2030” strategiyasi haqida

bayon etilgan. Shuningdek, “O‘zbekiston - 2030” strategiyasidan kelib

chiqqan holda mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash va milliy

qonunchilikni takomillashtirish masalalariga to‘xtalib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar:

Strategiya - 2030, Prezident farmoni, qonun ustuvorligi,

milliy qonunchilik, huquqiy davlat, davlat fuqarolik xizmati, xalq xizmatidagi

davlat boshqaruvi, adolatli va zamonaviy davlat.

Qonun ustuvorligi har qanday davlat va jamiyat hayotining muhim

tamoyillaridan biri bo‘lib, barcha demokratik institutlar, inson huquqi va

erkinliklari qonun ustuvorligining ta’minlanishi asosida amalga oshiriladi va

joriy etiladi. Qonunda xalqning irodasi, xohish va istaklari, manfaat va

intilishlari o‘zining ifodasini topadi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, demokratik

huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish mamlakatimizning asosiy

maqsadidir. Ushbu jarayonda qonun ustuvorligini ta’minlash, shaxs, oila,

jamiyat va davlatning huquq va manfaatlari muhofazasini kuchaytirish,

aholining huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, fuqarolarni qonunga

bo‘ysunish va hurmat ruhida tarbiyalash - bu rivojlangan bozor iqtisodiyotiga

asoslangan demokratik, huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurishning

nafaqat maqsadi, balki uning vositasi va eng muhim sharti hisoblanadi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 1-moddasida mamlakatning


background image

suveren demokratik respublika ekanligi bilan bir qatorda huquqiy, ijtimoiy va

dunyoviy davlat ekanligi qat’iy belgilab qo‘yildi.

Huquqiy

davlat

konsepsiyasi

asosida

yangi

tahrirdagi

Konstitutsiyaning 15, 16-moddalarida Konstitutsiyaning oliy yuridik kuchga

eganligi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri

amal qilishi, shuningdek O‘zbekiston

Respublikasining xalqaro shartnomalari mamlakat huquqiy tizimining tarkibiy

qismi ekanligi belgilandi. Inson huquqlariga oid normalar uch baravardan ortiq

oshirilganligi ham bunga yaqqol misol [1].

Yana bir muhim o‘zgarish - davlatning ijtimoiy sohadagi vazifa va

majburiyatlari kuchaytirilganligidir. Xususan, Asosiy qomusimizda davlat

fuqarolarning bandligini ta’minlash, ishsizlikdan himoya qilish, kambag‘allikni

qisqartirish (43-modda), aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-

joy bilan ta’minlash (47-modda) bo‘yicha davlatning majburiyatlari,

fuqarolarning davlat hisobidan kafolatlangan tibbiy yordamga bo‘lgan

huquqlari (48-modda), inklyuziv ta’lim va tarbiya masalalari (50-modda) kabi

ijtimoiy kafolatlar belgilandi.

Bu kabi yangiliklar ko‘plab xalqaro kuzatuvchilar, xususan

konstitutsiyaviy islohotlar doirasida o‘tkazilgan xalqaro konferensiya va

tadbirlarda ekspert va mutaxassislar tomonidan ijobiy tarzda baholandi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning

154-moddasida yuqorida qayd etilgan O‘zbekistonning suveren, demokratik,

huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat ekanligi haqidagi qoidalar qayta ko‘rib

chiqilishi mumkin emasligi mustahkamlandi [2].

Amalga oshirilgan konstitutsiyaviy islohotlar Asosiy qomusimizda

belgilangan davlatning majburiyatlari va ustuvor vazifalarini o‘z vaqtida va

samarali amalga oshirishni taqozo etadi. Shu sababli ham bunday ishlarni

tizimli va mantiqiy izchillik asosida tashkil etish maqsadga muvofiq. Binobarin,

mamlakatimiz keyingi istiqbolda rivojlanishi uchun amalga oshiriladigan

ishlarni belgilovchi hujjat qabul qilinishi taqozo etiladi. Bugungi kunda


background image

jamoatchilik vakillari tomonidan ijobiy tahlil etilayotgan “O‘zbekiston - 2030”

strategiyasi aynan shunday hujjatdir.

Xalqimizning erkin va farovon, qudratli Yangi O‘zbekistonni barpo

etish bo‘yicha xohish-irodasini ro‘yobga chiqarish, har bir fuqaroga o‘z

salohiyatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sog‘lom, bilimli

va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, global ishlab chiqarishning muhim

bo‘g‘iniga aylangan kuchli iqtisodiyotni shakllantirish, adolat, qonun

ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli ta’minlash maqsadida joriy

yilning 11-sentyabr sanasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 158-

sonli “O‘zbekiston - 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi Farmoni qabul qilindi.

“O‘zbekiston - 2030” strategiyasida quyidagi beshta asosiy g‘oya asos

qilinganligini ko‘rishimiz mumkin:

1) barqaror iqtisodiy o‘sish orqali daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan

davlatlar qatoridan o‘rin olish;

2) aholi talablariga va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan

ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish;

3) aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish;

4) xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish;

5) mamlakatning suvereniteti va xavfsizligini kafolatli ta’minlash.

Mazkur g‘oyalarni amalda ro‘yobga chiqarish maqsadida 5 ta ustuvor

yo‘nalish, ular doirasida 12 ta kichik yo‘nalish hamda 100 ta maqsadni o‘z

ichiga olgan.

“O‘zbekiston - 2030” strategiyasining to‘rtinchi ustuvor yo‘nalishi

qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini

tashkil etish

deb nomlanib, unda 2 ta kichik yo‘nalish va 16 ta maqsad o‘rin

olgan. Mazkur ustuvor yo‘nalish xalq xizmatidagi davlat tashkil etish va

jamoatchilik boshqaruvini takomillashtirish hamda qonun ustuvorligini

ta’minlash va sud-huquq tizimidagi islohotlarga baglshlangan.


background image

E’tiborli jihati shundaki, mazkur ustuvor yo‘nalish doirasida

qonunchilikni ixchamlashtirish ishlari nazarda tutilgan. Xususan, qonunchilik

hujjatlarini maqbullashtirish natijasida tartibga solish yukini kamida 30 foizga

qisqartirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan qonunlarni qabul qilish amaliyotini

kengaytirish, ularning ulushini kamida 60 foizga yetkazish, mahalliy

Kengashlar faoliyatiga oid 500 dan ortiq hamda hokimliklar faoliyatiga oid 500

dan ortiq qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish rejalashtirilgan. Bu kabi

ishlarni amalga oshirishda shoshma- shosharlik va bir yoqlama

yondashuvdan qochish lozim. Har bir normativ- huquqiy hujjatning

amaliyotdagi ijrosi aniq tahlil qilinishi, aniqlangan muammolar asosida

tizimlashtirilishi va maqbullashtirilishi lozim. Bunda asosiy e’tibor

qonunchilikni tartibga solish ta’sirini to‘liq baholash lozim. Shu sababli ham

mazkur rejalar amalga oshirilishi natijasida ishlab chiqilgan hujjatlar loyihalari

to‘liq tartibga solish ta’sirini baholash mexanizmlari asosida tekshirilishi lozim.

Yana bir muhim masala - ayrim davlat funksiyalarini qayta taqsimlash

va bekor qilish bilan bog‘liq. Loyihada mahalliy Kengashlarning 300 dan ortiq

funksiyalarini qayta ko‘rib chiqib, o‘ziga xos bolmaganini bekor qilish,

hokimliklar va vazirliklar bolinmalarining bir-birini takrorlovchi 70 dan ortiq

funksiyalarini optimallashtirish, hokimliklarga yuklatilgan 500 dan ortiq vazifa

orasidan ular faoliyatiga xos bolmaganlarini bekor qilish nazarda tutilgan.

Fikrimizcha, bu ishlarni amalga oshirishda huquqiy eksperiment sifatida

rejalarni amaliyotda sinab ko‘rish va uning natijasidagina tegishli vakolatlar

va funksiyalarni bekor qilish yoki maqbullashtirish lozim. Shuningdek,

respublika miqyosida amalga oshirilayotgan ma’muriy islohotlardan olingan

tajribani qollash lozim [3].

Shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi kabi davlat organlarining

kamida 30 foiz vakolatlarini mahalla darajasiga tushirish hamda mahallalarda

100 dan ortiq davlat xizmatlarini “bir qadam”da ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish

vazifalarini amalga oshirishda mahalla davlat hokimiyati va boshqaruvi

tizimiga kirmasligini ham inobatga olish lozim [4].


background image

Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimidagi

islohotlar

doirasidagi ayrim maqsadli ko‘rsatkichlar obyektiv sabablarga

bog‘liq. Xususan, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qollash

amaliyotini 2 barobarga kamaytirish hamda garov va boshqa muqobil ehtiyot

choralari ulushini 2 barobar oshirish, ozodlikdan mahrum qilish jazosini

tayinlash amaliyotini 30 foizdan 20 foizga tushirish kabi ko‘rsatkichlarga

erishish bevosita sodir etilgan jinoyatlar soni va ularning ijtimoiy xavflilik

darajasiga bog‘liq. Shu sababli bundan maqsadli ko‘rsatkichlarni qayta ko‘rib

chiqish, uning o‘rniga jinoyatchilik sabab va shart-sharoitlarini oldini olish

mexanizmlariga qaratish maqsadga muvofiq.

Xuddi shuningdek, sudga qadar bosqichda hal etiladigan nizolar

toifasini 50 foizga oshirish, sudga qadar hal etilishi mumkin bo‘lgan nizolar

yuzasidan sudlarga kelib tushadigan ishlar sonini 50 foizga kamaytirish kabi

maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishda har kimga o‘z huquq va erkinliklarini sud

orqali himoya qilish kafolatlanganligini e’tiborga olish lozim (Konstitutsiyaning

55-moddasi). Fikrimizcha, bu maqsadlarning mazmuni bo‘yicha ko‘proq

nizolarni sudga qadar hal qilish mexanizmlarning afzalliklarini targ'ib qilish,

mazkur amaliyotni qo‘llab-quvvatlash maqsadga muvofiq.

“O‘zbekiston - 2030” strategiyasini amalga oshirishda 2017-2021-

yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo‘yicha Harakatlar

strategiyasi

hamda

2022-2026-yillarga

moljallangan

Yangi

O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi doirasida bajarilgan ishlarning tahlili,

vujudga kelgan muammolar va to‘liq yoki qisman amalga oshirilmagan

vazifalarning sabablarini inobatga olish lozim. Bundan tashqari, har bir soha

bo‘yicha qabul qilingan manzilli hujjatlar ham chuqur tahlil qilinishi lozim.

Misol uchun, so‘nggi to‘rt yil davomida muayyan sohalarni 2030-yilga qadar

rivojlantirishga qaratilgan 12 ta dasturiy hujjatlar qabul qilingan. “O‘zbekiston

-

2030” strategiyasida nazarda tutilgan

masalalarning ayrimlari yuqoridagi hujjatlarda muayyan shaklda o‘z ifodasini

topgan. Shu sababli mazkur hujjatlarning o‘zaro muvofiqligi va monandligini

ta’minlash zarur.


background image

Umuman olganda, “O‘zbekiston - 2030” strategiyasi keyinchi yetti yilda

amalga oshiriladigan muhim ishlarni belgilab berganligi sababli uni amalga

oshirishda chuqur tahlil va zarur asoslarga tayanish lozim. Aynan har

tomonlama puxta tuzilgan va bajarilishi ehtimoli real imkoniyatdan kelib

chiqadigan dasturiy hujjat ko‘zlangan maqsadlarga erishishga imkon beradi.

Xulosa qilib aytganda, huquqiy davlatda qonun ustuvorligi,

fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash eng muhim mezon

hisoblanadi. “O‘zbekiston - 2030” strategiyasida ham ana shunday mezonlar

o‘z ifodasini topgan va kelgusi yetti yillikda dastur-ul amal bo‘lib xizmat qiladi.

Foydalangan adabiyotlar:

1. Konstitutsiyadagi Yangi Normalar Va Ularning Tahlili.

F.Q.Qutlimuratov, H.A.Akmalov. (Metodik Qo’llanma) -Nukus; 2023-Yil, 84 B.

2.

Akmalov Hamid Akmal O’g’li. (2023, Aprel). Yangilanayotgan

Konstitutsiyada Inson Huquq Va Erkinliklari, Sud-Huquq Sohasidagi

Islohotlar. “Talqin Va Tadqiqotlar” Ilmiy-Uslubiy Jurnali. Uif-2023: 8.2|2181-

3035|№22.

3.

Каримбаевич, Кт (2021). Понятие И Характеристика

Корпоративного Договора. Транснациональный Научно-Гуманитарный

Журнал «Берлинские Исследования» , 1 (1,4 Юридические Науки).

4.

Rasulev, A.,

& Rasuleva, I. (2023). “O‘zbekiston-2030”

Strategiyasi Taraqqiyotimiz Uchun Qanchalik Ahamiyatli?. Jamiyat Va

Innovatsiyalar

, 4

(7/S), 374-381.

5.

Rashitovna, Kadirova Nargiza. "Analysis of the national

legislature of the Republic of Uzbekistan on consular relations." International

scientific review 1 (32) (2017): 64-67.

6.

Khamdamova, S. "Regulatory activity of local Kengashes as one

of the mechanisms of realization of representative authority." ISJ Theoretical

& Applied Science, 04 (84) (2020): 73-76.

7.

Исраилова,

Зарина.

некоторых

в

опросах

конституционной реформы опыт Узбекистана." in Library 1.1 (2023): 40-

45.

Библиографические ссылки

Konstitutsiyadagi Yangi Normalar Va Ularning Tahlili. F.Q.Qutlimuratov, H.A.Akmalov. (Metodik Qo’llanma) -Nukus; 2023-Yil, 84 B.

Akmalov Hamid Akmal O’g’li. (2023, Aprel). Yangilanayotgan Konstitutsiyada Inson Huquq Va Erkinliklari, Sud-Huquq Sohasidagi Islohotlar. “Talqin Va Tadqiqotlar” Ilmiy-Uslubiy Jurnali. Uif-2023: 8.2|2181- 3035|№22.

Каримбаевич, Кт (2021). Понятие И Характеристика Корпоративного Договора. Транснациональный Научно-Гуманитарный Журнал «Берлинские Исследования» , 1 (1,4 Юридические Науки).

Rasulev, A., & Rasuleva, I. (2023). “O‘zbekiston-2030” Strategiyasi Taraqqiyotimiz Uchun Qanchalik Ahamiyatli?. Jamiyat Va Innovatsiyalar, 4(7/S), 374-381.

Rashitovna, Kadirova Nargiza. "Analysis of the national legislature of the Republic of Uzbekistan on consular relations." International scientific review 1 (32) (2017): 64-67.

Khamdamova, S. "Regulatory activity of local Kengashes as one of the mechanisms of realization of representative authority." ISJ Theoretical & Applied Science, 04 (84) (2020): 73-76.

Исраилова, Зарина. "О некоторых в опросах конституционной реформы опыт Узбекистана." in Library 1.1 (2023): 40-45.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов