Mualliflar

  • Jarilkapova Naubaxar Paraxat qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.119132

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Investitsion faoliyat iqtisodiy o‘sish kapital qo‘yilmalar investitsiya siyosat xususiy sektor infratuzilma moliyaviy resurslar investorlar huquqlari.

Annotasiya

Annotatsiya:  Mazkur  maqolada  investitsion  faoliyatni  tashkil  etishning 
iqtisodiy  mazmuni,  uning  asosiy  tamoyillari  va  xususiyatlari  chuqur  tahlil qilinadi. 
Investitsiyalarning milliy iqtisodiyotdagi roli, ularni jalb qilish mexanizmlari hamda 
samarali  boshqaruv  uslublari  yoritilgan.  Shuningdek,  investitsion  muhit  va 
infratuzilmaning  rivojlanishi,  xususan,  xususiy  sektor  ishtirokining  ahamiyati  ham 
ko‘rib  chiqiladi.  Maqolada  mavjud  muammolar  va  ularni  bartaraf  etish  bo‘yicha 
takliflar ham bayon etilgan. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

65-son_2-to’plam_Iyul-2025

34

ISSN:3030-3613

INVESTITSION FAOLIYATNI TASHKIL ETISHNING IQTISODIY

MAZMUNI, TAMOYILLARI VA UNING ASOSIY XUSUSIYATLARI.

Jarilkapova Naubaxar Paraxat qizi

Qoraqalpoq davlat universiteti Iqtisodiyot

fakulteti 4-kurs moliya va moliyaviy

texnologiyalar ta’lim yo’nalishi talabasi


Annotatsiya:

Mazkur maqolada investitsion faoliyatni tashkil etishning

iqtisodiy mazmuni, uning asosiy tamoyillari va xususiyatlari chuqur tahlil qilinadi.
Investitsiyalarning milliy iqtisodiyotdagi roli, ularni jalb qilish mexanizmlari hamda
samarali boshqaruv uslublari yoritilgan. Shuningdek, investitsion muhit va
infratuzilmaning rivojlanishi, xususan, xususiy sektor ishtirokining ahamiyati ham
ko‘rib chiqiladi. Maqolada mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha
takliflar ham bayon etilgan.

Kalit so‘zlar:

Investitsion faoliyat,

iqtisodiy o‘sish,

kapital qo‘yilmalar,

investitsiya siyosat, xususiy sektor,

infratuzilma,

moliyaviy resurslar,

investorlar

huquqlari.

Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida iqtisodiy

rivojlanishni rag`batlantirish, xususiy mulkni himoya qilish, iqtisodiyotga xorijiy
investitsiyalarni jalb qilish va jozibadorligini oshirish, tadbirkorlikka qulay
investitsion iqlim va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash istiqbolda amalga
oshirilishi ko`zda tutilgan eng muhim vazifalardan sanaladi.

O`zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.Mirziyov tomonidan rivojlanishning

uzoq muddatga mo`ljallangan kontseptsiyalari ishlab chiqilishi, bu borada birinchi
qadam sifatida O`zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlari qabul
qilinib, mazkur dasturlarni moliyalashtirish fondi tashkil etilishi ta’kidlandi. Bunda
iqtisodiyotni rivojlantirishda aholi qo`lida to`plangan mablag`larni investitsiya
shaklida harakatga keltirish, odamlarda tadbirkorlik hissini kuchaytirish muhim
vazifalarimizdan biri ekanligi e’tirof etildi.

1

Investitsiyalar iqtisodiy rivojlanish darajasiga qarab mamlakatlardagi investitsiya

muhitiga bog`liq holda tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishida muhim o`rin tutadi.
Shu munosabat bilan

«

Investitsiya

»

tushunchasining nazariy jihatdan tahlili dolzarb

hisoblanadi. Investitsiyalarning mazmun-mohiyati so`nggi vaqtlarda nashr etilgan

1

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси, халқ сўзи 2017

йил 22 декабрь.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

65-son_2-to’plam_Iyul-2025

35

ISSN:3030-3613

iqtisodiy adabiyotlarda

2

, himoya qilingan dissertatsiya ishlarida

3

va amaldagi

qonunchilikda

4

yetarli darajada o`z ifodasini topganligi uchun biz bu to`g`risida

batafsil to`xtalib o`tmasdan, umumiy tasavvur hosil qilish maqsadida tadqiqot
natijasida shakllantirilgan quyidagi jadvalni keltirib o`tamiz (1-jadval).

1-jadval

Iqtisodiy adabiyotlar va qonun hujjatlarida investitsiya mazmuniga oid

qarashlar

5

Muallif

«Investitsiya» atamasiga berilgan ta’rif


1.

Smit A.

Investitsiya - amaliy boyliklarni qayta taqsimlash

va ishlab ishlab chiqarish vositalarining asosiy

harakatlari


2.

Makkonnel K.R.,

Bryu S.L.

Investitsiya - ishlab chiqarish xarajatlari va asosiy

vositalarni to`plash hamda tovar moddiy

zaxiralarining ko`payishi


3.

Igonina L.L.

Investitsiya - foyda olish yoki boshqa foydali

samaraga erishish uchun tadbirkorlik yoki boshqa

faoliyat ob’yektlariga kapitalni joylashtirish


4.

Samuelson P.A.,

Nordhaus V.D.

Investitsiya - kelajakda ishlab chiqarishni

ko`paytirish maqsadida bugungi kunda iste’molni

istisno qiladigan iqtisodiy faoliyat


5.

Bocharov V.V.

Investitsiya - bu kapitalni har qanday

tadbirkorlikka, keyinchalik uni rivojlantirish,

ko`paytirish maqsadida sarmoya qilishdir


6.

G`ozibekov D.

Investitsiyalar nazarda tutilgan va tutilmagan,

ammo ehtimoli bor risklar hamda ko`zlanayotgan

2

Смит А. Исследование о природе и причинах богатства народов. – М.: «Эксмо», 2016. – 1056 с., McConnell C.R.,

Brue S.L. Economics: principles, problems, and policies. 17th edition. – NY.: «McGraw-Hill Education» & «Irwin»,
2008. – 820 p., Игонина Л.Л. Инвестиции. – М.: «Экономисть», 2005. - 25 с., Ковалев В.В. Управление финансами.
– М.: «ФБК-ПРЕСС», 1998. -156 с., Бланк И.А. Инвестиционный менеджмент. – Киев: «Ника-Центр» и «Элга-Н»,
2001. - 448 с., Samuelson P.A., Nordhaus W.D. Economics. – NY.: «McGraw-Hill Education» & «Irwin», 2010. – 420
p., Бочаров В.В. Инвестиции. Учебник. – СПб: «Питер», 2009. – 18 с., Ғозибеков Д. Инвестицияларни
молиялаштириш масалалари. Ўқув қўлланма. – Т.: «Молия», 2003. – 28 б.

3

Ҳайдаров Н.Ҳ. Иқтисодиётни эркинлаштириш шароитида корхоналар инвестицион фаолиятидаги молия-солиқ

муносабатларини такомиллаштириш масалалари. И.ф.д. илм. дар. ол. уч. ёз. дисс. - Т:. 2003., Қўзиева Н.Р.
Хорижий инвестициялар иштирокидаги корхоналар фаолиятини рағбатлантиришнинг молия-кредит
механизмини такомиллаштириш йўналишлари. И.ф.д. илм. дар. ол. уч. ёз. дисс. автор. Т.: Ўзбекистон
Республикаси Банк-молия академияси. 2008. - 41 б.

4

Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 25 декабрдаги «Инвестициялар ва инвестиция фаолияти тўғрисида»ги

ЎРҚ 598-сонли Қонуни. Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 26.12.2019-й., 03/19/598/4221-сон.

5

Хидиров Н.Г. Саноат корхоналарида инвестицион фаолиятни молиялаштириш меҳанизмини

такомиллаштириш. Иқт.фанлари бўйича (PhD) диссертацияси автореферати. Т.:2021.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

65-son_2-to’plam_Iyul-2025

36

ISSN:3030-3613

samaralarni baholash asosida, o`z va o`zga

mablag`lar qiymatining kapitallashuvi va

jamg`arilishini ta’minlash maqsadida moliyaviy

va real aktivlarga bog`lanishidan dalolat beradi


7.

Haydarov N.H.

Investitsiya - bu mulk shaklidan qat’iy nazar,

tadbirkorlik asosida faoliyat ko`rsatayotgan

jismoniy va yuridik shaxslar yoki davlatning

iqtisodiy va ijtimoiy samara olish maqsadida o`z

ixtiyoridagi moliyaviy, moddiy va intellektual

boyliklarini qonun doirasida bo`lgan har qanday

tadbirkorlik ob’yektiga sarflashidir


8.

Qo`ziyeva N.R.

Investitsiyalar – bu davlat, yuridik va jismoniy

shaxslarning daromad olish va boshqa ijobiy

samaradorlikka yerishish maqsadida mamlakat

ichkarisida va tashqarisida yangi korxonalar

tashkil etish, faoliyat ko`rsatayotgan korxonalarni

kengaytirish, qayta ta’mirlash va texnik jihatdan

qayta qurollantirish, ko`chmas mulk, aktsiyalar,

obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog`ozlar

hamda aktivlarni sotib olishga yo`naltirilayotgan

moliyaviy mablag`lari, mulkiy va intellektual

boyliklardir


9.

O`zbekiston

Respublikasining 2019

yil 25 dekabrdagi

«Investitsiyalar va

investitsiya faoliyati

to`g`risida»gi O`RQ 598-

sonli Qonuni

Investitsiyalar — investor tomonidan foyda olish

maqsadida ijtimoiy soha, tadbirkorlik, ilmiy va

boshqa faoliyat turlari ob’yektlariga

tavakkalchiliklar asosida kiritiladigan moddiy va

nomoddiy boyliklar hamda ularga bo`lgan

huquqlar, shu jumladan intellektual mulk

ob’yektlariga bo`lgan huquqlar, shuningdek

reinvestitsiyalar


Keltirilgan ta’riflardan kelib chiqqan va olib borilgan o`rganishlarni hisobga

olgan holda investitsiyalarga quyidagicha mualliflik ta’rifini berib o`tdik:
«Investitsiyalar – bo`sh turgan kapitalni iqtisodiy-ijtimoiy samara olish maqsadida
harakatga keltirishdir». Ushbu ta’rifni yuqoridagi ta’riflardan asosiy farqi shundaki,
bunda investitsiyalarni ijtimoiy samara keltirish va shuningdek kapital foyda olish
maqsadida harakatga kelgandagina investitsiyaga aylanishiga urg`u berilgan.

Fikrimizcha, yuqorida keltirilgan mualliflarning «Investitsiya» tushunchasiga

bergan ta’riflari hozirgi sharoitga va bozor iqtisodiyoti talablariga mos keladi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

65-son_2-to’plam_Iyul-2025

37

ISSN:3030-3613

Investitsiya faoliyatini tashkil etishda uning ob’yekt va sub’yektlari ishtirok etadi.
Investitsiya sub’yektlari - investitsiya faoliyatida ishtirok etuvchi mulkiy va

intellektual boyliklarga ega bo`lgan jismoniy, huquqiy shaxslar va davlatdir.

Kapital qo`yilmalar shaklida investitsiya faoliyatini amalga oshirish sub’yektlari

quyidagilardir:

investorlar,

buyurtmachilar,

pudratchilar,

kapital

qo`yilma

ob’yektlaridan foydalanuvchilar va boshqalar.

Investorlar o`z mablag`i yoki jalb qilingan mablag` yordamida kapital

qo`yilmalarni amalga oshiradi. Yuridik va jismoniy shaxslar yoki ularning birlashmasi,
davlat organlari va chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar investor bo`lishlari mumkin.

Investorlar quyidagalarni amalga oshirishda teng huquqqa ega:
• kapital qo`yilmalar shaklida investitsiya faoliyatini amalga oshirishda kapital

qo`yilmalar hajmi va yo`nalishlarini mustaqil belgilash hamda investitsiya su’yektlari
bilan shartnomalar tuzishda kapital qo`yilmalar hisobiga yaratilgan, sotib olingan
ob’yektlarga egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish;

• shartnoma yoki davlat shartnomasi orqali kapital qo`yilmalarni amalga oshirish

va uning natijalariga bo`lgan huquqni yuridik va jismoniy shaxslarga, davlat va
mahalliy hokimiyatga o`tkazish;

• imzolangan shartnomalar asosida birgalikda kapital qo`yilmalarni amalga

oshirish uchun o`zining va jalb qilingan mablag`larni boshqa investorlarning
mablag`lari bilan birlashtirish;

• kapital qo`yilmalarga yo`naltirilgan mablag`larni maqsadga muvofiq

ishlatilishini nazorat qilish va boshqalar.

Buyurtmachilar - investorlar tomonidan investitsion loyihalarni amalga oshirish

uchun vakil etilgan yuridik va jismoniy shaxslar. Shu bilan birga, ular investitsiya
faoliyati sub’yektlarining tadbirkorlik faoliyatiga aralashmaydilar. Buyurtmachilar
rolida investorlarning o`zlari ham namoyon bo`lishlari mumkin. Investorlar bo`lmagan
buyurtmachilar esa shartnomada belgilangan tartibda va davrda kapital qo`yilmalarga
egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqiga ega bo`ladilar.

Pudratchilar–yuridik va jismoniy shaxslar bo`lib, ular buyurtmachilar tuzgan

shartnomalar asosida ishlarni bajaradilar. Pudratchilar qurilish– montaj ishlarini
amalga oshirish uchun ruxsatnomaga (litsenziyaga) ega bo`lishlari kerak. Qurilish
faoliyatini litsenziyalash qurilish mahsulotlari iste’molchilarini huquqlarini
himoyalash maqsadida amalga oshiriladi. Kapital qo`yilma ob’yektlaridan
foydalanuvchilar - bular yuridik va jismoniy shaxslar hamda davlat organlari, mahalliy
hokimiyat, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar bo`lib, ushbu ob’yektlar ular uchun
yaratiladi.

Investorlar kapital qo`yilma ob’yektlaridan foydalanuvchilar rolida namoyon

bo`lishi mumkin. Investitsiya faoliyati sub’yekti uning ikki va undan ortiq
funktsiyalarini qo`shib olib borish imkoniyatini beradi. Investitsiya faoliyati sud davlat


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

65-son_2-to’plam_Iyul-2025

38

ISSN:3030-3613

organlari tomonidan qo`yilgan talablarni bajarishi hamda maqsadli ravishda.
Investitsiya faoliyati investor tomonidan tanlangan sohalar hamda investitsiyalar
sarflanishi lozim bo`lgan maqsadlar bilan, ya’ni investitsiya ob’yektlari bilan
bog`liqdir.

Investitsiyalarni yo`naltirish sohalari ishlab chiqarishda ishtiroki va sarflanish

ishlariga binoan investitsiya faoliyatining quyidagi ob’yektlarini farqlash mumkin:

xalq

xo`jaligining

barcha

tarmoqlaridagi

yangidan

yaratilgan

va

modernizatsiyalashtirilgan (yangilangan) asosiy fondlar va aylanma mablag`lari;
• fan-texnika mahsulotlari, izlanishlar, ta’limot, kadrlarni tayyorlash va qayta
tayyorlash;
• intellektual g`oyaviy boyliklar, mualliflik, ixtiro, kashfiyot huquqlari, tajriba;
• qimmatbaho qog`ozlar, maqsadli pul jamg`armalari;
• boshqa mulkchilik ob’yektlari;
• mulkiy huquqlar.

Investitsion faoliyat har qanday davlat iqtisodiy taraqqiyotining asosiy

omillaridan biridir. Uni to‘g‘ri tashkil etish orqali ishlab chiqarish quvvatlari oshadi,
yangi ish o‘rinlari yaratiladi, texnologik modernizatsiya amalga oshadi. Samarali
investitsiya siyosati davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytiradi,
raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirishga xizmat qiladi. Shu bois, investitsion
muhitni yanada yaxshilash, huquqiy kafolatlarni kuchaytirish va moliyaviy manbalarni
diversifikatsiya qilish zamonaviy iqtisodiy strategiyaning muhim yo‘nalishlaridan biri
bo‘lib qolmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

O‘zbekiston Respublikasi "Investitsiyalar to‘g‘risida"gi Qonuni.

2.

Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat — yengilmas kuch. — T.: Ma’naviyat, 2008.

3.

Qodirov A., Tursunov B. Investitsion faoliyat asoslari. — T.: “IQTISOD-
MOLIYA”, 2021.

4.

Xojayev Sh. Makroiqtisodiyot. — T.: “Fan va texnologiya”, 2019.

5.

Jahon banki va Xalqaro valyuta fondi hisobotlari (so‘nggi yillarda e'lon qilingan).

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar

O‘zbekiston Respublikasi "Investitsiyalar to‘g‘risida"gi Qonuni.

Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat — yengilmas kuch. — T.: Ma’naviyat, 2008.

Qodirov A., Tursunov B. Investitsion faoliyat asoslari. — T.: “IQTISOD-

MOLIYA”, 2021.

Xojayev Sh. Makroiqtisodiyot. — T.: “Fan va texnologiya”, 2019.

Jahon banki va Xalqaro valyuta fondi hisobotlari (so‘nggi yillarda e'lon qilingan).