T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_2-to’plam_Iyul-2025
39
ISSN:3030-3613
INNOVATSION MOLIYALASHTIRISHNING INVESTITSION
MUHITGA TA'SIRI VA O`RNI
Jarilkapova Naubaxar Paraxat qizi
Qoraqalpoq davlat universiteti Iqtisodiyot
fakulteti 4-kurs moliya va moliyaviy
texnologiyalar ta’lim yo’nalishi talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada innovatsion moliyalashtirish tushunchasi, uning
zamonaviy iqtisodiy sharoitda investitsion muhitga ta’siri va tutgan o‘rni tahlil qilinadi.
Innovatsion moliyalashtirish mexanizmlarining samarali qo‘llanilishi iqtisodiyotda
yuqori texnologiyalarni rivojlantirish, yangi bizneslarni qo‘llab-quvvatlash va umumiy
investitsion faollikni oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilishi yoritiladi.
Shuningdek, rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar tajribasi asosida innovatsion
moliyalashtirish vositalarining investitsion muhitcha ta’siri solishtirma tahlil orqali
ko‘rib chiqiladi. Maqolada O‘zbekiston misolida amaliy tavsiyalar ham ishlab
chiqilgan.
Kalit so‘zlar:
Innovatsion moliyalashtirish, investitsion muhit, venchur kapita,
startaplar, moliyaviy vositalar, raqamli iqtisodiyot, davlat-xususiy sheriklik, moliyaviy
innovatsiyalar
Hozirda milliy iqtisodiyot, hududiy ishlab chiqarishni investitsiyalar asosida
modernizatsiya qilish sharoitida innovatsiyalar transferti va moliyalashtirish
mexanizmlari samarasini oshirish ob'ektiv zaruratga aylandi.
Mamlakatimiz taraqqiyotining ustuvor yo'nalishi bo'lib faqat ishlab chiqarish
omillari va investitsiyalar asosida iqtisodiy rivojlantirish emas, balki ular bilan birga
ko'proq innovatsiya faoliyati faolligini oshirish asosida kelajakda innovatsion
iqtisodiyot modeliga o'tish lozimdir.
Bu
modelning
asosiy
maqsadi
– milliy iqtisodiyotning barqaror
raqobatbardoshligini samarali texnologiyalar qo'llash va innovatsiyalar vositasida
oshirish, investitsiyalar va innovatsiyalarning ichki va tashqi bozorlarini rivojlantirish
va ularga erkin chiqishni ta'minlash yo'li bilan import mahsulot o'rnini egallash va
eksportga yo'naltirilgan investitsion muhitda innovatsion rivojlanish iqtisodiyoti
tizimiga o'tishdir.
Mamlakatimizda qulay ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaratish,
qonunchilik va me'yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish, tadbirkorlik faoliyatini
tashkil etish hamda amalga oshirish uchun ortiqcha byurokratik va ma'muriy
tartibtaomillarga chek qo'yishga doir bir qancha ishlar yo'lga qo'yilgan. Milliy
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_2-to’plam_Iyul-2025
40
ISSN:3030-3613
iqtisodiyotni jadal rivojlantirishda zamonaviy ilg'or texnika va texnologiyalar asosida
ishlab chiqarishni tashkil qilish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ushbu vazifani samarali
hal etish uchun esa iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etish talab qilinadi.
Ma’muriy-hududiy organlar investitsion jarayonlarni rag`batlantirishi, tartibga
solishi va hudud iqtisodiyotiga zarur bo`lgan investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay
sharoitlarni shakllantirishi lozim. Muayyan muddatli istiqbolda hududiy investitsion
dasturlar hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy tafovutlarining ozayishiga olib keladi,
albatta. Bularning barchasini faqatgina hudud holatini majmuaviy, tizimli baholash va
ularning zaif tomonlarini aniqlash yordamida amalga oshirish mumkin.
1
Investitsiya muhiti (yoki investitsion muhit) – juda keng ma’noda ishlatiladigan
tushuncha bo`lib, investor tomonidan hisobga olinadigan barcha muammolar va
masalalarni o`z ichiga qamrab oladi. Investor tomonidan ma’lum bir davlatga
investitsiya qilishning qulay va noqulay tomonlari baholanadi, shu bilan bir qatorda,
o`z kapitalini kiritmoqchi bo`lgan mamlakat mafkurasi, siyosati, iqtisodiyoti va
madaniyatiga katta ahamiyat beriladi.
Investitsiya muhitining har tomonlama, chuqur tahlil qilinishi asosida investitsiya
tavakkali aniqlanadi. Investitsiya muhiti va tavakkal darajalari bir-birlariga teskari
nisbatdadir. Ya’ni investitsiya muhiti qanchalik qulay bo`lsa, investorning tadbirkorlik
tavakkali shunchalik past darajada bo`ladi va bu investorlarning kirib kelishini
ko`paytiradi. Aksincha, investitsiya muhiti noqulay bo`lsa, tavakkal darajasi yuqori
bo`ladi. Bu esa, investitsiya qabul qiluvchi tomonning sarf-xarajatlari o`sishiga olib
keladi.
2
Investitsiya muhiti ob’yektiv kategoriya bo`lib, u o`zida har bir alohida olingan
vaqt doirasida investorlar uchun haqiqatda mavjud bo`lgan shart-sharoitlar majmuasini
aks ettiradi. Xususan, davlat hokimiyatining ta’sirchanligi investitsiya muhitini
aniqlovchi omillardan biridir. Shundan kelib chiqib, har bir kapital jalb qiluvchi
mamlakat ma’lum bir investitsiya tizimiga egaligini ta’kidlash mumkin. Bu tizim
huquqiy me’yorlar va muassasalardan iborat xorijiy investitsiyalarni qabul qilish tizimi
va investitsiya muhitini o`z ichiga oladi. Xorijiy kapitalni qabul qilish tizimi
investitsiya muhitining komponenti bo`lib xizmat qiladi va unga nisbatan mustaqil
ravishda tashkil etiladi.
Chunki u investitsiya muhitini o`zgartirishga qodirdir. Xorijiy investitsiyalarni
qabul qilish tizimi qabul qiluvchi tomonni xorijiy kapitalni milliy iqtisodiyotga qulay
ravishda kirib kelishini namoyon etsa, investitsiya muhiti kirib kelgan kapitalni
mamlakat ichida optimal ravishda o`sib borish vaziyatiga baho beradi. Investitsiya
1
Ш.И.Мустафакулов
.
Инвестицион
муҳит
жозибадорлиги:
назария,
методология
ва
амалиёт.(Монография).
Тошкент «МАЪНАВИЯТ» 2017. 21 бет.
2
Пинали Э.
Инвестиционный климат и частный сектор. // Экономическое обозрение. 2005., №9, 42–43-бетлар.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_2-to’plam_Iyul-2025
41
ISSN:3030-3613
muhiti iqtisodiyotda yangi tushuncha emas, ammo mustaqil O`zbekiston sharoitiga
nisbatan alohida ishlab chiqilmagan.
3
Bizning fikrimicha, investitsion muhit – investitsion jarayonlar amalga oshadigan
sharoit bo`lib, u hududning investitsion faoliyati hamda investitsiyalarning risk
darajasini aniqlaydigan siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy va boshqa omillar ta’sirida
shakllanadi. Ijobiy investitsion muhitni yaratish masalasida iqtisodiyotning
globallashuvini asosiy jarayon sifatida talqin qilish va buning natijasida investitsion
resurslarga ega bo`lish ko`lamining kengayishini, o`z navbatida esa, investorlar
o`rtasida ham raqobatning kuchayishini nazardan chetda qoldirmaslik lozim. Agar biz
chetdan keladigan xorijiy investitsiyalar hajmini oshirishni istasak, albatta, investitsion
muhitni, hududiy shart va sharoitlarni boshqalarga (raqobatchilarga) qaraganda yanada
maqbul va yuqori darajaga chiqarishni, shuningdek, ichki (milliy) investitsiyalarni
faollashtirish uchun ham «iqlim»ning qulay va ortiqcha riskdan holi bo`lishini
ta’minlashga e’tibor qaratishimiz zarur. Investitsiya muhitiga ta’sir etuvchi omillar
xilma-xil va turlichadir. Mamlakatdagi investitsiya muhitiga juda ko`p omillar ta’sir
ko`rsatadi va asosiylari 1.1
-
rasmda ko`rsatib o`tilgan.
1.1-rasm. Investitsiya muhitiga ta’sir etuvchi omillar
4
Hozirgi kunda mamlakatimizda investitsiya muhitini yaxshilash uchun bank
tizimining barqarorligini ta’minlash muhim ustuvor vazifa qilib belgilangan.
Mamlakatdagi bank tizimining barqarorligi birinchi navbatda tijorat banklarning
samarali faoliyatiga bog`liq. Mamlakatimizda tijorat banklari kreditlash faoliyatining
rivojlanishi natijasida birgina 2020 yilda iqtisodiyot tarmoqlariga 276975 mlrd.so`m
3
Хамроев Ҳ.Р.
Зонал сиёсат: методология, хорижий тажриба ва қўллаш йўналишлари. Ўзбекистон Республикаси
Фанлар академияси «Фан» нашриёти, 2008.
4
Хидиров Н.Г. Саноат корхоналарида инвестицион фаолиятни молиялаштириш меҳанизмини
такомиллаштириш. Иқт.фанлари бўйича (PhD) диссертацияси автореферати. Т.:2021. 15-бет.
Inv
es
ti
ts
iy
a
m
uhi
ta
ta
's
ir
etuv
chi
o
m
il
la
r
-Siyosiy barqarorlik va investordan daxlsizligini ta'minlash
-Soliq tizimi
-Makroiqtisodiy barqarorlik
-Bank tizimini rivojlanganlik darajasi
-Geografik joylashuv, yo'l-transport va muxandislik
infratuzilmasini rivojlanganlik darajasi
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_2-to’plam_Iyul-2025
42
ISSN:3030-3613
kreditlar ajratilgan, shundan 36,9 %i yoxud 102162 mlrd.so`mi sanoat tarmog`iga
yo`naltirilgan (3-rasm).
Ta’kidlash joizki, globallashuv jarayonida tijorat banklari yetarli kapitalga ega va
moliyaviy barqaror bo`lishi, ular yirik investitsiya institutlariga aylanishi darkor.
To`qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarining xom ashyoga bo`lgan talabini
uzliksizligini ta’minlash maqsadida tijorat banklariga paxta xom ashyosini yetishtirish
va yig`ib olishni moliyalashtirish uchun xorijiy kredit liniyalarini jalb qilinishi hozirgi
kunda dolzarb vazifalardandir. Xorijiy kredit liniyalari hisobidan yengil sanoat
tarmog`iga 2019 yil 1633,7 mln. AQSh dollari miqdoridagi mablag` jalb qilingan
bo`lsa, 2020 yil bu raqam 2139,0 mln. AQSh dollariga teng bo`ldi.
Mamlakatimiz
iqtisodiyotini
modernizatsiyalash
sharoitida
hududlarda
investitsiyalarni samarali boshqarishning dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Shu
sababli ham, hududlar iqtisodiyotiga investitsiyalarni yo`naltirishda ilmiy asoslangan
holda ish tutish, kapital sarmoyalarning qaytishini jadallashtirish, investitsiya
loyihalarining ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik jihatlariga e’tibor qaratish hamda
investitsiya mablag`larining tarmoq va soha taqsimotiga oid ilmiy tadqiqotlar olib
borish muhimdir. Investitsiyalarni boshqarish jarayoni murakkab bo`lib, bunda barcha
omillarni hisobga olish lozim. Fikrimizcha investitsiyalarni boshqarish bu – qabul
qilingan strategiya asosida investitsion faoliyatni doimiy ravishda amalga oshirish va
resurslar bilan ta’minlanganlik ustidan investorlarning (davlat, korxona, xorijiy
sarmoyador, fuqaro) nazoratidir.
1
•
Davlat nuqtai-nazardan investitsiyalarni boshqarish
• Investitsion faollikni tartibga solish;
• Rag'batlantirish;
• Nazorat qilish;
• Qonunchilikni ko'rib chiqish.
2
•
Investitsiya loyihalarini boshqarish
•Investitsiyalarni rejalashtirish va tashkil etish;
•Investitsiyalarni yo'naltirish;
•Investitsion loyixalarning zamonaviy metodlarini va texnik boshqaruvini
amalga oshiradi;
•Investitsion loyihalar natijasini samaradorligini aniqlash;
•Loyihalarning hayotiylik davri
3
•
Alohida xo'jalik sub'ektlari nuqtai-nazardan investitsiyalarni boshqarish
• Korxonaning investitsiya portfelini boshqarish;
• Korxonaning monitoringi va sifatini boshqarish;
• Qisqa muddatda investitsiya qo'yilmalarini boshqaris
h
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_2-to’plam_Iyul-2025
43
ISSN:3030-3613
1.2-rasm. Investitsion faoliyatni boshqarish jarayoni.
5
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, investitsion faoliyatni boshqarish
jarayonini guruhlarga bo`lib, ko`rib chiqishimiz mumkin (1.2- rasm). Ushbu rasm
ma’lumotlaridan ko`rishimiz mumkinki, investitsiyalarni boshqarish jarayoni bir necha
guruhga bo`linadi.
Davlat nuqtai-nazardan investitsiyalarni boshqarish jarayoni bevosita muhim
ahamiyatga ega. Bunda davlat asosan qonunchilik va ushbu jarayondagi barcha
holatlarni nazorat qiladi. Investitsiya loyihalarini boshqarishda esa, asosan
rejalashtirish va tashkil etish hamda loyihaning samaradorligini aniqlashdan iborat.
Korxona yoki alohida xo`jalik sub’yektlarida investitsiyalarni boshqarish bugungi
kunda dolzarb hisoblanadi.
Korxonalarda qisqa muddatda kapital qo`yilmasini boshqarish va uni foydaliligini
nazorat qilish korxonaning kelajakdagi istiqboliga bog`liqdir.
Boshqaruv sub’yektlari darajasida ushbu funktsiyalar bir-biridan farqli ravishda
amalga oshiriladi. Masalan, davlat darajasida investitsion faoliyat ijtimoiy-iqtisodiy va
ilmiy-texnik rivojlanish sohalaridagi boshqarishni o`z ichiga oladi.
Hududlar darajasida investitsiyalarni boshqarish qator funktsiyalarni o`z ichiga
oladi:
1. Hududlarning investitsion faoliyati strategiyasini ishlab chiqish. Bu jarayonda
yuqoridagi funktsiyalarni amalga oshirish, hududdagi firmalarni umumiy rivojlanish
strategiyasini va investitsion bozor konyukturasini bashoratlash, uzoq muddatli davrda
investitsion faoliyatning asosiy yo`nalashlarini shakllantirish, yaqin istiqbolda
investitsion faoliyatni eng muhim vazifalarini aniqlash va muammolarni yechishni
ko`zda tutadi.
2. Tashqi investitsiya vositalari va investitsiya bozori konyukturasini
bashoratlashni tadqiq qilish. Bunda, hudud investitsion faoliyatini amalga oshirishda
bir necha funktsiyalar bajariladi. Joriy investitsiya bozori konyukturasi, omillarini
aniqlash va tadqiq etish; alohida sohalar nuqtainazaridan investitsiya bozori
konyukturasi bashoratlanadi.
3. Hududlarning investitsion resurslarini shaklantirish strategiyasini ishlab
chiqish. Bu jarayonda investitsiya resurlariga umumiy extiyojni bashoratlashni amalga
oshirish, alohida bosqichda investitsion strategiyani ishlab chiqish va uni amalga
oshirish, shaxsiy manbalar hisobidan investitsion resurslarni shaklantirish
imkoniyatlarini aniqlash hamda bu borada boshlang`ich vositalardan foydalanish
imkoniyatlarini o`rganish nazarda tutiladi. Investitsion resurslarni tuzilishini
optimallashtirish jarayonida qarz vositalari va ularning investitsiya bilan
5
Исмаилов Д.А. Иқтисодиётда инвестиция жараёнларини бошқаришнинг функциялари, мақсади ва вазифалари
“Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. № 4, май, 2012 йил
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_2-to’plam_Iyul-2025
44
ISSN:3030-3613
munosabatlarini muntazam ravishda ta’minlash, shuningdek, investitsiya manbalarini
kengaytirish va kelajakda hududdagi korxonalarning to`lovga qobillilik hamda
imkoniyatlarini oshirishni nazarda tutadi.
4. Alohida loyihalarni investitsion jozibadorligini baholash va bularning ichidan
eng samaralilarini ajratish. Bu funktsiyalarni amalga oshirish jarayonida investitsiya
bozoridagi joriy takliflarni o`rganish, hudud korxona va firmalarining investitsion
strategiyalarini eng samaralilarini baholash va ekspertizadan o`tkazish, har bir
investitsion loyihani daromadlilik darajasini va boshqa iqtisodiy samaradorlik
ko`rsatkichlarini hisoblashni ko`zda tutadi.
5. Hududlardagi investitsion portfelni shakllantirish va daromadlilik,
tavakkalchilik va likvidlilik mezonlari bo`yicha ularni baholash. Bu funktsiyalar
investitsion rusurslar hajmi va ularning daromadlilik ko`rsatkichlarini hisoblash, har
bir investitsion loyiha va moliyaviy vositalar bo`yicha tavakkal darajasini hisoblashni
nazarda tutadi. Birinchi bosqichda real va moliya investitsiyalar o`rtasidagi
mutanosibliklarni investitsiya portfeli asosida shakllantiriladi. Ikkinchi bosqichda esa,
eng samarali investitsion loyihalar tanlab olinadi. Uchinchi bosqichda portfellarni
to`lovga qobilliligini baholanadi. Investitsion portfelning bunday shakllanish jarayoni
joriy davrda yalpi investitsion dasturlar orqali amalga oshiriladi.
6. Hududlarda alohida investitsion dasturlar va loyihalarni tezkor boshqaruvini
amalga oshirish hamda joriy rejalashtirish. Bu funktsiyalarni bajarish jarayonida
hududlarda turli joriy rejalarni investitsion portfelini shakllantirishni tezkor
boshqaruvini ta’minlash va ularni ishlab chiqish nazarda tutiladi. Bu jarayonda alohida
investitson loyihalarni amalga oshirishda kalendar reja va uning byudjeti muhim rolь
o`ynaydi.
7. Hududlarda alohida investitsion dasturlar va loyihalarni amalga oshirish
monitoringini tashkil etish. Bu funktsiyalarni bajarishda boshlang`ich kuzatilgan
ko`rsatkichlar tizimi shakllantiriladi, unda alohida investitsion loyihalar va har bir
investitsion dasturlar bir-biriga bog`liq holda amalga oshiriladi. Bu jarayonda
ma’lumotlar tahlil qilinadi va yig`ilganlarning davriyligi aniqlanadi. Loyihalarni
amalga oshirish jarayoniga investitsiyalar samaradorligi, ularning moliyaviy hajmi va
loyihalarning muddati ta’sir ko`rsatadi.
8. Hududlarda kapitalni qayta investitsiyalash va samarasiz investitsion
loyihalardan voz kechish. Bu davrda hudud investitsiya bozori konyukturasi o`zgarishi,
hududdagi kompaniyalarning moliyaviy holati, ulardagi investitsiya portfelini
shakllanish jarayonlari, alohida investitsion loyihalar kutilayotgan samaradorligi
oqibatlari hisoblab chiqiladi. Bunday sharoitda ushbu investitsion loyihalardan voz
kechish yo`llari tanlanadi. Demak, hududlarning investitsion faoliyatini strategik
boshqaruvining muhim funktsiyasi bu – hudud investitsion strategiyasini ishlab
chiqishdan iborat bo`lib, bunda investitsiya faoliyat yo`lida uzoq muddatli maqsadlarni
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_2-to’plam_Iyul-2025
45
ISSN:3030-3613
shakllantirish tushiniladi va bunda eng samarali investitsion faoliyatga erishish ko`zda
tutiladi.
Hududlarning investitsion strategiyasini shakllantirish murakkab jarayon bo`lib,
u hudud investitsiya bozori konyukturasini bashoratlashga asoslanadi va investitsiya
faoliyati shartlarini amalga oshiradi. Bu jarayonni murakkabligi shundaki, bu davrda
hudud investitsiya strategiyalarni shakllantirish, investitsion resurslarni izlab topish,
muqobil investitsiya variantlarini baholash bilan birga amalga oshiriladi va u hudud
firmalarining imidjini oshiradi va uni rivojlanishi belgilashda muhim ahamiyat kasb
etadi. Bunday investitsion strategiya tezda o`zgarmaydi, u ushbu hududdagi
firmalarning iqtisodiy o`sishining yangi imkoniyatlari va tashqi shartlarini inobatga
olgan holda davriy tartibga solishlarni talab etadi.
Hududda investitsion strategiyani shakllantirish shart-sharoitlari korxona va
firmalarning iqtisodiy rivojlanishining strategik asosi bo`lib xizmat qiladi. Bundan
ko`rinib turibdiki, hudud investitsiya strategiyasi firmalarning samarali rivojlanishini
ta’minlaydigan bosh omil bo`lib hisoblanadi va u investitsiyalarni samarali
boshqarishga asoslanadi. Hudud korxonalarining investitsion strategiyasinini
shakllantirish jarayoni birnecha bosqichlarni o`z ichiga oladi.
Boshlang`ich bosqichda hudud investitsiya strategiyasi ishlab chiqiladi va uni
shakllantirishni umumiy davri aniqlanadi. U investitsiya bozori va iqtisodiyot
rivojlanishini oldindan ko`ra olish, uning davriyligini baholash, korxona va
firmalarning asosiy strategiyasini shakllanishi uchun yechimni qabul qilish, ularning
tarmoqlarini o`lchami kabi shartlar bilan bog`liqdir.
Investiitson faoliyatni shakllantirish maqsadi kapitalning qo`shimcha o`sish
sur’atlarini ta’minlashga, investitsiyalarni daromadlilik darajasini o`sishiga, moliyaviy
investitsiyalash va texnologik o`zgarishlarga, kapital qo`yilmalar tuzilishining qayta
ishlab chiqilishiga hamda pirovard natijada hududda iqtisodiy o`sishga, aholining
turmush darajasining oshishiga erishiladi.
Hududlarda investitsiya resurslarini shaklantirish strategiyasini ishlab chiqish
korxona va firmalarning nafaqat investitsion faoliyatining unsuri balki, eng muhim
moliyaviy strategiyasining unsuri ham hisoblanadi. U belgilangan hajmdagi
investitsiya faoliyatini uzluksiz ravishda rag`batlantirishni ta’minlaydi hamda shaxsiy
moliyaviy vositalardan eng samaralisidan foydalanadi va uzoq muddatli davrda
istiqbolda hududdagi korxona va firmalarning moliyaviy barqarorligini oshiradi.
Hududlarda bu strategiyalarni ishlab chiqish quyidagi bosqichlar bo`yicha amalga
oshiriladi:
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_2-to’plam_Iyul-2025
46
ISSN:3030-3613
3- rasm.Hududlarda investitsion resurslar strategiyasini ishlab chiqish
bosqichlar.
6
Hudud investitsiya strategiyalarini amalga oshirish jarayonida ularning aniq
maqsadlarini va strategik vazifalarini belgilangan tartibda qayta ko`rib chiqish
jarayonida tashqi va ichki omillarni bir-biriga moslashtiriladi. Tashqi omillar hudud
firmalarining strategik investitsiya loyihalarini amalga oshirishni ko`zda tutadi,
shuningdek, investitsiya bozori konyukturasi o`zgarishlarini bashoratlaydi. Ichki
omillar investitsiyalashning alohida yo`nalishlarini amalga oshirishni ko`zda tutadi,
shuningdek, bu jarayonda investitsiya resurslarini shakllantiriladi
Xulosa sifatida shuni ta’kidlashimiz lozimki, mamlakatimiz iqtisodiyotini
modernizatsiyalash sharoitida hududlarda investitsiyalarni samarali boshqarish
bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etadi. Yuqorida investitsiyalarni boshqarish
mexanizmi nazariy jihatdan ko`rib chiqildi, bu esa investitsiyalarni boshqarishning
maqsadi va asosiy vazifalarini amalga oshirishda muhim o`ringa egadir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Сахаров, В. Н. (2021). Инновационные финансы и инвестиции: теория и
практика. Москва: Финансы и статистика.
2.
Назаров, Б. Х. (2022). “O‘zbekiston investitsion muhiti va innovatsion rivojlanish
istiqbollari.” Iqtisodiyot va Innovatsiyalar, 4(3), 45–52.
3.
OECD (2020). Innovation Finance and Investment Trends. OECD Publishing.
6
Исмаилов Д.А. Иқтисодиётда инвестиция жараёнларини бошқаришнинг функциялари, мақсади ва вазифалари
“Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. № 4, май, 2012 йил
Xudud investitsiya resurslarini
umumiy hajmiga bo'lgan extiyojni
bashoratlash
Turli manbalar xisobidan
investitsiya resurslarini
shakllantirish
imkoniyatlarini o'rganish
Xududda alohida investitsion dasturlar va
loyihalarning moliyalashtirish usullarini
aniqlash
Investitsion resurslar
shakllantirish manbalari
tuzilishini maqbullashtirish
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_2-to’plam_Iyul-2025
47
ISSN:3030-3613
4.
World Bank (2021). Boosting Innovation in Emerging Markets. Washington, D.C.
5.
Тошматов, А. Р. (2023). “Innovatsion moliyalashtirishda venchur kapital roli.”
Moliyaviy Tahlil Jurnali, 2(1), 12–20.
6.
UNCTAD (2022). World Investment Report: International Tax Reforms and
Sustainable Investment.
7.
Davlat statistika qo‘mitasi (2024). O‘zbekiston investitsion faoliyati statistik
ko‘rsatkichlari.