Mualliflar

  • A.E.Yangiboyev
  • S.M.Po‘latov
  • I.R.Xolbo‘tayev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.112366

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: sigir oziqa miqdori o‘sish dinamikasi tana vazni kunlik o‘sish oziqlantirish metabolizm oqsil energiya ratsion fiziologik holat o‘sish sur’ati.

Annotasiya

ANNOTATSIYA 
Mazkur  ilmiy  maqolada  sigirlarni  oziqlantirish  jarayonida  oziqa  miqdorining 
o‘zgartirilishi  ularning  o‘sish  dinamikasiga  qanday  ta’sir  ko‘rsatishi  o‘rganildi. 
Tadqiqotda turli guruhlarga ajratilgan sigirlarga energiya, oqsil va mineral moddalarga 
boy  yemlar  turli  miqdorda berildi  hamda ularning tana  vazni o‘sishi, kunlik o‘sish 
sur’ati  va  jismoniy  rivojlanish  ko‘rsatkichlari  baholandi.  Tadqiqot  natijalari  shuni 
ko‘rsatdiki,  oziqa  miqdorining  me’yoridan  past  bo‘lishi  sigirlarning  o‘sishini 
sekinlashtirgan, yuqori miqdorda berilishi esa o‘sish sur’atini tezlashtirgan bo‘lsa-da, 
haddan  ortiq  oziqlantirish  ayrim  metabolik  buzilishlarga  olib  kelgan.  Optimal 
miqdordagi  muvozanatli  ratsion  sigirlarning  barqaror  va  sog‘lom  o‘sishini 
ta’minlagan.  Tadqiqotdan  kelib  chiqqan  xulosa  shuki,  sigirlarni  o‘stirishda  oziqa 
miqdorini yosh, fiziologik holat va genetik salohiyatga mos ravishda tartibga solish 
zarur. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_3-to’plam_Iyun-2025

285

ISSN:3030-3613

SIGIRLARNI TURLI USULDA OZIQLANTIRISHNING SUT

MAHSULDORLIGIGA TA'SIRINI ANIQLASH

A.E.Yangiboyev

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,

chorvachilik va botexnologiyalar universiteti

Toshkent filiali dotsenti, q.x.f.d., (DSc)

S.M.Po‘latov

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,

chorvachilik va botexnologiyalar

universiteti Toshkent filiali professori

I.R.Xolbo‘tayev

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,

chorvachilik va botexnologiyalar

universiteti Toshkent filiali q.x.f.f.d., (PhD)

ANNOTATSIYA

Mazkur ilmiy maqolada sigirlarni oziqlantirish jarayonida oziqa miqdorining

o‘zgartirilishi ularning o‘sish dinamikasiga qanday ta’sir ko‘rsatishi o‘rganildi.
Tadqiqotda turli guruhlarga ajratilgan sigirlarga energiya, oqsil va mineral moddalarga
boy yemlar turli miqdorda berildi hamda ularning tana vazni o‘sishi, kunlik o‘sish
sur’ati va jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari baholandi. Tadqiqot natijalari shuni
ko‘rsatdiki, oziqa miqdorining me’yoridan past bo‘lishi sigirlarning o‘sishini
sekinlashtirgan, yuqori miqdorda berilishi esa o‘sish sur’atini tezlashtirgan bo‘lsa-da,
haddan ortiq oziqlantirish ayrim metabolik buzilishlarga olib kelgan. Optimal
miqdordagi muvozanatli ratsion sigirlarning barqaror va sog‘lom o‘sishini
ta’minlagan. Tadqiqotdan kelib chiqqan xulosa shuki, sigirlarni o‘stirishda oziqa
miqdorini yosh, fiziologik holat va genetik salohiyatga mos ravishda tartibga solish
zarur.

Kalit so‘zlar:

sigir, oziqa miqdori, o‘sish dinamikasi, tana vazni, kunlik o‘sish,

oziqlantirish, metabolizm, oqsil, energiya, ratsion, fiziologik holat, o‘sish sur’ati.

АННОТАЦИЯ

В данной научной статье рассматривается влияние изменения количества

корма при кормлении коров на динамику их роста. В ходе эксперимента коровам
в разных группах скармливались рационы с разным уровнем энергии, белка и
минеральных веществ. Изучались прирост живой массы, среднесуточный
прирост и физическое развитие животных. Результаты показали, что
недостаточное количество корма замедляет рост, а избыточное — ускоряет, но
может вызывать метаболические нарушения. Наилучшие показатели роста


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_3-to’plam_Iyun-2025

286

ISSN:3030-3613

наблюдались при сбалансированном и оптимальном уровне кормления.
Исследование подчеркивает важность учета возраста, физиологического
состояния и генетического потенциала при нормировании кормов для
молодняка.

Ключевые слова:

корова, количество корма, динамика роста, живая

масса, суточный прирост, кормление, метаболизм, белок, энергия, рацион,
физиологическое состояние, скорость роста.

ABSTRACT

This scientific article explores the impact of changing feed quantity on the

growth dynamics of cattle. In the study, different groups of cows were fed rations with
varying levels of energy, protein, and minerals. Key growth indicators such as div
weight gain, average daily gain, and physical development were evaluated. Results
showed that insufficient feeding slowed growth, while excessive feeding accelerated it
but caused some metabolic issues. The best results were observed with balanced and
optimal feed quantities. The study emphasizes the importance of adjusting feed
quantity according to the animals’ age, physiological condition, and genetic potential
to ensure stable and healthy growth.

Keywords:

cow, feed quantity, growth dynamics, div weight, daily gain,

feeding, metabolism, protein, energy, ration, physiological state, growth rate.

Asosiy izlanishlar:

Bugungi kunda dunyo miqyosida aholi sonining tez o‘sishi,

shaharlarning kengayishi va qishloq xo‘jalik maydonlarining qisqarishi natijasida sut
ishlab chiqarish hajmini barqaror oshirish dolzarb muammoga aylanmoqda. Ayniqsa,
iqlim o‘zgarishi, yirik sut fermalarida hayvonlarning zo‘riqish holatlari, ozuqa
resurslarining yetishmovchiligi va veterinariya xizmatlarining yetarlicha samarali
emasligi kabi omillar sut yetkazib berish zanjirida muvozanat buzilishiga sabab
bo‘lmoqda. Shuningdek, ba’zi mintaqalarda ishlab chiqarishning talablarga mos
emasligi, saqlash va qayta ishlashdagi yo‘qotishlar global oziq-ovqat xavfsizligiga
tahdid solmoqda.

KIRISH

Respublikaning barcha xo‘jaliklarida chorvachilikni jadal rivojlantirish, sut va

go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarishni barqaror oshirib borishda qoramolchilikni
yuritish tizimini zamonaviy talablarda shakllantirish dolzarb hisoblanadi.
Chorvachilikning barcha ko‘rsatkichlari 1991-2018-yillar davomida ko‘tarildi. Bu,
ayniqsa, 2016-yildan boshlab jadallashdi. Jumladan, 2018-yilda qoramollar soni 1991-
yilga nisbatan 2,49 baravar, Shu jumladan, sigirlar soni 2,13 baravar sut ishlab
chiqarish hajmi 3,14 baravar, go‘sht 2,85 baravar, tuxum yetishtirish 3,14 baravar va
qorako‘l terisi tayyorlash 73,4 baravarga ko‘paydi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_3-to’plam_Iyun-2025

287

ISSN:3030-3613

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy, tashkiliy-texnik tadbirlar

kompleksi qishloq xo‘jaligi, shu jumladan, qoramolchilikni rivojlantirish, sut va go‘sht
mahsulotlari ishlab chiqarishni jadallashtirish uchun imkoniyat yaratmoqda. Keyingi
ikki yil mobaynida sut va go‘sht ishlab chiqarish tegshlicha 9,6 % va 10,7% ga
ko‘paydi. 2021-yilda qoramollar sonini 13825 ming, sigirlarni 5065 ming bosh, sut
ishlab chiqarishni 11882,5 ming, go‘shtni 2433,5 ming tonnaga yetkazish topShirig‘i
O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va Chorvachilikni rivojlantiish qo‘mitasi
zimmasiga yuklatidi. Ushbu qo‘llanmani yozish va nashr ettirishdan maqsadimiz –
Yurtboshimiz

Shavkat

Mirziyoyevning

oqilona

rahbarligida

tadbirkor

chorvadorlarimiz va fidoyi olimlarimiz mehnati bilan chorachilikda katta ijobiy
o‘zgarishlar va ulkan zafarlarga erishishdir.

Tadqiqotning obyekti

bo‘lib Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani “Jamol ota –

chorva nasil” fermer xo‘jaligiga Germaniya davlatidan keltirilgan nemis
seleksiyasidagi sof golshtin zotli ikkinchi laktatsiyalardagi sigirlar hisobalanadi

Tadqiqotning predmeti

Nemis seleksiyasiga mansub golshtin zotli ikkinchi

laktatsiyadagi 90 kunda sersut qilishning sigirlarning sut mahsuldorligi, sutining sifat
ko‘rsatkichlari, eksterer o‘lchamlari, yelin, pushtdorlik, tirik vazn ko‘rsatkichlari
hisoblanadi

Tadqiqotning usullari.

Tadqiqotlarni bajarish jarayonida zootexnikaviy (sut

mahsuldorligi, sutning sifat ko‘rsatkichlari, eksterer, yelin, pushtdorlik, ozuqani sut
bilan qoplash ko‘rsatkichlari), biologik (klinik, gematologik ko‘rastkichlar, issiqqa
chidamlilik indeksi) va statistik (o‘rtacha arifmetik ko‘rsatkich va xato,
o‘zgaruvchanlik koeffitsienti, guruhlararo farqlar ishonchliligi) usullari qo‘llanilgan.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi

quyidagilardan iborat: Tadqiqotlarda ilk bor

Toshkent viloyati sharoitida chetdan keltirilgan golshtin zotli g‘unojinlarni ikkinchi
tug‘ishda sut mahsuldorligi oziqlantrish ratsioni tuyimligin oshrish orqali sersut qilish
davrining maqbul muddatlarni aniqlangan;

-chetdan olib kelingan golshtin zotli ikkinchi tug‘ishidagi sigirlarning sersut

qilish davrida oziqlantirish ratsioni to‘yimligini 10-15 % oshirishning sut
mahsuldorligi, tirik vazni va yelin shakllariga ta’siri aniqlangan;

-chetdan olib kelingan golshtin zotli ikkinchi tug‘ishidagi sigirlarning sersut

qilish davrida oziqlantirish ratsioni to‘yimligini 10-15 % oshirishning mahsuldorlik,
texnologik, pushtdorlik xususiyatlarriga ta’siri aniqlangan;

-chetdan olib kelingan golshtin zotli ikkinchi tug‘ishidagi sigirlarning sut

mahsuldorligi, tirik vazni va vannasimon yelin shakliga ega irsiy salohiyatga ega
bo‘lgan podasi yaratilishga asos solingan.

-

Sigirlarning laktatsiyasining kechish xususiyatlari, eksterer, yelin, ozuqani sut

bilan qoplash ko‘rsatkichlarining sersut qilish darajasiga bog‘liqligi aniqlangan;


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_3-to’plam_Iyun-2025

288

ISSN:3030-3613

-

Chetdan keltirilgan sigirlarning ayrim biologik xususiyatlari Toshkent

viloyatining o‘ziga xos sharoitida o‘rganilib baholangan;

MATERIALLAR VA USULLAR

Tadqiqotning maqsadi:

Xashaki qovoq mevasi bilan oziqlantirish orqali sog‘in sigirlar ratsionlarida kuz-

qish davrida kuzatiladigan oqsil-qand nisbatining buzilishini, sog‘in sigirlarning sut
mahsuldorligini oshirish va ularning sut berishida kechadigan moddalar almashinuvi
buzilishlarini oldini olish chora tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.

Tadqiqotning vazifasi:

xashaki qovoqning sog‘in sig‘irlar ratsionida turli

miqdorlarda qo‘llashda eng maqbul miqdorini qo‘llash natijasida sog‘in sig‘irlar
pushtdorlik faoliyatiga ta’sirini, tajribadagi sigirlarining sutdorlik koeffitsienti, sog‘in
sigirlar ratsionida qo‘llashning sut mahsuldorligi va iqtisodiy samaradorligini aniqlash
va tajribadagi sigirlarning oziqani sut bilan qoplash xususiyatlarini o‘rganishdir

Tadqiqotning usullari.

Ushbu tadqiqotda umumiy zootexniyada qo‘llaniladigan

umumiy uslublardan foydalanilgan. Tadqiqot masalalarini o‘rganishda umum
zootexnikaviy usullardan: sog‘in sigirlarning asrash, oziqlantirish, sut mahsuldorligi va
uning sifati o‘rganildi. Sut sifatini ko‘rsatkichlarini o‘rganish tajribalar boshi, o‘rtasi
va oxirida guruhlarning 10 bosh sigirlarining sutlarida yog‘ligi, zichligi, quruq
moddasi, yog‘sizlantirilgan quruq sut qoldiqlari, qand miqdorini aniqlash
laboratoriyada, oziqalar tahlili standart talablari asosida “Zamona Ra’no”,
“NANOGEN LAB” MChJ laboratoriyasida va “Laktan” sut tahlilchisida umumqabul
qilingan P.T.Lebedev, A.T.Usovich (1976), V.A.Petuxova va boshqalar (1981)
usullarida, sigirlar qonining morfologik va biokimyoviy ko‘rsatkichlari tajriba boshi
va oxirida shaklli elementlarini aniqlash – Goryayev kamerasida hisoblash,
gemoglobin – Sali usulida, qand miqdori – Xagedron-Yensen usulida, oqsil
refroktometrda o‘lchashlarda, kalsiy – de-Vaard, fosfor – R.Ch.Yudelevich usulida,
ko‘rsatkichlarning statistik qayta ishlashlari: o‘rtacha arifmetik va uning xatosi,
guruhlararo farqning ishonchlilik darajasi (Y.K.Merkureva, 1970, N.A.Plaxinskiy.
1969) hamda iqtisodiy (jami xarajatlar, 1 s mahsulotning tannarxi, xarid narxi, sof
foyda, samaradorlik darajasi) usullaridan foydalanilgan.

NATIJALAR VA MUNOZARALAR

Tajribadagi golshtin zotli sigirlarni 90 kunlik sersut qilish davrida o‘rtacha bir

boshga oziqa sarfi

1-jadval ma’lumotlarining ko‘rsatishicha, sigirlarni yuqori oziqlantirish

darajasida oziqlantirish ularni to‘yimli moddalar bilan ta’minlashda muhim
ahamiyatga ega. Masalan, I-guruh sigirlari laktatsiyasining dastlabki 90 kunida III-
guruhdagi tengqurlariga nisbatan 36,0 kg beda pichani, 60 kg bo‘g‘doy sooni, 97 kg
beda senaji, 229 kg makkajo‘xori silosi, 83 kg xashaki lavlagi, 10 kg makkajo‘xori
doni, 14 kg arpa yormasi, 24 kg bo‘g‘doy kepagi, 15 kg paxta kunjarasi, jami oziqalar


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_3-to’plam_Iyun-2025

289

ISSN:3030-3613

568 kg ortiqcha oziqa sarflagan bo‘lsa, II-guruh sigirlari 90 kunsersut qilish davrida 55
kg beda pichani, 90 kg bo‘g‘doy somoni, 146 kg beda senaji, 346 kg makkajo‘xori
silosi, 125 kg xashaki lavlagi, 15 kg makkajo‘xori doni, 21 kg arpa yormasi, 37 kg
bo‘g‘doy kepagi hamda 22 kg paxta kunjarasi jami ozuqalarning salmog‘i 857 kg III-
guruh sigirlariga nisbatan ortiqcha oziqa sarfladi. Ozuqalarning to‘yimlilik qiymati I-
guruh birinchi tug‘an sigirlariga 90 kun sersut qilish davrida tengqurlari III – guruh
sigirlariga nisbatan 225,71 kg EOB, 164,5 kg oziqa brligi, 1637 Mj almashinuvchi
energiya, 246.79 kg quruq modda, 27,8 kg xom protien, 21.1 kg hazmlanuvchi protien
,16,5 kg hazmlanuvchi kletchpatka, 5,43 qand, 59,7 kg xom yog‘,1,6 kg kalsiy, 0,6 kg
fosforga yuqori bo‘ldi. Tajribadagi II -guruh sigirlariga 90 kun sersut qilish davrida
tenqurlari xo‘jalik ratsionida AR boqilgan sigirlarga nisbatan o‘rtacha 90 kun
mobaynida 335,8 kg EOB, 248,1 kg oziqa birligi, 2470,1 Mj almashinuvchi energiya,
371,7 kg quruq modda, 41,7 kg xom protien, 31,8 kg hazmlanuvchi protien, 22.4
hazmlanuvchi kletchatka, 9,83 kg kand, 89,5 kg xom yog‘,2,1 kg kalsiy, 0,82 kg fosfor
ortiqcha sarfladi

1-jadval

Sigirlar laktatsiyasining dastlabki 90 kunida o‘rtacha har 1 bosh sigirga

sarflangan ozuqalar ar nisbatan farqi miqdori

Ozuqalar

Asosiy

ratsion

+10%
1-guruh

Asosiy ratsion
+15 %
Ii-guruh

asosiy ratsion
Iii-guruh

Beda pichani

36

55

360

Bo‘g‘doysomoi

60

90

603

Beda senaji

97

146

972

Makkajo‘xori silosi

229

346

2303

Xashaki lavlagi

83

125

829

Makkajo‘xori doni

10

15

101

Arpa yormasi

14

21

141

Bo‘g‘doy kepagi

24

37

258

Paxta kujarasi

15

22

149

Jami

568,0

857,0

5716

Tajribadagi chetdan olib kelingan nemis seleksiyasidagi golshtin zotli

sigirlarning mahalliy sharoitda o‘sish dinamikasi

Germaniya davlatidan olib kelingan sut yo‘nalishidagi nemis seleksiyasidagi

golshtin zotli sigirlarning O‘zbekiston sharoitiga moslashuvchanligi, ularning o‘sish


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_3-to’plam_Iyun-2025

290

ISSN:3030-3613

dinamikasini sersut qilishning 90 kunlik davrida tarozidan yakkama-yakka tortish
orqali o‘shish denamikasi o‘rganilindi.

Tajribadagi ikkinchi tug‘ishdagi sigirlar Toshkent viloyatining, Yangiyo‘l

tumanidagi “Jamol ota-chorva nasl” fermer xo‘jaligiga golshtin zoti bo‘ycha naslchilik
xo‘jaligiga olib keltirildi. Olib kelingan g‘unojinlarning tirik vazni naslchilik
kartochkasidan ko‘chirib olinib, tuqqanidan 90 kun sersut qilish davrida zootexniya
fanida keltirilgan uslubga binoan tarozidan yakkama-yakka tortish orqali ikkinchi
tug‘ishdagi sigirlarning tirik vazni urganilindi.

1-jadval

Tajribadagi ikkinchi tug‘ishdagi sigirlarning o‘sish dinamikasi, kg

GURUHLAR

Tug‘gandan
kiyngi
Vazni

90 kunlik
Sersut
Qilish
davridagi
Vazni


Mutloq
O’sish


Kunlik
o‘sish,g

Asosiy
ratsion +10%

1-guruh

497,5±1,67

537,0

±1,75

40,0±1,08

461±1,85

Asosiy
ratsion +15 %
II-guruh

495,5±1,85 546,3±1,67

50±1,3

557±1,75

Asosiy
ratsion
III-guruh

496,2±1,92 527,8±1,97

30,3±0,72

337,0±1,98


Keltirilgan 2-jadvaldagi ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, Germaniya seleksiyasi

sigirlarini ikkinchi tug‘ishdagi tirik vazni I-guruhga mansub o‘rtacha 497,5±1,67 kg-
ni tashkil qilib, II-guruh tengdoglaring nisbatan 0,40 %-ga, III-guruh tengdoshlaridan
esa 0,26 %-ga ortiqcha bo‘lib guruhlararo tirik vazni bo‘yicha katta farq qilmadi.

Hayvonlarni tirik vazn bo‘yicha to‘liq tasavvurga ega bo‘lish maqsadida

tajribadagi qoramollarning mutloq o‘sish ko‘rsatkichlari o‘rganildi.

Tajribadagi sigirlarni 90 kunlik sersut qilish davrida tarozidan yakkama-yakka

tortilganda I-guruh AR+ 10 %-ga ratsion to‘yimligini oshirilgan sigirlarning o‘rtacha
tirik vazni 537,0

±1,75 kg ni tashkil qilib

90 kunlik sersut qilish davrida birinchi

tu

g‘gandan kiyngi tirik vazniga nisbatan 7,35% − ga yoka (P˃0,99)

ortgan.

Tenqurlari xo‘jalikda AR bilan oziqlantirilgan sigirlarning o‘rtacha tug‘gandan kiyngi


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_3-to’plam_Iyun-2025

291

ISSN:3030-3613

tirik vazni 496,2±1,92 kg bo‘lib 90 kunlik sersut qilish davrida 527,8±1,97 kg tashkil
qilib dastlabki tug‘ishdn kiyngi vazniga nisbatan 5,98 %-ga yoki

(P˃0,99)

otgan

ko‘rishimiz mumkin. Tajribadagi ikkinchi tug‘gan sigirlarni ratsioni to‘yimligini
AR+15 % oshirilgan guruhdagi sigirlarning tug‘ishdan oldingi vazni 495,5±1,85 kg-ni
tashkil qilib 90 kun sersut qilish davriga kelib 9,3 %-ga yoki (P˃0,999) ortganligini
ko‘ramiz.

Tajribadagi ikkinchi tug‘ishdagi sigirlarning 90 kun sersut qilish davrida

o‘rtacha kunlik o‘sishi xo‘jalik AR bilan oziqlantirilgan sigirlarda o‘rtacha 337,0±1,98
g tashkil qilgan bo‘lsa tenqurlari AR +10 % oziqlantirish ratsioni to‘yimligini oshirish
orqali sersut qilingan guruhdagi sigirlarda o‘rtacha 461±1,85-ni tashkil qilib
tenqurlaridan AR ratsion boqilgan III-guruhga nisbatan 26,9 %-ga yoki (P˃0,999)
ortiqcha bo‘ldi. Oziqlantirish ratsioni to‘yimligini AR+15 % oshirib oziqlantirilgan II-
guruh ikkinchi tug‘gan sirirlar tenqurlari III- guruh sigirlariga nisbatan o‘rtacha 220
g. ortiq yoki 39,5% ortiqcha bo‘ldi.

XULOSALAR

1. Tajribadagi birinchi tug‘gan sigirlarni ratsioni to‘yimligini ar+15 % oshirilgan

guruhdagi sigirlarning tug‘ishdan oldingi vazni 495,5±1,85 kg-ni tashkil qilib 90 kun
sersut qilish davriga kelib 9,3 %-ga yoki (p˃0,999) ortgan.

2. Oziqlantirish ratsioni oziqalar to‘yimligini 15 %-ga oshirib oziqlantirilgan

tengqurlari nemis seleksiyasidagi golshtin zotli yangi tug‘gan ii-guruh sigirlarni 90 kun
mobaynida sersut qilish orqali tenqurlari III -guruh sigirlariga nisbatan 257 kg ortiqcha
sut yoki (p˃,999) ishlab chiqarildi.

3. Tajribadan olingan tana ulchamlari tahlilining ko‘rsatishicha, I va II-tajriba

guruhlardagi sigirlar III-guruhdagi sigirlarga nisbatan birmuncha yirik tanaga ega
bo‘lib, bu ularning III-guruhdagi sigirlarga nisbatan tegishli ravishda 0,8 va 2,8%
uzunoyoqlilik indekslarining yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘ldi. Barcha guruhdagi
sigirlar deyarli bir xil darajadagi cho‘ziqiroq tanaga ega bo‘lganligini cho‘ziluvchanlik
indeksidan ham ko‘rishimiz mumkin

Amaliy takliflar

1. Toshkent viloyati sharoitida chetdan keltirilgan nemis seleksiyasidagi golshtin

zotli sigirlarni II laktatsiyaning dastlabki 90 kuni mobaynida sersut qilishda
oziqlantirish raqioni to‘yimligini 10-15 % oshirib oziqlantirish, yelinini uqalash va
faol matsion rejim asosida yayratish orqali sigirlarni sut maxsuldorligi 15 % ga oshi
taklif etiladi.

2. Chetdan olib kelingan golshtin zotli sigirlar podasida ularning sut

mahsuldorligini yaxshilashda tadqiqotlarda aniqlangan maqbul usullar tavsiya etiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_3-to’plam_Iyun-2025

292

ISSN:3030-3613

1.

Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2841-sonli
qarori.Toshkent. 2017-yil 16-mart. lex.uz.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021-yillarda «O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida» gi
PF-4947 sonli Farmoni. // Toshkent. 2017-yil. 7-fevral. lex.uz.

3.

Ashirov M., Ashirov B., Xudoyberdiev N. Turli genotipga va yelin Shakllariga ega

qizil cho‘l zotli sigirlarning sut mahsuldorligi. Respublika ilmiy-amaliy
konferensiya materiallari to‘plami. Toshkent, 2014, 8-10 b.

4.

Ashirov M.I, Ibadullaeva A.S. Razdoy-zalog povыsheniya produktivnosti korov. J.

«Zooveterinariya», №8, 2013, s.28.

5.

Ashirov M.E. Nauchnыe osnovы i prakticheskie priemы sovershenstvovaniya

plemennыx i produktivnыx kachestv cherno-pestrogo skota v usloviyax jarkogo
klimata. Avtoref. Diss. Dok.s.-x. Nauk. Tashkent, 1994, s.39-43.

6.

Ashirov M.E., Soatov O‘., ashirov B., Nasirdinov YO. Turli genotipdagi Shvits zotli

sigirlarning sut mahsuldorligi. «Respublikada Chorvachilikni rivojlantirish va
sohada ozuqa bazasini mustahkamlashning ustuvor vazifalari» mavzusidagi
respublika ilmiy-amaliy konfrensiya. Toshkent, 2011, 6-8 b. Gavrin D., Kryajeva
V. K voprosu o polnotsennosti kormleniya laktiruyushix korov. J. «Molochnoe i
myasnoe skotovodstvo» 2010, №4, s. 20-22.

7.

Gaglova O., Abrampalskiy F., Metkin A. Vliyanie lineynogo podbora na

produktivnost korov ZAO «Kalininskoe». J. «Molochnoe i myasnoe
skotovodstvo», №6, 2010, s. 24-25.

8.

Gadjiev N. Vыraщivanie i razdoy pervotelok – osnovnыe sostavlyayuщie remonta

stada. J. «Zootexniya», №4, 2007, s. 15-16.

9.

Gaydukova E., Tyutyunikov A., Mojaev E., Ganicheva E. Molochnaya

produktivnost korov cherno-pestroy porodы v svyazi s xarakterom ix laktatsionnoy
deyatelnosti. J. «Molochnoe i myasnoe skotovodstvo», №6, 2012, s. 13-14.

10.

Giloyan G., Muradyan A.M. Vzaimosvyaz eksterera s produktivnostyu u
kavkazskix burыx korov. J. «Zootexniya», №7, 2006, s. 7-9.

11.

Gorbacheva N.N., Krisanov A.E. i dr. Poedaemost kormov i perevarimost
pitatelnыx veщestv ratsionov korovami v period razdoya. J. «Zootexniya», 2004,
№9, s. 14-16.

12.

Gorlov I.F., Sivkov A.I., Randyelin A.V. Xozyaystvenno-poleznыe priznaki
cherno-pestrogo skota povoljskogo tipa v zavisimosti ot genotipa. J. «Zootexniya»,
2005, №11, s. 23-25

Bibliografik manbalar

Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-

tadbirlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2841-sonli

qarori.Toshkent. 2017-yil 16-mart. lex.uz.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021-yillarda «O‘zbekiston

Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida» gi

PF-4947 sonli Farmoni. // Toshkent. 2017-yil. 7-fevral. lex.uz.

Ashirov M., Ashirov B., Xudoyberdiev N. Turli genotipga va yelin Shakllariga ega

qizil cho‘l zotli sigirlarning sut mahsuldorligi. Respublika ilmiy-amaliy

konferensiya materiallari to‘plami. Toshkent, 2014, 8-10 b.

Ashirov M.I, Ibadullaeva A.S. Razdoy-zalog povыsheniya produktivnosti korov. J.

«Zooveterinariya», №8, 2013, s.28.

Ashirov M.E. Nauchnыe osnovы i prakticheskie priemы sovershenstvovaniya

plemennыx i produktivnыx kachestv cherno-pestrogo skota v usloviyax jarkogo

klimata. Avtoref. Diss. Dok.s.-x. Nauk. Tashkent, 1994, s.39-43.

Ashirov M.E., Soatov O‘., ashirov B., Nasirdinov YO. Turli genotipdagi Shvits zotli

sigirlarning sut mahsuldorligi. «Respublikada Chorvachilikni rivojlantirish va

sohada ozuqa bazasini mustahkamlashning ustuvor vazifalari» mavzusidagi

respublika ilmiy-amaliy konfrensiya. Toshkent, 2011, 6-8 b. Gavrin D., Kryajeva

V. K voprosu o polnotsennosti kormleniya laktiruyushix korov. J. «Molochnoe i

myasnoe skotovodstvo» 2010, №4, s. 20-22.

Gaglova O., Abrampalskiy F., Metkin A. Vliyanie lineynogo podbora na

produktivnost korov ZAO «Kalininskoe». J. «Molochnoe i myasnoe

skotovodstvo», №6, 2010, s. 24-25.

Gadjiev N. Vыraщivanie i razdoy pervotelok – osnovnыe sostavlyayuщie remonta

stada. J. «Zootexniya», №4, 2007, s. 15-16.

Gaydukova E., Tyutyunikov A., Mojaev E., Ganicheva E. Molochnaya

produktivnost korov cherno-pestroy porodы v svyazi s xarakterom ix laktatsionnoy

deyatelnosti. J. «Molochnoe i myasnoe skotovodstvo», №6, 2012, s. 13-14.

Giloyan G., Muradyan A.M. Vzaimosvyaz eksterera s produktivnostyu u

kavkazskix burыx korov. J. «Zootexniya», №7, 2006, s. 7-9.

Gorbacheva N.N., Krisanov A.E. i dr. Poedaemost kormov i perevarimost

pitatelnыx veщestv ratsionov korovami v period razdoya. J. «Zootexniya», 2004,

№9, s. 14-16.

Gorlov I.F., Sivkov A.I., Randyelin A.V. Xozyaystvenno-poleznыe priznaki

cherno-pestrogo skota povoljskogo tipa v zavisimosti ot genotipa. J. «Zootexniya»,

, №11, s. 23-25

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари