Mualliflar

  • G.D.Anarbayeva
  • A.E.Yangiboyev
  • I.R.Xolbo‘tayev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.112365

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: sigir ikkinchi laktatsiya oziqlantirish sut mahsuldorligi ratsion oqsil energiya yem sifati ovqat hazm qilish oziq modda parvarish genetik salohiyat.

Annotasiya

ANNOTATSIYA 
Mazkur  ilmiy  maqolada  sigirlarning  ikkinchi  laktatsiyasi  davomida  ularni 
oziqlantirish usullarining sut mahsuldorligiga ko‘rsatgan ta’siri o‘rganildi. Tadqiqotda 
ratsional  va  muvozanatli  oziqlanish  sigirlarning  sog‘lig‘i,  modda  almashinuvi  va 
laktatsiya davomiyligi bilan qanday bog‘liq ekani tahlil qilindi. Ayniqsa, energiyaga 
boy  va  oqsilga  boy  yemlarning  belgilangan  miqdorda  berilishi  ikkinchi  laktatsiya 
davrida maksimal sut ishlab chiqarishiga olib kelgani kuzatildi. Tadqiqot natijalariga 
ko‘ra,  ikkinchi  laktatsiyada  bo‘lgan  sigirlar  uchun  tuzilgan  optimal  oziqlantirish 
ratsioni  ularning  genetik  salohiyatini  to‘liq  namoyon  etishga  imkon  beradi. 
Shuningdek, yem-hashak sifati, oziq moddalar balansini ta’minlash va oziqlantirish 
vaqtining  tartibi  ham  muhim  omillar  sifatida  belgilandi.  Ushbu  natijalar  yuqori 
mahsuldorlikka ega sog‘imli sigirlarni parvarish qilishda amaliy ahamiyatga ega. 

background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali

https://scientific-jl.com

64-son_3-to’plam_Iyun-2025

293

ISSN:3030-3613

SIGIRLARNING II LAKTATSIYASI MOBAYNIDA OZIQLANTIRISHNING

SUT MAHSULDORLIGIGA TA’SIRI

G.D.Anarbayeva

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,

chorvachilik va botexnologiyalar

universiteti Toshkent filiali talabasi

A.E.Yangiboyev

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,

chorvachilik va botexnologiyalar universiteti

Toshkent filiali dotsenti, q.x.f.d., (DSc)

I.R.Xolbo‘tayev

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,

chorvachilik va botexnologiyalar

universiteti Toshkent filiali q.x.f.f.d., (PhD)

ANNOTATSIYA

Mazkur ilmiy maqolada sigirlarning ikkinchi laktatsiyasi davomida ularni

oziqlantirish usullarining sut mahsuldorligiga ko‘rsatgan ta’siri o‘rganildi. Tadqiqotda
ratsional va muvozanatli oziqlanish sigirlarning sog‘lig‘i, modda almashinuvi va
laktatsiya davomiyligi bilan qanday bog‘liq ekani tahlil qilindi. Ayniqsa, energiyaga
boy va oqsilga boy yemlarning belgilangan miqdorda berilishi ikkinchi laktatsiya
davrida maksimal sut ishlab chiqarishiga olib kelgani kuzatildi. Tadqiqot natijalariga
ko‘ra, ikkinchi laktatsiyada bo‘lgan sigirlar uchun tuzilgan optimal oziqlantirish
ratsioni ularning genetik salohiyatini to‘liq namoyon etishga imkon beradi.
Shuningdek, yem-hashak sifati, oziq moddalar balansini ta’minlash va oziqlantirish
vaqtining tartibi ham muhim omillar sifatida belgilandi. Ushbu natijalar yuqori
mahsuldorlikka ega sog‘imli sigirlarni parvarish qilishda amaliy ahamiyatga ega.

Kalit so‘zlar:

sigir, ikkinchi laktatsiya, oziqlantirish, sut mahsuldorligi, ratsion,

oqsil, energiya, yem sifati, ovqat hazm qilish, oziq modda, parvarish, genetik salohiyat.

АННОТАЦИЯ

В данной научной статье рассматривается влияние кормления коров во

второй лактации на их молочную продуктивность. Исследование показало, что
сбалансированное и рациональное питание оказывает значительное влияние на
здоровье животных, обмен веществ и продолжительность лактации. Особенно
эффективным оказалось использование кормов, богатых энергией и белком, что
обеспечило высокий удой у коров во второй лактации. Также было выявлено, что
составление оптимального рациона питания позволяет животным полностью
раскрыть свой генетический потенциал. Качество кормов, баланс питательных

background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali

https://scientific-jl.com

64-son_3-to’plam_Iyun-2025

294

ISSN:3030-3613

веществ и режим кормления были определены как ключевые факторы,
способствующие повышению продуктивности.

Ключевые слова:

корова, вторая лактация, кормление, молочная

продуктивность, рацион, белок, энергия, качество кормов, пищеварение,
питание, содержание, генетический потенциал.

ABSTRACT

This scientific article examines the effect of feeding practices on milk

productivity during the second lactation of cows. The study found that balanced and
rational feeding significantly influences animal health, metabolism, and lactation
duration. The use of energy- and protein-rich feeds resulted in higher milk yield during
the second lactation. An optimized feeding ration enabled cows to fully express their
genetic potential. Moreover, feed quality, nutrient balance, and feeding schedule were
identified as crucial factors affecting productivity. The findings have practical
relevance for managing high-yield dairy cows during their second lactation period.

Keywords:

cow, second lactation, feeding, milk productivity, ration, protein,

energy, feed quality, digestion, nutrition, care, genetic potential.

Asosiy izlanishlar:

Bugungi kunda dunyo miqyosida aholi sonining tez o‘sishi,

shaharlarning kengayishi va qishloq xo‘jalik maydonlarining qisqarishi natijasida sut
ishlab chiqarish hajmini barqaror oshirish dolzarb muammoga aylanmoqda. Ayniqsa,
iqlim o‘zgarishi, yirik sut fermalarida hayvonlarning zo‘riqish holatlari, ozuqa
resurslarining yetishmovchiligi va veterinariya xizmatlarining yetarlicha samarali
emasligi kabi omillar sut yetkazib berish zanjirida muvozanat buzilishiga sabab
bo‘lmoqda. Shuningdek, ba’zi mintaqalarda ishlab chiqarishning talablarga mos
emasligi, saqlash va qayta ishlashdagi yo‘qotishlar global oziq-ovqat xavfsizligiga
tahdid solmoqda.

KIRISH

Respublikaning barcha xo‘jaliklarida chorvachilikni jadal rivojlantirish, sut va

go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarishni barqaror oshirib borishda qoramolchilikni
yuritish tizimini zamonaviy talablarda shakllantirish dolzarb hisoblanadi.
Chorvachilikning barcha ko‘rsatkichlari 1991-2018-yillar davomida ko‘tarildi. Bu,
ayniqsa, 2016-yildan boshlab jadallashdi. Jumladan, 2018-yilda qoramollar soni 1991-
yilga nisbatan 2,49 baravar, Shu jumladan, sigirlar soni 2,13 baravar sut ishlab
chiqarish hajmi 3,14 baravar, go‘sht 2,85 baravar, tuxum yetishtirish 3,14 baravar va
qorako‘l terisi tayyorlash 73,4 baravarga ko‘paydi.

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy, tashkiliy-texnik tadbirlar

kompleksi qishloq xo‘jaligi, shu jumladan, qoramolchilikni rivojlantirish, sut va go‘sht
mahsulotlari ishlab chiqarishni jadallashtirish uchun imkoniyat yaratmoqda. Keyingi
ikki yil mobaynida sut va go‘sht ishlab chiqarish tegshlicha 9,6 % va 10,7% ga

background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali

https://scientific-jl.com

64-son_3-to’plam_Iyun-2025

295

ISSN:3030-3613

ko‘paydi. 2021-yilda qoramollar sonini 13825 ming, sigirlarni 5065 ming bosh, sut
ishlab chiqarishni 11882,5 ming, go‘shtni 2433,5 ming tonnaga yetkazish topShirig‘i
O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va Chorvachilikni rivojlantiish qo‘mitasi
zimmasiga yuklatidi. Ushbu qo‘llanmani yozish va nashr ettirishdan maqsadimiz –
Yurtboshimiz

Shavkat

Mirziyoyevning

oqilona

rahbarligida

tadbirkor

chorvadorlarimiz va fidoyi olimlarimiz mehnati bilan chorachilikda katta ijobiy
o‘zgarishlar va ulkan zafarlarga erishishdir.

Tadqiqotning obyekti

bo‘lib Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani “Jamol ota –

chorva nasil” fermer xo‘jaligiga Germaniya davlatidan keltirilgan nemis
seleksiyasidagi sof golshtin zotli ikkinchi laktatsiyalardagi sigirlar hisobalanadi

Tadqiqotning predmeti

Nemis seleksiyasiga mansub golshtin zotli ikkinchi

laktatsiyadagi 90 kunda sersut qilishning sigirlarning sut mahsuldorligi, sutining sifat
ko‘rsatkichlari, eksterer o‘lchamlari, yelin, pushtdorlik, tirik vazn ko‘rsatkichlari
hisoblanadi

Tadqiqotning usullari.

Tadqiqotlarni bajarish jarayonida zootexnikaviy (sut

mahsuldorligi, sutning sifat ko‘rsatkichlari, eksterer, yelin, pushtdorlik, ozuqani sut
bilan qoplash ko‘rsatkichlari), biologik (klinik, gematologik ko‘rastkichlar, issiqqa
chidamlilik indeksi) va statistik (o‘rtacha arifmetik ko‘rsatkich va xato,
o‘zgaruvchanlik koeffitsienti, guruhlararo farqlar ishonchliligi) usullari qo‘llanilgan.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi

quyidagilardan iborat: Tadqiqotlarda ilk bor

Toshkent viloyati sharoitida chetdan keltirilgan golshtin zotli g‘unojinlarni ikkinchi
tug‘ishda sut mahsuldorligi oziqlantrish ratsioni tuyimligin oshrish orqali sersut qilish
davrining maqbul muddatlarni aniqlangan;

-chetdan olib kelingan golshtin zotli ikkinchi tug‘ishidagi sigirlarning sersut

qilish davrida oziqlantirish ratsioni to‘yimligini 10-15 % oshirishning sut
mahsuldorligi, tirik vazni va yelin shakllariga ta’siri aniqlangan;

-chetdan olib kelingan golshtin zotli ikkinchi tug‘ishidagi sigirlarning sersut

qilish davrida oziqlantirish ratsioni to‘yimligini 10-15 % oshirishning mahsuldorlik,
texnologik, pushtdorlik xususiyatlarriga ta’siri aniqlangan;

-chetdan olib kelingan golshtin zotli ikkinchi tug‘ishidagi sigirlarning sut

mahsuldorligi, tirik vazni va vannasimon yelin shakliga ega irsiy salohiyatga ega
bo‘lgan podasi yaratilishga asos solingan.

-

Sigirlarning laktatsiyasining kechish xususiyatlari, eksterer, yelin, ozuqani sut

bilan qoplash ko‘rsatkichlarining sersut qilish darajasiga bog‘liqligi aniqlangan;

-

Chetdan keltirilgan sigirlarning ayrim biologik xususiyatlari Toshkent

viloyatining o‘ziga xos sharoitida o‘rganilib baholangan;

MATERIALLAR VA USULLAR

Tadqiqotning maqsadi:

background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali

https://scientific-jl.com

64-son_3-to’plam_Iyun-2025

296

ISSN:3030-3613

Xashaki qovoq mevasi bilan oziqlantirish orqali sog‘in sigirlar ratsionlarida kuz-

qish davrida kuzatiladigan oqsil-qand nisbatining buzilishini, sog‘in sigirlarning sut
mahsuldorligini oshirish va ularning sut berishida kechadigan moddalar almashinuvi
buzilishlarini oldini olish chora tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.

Tadqiqotning vazifasi:

xashaki qovoqning sog‘in sig‘irlar ratsionida turli

miqdorlarda qo‘llashda eng maqbul miqdorini qo‘llash natijasida sog‘in sig‘irlar
pushtdorlik faoliyatiga ta’sirini, tajribadagi sigirlarining sutdorlik koeffitsienti, sog‘in
sigirlar ratsionida qo‘llashning sut mahsuldorligi va iqtisodiy samaradorligini aniqlash
va tajribadagi sigirlarning oziqani sut bilan qoplash xususiyatlarini o‘rganishdir

Tadqiqotning usullari.

Ushbu tadqiqotda umumiy zootexniyada qo‘llaniladigan

umumiy uslublardan foydalanilgan. Tadqiqot masalalarini o‘rganishda umum
zootexnikaviy usullardan: sog‘in sigirlarning asrash, oziqlantirish, sut mahsuldorligi va
uning sifati o‘rganildi. Sut sifatini ko‘rsatkichlarini o‘rganish tajribalar boshi, o‘rtasi
va oxirida guruhlarning 10 bosh sigirlarining sutlarida yog‘ligi, zichligi, quruq
moddasi, yog‘sizlantirilgan quruq sut qoldiqlari, qand miqdorini aniqlash
laboratoriyada, oziqalar tahlili standart talablari asosida “Zamona Ra’no”,
“NANOGEN LAB” MChJ laboratoriyasida va “Laktan” sut tahlilchisida umumqabul
qilingan P.T.Lebedev, A.T.Usovich (1976), V.A.Petuxova va boshqalar (1981)
usullarida, sigirlar qonining morfologik va biokimyoviy ko‘rsatkichlari tajriba boshi
va oxirida shaklli elementlarini aniqlash – Goryayev kamerasida hisoblash,
gemoglobin – Sali usulida, qand miqdori – Xagedron-Yensen usulida, oqsil
refroktometrda o‘lchashlarda, kalsiy – de-Vaard, fosfor – R.Ch.Yudelevich usulida,
ko‘rsatkichlarning statistik qayta ishlashlari: o‘rtacha arifmetik va uning xatosi,
guruhlararo farqning ishonchlilik darajasi (Y.K.Merkureva, 1970, N.A.Plaxinskiy.
1969) hamda iqtisodiy (jami xarajatlar, 1 s mahsulotning tannarxi, xarid narxi, sof
foyda, samaradorlik darajasi) usullaridan foydalanilgan.

NATIJALAR VA MUNOZARALAR

Sigirlarning II laktatsiyasi mobaynida oziqlantirish

Sigirlarning sut mahsuldorligi bo‘yicha irsiy imkoniyatlarini to‘liq yuzaga

chiqarishda oziqlantirish omili hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Qayd qilishlaricha, sigirlar organizmida laktatsiya davrida moddalar

almashinuvi jarayonlari jadal kechib, bu jarayonlar natijasida ozuqalarning to‘yimli
moddalaridan sut hosil bo‘ladi. Shu tufayli bu davrda sigirlarni sut mahsuldorligini
hisobga olgan holda to‘la qiymatli oziqlantirishni ta’minlash zarur. Sigirlar ratsioni
muvofiqlashtirilgan bo‘lib, ozuqalar tarkibi to‘yimli moddalar bilan birga, biologik
faol moddalar, vitaminlar, makro-va mikroelementlar bilan ta’minlangan bo‘lishi
ularning mahsuldorligi bo‘yicha genetik imkoniyatlaridan keng foydalanishda alohida
amaliy ahamiyatga ega.

background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali

https://scientific-jl.com

64-son_3-to’plam_Iyun-2025

297

ISSN:3030-3613

Biz yuqoridagi fikrlarni hisobga olgan holda tajriba guruhlaridagi sigirlarni

oziqlantirishni tashkil etdik. Uning natijalari 1-jadvalda keltiriladi.

1-jadval

Tajribadagi sigirlarga 305 kun laktatsiya mobaynida ozuqalar sarfi, kg

Ozuqalar

Asosiy

ratsion

+10%
1-guruh

Asosiy ratsion
+15 %
II-guruh

Asosiy ratsion
III-guruh

Beda pichani

1193

1297

1108

Bo‘g‘doysomoi

1996

2169

1854

Beda senaji

3219

3497

2989

Makkajo‘xori silosi

7625

8285

7081

Xashaki lavlagi

2746

2983

2549

Makkajo‘xori doni

334

363

310

Arpa yormasi

466

507

433

Bo‘g‘doy kepagi

850

924

791

Paxta kujarasi

486

526

449

JAMI

18915

20551

17564

EOB

7397,29

8038,51

6859,5

Oziq.br,

5494,58

5969,55

5101,58

Almashinuvchi energiya,Mj

54946

59696,1

51027

Quruq modda

8222.21

8633

7634,61

Xom protiein

881,7

921,8

801,6

Hazmlanuvchi protein

698,47

743,3

635

Hazm bo‘lmaydigan protien,

69,6

73

63,2

Xom kletchatka

1646,2

1700,7

1490,9

Hazmlanvuchi kletchatka

392,3

408,1

355,14

Qand

438,2

465,9

371,57

Xom yog‘

1312,8

1372,4

1193,4

Ca

61

66,3

56,9

P

26,5

28,9

24,8

Mona kalsiy fosft,g

15,25

15,25

15,25

Bintonitli gilmoya.g

19,85

19,85

19,85

Vitamin E-selen, mg

71

71

71

Biz tajriba guruhlaridagi sigirlar ratsioni tarkibini o‘rgandik, uning natijalari

3.7.2-jadvalda keltiriladi.

2-jadval

background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali

https://scientific-jl.com

64-son_3-to’plam_Iyun-2025

298

ISSN:3030-3613

Sigirlar ratsionining tarkibi (ozuqalarning to‘yimliligiga nisbatan foiz hisobida)

Ozuqalar

Guruhlar

Asosiy

ratsion

+10%
I-guruh

Asosiy

ratsion

+15 %
II-guruh

Asosiy ratsion
III-guruh

Beda pichani

10,22

10,21

10,22

Bo‘g‘doysomoi

8,0

8,0

8,0

Beda senaji

17,01

17,0

17,01

Makkajo‘xori silosi

25,01

24,99

25,01

Xashaki lavlagi

5,0

5,0

5,0

Makkajo‘xori doni

6,99

7,0

6,99

Arpa yormasi

9,0

9,01

9,0

Bo‘g‘doy kepagi

11,0

11,0

11,0

Paxta kujarasi

7,76

7,78

7,76

Jami:

100,0

100,0

100

2-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinishicha, har uchala guruhdagi sigirlar ratsioni

tarkibida ko‘zga tashlanadigan guruhlararo farq kuzatilmaydi, bu esa ushbu
guruhlardagi sigirlarni oziqlantirish tipida farq bo‘lmaganligidan dalolat beradi.

XULOSALAR

1. Tadqiqotlarimizda oziqlantirishratsionini ar+ 15 %-ga oshirish II- guruh

sigirlari iste’mol qilgan ozuqalarning to‘yimlilik qiymati I guruhdagi sigirlarnikidan
289 kg jami ozuqa, 110,1 kg eob, 83,63 kg oziqa birligi, 836,1 mj almashinuvchi
energiya, 124,9 kg quruq modda, 10,7 kg hazmlanuvchi protien ortiqcha sarflandi.

2. Tajribadagi II -guruh sigirlariga 90 kun sersut qilish davrida tenqurlari xo‘jalik

ratsionida ar boqilgan sigirlarga nisbatan o‘rtacha 90 kun mobaynida 335,8 kg eob,
248,1 kg oziqa birligi, 2470,1 mj almashinuvchi energiya, 371,7 kg quruq modda, 41,7
kg xom protien, 31,8 kg hazmlanuvchi protien, 22.4 hazmlanuvchi kletchatka, 9,83 kg
qand, 89,5 kg xom yog‘,2,1 kg kalsiy, 0,82 kg fosfor ortiqcha sarfladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2841-sonli
qarori.Toshkent. 2017-yil 16-mart. lex.uz.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021-yillarda «O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida» gi
PF-4947 sonli Farmoni. // Toshkent. 2017-yil. 7-fevral. lex.uz.

background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali

https://scientific-jl.com

64-son_3-to’plam_Iyun-2025

299

ISSN:3030-3613

3.

Ballasov U.SH. Golshtinlashtirilgan sigirlar onalarining sut mahsuldorligiga bog‘liq

ravishda xo‘jalik foydali belgilarining o‘zgarishi.T. ,1999, 77-78 betlar

4.

Basonov O.A, Vorobeva A.V., Taygunov, M.E., S.S.Basonova S.S. Sravnitelnaya

xarakteristika jivoy massы i eksterernыx osobennostey korov razlichnoy lineynoy
prinadlejnosti v plemzavode «pushkinskoe». J. «Zootexniya», №7,2010, s. 14-15.

5.

Batanov S.D., Votoropina M.V., shkarupa E.I. Produktivnoe dolgoletie i

vosproizvoditelnыe kachestva korov cherno-pestroy porodы otechestvennoy i
gollandskoy seleksii. J. «Zootexniya», №3, 2011. S. 2-4.

6.

Batanov S.D., Votoropina N.V. Taygunov M.E., Basonov S.E. Sravnitelnaya

xarakteristika jivoy massы i eksterernыx osobennostey korov razlichnoy lineynoy
prinadlejnosti v plemzavode «pushkinskoe». J. «Zootexniya», №7, 2010, s.11-15.

7.

Batrakov N.K., Tulisov A.P., Kamelchuk A.V., Korыpaev P.V. Rost i razvitie

golshtinizirovannogo skota ego pomesey s avstriyskimi simmentalami. J.
«Zootexniya», 2007, №12. S. 18-20.

8.

Baщenko M., Xmelnichiy L. Otsenka vыmeni krasno-pestrыx pervotelok. J.

«Molochnoe i myasnoe skotovodstvo», 2004, №3, s. 20-22.

9.

Bezunov N.M., Mogilevsev V.I. Upravlenie razdoem korov. J. «Jivotnovodstvo»,

№3, 1987, s. 36-39.

10.

Belousov A., yusupov R., Zenkov P., Suleymanov A. Osobennosti golshtinskogo
skota gollandskoy seleksii. J. «Molochnoe i myasnoe skotovodstvo», №3, 2010, s.
9-10.

11.

Bogdanova T, .Trufanov V, Gulyaev A. Produktivnыe kachestva korov
xolmogorskoy porodы tipa Sentralnыy v usloviyax Ryazanskoy oblasti. J.
«Molochnoe i myasnoe skotovodstvo», №5, 2010, s. 14-16.

Bibliografik manbalar

-10.

Bogdanova T, .Trufanov V, Gulyaev A. Produktivnыe kachestva korov

xolmogorskoy porodы tipa Sentralnыy v usloviyax Ryazanskoy oblasti. J.

«Molochnoe i myasnoe skotovodstvo», №5, 2010, s. 14-16.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари