T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_5-to’plam_Iyun-2025
37
ISSN:3030-3613
KOMA JARAYONI VA UNING OLDINI OLISH CHORALARI
Qodirov Iqboljon Qobiljon o‘g‘li
Kokand University Andijon filiali Tibbiyot
fakulteti talabasi.
Mirzabekov Ismoiljon Adxamjon o‘g‘li
Kokand University Andijon filiali Tibbiyot fakulteti
o’qituvchisi.
Annotatsiya:
Koma – bu hushyorlik va omg darajasining chuqur buzilishi bilan
kechuvchi patalogik holat bo‘lib, bemor tashqi ta’sirlarga javob bermaydi. Ushbu
maqolada komaning asosiy sabablari , patofiziologik mexanizmlari, klinik belgilari va
tashxis hamda davolash usullari yoritiladi.
Kalit Soʻzlar:
Sopor, Endogen, ekzogen, vegetativ holat, apallik sindromi,
Glasgow Shkalasi.
Kirish:
Koma holati nevrologik tibbiyotda tez-tez uchraydigan , ammo og‘ir
oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatdir. Bu holat turli etiologik
omillar tufayli yuzaga keladi va markaziy asab tizimining chuqur darajada
zararlanishini anglatadi. Koma (yun. koma – chuqur uyqu; sinonimi – hushsiz holat)
– ongli faoliyatning keskin buzilishi bilan namoyon bo‘luvchi og‘ir patologik holat.
Koma tashqi ta’sirotlarga javob reaktsiyasining yo‘qolishi va hayotiy muhim
funktsiyalarning (yurak-qon tomir va nafas olish faoliyati) keskin buzilishi bilan
kechadi. Koma markaziy nerv sistemasining og‘ir patologiyasi bo‘lib, undan keyigi
davr – miya o‘limidir. Koma alohida kasallik emas, balki u boshqa patologik holatlar
yoki kasalliklar asoratidir.
Etiologiyasi va patogenezi
Koma sabablari 5 guruhga ajratib o‘rganiladi.
Bosh miyaning birlamchi zararlanishlari (tserebral omillar) – insult, meningit,
entsefalit, epilepsiya, o‘sma, bosh miya jarohatlari va h.k.
Metabolik buzilishlar – diabetik, tireotoksik, gipokortikoid va h.k.
Toksik omillar – ekzogen va endogen intoksikatsiyalar, shu jumladan
toksikoinfektsiyalar.
Gaz almashinuvi buzilishlari: a) gipoksemiya (organizmga tashqaridan kislorod
tushishi kamayishi) yoki og‘ir aneimiyalarda miyaga qon orqali kislorod etib kelishi
kamayishi; b) respirator yoki respirator-atsidotik – giperkapniyaga olib keluvchi
kasalliklar.
Suv va elektrolitlar almashinuvi buzilishlari – organizmda suv va elektrolitlar
etishmovchiligi asosiy omil hisoblangan patologik holatlar. Masalan, cho‘l yoki
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_5-to’plam_Iyun-2025
38
ISSN:3030-3613
boshqa issiq joylarda suvsiz uzoq qolib ketish, ketma-ket qusishlar, alimentar omillar
(suv ichish va ovqatlanishni keskin chegaralash) va h.k.
Eslatma: Komadan keyingi davr – bu miya o‘limi.
Dekortikatsiya, detserebratsiya
holatlar komaning og‘ir asoratlaridir. Keyingi
davr – bu o‘lim. Dekortikatsion rigidlik (dekortikatsiya). Bosh miya katta yarim
sharlari chuqur joylashgan tuzilmalarining ikki tomonlama zararlanishi sababli
kortiko-spinal yo‘llar faoliyati izdan chiqadi. Buning natijasida ikkala qo‘l tirsak
bo‘g‘imidan bukilib tanaga yopishib qoladi, barmoqlar ham bukilib musht holatida
bo‘ladi, ikkala oyoq esa cho‘zilib pronatsiya holatida qotib qoladi. Bu holat
dekortikatsion rigidlik deb ataladi. Detserebratsion rigidlik (detserebratsiya) tana, qo‘l
va oyoqlardagi yozuvchi muskullar tonusining keskin oshishi va bukuvchi muskullar
tonusining pasayishi bilan namoyon bo‘ladi. Buning natijasida bosh orqaga qayrilib,
oyoq-qo‘llar cho‘zilib, pronatsiya holatida qotib qoladi . Qotib qolgan oyoq-qo‘llarni
bukib bo‘lmaydi. Detserebratsion rigidlik bosh miya katta yarim sharlari va miya
ustunidagi o‘tkazuvchi yo‘llarning ikkala tomonda zararlanishi sababli rivojlanadi.
Muskullar tonusini boshqarishda ishtirok etuvchi spinal markazlarning tserebral
markazlar ta’siridan chiqib ketishi sababli "detserebratsiya" atamasi qo‘llanilgan.
Apallik sindrom
bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘ining katta sohalari
neyronlari halok bo‘lganda rivojlanadi. Apallik sindrom, odatda, tez shakllanadi va
uning sabablari og‘ir kechuvchi insult, bosh miyaning og‘ir jarohatlari, zaharlanishlar
va h.k. Bu sindrom 1940 yili H. Kretschmer tomonidan yozilgan. Klinik belgilari: hech
qanday ixtiyoriy harakat kuzatilmaydi, bemor gapirmaydi, xotira yo‘qolgan,
emotsional reaktsiyalar so‘ngan bo‘ladi. Yutish buziladi, muskullar tonusi oshadi.
Bemor ko‘zlarini ochib-yumishi mumkin, biroq ko‘z olmalari harakatlari
chegaralangan bo‘ladi. Og‘riqli ta’sirlarga oyoq-qo‘llarining xaotik harakati bilan
javob beradi. Uyqu va tetiklik rejimi izdan chiqadi. Nafas olish va yurak-qon tomir
faoliyatida og‘ir buzilishlar aniqlanmaydi. Apallik sindrom – bu total apraksiya va
agnoziyaning birgalikda namoyon bo‘lishi.
Vegetativ holat.
Bu holat bosh miya katta yarim sharlari va miya ustuni
tuzilmalari orasidagi kuchli morfofunktsional uzilishlar sababli ro‘y beradi. Uzoq vaqt
(3–5 hafta) komada yotgan bemor hushiga keladi va unda faqat miya ustuni
funktsiyalari, ya’ni vegetativ funktsiyalar saqlanib qoladi. Bemor bir hushiga kelib, bir
hushidan ketib (sopor) turadi. Taxikardiya, arterial gipertenziya, taxipnoe,
gipertermiya (40–41°S), tanada distrofik o‘z-garishlar paydo bo‘ladi, ya’ni yotoq
yaralar tez rivojlanadi. Shuning uchun ham diffuz aksonal shikastlanishda bu sindrom
ko‘p uchraydi. Bosh miya katta yarim sharlari funktsiyalari, ya’ni nutq, diqqat, xotira,
idrok va tafakkur doirasi keskin buziladi. Bu holat bir necha kundan bir necha oygacha
davom etadi. Vegetativ holat prognostik jihatdan og‘ir hisoblanadi va u apallik sindrom
belgilariga o‘xshab ketadi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_5-to’plam_Iyun-2025
39
ISSN:3030-3613
Hushsiz holatlar darajasi
Hushsiz holatlar darajasiga qarab uning quyidagi bosqichlari farqlanadi.
Sopor
– hushning engil darajadagi buzilishi bo‘lib, tashqi ta’sirotlarga javob
reaktsiyasi saqlanib qoladi. Bemor uxlab yotgan odamni eslatadi. Atrofdagilar gapini
eshitadi-yu, biroq uning ma’nosini anglay olmaydi. Lekin bemor kuchli ta’sirlarni
sezadi, ya’ni tanasiga nina sanchsa oyoq-qo‘lini qimirlatadi, baland ovozda gapirsa
ko‘zini ochadi, ba’zida engil topshiriqlarni (qo‘lingizni ko‘taring, ko‘zingizni oching,
oyog‘ingizni torting) bajaradi. Biroq biroz murakab topshiriqlarni (chap qo‘lingiz bilan
burningizni ko‘rsating, ikkala oyog‘ingizni bir-biriga chalkashtirib yoting va h.k.)
bajara olmaydi. Soporda bir qator fiziologik reflekslar (qorachiq, teri va pay reflekslari)
saqlangan bo‘ladi. Sopor faqat psixomotor qo‘zg‘alishlar bilan namoyon bo‘lishi
(masalan, o‘tkir intoksikatsiya yoki metabolik buzilishlarda) ham mumkin.
Birinchi darajali koma
– hushning o‘rta darajada buzilishi bo‘lib, bemor
savollarga javob bermaydi, hech qanday ko‘rsatmalarni bajarmaydi va tashqi tashqi
ta’sirotlarga javob reaktsiyasi keskin pasayadi. Kon’yuktival va korneal reflekslar
chaqiriladi. Qorachiqlar toraygan bo‘ladi, ularning yorug‘likka reaktsiyasi saqlanib
qoladi yoki biroz pasayadi. Ko‘z olmasini bosganda yoki yuziga nina sanchganda
mimik reaktsiyalar paydo bo‘ladi. Yutish buzilmaydi. Tanasiga nina sanchsa ingrab
javob beradi yoki o‘sha joyga qo‘lini olib boradi. Tovoniga nina sanchganda yoki
Babinskiy simptomini tekshirayotganda oyog‘ini tortib oladi. Bemorning o‘zi
ixtiyoriy, ya’ni maqsadli harakatlar qilmaydi. Muskullar tonusi pasayadi, pay
reflekslari oshadi, teri reflekslari kamayadi. Babinskiy simptomi chaqiriladi. Nafas
olish funktsiyasi saqlangan bo‘ladi. Tos funktsiyalari nazorati buziladi.
Ikkinchi darajali koma
– tashqi ta’sirotlarga javob reaktsiyasi keskin pasayishi
bilan kechuvchi hushning kuchli darajada buzilishi. Korneal va kon’yuktival reflekslar
hamda qorachiqlarning yorug‘likka reaktsiyasi keskin pasayadi. Koma etiologiyasiga
bog‘liq bo‘lgan holda mioz, anizokoriya yoki engil midriaz kuzatiladi. Og‘riqli
ta’sirlarga javob reaktsiyasi keskin pasayadi: ko‘z olmalarini bosganda yoki yuziga
nina sanchganda mimik reaktsiyalar o‘ta sust chaqiriladi. Tanaga nina sanchganda esa
javob reaktsiyalari keskin pasayib, himoya reflekslari paydo bo‘ladi. Yutish buziladi,
biroq nafas yo‘llariga suv tomchilari tushsa, yo‘tal reaktsiyasi paydo bo‘ladi. Nafas
olshi buziladi: Kussmaul yoki Cheyn-Stoks nafasi kuzatiladi. Har qanday ixtiyoriy
harakatlar yo‘qoladi, bemorni yon tomonlarga qo‘zg‘aganda, u passiv yotaveradi. Pay
reflekslari va muskullar tonusi koma etiologiyasiga bog‘liq holda turlicha o‘zgaradi.
Babinskiy va boshqa patologik reflekslar chaqiriladi. Teri reflekslari so‘nadi, tos
funktsiyalari keskin buziladi.
Uchinchi darajali koma
– barcha tashqi ta’sirotlarga javob reaktsiyasining
butunlay yo‘qolishi bilan kechuvchi chuqur koma. Korneal va kon’yuktival reflekslar
hamda qorachiqlarning yorug‘likka reaktsiyasi butunlay yo‘qoladi. Qorachiqlar
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_5-to’plam_Iyun-2025
40
ISSN:3030-3613
kengaya boshlaydi. Yutqin reflekslari va mimik reaktsiyalar, pay va teri reflekslari
chaqirilmaydi. Muskullar tonusi keskin pasayadi yoki to‘la atoniya kuzatiladi. Bosh
miyaning o‘choqli zararlanishida simptomlar asimmetrik tarzda o‘zgaradi. AQB tushib
ketadi, nafas olish ritmi buziladi (bradipnoe yoki taxipnoe). Tana harorati pasayadi.
Komaning ushbu bosqichida bemorni sun’iy nafas oldirish sistemasiga ulashga to‘g‘ri
keladi.
To‘rtinchi darajali koma
– to‘la arefleksiya, muskullar atoniyasi, ikki
tomonlama midriaz va gipotermiya bilan namoyon bo‘luvchi koma. Bu bosqich –
komaning terminal bosqichidir. Yurak-qon tomir va nafas olish faoliyati to‘la buziladi
va ular sun’iy tarzda boshqariladi. EEG da bioelektrik faollik aniqlanmaydi.
Komaning klinik simptomlari
Komada yuzaga keladigan bir qator klinik simptomlarga qarab, uning
etiologiyasi va og‘irlik darajasini aniqlab olish mumkin. Bu esa to‘g‘ri klinik tashxis
qo‘yishda o‘ta muhim. Koma bir necha daqiqa yoki soatda, ba’zida asta-sekin bir-ikki
kun ichida rivojlanadi. Gemorragik insult, meningit va bosh miya jarohatlarida
simptomlar tez rivojlanadi. Somatik kasalliklar, zaharlanishlar va metabolik
buzilishlarda simptomlar odatda, sekin rivojlanadi. Biroq o‘tkir zaharlanishlar va
metabolik sindromlarda bemor tezda komaga tushadi. Sekin rivojlanuvchi komada
hayotiy muhim funktsiyalar asta-sekin izdan chiqadi. Koma rivojlanishidan oldin
bemorning hushi avval karaxt holatda bo‘ladi. Keyin esa sopor va koma rivojlanadi.
Hushning buzilishi ba’zida o‘tkir psixomotor buzilishlar, ya’ni gallyutsinatsiya,
alahsirash va illyuziyalardan boshlanib keyin sopor va komaga o‘tadi. Hushning sopor
yoki koma darajasida buzilishi kasallik etiologiyasiga bog‘liq. Engil holatlarda yoki
tez yordam ko‘rsatilganda bemor sopor holatiga tushib yana hushiga keladi. Og‘ir
holatlarda
esa
sopordan
so‘ng
koma
rivojlanadi.
Eslatma.
Koma tashxisi bemorning hushi yo‘qolgan taqdirdagina qo‘yiladi.
Tashxis qo‘yish
Likvor tekshiruvi. Koma etiologiyasi va intrakranial gipertenziya darajasini
aniqlashda likvor tekshiruvlarini o‘tkazish katta ahamiyatga ega. Lekin buning uchun
LP o‘tkazishga monelik qiluvchi holatlar aniqlab olinadi.
Lyumbal punktsiyani o‘tkazishga monelik qiluvchi holatlar
Orqa kranial chuqurchada joylashgan kasalliklar (subtentorial o‘sma, miyacha
gematomasi). Bunday paytda yaqol ifodalangan nistagm va Bruns sindromi paydo
bo‘ladi.
Bosh miyaning kuchli shishi, bo‘kishi va dislokatsion sindrom belgilari. Bunday
paytda bemor chuqur komada bo‘ladi, ko‘z olmalari suzib turadi, Gertvig-Majandi va
Parino sindromlari paydo bo‘ladi.
Davomli epileptik xurujlar. Avval xurujlarni bartaraf etib, keyin LP qilish
mumkin.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_5-to’plam_Iyun-2025
41
ISSN:3030-3613
Yurak va nafas olish faoliyatining keskin buzilishlari (AQB tushib ketishi,
bradiaritmiya, bradinpnoe).
Yuqorida ko‘rsatilgan holatlar e’tiborga olinmasdan LP qilinsa, miya ustuni
pastga siljib katta ensa teshigiga o‘tirishi va bemor to‘satdan o‘lib qolishi mumkin.
Miya shishi yaqqol ifodalangan paytda giperosmolyar dorilar va diuretiklar qilib, keyin
LP muolajasi o‘tkaziladi.
Xulosa
Koma holati uchrash ehtimoli yosh, asosiy kasallik, travma, toksik moddalar
ta’siri va sog‘liqni saqlash tizimining imkoniyatlariga qarab farq qiladi. Komaning
metodologiyasi uni aniqlash, chuqur baholash, sababini aniqlash, simptomatik va
etiologik davolash hamda bemorni doimiy kuzatish jarayonlarini o‘z ichiga oladi.
Koma holatini boshqarishda erta tashxis va intensiv davolash muhim ahamiyatga ega,
chunki bu bemorning hayotini saqlab qolish va asoratlarni kamaytirishga yordam
beradi. Komaning asosiy belgilariga hushning yo‘qolishi, atrof-muhitga javobsizlik,
reflekslarning susayishi yoki yo‘qolishi, va nafas olish hamda yurak urishidagi
o‘zgarishlar kiradi. Diagnostika klinik ko‘rik, laboratoriya (qon gazlari, glyukoza,
elektrolitlar), nevrologik tekshiruvlar va tasvirlash usullari (KT, MRT, EEG) orqali
amalga oshiriladi. Ushbu topilmalar komaning darajasi va sababini aniqlashda yordam
beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
©Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik
2.
©Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma., Toshkent, 2017., 404 b.
3.
©Z. Ibodullayev. Insult va koma, Toshkent, 2013., 193 b.
4.
© Ibodullayev ensiklopediyasi
5.
©asab.cc
6.
Marieb, E. N., Hoehn, K. Human Anatomy & Physiology. 11th Edition.
7.
Adams, R. D., Victor, M. Principles of Neurology. 10th Edition. McGraw-Hill
8.
World Health Organization (WHO). Neurological Disorders: Public Health
Challenges.
9.
Hayman, L. L., Anderson, J. P., & Arthur, S. Clinical Neuroanatomy and
Neuroscience.
10.
Firdavs, M., Feruza, T., Gulnora, K., & Gulmira, Y. (2024). LIVING AND DEAD
WATER MYTH OR REALITY.
Frontline Medical Sciences and Pharmaceutical
Journal
,
4
(04), 17-23.
11.
Думаева З. Н. и др. Экспериментал Гипокинезия Модели Каламушларда
Жигар Функционал Параметрларига Таъсири //Miasto Przyszłości. – 2023. – Т.
32. – С. 364-368.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_5-to’plam_Iyun-2025
42
ISSN:3030-3613
12.
Мирзабеков И. А., Саидбаева Л. М., Мирзабекова Ф. Н. ОСОБЕННОСТИ
ФИЗИЧЕСКОГО
РАЗВИТИЯ
ЮНОШЕЙ,
ЗАНИМАЮЩИХСЯ
СПОРТИВНОЙ БОРЬБОЙ //Academic research in educational sciences. – 2021.
– Т. 2. – №. 12. – С. 118-124.
13.
Мирзабеков И. ВЛИЯНИЕ ГАММА-ИЗЛУЧЕНИЯ НА АКТИВНОСТЬ
ФЕРМЕНТОВ СЛЮННЫХ ЖЕЛЕЗ //Universum: химия и биология. – 2024. –
Т. 1. – №. 2 (116). – С. 39-42.