T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_3-to’plam_Iyun-2025
278
ISSN:3030-3613
QORAMOLLARNI PARVARISHLASH USULLARINING SUT
MAHSULDORLIGIGA TA’SIRI
G.D.Anarbayeva
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,
chorvachilik va botexnologiyalar
universiteti Toshkent filiali talabasi
A.E.Yangiboyev
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,
chorvachilik va botexnologiyalar universiteti
Toshkent filiali dotsenti, q.x.f.d., (DSc)
I.R.Xolbo‘tayev
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,
chorvachilik va botexnologiyalar universiteti
Toshkent filiali q.x.f.f.d., (PhD)
ANNOTATSIYA
Mazkur ilmiy maqolada qoramollarni parvarishlash usullarining sut
mahsuldorligiga ta’siri o‘rganildi. Tadqiqotda turli iqlimiy va zoogigiyenik
sharoitlarda sigirlarga nisbatan qo‘llanilayotgan parvarishlash tizimlari – erkin
yuruvchi, bog‘lab boqish, yarim erkin usullar –ning sut mahsuldorligiga ta’siri tahlil
qilindi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, erkin yuruvchi usulda parvarishlangan
sigirlar laktatsiya davomida yuqori sut hosildorligini namoyon etdi. Bundan tashqari,
toza havo, harakat erkinligi va sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilinishi
sigirlarning sog‘lig‘ini saqlash va mahsuldorligini oshirishda muhim omil bo‘lib
xizmat qildi. Xulosa sifatida, qoramollarni parvarishlashda zamonaviy va qulay
sharoitlarni yaratish ularning genetik salohiyatini to‘liq namoyon etishida hal qiluvchi
rol o‘ynashi qayd etildi.
Kalit so‘zlar:
qoramol, sigir, parvarishlash usuli, sut mahsuldorligi, erkin
yurish, gigiyena, zoogigiyena, laktatsiya, zooveterinariya, salomatlik, harakat, iqlim
sharoiti.
АННОТАЦИЯ (на русском языке)
В данной научной статье рассмотрено влияние методов содержания
крупного рогатого скота на молочную продуктивность. Исследование охватило
различные системы ухода за коровами – свободное содержание, привязное и
полусвободное – и их влияние на удой в условиях разных климатических и
зоогигиенических условий. Установлено, что при свободном содержании коровы
демонстрируют более высокую молочную продуктивность. Кроме того,
свободный доступ к свежему воздуху, подвижность и соблюдение санитарно-
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_3-to’plam_Iyun-2025
279
ISSN:3030-3613
гигиенических норм положительно сказываются на здоровье и продуктивности
животных. В результате сделан вывод о важности создания оптимальных
условий содержания для реализации генетического потенциала коров.
Ключевые слова:
крупный рогатый скот, корова, метод содержания,
молочная продуктивность, свободное содержание, гигиена, зоогигиена,
лактация, здоровье, климат.
ABSTRACT
This scientific article investigates the impact of cattle management methods on
milk productivity. The study analyzes various housing systems—free-stall, tie-stall,
and semi-free systems—under different climatic and hygienic conditions. Results
showed that cows kept under free-stall systems produced more milk during lactation.
Furthermore, access to fresh air, mobility, and adherence to hygiene and sanitary
standards significantly contributed to animal health and productivity. The study
concludes that providing modern and comfortable care conditions is crucial for
maximizing the genetic potential of dairy cows.
Keywords:
cattle, cow, management method, milk productivity, free-stall
system, hygiene, zoohygiene, lactation, health, mobility, climate conditions.
Asosiy izlanishlar:
Bugungi kunda dunyo miqyosida aholi sonining tez o‘sishi,
shaharlarning kengayishi va qishloq xo‘jalik maydonlarining qisqarishi natijasida sut
ishlab chiqarish hajmini barqaror oshirish dolzarb muammoga aylanmoqda. Ayniqsa,
iqlim o‘zgarishi, yirik sut fermalarida hayvonlarning zo‘riqish holatlari, ozuqa
resurslarining yetishmovchiligi va veterinariya xizmatlarining yetarlicha samarali
emasligi kabi omillar sut yetkazib berish zanjirida muvozanat buzilishiga sabab
bo‘lmoqda. Shuningdek, ba’zi mintaqalarda ishlab chiqarishning talablarga mos
emasligi, saqlash va qayta ishlashdagi yo‘qotishlar global oziq-ovqat xavfsizligiga
tahdid solmoqda.
KIRISH
Respublikaning barcha xo‘jaliklarida chorvachilikni jadal rivojlantirish, sut va
go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarishni barqaror oshirib borishda qoramolchilikni
yuritish tizimini zamonaviy talablarda shakllantirish dolzarb hisoblanadi.
Chorvachilikning barcha ko‘rsatkichlari 1991-2018-yillar davomida ko‘tarildi. Bu,
ayniqsa, 2016-yildan boshlab jadallashdi. Jumladan, 2018-yilda qoramollar soni 1991-
yilga nisbatan 2,49 baravar, Shu jumladan, sigirlar soni 2,13 baravar sut ishlab
chiqarish hajmi 3,14 baravar, go‘sht 2,85 baravar, tuxum yetishtirish 3,14 baravar va
qorako‘l terisi tayyorlash 73,4 baravarga ko‘paydi.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy, tashkiliy-texnik tadbirlar
kompleksi qishloq xo‘jaligi, shu jumladan, qoramolchilikni rivojlantirish, sut va go‘sht
mahsulotlari ishlab chiqarishni jadallashtirish uchun imkoniyat yaratmoqda. Keyingi
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_3-to’plam_Iyun-2025
280
ISSN:3030-3613
ikki yil mobaynida sut va go‘sht ishlab chiqarish tegshlicha 9,6 % va 10,7% ga
ko‘paydi. 2021-yilda qoramollar sonini 13825 ming, sigirlarni 5065 ming bosh, sut
ishlab chiqarishni 11882,5 ming, go‘shtni 2433,5 ming tonnaga yetkazish topShirig‘i
O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va Chorvachilikni rivojlantiish qo‘mitasi
zimmasiga yuklatidi. Ushbu qo‘llanmani yozish va nashr ettirishdan maqsadimiz –
Yurtboshimiz
Shavkat
Mirziyoyevning
oqilona
rahbarligida
tadbirkor
chorvadorlarimiz va fidoyi olimlarimiz mehnati bilan chorachilikda katta ijobiy
o‘zgarishlar va ulkan zafarlarga erishishdir.
Tadqiqotning obyekti
bo‘lib Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani “Jamol ota –
chorva nasil” fermer xo‘jaligiga Germaniya davlatidan keltirilgan nemis
seleksiyasidagi sof golshtin zotli ikkinchi laktatsiyalardagi sigirlar hisobalanadi
Tadqiqotning predmeti
Nemis seleksiyasiga mansub golshtin zotli ikkinchi
laktatsiyadagi 90 kunda sersut qilishning sigirlarning sut mahsuldorligi, sutining sifat
ko‘rsatkichlari, eksterer o‘lchamlari, yelin, pushtdorlik, tirik vazn ko‘rsatkichlari
hisoblanadi
Tadqiqotning usullari.
Tadqiqotlarni bajarish jarayonida zootexnikaviy (sut
mahsuldorligi, sutning sifat ko‘rsatkichlari, eksterer, yelin, pushtdorlik, ozuqani sut
bilan qoplash ko‘rsatkichlari), biologik (klinik, gematologik ko‘rastkichlar, issiqqa
chidamlilik indeksi) va statistik (o‘rtacha arifmetik ko‘rsatkich va xato,
o‘zgaruvchanlik koeffitsienti, guruhlararo farqlar ishonchliligi) usullari qo‘llanilgan.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi
quyidagilardan iborat: Tadqiqotlarda ilk bor
Toshkent viloyati sharoitida chetdan keltirilgan golshtin zotli g‘unojinlarni ikkinchi
tug‘ishda sut mahsuldorligi oziqlantrish ratsioni tuyimligin oshrish orqali sersut qilish
davrining maqbul muddatlarni aniqlangan;
-chetdan olib kelingan golshtin zotli ikkinchi tug‘ishidagi sigirlarning sersut
qilish davrida oziqlantirish ratsioni to‘yimligini 10-15 % oshirishning sut
mahsuldorligi, tirik vazni va yelin shakllariga ta’siri aniqlangan;
-chetdan olib kelingan golshtin zotli ikkinchi tug‘ishidagi sigirlarning sersut
qilish davrida oziqlantirish ratsioni to‘yimligini 10-15 % oshirishning mahsuldorlik,
texnologik, pushtdorlik xususiyatlarriga ta’siri aniqlangan;
-chetdan olib kelingan golshtin zotli ikkinchi tug‘ishidagi sigirlarning sut
mahsuldorligi, tirik vazni va vannasimon yelin shakliga ega irsiy salohiyatga ega
bo‘lgan podasi yaratilishga asos solingan.
-
Sigirlarning laktatsiyasining kechish xususiyatlari, eksterer, yelin, ozuqani sut
bilan qoplash ko‘rsatkichlarining sersut qilish darajasiga bog‘liqligi aniqlangan;
-
Chetdan keltirilgan sigirlarning ayrim biologik xususiyatlari Toshkent
viloyatining o‘ziga xos sharoitida o‘rganilib baholangan;
MATERIALLAR VA USULLAR
Tadqiqotning maqsadi:
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_3-to’plam_Iyun-2025
281
ISSN:3030-3613
Xashaki qovoq mevasi bilan oziqlantirish orqali sog‘in sigirlar ratsionlarida kuz-
qish davrida kuzatiladigan oqsil-qand nisbatining buzilishini, sog‘in sigirlarning sut
mahsuldorligini oshirish va ularning sut berishida kechadigan moddalar almashinuvi
buzilishlarini oldini olish chora tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning vazifasi:
xashaki qovoqning sog‘in sig‘irlar ratsionida turli
miqdorlarda qo‘llashda eng maqbul miqdorini qo‘llash natijasida sog‘in sig‘irlar
pushtdorlik faoliyatiga ta’sirini, tajribadagi sigirlarining sutdorlik koeffitsienti, sog‘in
sigirlar ratsionida qo‘llashning sut mahsuldorligi va iqtisodiy samaradorligini aniqlash
va tajribadagi sigirlarning oziqani sut bilan qoplash xususiyatlarini o‘rganishdir
Tadqiqotning usullari.
Ushbu tadqiqotda umumiy zootexniyada qo‘llaniladigan
umumiy uslublardan foydalanilgan. Tadqiqot masalalarini o‘rganishda umum
zootexnikaviy usullardan: sog‘in sigirlarning asrash, oziqlantirish, sut mahsuldorligi va
uning sifati o‘rganildi. Sut sifatini ko‘rsatkichlarini o‘rganish tajribalar boshi, o‘rtasi
va oxirida guruhlarning 10 bosh sigirlarining sutlarida yog‘ligi, zichligi, quruq
moddasi, yog‘sizlantirilgan quruq sut qoldiqlari, qand miqdorini aniqlash
laboratoriyada, oziqalar tahlili standart talablari asosida “Zamona Ra’no”,
“NANOGEN LAB” MChJ laboratoriyasida va “Laktan” sut tahlilchisida umumqabul
qilingan P.T.Lebedev, A.T.Usovich (1976), V.A.Petuxova va boshqalar (1981)
usullarida, sigirlar qonining morfologik va biokimyoviy ko‘rsatkichlari tajriba boshi
va oxirida shaklli elementlarini aniqlash – Goryayev kamerasida hisoblash,
gemoglobin – Sali usulida, qand miqdori – Xagedron-Yensen usulida, oqsil
refroktometrda o‘lchashlarda, kalsiy – de-Vaard, fosfor – R.Ch.Yudelevich usulida,
ko‘rsatkichlarning statistik qayta ishlashlari: o‘rtacha arifmetik va uning xatosi,
guruhlararo farqning ishonchlilik darajasi (Y.K.Merkureva, 1970, N.A.Plaxinskiy.
1969) hamda iqtisodiy (jami xarajatlar, 1 s mahsulotning tannarxi, xarid narxi, sof
foyda, samaradorlik darajasi) usullaridan foydalanilgan.
NATIJALAR VA MUNOZARALAR
Qoramollarni parvarishlash
Har bir chorva mollarini parvarishlash ularning individual o‘sish qonuniyatlariga
ko‘ra amalga oshiriladi. Organizmning o‘sish va rivojlanishda unda mavjud
to‘qimalar-suyak, muskul va yog‘ to‘qimalarining o‘sish jadalligi ular yoshining
ma’lum davrlariga to‘g‘ri keladi. Jumladan eng avval embrionlik davrdan boshlab, to
12-15 oyligiga qadar suyak to‘qimalari jadal o‘sadi va so‘ng ularning o‘sish jadalligi
keskin pasayadi. Avvolo pay suyaklari va so‘ng yassi suyaklar. Mollarning suyak sklet
tizimi ular tanasini bo‘yicha va xajmiga normal darajada (ya’ni zot xususiyatiga xos
darajada) shakllantirishni ta’minlaydi. Shu boisdan ularning o‘sish jadalligiga
erishishga xos bo‘lgan parvarishlash tadbirlari amalga oshiriladi. Aksariyat holda ular
o‘sishdan qoladi, embrionalizm va infolitlizm xodisalari yuz beradi.
1-jadval
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_3-to’plam_Iyun-2025
282
ISSN:3030-3613
Tajriba guruhlaridagi sigirlarning 305 kun laktatsiya mobaynida sut
mahsuldorligi,kg
Ko‘rsatkichlar
Guruhlar
Asosiy ratsion
+10%
1-guruh
Asosiy ratsion
+15 %
II-guruh
Asosiy ratsion
III-guruh
±S
±S
±S
Sut miqdori,kg
4974,5±6,70
5473,5±8,14
4592±7,20
Sut tarkibidagi yog‘,%
4,07±0,01
4,01±0,024
4.12±0,02
Sut yog‘ chiqimi,kg
202,29±1,7
219,31±1,8
188,4±1,50
Sut tarkibidagi oqsil,%
3,66±0,024
3,59±0,020
3,68±0,023
Sut oqsilchiqimi,kg
182,44±1,88
197,88±1,65
169,77±2,49
4%-li sut miqdori, kg
5057,2±5,35
5482,81±6,17
4709,98±5,78
Quruq modda,%
12,69
12,63
12,78
Yog‘sizlantirilgan
quruq
sut qoldig‘i,%
8,62
8,63
8,66
Parvarishlash jarayonlarini yo‘naltirilgan texnologiyalar asosida yosh mollar
tana suyak skletini normal o‘sishiga mos ravishda tashkil qildik. Ya’ni sut ichish va
jadal o‘sish davrlarida zotiga xos bo‘lgan organizm uchun kerakli bo‘lgan oziq
moddalari bilan ta’minlash e’tiborga olinadi.
Muskul to‘qimalarning o‘sish jadalligi qonuniyatiga ko‘ra tana suyak-skleti o‘z
davrida muskullar bilan to‘lishib boradi. Avvallo pay suyaklari atrofida va so‘ng yassi
suyaklar atrofida to‘lishish holati kechadi. Muskul to‘qimalarini o‘sish jadaligi suyak
to‘qimalaridan so‘ng 6-20 oylik davriga to‘g‘ri keladi. Bu davrda yosh mollar jadal
o‘sib, jinsiy faoliyatga yetishadi. Vazn va xajm o‘sish jadalligi zot andoza talablariga
mos bo‘lishida yirik va sermahsul bo‘lgan sigirlarni shakillantirishga baza yaratiladi.
Shu bois ham biz ushbu omillarni e’tiborga olgan holda buzoq va tanalar
parvarishlashni tashkil etdik. Ya’ni ularni saqlash va oziqlantirish usullari ishga
solindi.
Yog‘ to‘qimalarini shakillantirish va ularni tanada to‘plashga xos tadbirlar
g‘unajinlarni tug‘ishga va sersut qilishga tayyorlash jarayonida amalga oshirildi.
Chunki, homlani oxirgi embrional davrida jadal o‘sishi va sersut bo‘lishiga tayorlashda
organizmda yog‘ to‘qimalari zaxirasi to‘lanib semizlik konditsiyasi yuqori darajada
bo‘lishi kerak. Ma’lumki, yangi tuqqan sigirlarni birinchi 30 kunligida sut sog‘imining
ko‘tarilishi asosan tanada to‘plangan yog‘ zaxiralari hisobidan bo‘ladi. Ushbularni
e’tiborga olgan holda g‘unajinlarni bo‘g‘ozligini oxirgi 60 kunida jadal
Х
х
Х
х
Х
х
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_3-to’plam_Iyun-2025
283
ISSN:3030-3613
parvarishlashga aloxida e’tibor qaratdik.
Qoramollar yilning barcha fasllarida mos bo‘lgan sharoitlarda va oziqlantirish
tipi va normalarida parvarish qilindi.
XULOSALAR
Tajribadagi III-guruh sigirlariga o‘rtacha 18,43 kg eob sarflanib tengqurlari I-
guruh sigirlariga nisbatan 9,03%-ga, II-guruhga mansub tengqurlaridan esa 13,35%-ga
kam bo‘ldi. Oziqlantirish ratsionida quruq modda III-guruhda 2020 g tashkil qilib
tenqurlari I-nuruh tengqurlari 10.22 5%-ga , II-guruhga tengqurlari 12,93 %-ga
ortiqcha quruq modda sarfladi.
2. Tadqiqotlarimizda oziqlantirishratsionini ar+ 15 %-ga oshirish II- guruh
sigirlari iste’mol qilgan ozuqalarning to‘yimlilik qiymati I guruhdagi sigirlarnikidan
289 kg jami ozuqa, 110,1 kg eob, 83,63 kg oziqa birligi, 836,1 mj almashinuvchi
energiya, 124,9 kg quruq modda, 10,7 kg hazmlanuvchi protien ortiqcha sarflandi.
3. Tajribadagi II -guruh sigirlariga 90 kun sersut qilish davrida tenqurlari xo‘jalik
ratsionida ar boqilgan sigirlarga nisbatan o‘rtacha 90 kun mobaynida 335,8 kg eob,
248,1 kg oziqa birligi, 2470,1 mj almashinuvchi energiya, 371,7 kg quruq modda, 41,7
kg xom protien, 31,8 kg hazmlanuvchi protien, 22.4 hazmlanuvchi kletchatka, 9,83 kg
qand, 89,5 kg xom yog‘,2,1 kg kalsiy, 0,82 kg fosfor ortiqcha sarfladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-
2841-sonli qarori.Toshkent. 2017-yil 16-mart. lex.uz.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021-yillarda «O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»
gi PF-4947 sonli Farmoni. // Toshkent. 2017-yil. 7-fevral. lex.uz.
3.
Alifanov V., Kitaev M. Molochnaya produktivnost korov simmentalskoy
porodы otechestvennoy i avstriyskoy seleksiy. «Molochnoe i myasnoe
skotovodstvo», № 5, 2010, s. 28-29.
4.
Alixanov M.P., Sinpaev O.M., chavtaraev R.M. Effektivnost povыshennogo
urovnya kormleniya suxostoynыx korov. J. «Zootexniya», №11, 2005,s. 16-17.
5.
Amerxanov X. Plemennaya baza molochnogo i myasnogo skotovodstva
Rossiyskoy Federatsii i perspektivы eyo razvitiya. J. «Molochnoe i myasnoe
skotovodstvo», № 8, 2010, s. 2-5.
6.
Amirov SH.Q., Roziqova M. Sutning kimyoviy tarkibini og‘ir metallar bilan
ifloslanish manbalari.Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
to‘plami. Toshkent, 2011, 31-32 b.
7.
Ashirov M., ashirov B., Xudoyberdiev N. Turli genotipga va yelin Shakllariga
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_3-to’plam_Iyun-2025
284
ISSN:3030-3613
ega qizil cho‘l zotli sigirlarning sut mahsuldorligi. Respublika ilmiy-amaliy
konferensiya materiallari to‘plami. Toshkent, 2014, 8-10 b.
8.
Ashirov M.I, Ibadullaeva A.S. Razdoy-zalog povыsheniya produktivnosti
korov. J. «Zooveterinariya», №8, 2013, s.28.
9.
Ashirov M.E. Nauchnыe osnovы i prakticheskie priemы sovershenstvovaniya
plemennыx i produktivnыx kachestv cherno-pestrogo skota v usloviyax jarkogo
klimata. Avtoref. Diss. Dok.s.-x. Nauk. Tashkent, 1994, s.39-43.
10.
Ashirov M.E., Soatov O‘., ashirov B., Nasirdinov YO. Turli genotipdagi Shvits
zotli sigirlarning sut mahsuldorligi. «Respublikada Chorvachilikni rivojlantirish
va sohada ozuqa bazasini mustahkamlashning ustuvor vazifalari» mavzusidagi
respublika ilmiy-amaliy konfrensiya. Toshkent, 2011, 6-8 b.
11.
Baytaev.M.O. Produktivnыe osobennosti krupnogo rogatogo skota raznыx
porod v lichnыx podvoryax chechenskoy Respubliki.J. «Zootexniya», ,№-1,
2007, 23-24.
12.
Ballasov U.SH. Golshtinlashtirilgan sigirlar onalarining sut mahsuldorligiga
bog‘liq ravishda xo‘jalik foydali belgilarining o‘zgarishi.T. ,1999, 77-78 betlar