Mualliflar

  • Isomiddinova Ruhsora Muhiddin qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.103221

Annotasiya

Bugungi  globallashuv  davrida  insoniyat  oldida  yangidan-yangi  ufqlar 
ochilmoqda. Aloqa, ta'lim, texnologiya va iqtisodiyot borasidagi taraqqiyotlar insonlar 
o‘rtasidagi chegara va masofalarni asta-sekin yo‘qqa chiqarmoqda. Shu jarayonda chet 
tillarini  o‘rganish  masalasi  ilgari  bir  ixtiyoriy  ko‘nikma  bo‘lgan  bo‘lsa,  bugun  u 
zaruratga  aylanmoqda.  Ammo  bu  o‘zgarish  aslida  nimani  anglatadi?  Chet  tillarini 
o‘rganish imkoniyatlar eshigimi ochadi yoki u zamonaviy dunyoning bitmas tuganmas 
talabi sifatida bizga yuklanadimi? 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_2-to’plam_Iyun-2025

9

ISSN:3030-3613

CHET TILLINI O‘RGANISH — IMKONIYATLAR ESHIGIMI YOKI

ZAMONAVIY DUNYONING TALABI?

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti

Xalqaro jurnalistika fakulteti 1 -kurs talabsi

AXIZ 2403

Isomiddinova Ruhsora Muhiddin qizi

Bugungi globallashuv davrida insoniyat oldida yangidan-yangi ufqlar

ochilmoqda. Aloqa, ta'lim, texnologiya va iqtisodiyot borasidagi taraqqiyotlar insonlar
o‘rtasidagi chegara va masofalarni asta-sekin yo‘qqa chiqarmoqda. Shu jarayonda chet
tillarini o‘rganish masalasi ilgari bir ixtiyoriy ko‘nikma bo‘lgan bo‘lsa, bugun u
zaruratga aylanmoqda. Ammo bu o‘zgarish aslida nimani anglatadi? Chet tillarini
o‘rganish imkoniyatlar eshigimi ochadi yoki u zamonaviy dunyoning bitmas tuganmas
talabi sifatida bizga yuklanadimi?

Imkoniyatlar eshigi sifatida til bilish

Til — bu inson tafakkuri va dunyoqarashining kaliti. Har bir yangi til — yangi

madaniyat, yangi fikrlash tarzi, yangi imkoniyat. Chet tilini bilgan inson faqatgina
tarjima qilishni emas, balki dunyoni boshqa ko‘z bilan ko‘ra oladi. U boshqa jamiyatlar
bilan fikr almasha oladi, o‘z g‘oyalarini keng auditoriyaga yetkazish imkoniga ega
bo‘ladi. Til bilish kishiga xorijda ta’lim olish, xalqaro loyihalarda ishtirok etish, yuqori
malakali kasb egasi bo‘lish, madaniyatlararo ko‘prik bo‘lish imkonini yaratadi.

Bugun ingliz, koreys, nemis, fransuz, yapon yoki xitoy tillarini o‘rganayotgan

yoshlar faqat ish topish uchun emas, balki o‘z shaxsiy imkoniyatlar doirasini
kengaytirish, o‘zini rivojlantirish uchun bu yo‘lni tanlamoqda. Har bir yangi
o‘rganilgan til — bu o‘zgarishlar sari ochilgan yangi eshik, inson tafakkurining
kengayishi demakdir.

Zamonaviy dunyoning talabi sifatida til bilish

Boshqa tomondan esa, global iqtisodiyot va texnologik taraqqiyot til bilishni

deyarli majburiy shartga aylantirdi. Internet tarmog‘ining asosiy qismi ingliz tilida.
Ilmiy maqolalar, dasturlash tillari, xalqaro biznes — barchasi chet tilini bilishni talab
qiladi. Ko‘plab sohalarda ingliz tilini bilmasdan o‘z kasbida yetakchi bo‘lish deyarli
imkonsiz bo‘lib qolmoqda.

Bu holat ba'zida yoshlar yoki mutaxassislar uchun bosim manbaiga aylanmoqda.

"Tilni bilmasang, orqada qolasan" degan qarash tobora kuchayib bormoqda. Shuning
uchun ko‘pchilik til o‘rganishni ilhom bilan emas, balki majburiyat, hattoki xavotir
bilan qarshi olmoqda. Bu esa o‘z navbatida til o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqni
kamaytirishi mumkin.

Imkoniyat va talab o‘rtasidagi muvozanat


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_2-to’plam_Iyun-2025

10

ISSN:3030-3613

Eng muhimi — chet tilini o‘rganishni faqat talab yoki majburiyat deb emas,

balki bu talab ichida yashiringan imkoniyatni ko‘ra bilishdir. Chunki har bir zamonaviy
talab aslida yangi bosqichdagi imkoniyatlarning belgisi bo‘lishi mumkin. Chet tilini
o‘rganish — bu dunyoga ochilgan oynadir. U orqali inson o‘zining ichki potensialini
ochadi, yangi do‘stlar orttiradi, o‘z fikrini boshqa til va madaniyatda ifoda etishni
o‘rganadi.

Xulosa o‘rnida

Chet tilini o‘rganish zamonaviy dunyo talabimi? Ha. Bu haqiqat. Ammo bu talab

ichida yashiringan imkoniyatlar son-sanoqsiz. Uni majburiyat deb emas, shaxsiy o‘sish
yo‘lidagi kalit sifatida ko‘rgan inson hech qachon ortda qolmaydi. Har bir til — bu bir
olam. Va bu olamga kirish uchun eshikni ochish, kalitni topish faqat o‘zimizga bog‘liq.


Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари