T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_5-to’plam_Iyun-2025
43
ISSN:3030-3613
UDK:633,14
DON VA DUKKAKLI EKINLAR UNUVCHANLIGIGA
AGROTSENOZNING TA'SIRI
Mamirov Nurbek Voyitqul o‘g‘li
Agratexnika va o‘simliklarni
ximoya qilish bo‘lim boshlig‘i
Annatosiya.
Mazkur maqolada don va dukkakli ekinlar agrotsenozining
urug'ning unuvchanlikka ta'siri bo'yicha ma'lumotlar o'rin olgan. Tadqiqot obyekti
sifatida tritikalening “Yarello” va Arpaning “Mahalliy” hamda dukkakli don
ekinlaridan vikaning L-1 va ko'k no'xatning “Vostok-55” navlari va liniyasi olingan.
Tadqiqot natijalari sho'rlangan tuproq sharoitida sof holda ekilgan dukkakli don
ekinlarning unuvchanligi vikada -81,7% ko'k no'xatda- 53,1% tashkil etgan bo'lsa,
agrotsenozda tegishli ravishda 95,2%; 83.7% teng bo'lgan. Sho'rlangan tuproq
sharoitida dukkakli don ekinlar unuvchanligini oshirish uchun ularni donli ekinlar
bilan birga qo'shib ekish tavsiya etilgan. Bunda dukkakli va donli ekinlarning nisbati
1:1 yoki 1.5:0.5 teng bo'lishi maqsadga muvofiq.
Kalit so'z1ar:
agrotsenoz, unuvchanlik, tuproq sho’rlanishi
Kirish:
Sho'rlangan tuproq sharoitida qishloq xo'jalik ekinlari hosildorligini
oshirish va uning sifatini yaxshilash o'simlikshunoslikning dolzarb masalaridan biri
bo'lib qolmoqda. Ushbu masalaning ijobiy echimlaridan biri sho'rlangan tuproq
sharoitida mahsulot miqdori va uni sifatini yaxshilash imkoniyatiga ega o'simlik
turlarini tanlash, ularni etishtirirsh texnologiyalarini takomillashtirish bilan bog'liq. Bu
o'rinda dukkakli don ekinlari muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin, dukkakli don
ekinlarning shunday turlari borki ular o’simliklar senozi uchun yaxshi obyekt
hisoblanadi. Bu o'rinda shuni qayd etish kerakki, komplementar agrotsenozda
o'simliklar uchun ijobiy muhit yaratiladi va bu o'z navbatida o'sish va rivojlanish
jarayonlariga ta'sir ko'rsatadi. Ilmiy manbalarda qayd etilishicha vika sof holda
ekilganida uning unuvchanligi 77 - 83% ni tashkil etgan bo’lsa donli ekinlar birga
qo'shib ekilganida( agrotsenozda) ushbu ko'rsatkich 93 - 96% ni tashkil etgan.
Natijada kuzgi javdardan 175,1 s/ga (sof holda), vika bilan birga ekilganida 198,9 s/ga
yashil massa olingan. Aynan shunday natijalar kuzgi bug'doyda ham qayd etilgan.
Sof holda ekilgan kuzgi bug'doydan 165,1 s/ga vika bilan birga ekilganida 203 s/ga
yashil massa olingan. Muhimi mahsulot tarkibidagi protein miqdori 16,9% (vikada),
6,3% (javdarda) tashkil etgan bo'lsa agrotsenozda 8,8% ni tashkil etgan [1- 4].
Donli va dukkakli don ekinlar agrotsenozida oqsil miqdori 24,4 g dan 35,8 g,
karotin miqdori 28,8 mg dan 42,8 mg gacha bo'lganlgi aniqlangan [2].
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_5-to’plam_Iyun-2025
44
ISSN:3030-3613
Yuqoridagi ma'lumotlardan ijobiy agrotsenozni shaklantirish o'simliklarning
o'sishi va rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Bu o'z navbatida mahsulot
miqdori va uning sifatini yaxshilash imkonini beradi. Lekin, sho'rlangan tuproq
sharoitida ushbu masala to'liq o'z echimini topmagan. Mazkur tadqiqotni
o'tkazishdan asosiy maqsad sho'rlangan tuproq sharoitida don va dukakkali ekinlar
agrotsenozining urug'ning unuvchanligiga ta'sirini aniqlashdan iborat bo'ldi.
Tadqiqotlar Sirdaryo viloyati Boyovut tumani “Don va dukkakli ekinlar ilmiy
tadqiqiot instituti Sirdaryo ilmiy-tajriba stansiyasi” ning dala tajriba maydonida olib
borildi. Tadqiqot obyekti sifatida boshoqli don ekinlaridan trikalening “Yarello”
Arpaning “Mahalliy” va dukkakli ekinlardan vikaning L-2 liniyasi va ko'k no'xatning
“Vostok-55” navlari olindi. Ushbu navlar to'rt qaytariqda ekildi. Ekish me'yori
dukkakli don ekinlar uchun gektariga 2 mln. don tashkil etdi. Tajriba quyidagi
variantlarda va kuchsiz sho'rlangan dala sharoitida olib borildi:
1-
variant. Ushbu variantda don va dukkakli ekinlarning nisbati 1:0 teng bo'ldi.
Bunday holatda gektariga 2 mln. dona tritikale sof holda ekildi;
2-
variant 1,5:0,5 gektariga 1,5 mln.don tritikale /arpa 0,5 mln.don vika/ko’k
no’xot;
3-
variant 1:1 —gektariga l mln. don tritikale/arpa va lmln. don vika/ko’k no’xot;
4-
variant 0,5:1,5 gektariga 0,5 mln. don tritikale /arpa+ 1,5 mln.don vika/ko’k
no’xot;
Sho'rlangan dala maydonida don va dukkakli don ekinlari agrotsenozida
urug'ning unuvchanligini aniqlash natijalari bo'yicha ma'lumotlar quyidagi 1-
jadvalda keltirilgan. Jadvaldagi ma'lumotlardan tritikalening “Yarello” navi sof xolda
gektariga 2 mln. don ekilganida(1-variant) unuvchanlik 89,2% ni tashkil etdi. Ekish
me'yori bo'yicha nisbatlar 1,5:0,5 (2-variant) teng bo'lganida ya'ni gektariga 1,5 mln.
don tritikale va 0,5 mln. don vika ekilganida tritikalening unuvchanligi 95,2 % ni va
vikaning 83,8 % ni tashkil etdi. Ushbu ma'lumotlardan agrotsenozda tritikale va
vikaning unuvchanligi sof holda ekilganiga nisbatan ortdi. Tajribaning 3 - variantida
tiritkale va vika 1:1 nisbatda ekilganida tritikalening unuvchanligi 92,8% vika-
85,7% ni tashkil etdi. To’rtinchi variantda tritikalening miqdori kamaygan bo'lsa
vikaning ulushi ortgan holatda unuvchanlik tritikaleda 87,3% ni va vikada 95,2%
tashkil etdi. Ushbu ma'lumotlardan siyrak ekilgan holatda tritikale va vikada
unuvchanlik kamayishi qayd etildi. Demak sho'rlangan tuproq sharotida vikani to'liq
o'ndirib olish uchun tritikale bilan qo'shib ekish maqsadga muvofiqdir. Buning
uchun gektariga 1,5 mln.don vika va 0,5 mln.don tritikale qo'shib ekish mumkin.
1- jadval
Don va dukkakli ekinlar agrtsenozining unuvchanlikka ta'siri
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_5-to’plam_Iyun-2025
45
ISSN:3030-3613
№
Variantlar
1:0
1,5:0,5
1:1
0,5:1,5
1
Tritikale “Yarello” navi
89,2
95,2
92,8
87,3
Vika (Liniya2)
81,7
83,8
85,7
95,2
2
Arpa “Mahalliy” navi
90,4
83,3
94,8
83,11
Ko'k no'xat “Vostok-55” navi
53,12
79,16
83,7
57,5
Ko'k no'xatning “Vostok-55” va Arpaning “Mahalliy” navlari bilan o'tkazilgan
tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, sof holda ekilgan arpaning unuvchanligi 90,4%
tashkil etgan bo'lsa, ko'k no'xatda 53,12% ni tashkil etdi. Tajribaning ikkinchi
variantida gektariga 1,5 mln. don arpa va 0,5 mln.don ko'k no'xat ekilganida arpaning
unuvchanligi 83,3%, ko'k no'xatning 79,16% teng bo'ldi. Agrotsenozda arpaning
unuvchanligi kamaygan bo'lsa ko'k no'xatda esa unuvchanlik ortganligi qayd etildi.
Ekish nisbati 1:1 (3-variant) teng bo'lganida arpaning unuvchanligi 94,8% va ko'k
no'xatning 83,7% ni tashkil etdi. Arpaning ekish me'yori gektariga 0,5 mln. don
bo'lgan holatda unuvchanlik 83,11%, ko'k no'xatda 57,5% teng bo'ldi. Ushbu
ma'lumotlardan arpa siyrak ekilganida uning unuvchanlik pasaygan bo'lsa ko'k
no'xatda esa bunday holat kuzatilmadi. Yuqorida ma'lumotlardan ko'k no’xat sof
holda ekilganida uning unuvchanligi past bo'lgan bo'lsa agrotsenozda esa buning
teskarisi qayd etildi. Bu sho'rlangan tuproq sharotida ko'k no'xatni arpa bilan 1:1
nisbatda birga ekish maqsadga muvofiq. Chunki bunday nisbatda arpa va ko'k no'xat
uchun ijobiy senoz yaratiladi.
Umuman olganda ollingan sho'rlangan tuproq sharoitida dukkakli don ekinlar
unuvchanligini oshirishda ularni donli ekinlar, jumladan, tritikale va arpa bilan
qo'shib ekish tavsiya etildi. Buning uchun tiritikalening vika bilan nisbati 0,5: 1,5 va
ko'k no'xat bilan 1:1 teng bo'lishi maqsadga muvofiqdir.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.
Рахмонов И. А. // Суғориладиган ерлар холатини яхшилашда
биомелириотив ёндошувлар (Сирдарё вилояти мисолида)// Диссертация.
Гулистон -2022й. – 120 б.
2.
Мавлонов Б., Хамзаев А., Бобоқулов З. “Дуккакли дон экинларининг
тупроқ унумдорлигини оширишдаги ахамияти”. Ўзб. қ/х. журнали. 2018.
№ 8. –Б. 36.
3.
Mourtzinis, S., Gaspar, A. P., Naeve, S. and Conley, S. P., 2017. Planting date,
maturity, and temperature effects on soybean seed yield and composition.
Agronomy Journal, Vol. 109, Iss. 5,
4.
Ўринбоева Г. // “Кузги буғдойдан кейин экилган дуккакли зираотларни
тупроқ унумдорлигига таъсири”. ЎзПИТИ Фар. Тўп. Фарғона 2008 йил.
138-бет.