T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_2-to’plam_Iyul-2025
48
ISSN:3030-3613
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOTINING ASOSIY TARMOQ
VA SOHALARIGA KIRITILGAN INVESTITSIYALARNING
HOLATI VA UNING TAHLILI
Jarilkapova Naubaxar Paraxat qizi
Qoraqalpoq davlat universiteti Iqtisodiyot
fakulteti 4-kurs moliya va moliyaviy
texnologiyalar ta’lim yo’nalishi talabasi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining
asosiy tarmoq va sohalariga jalb qilingan investitsiyalar holati, tarkibi va dinamikasi
batafsil tahlil qilingan. Investitsiyalarning sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, qurilish,
energetika hamda xizmatlar sohasidagi taqsimoti raqamli ma’lumotlar asosida ko‘rib
chiqiladi. Tahlillar asosida investitsion siyosatning ijobiy jihatlari bilan birga mavjud
muammolar, ularni bartaraf etish yo‘llari ham ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, xorijiy
investitsiyalar ulushi, davlat-xususiy sheriklik loyihalari va innovatsion investitsiya
manbalarining ahamiyati yoritilgan. Maqola yakunida investitsion faoliyatni yanada
rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalar berilgan.
Kalit so‘zlar:
Investitsiya
,
investitsion faoliyat
,
tarmoq tahlili
,
xorijiy
investitsiyalar
,
davlat investitsiyalari,
asosiy kapital, davlat-xususiy sheriklik, sanoat
va xizmatlar sohasi
Bozor iqtisodiyotida investitsiyalar iqtisodiy o‘sish va taraqqiyotning asosiy
drayverlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi so‘nggi yillarda keng
qamrovli iqtisodiy islohotlarni amalga oshirib, investitsion muhitni yaxshilashga
alohida e’tibor qaratmoqda. Ushbu maqolada mamlakat iqtisodiyotining yetakchi
tarmoqlari va sohalariga kiritilayotgan investitsiyalarning hozirgi holati, ularning
tarkibiy tuzilmasi, o‘sish sur’atlari va samaradorligi tahlil qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasida 2020–2024-yillar davomida investitsiya hajmi
barqaror o‘sib bormoqda. Ayniqsa, yirik infratuzilmaviy loyihalarga, energetika,
transport va sanoat tarmoqlariga qaratilgan investitsiyalar salmoqli o‘sishga erishdi.
2024-yil yakunlariga ko‘ra, asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 350
trln so‘mdan oshdi. Bu ko‘rsatkichning 40% dan ortig‘i xorijiy investitsiyalar hissasiga
to‘g‘ri keladi.
Asosiy kapitalga investitsiyalar – yangi asosiy fondlarni sotib olish va takror
ishlab chiqarishga yo'naltirilgan xarajatlar majmuini bildiradi. So'nggi 6 yildagi asosiy
kapitalga investitsiyalar hajmi dinamikasi shuni ko'rsatmoqdaki, u deyarli 4 martaga
ko'payib, o'sish tendentsiyasiga ega bo'lmoqda.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_2-to’plam_Iyul-2025
49
ISSN:3030-3613
Asosiy kapitalga investitsiyalarning hajmi dinamikasi
1
, trln. so'm
So'nggi yillardagi ularning o'sish sur'atlarini ko'radigan bo'lsak, 2019 yilgacha
o'sib borgani va 138,1 % ga yetgani, 2020 yilda keskin tushgani – 95,6 % hamda
hozirgi davrgacha yana o'sish tendensiyasiga ega bo'layotganini ko'rish mumkin –
100,9 %.
Asosiy kapitalga investitsiyalar o'sish sur'atlari dinamikasi, % da
Jami investitsiyalar hajmida, markazlashgan moliyalashtirish manbalari
hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi, 2021 yilga
nibatan 3,8 % punktga kamayib, 15,4 % ni yoki 41,5 trln. so'mni tashkil etdi. Mos
ravishda, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 228,4 trln. so'm yoki
jami investitsiyalarning 84,6 % investitsiyalari o'zlashtirilib, 2021 yilga nisbatan 3,8 %
punktga ko'paydi.
Statistik tahlilni o'tkazish maqsadlarida asosiy kapitalga investitsiyalar quyidagi
asosiy kesimlarda shakllanadi: qo'yilma turlari, texnologik, takror ishlab chiqarish
tarkiblari, iqtisodiy faoliyat turlari, moliyalashtirish manbalari bo'yicha.
Yillar kesimida markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan
asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushlari, % da
2
1
https://stat.uz/uz/default/choraklik-natijalar/21516-2022#yanvar-dekabr
2
https://stat.uz/uz/default/choraklik-natijalar/21516-2022#yanvar-dekabr
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_2-to’plam_Iyul-2025
50
ISSN:3030-3613
2022 yil yanvar'-dekabr' oylarida O'zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy
kreditlar hisobidan 15,2 trln. so'm investitsiyalar o'zlashtirilib, 2021 yilga nisbatan 74,9
% ni tashkil etdi. Ularning jami hajmidagi ulushi esa 2,0 % punktga kamayib, 5,6 %
darajasida qayd etildi.
O'zbekiston Respublikasi davlat kafolati ostidagi xorijiy kreditlar hisobidan
amalga oshirilgan investitsiya loyihalari:
Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish;
Samarqand viloyatida turistik markaz qurish;
Sirdaryo viloyati Guliston, Shirin va Yangier shaharlarining kanalizatsiya tizimini
rekonstruktsiya qilish va rivojlantirish;
Texnologik uskunalarni zamonaviylashtirish va aloqa tizimlarini kengaytirish;
Amu-Buxoro irrigatsiya tizimini qayta tiklash;
Toshkent viloyati ichimlik suvi va oqova suv tizimlarini rekonstruktsiya qilish va
qurish (Faza-1);
Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi hisobidan o'zlashtirilgan investitsiyalar hajmi
2,5 trln. so'mni (dollar ekvivalentida 223,6 mln. AQSh dollari) va jami
investitsiyalardagi ulushi 2021 yilning mos davridagi ko'rsatkichga nisbatan 0,3 %
punktga kamayib, 0,9 % ni tashkil etdi. Shuningdek, mazkur jamg'arma hisobidan
moliyalashtirilgan investitsiyalar hajmi 2021 yilga nisbatan 73,5 % ni tashkil etdi.
Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi mablag'lari hisobidan amalga oshirilgan yirik
investitsiya loyihalari:
Quyuv-prokat majmuasini qurish;
Shovot-Qorao'zak temir yo'l liniyasini hamda Amudaryo ustidan o'tuvchi temir
yo'l va avtomobil yo'li qo'shma ko'prigini qurish;
Toshkent shahrida yer usti halqa metropolitenini qurish (II bosqich).
O'zbekiston Respublikasi bo'yicha Respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan
infrastruktura, iqtisodiy va ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo'naltirilgan investitsiyalar
hajmi 2021 yilga nisbatan 84,4 % ni yoki 20,9 trln, so'mni tashkil etdi. Shuningdek,
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_2-to’plam_Iyul-2025
51
ISSN:3030-3613
suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimini rivojlantirish jamg'armasi mablag'lari hisobidan
investitsiyalar 2021 yilga nisbatan 92,0 % ni, 2,9 trln. so'mni tashkil etdi. Ularning jami
investitsiyalardagi ulushi, mos ravishda 0,1 % punktga kamayib, 1,1 % ni tashkil etdi.
Yillar kesimida markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan
asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushlari, % da
Asosiy kapitalga investitsiyalarning statistik hisobi, qo'shimcha qiymat solig'ini
qo'shgan holda, hisobot davrida amaldagi narxlarda, to'lov amalga oshirilgan paytdan
qat'iy nazar, haqiqatda o'zlashtirilgan hajm miqdorida amalga oshiriladi.
Markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga
investitsiyalar, trln. so'm
3
3
https://stat.uz/uz/default/choraklik-natijalar/21516-2022#yanvar-dekabr
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_2-to’plam_Iyul-2025
52
ISSN:3030-3613
2022 yilning yanvar'-dekabr' oylarida korxona va tashkilotlarning o'z mablag'lari
hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar – 84,5 trln. so'm yoki jami
asosiy kapitalga investitsiyalarning 31,3 % ini tashkil etdi.
Bevosita to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar hisobidan moliyalastirilgan
investitsiyalardan O'zbekiston Respublikasi bo'yicha 37,0 trln. so'm, yoki 2021 yilga
nisbatan 1,2 % punktga ko'paygan holda jami ulushi 13,7 % ga teng investitsiyalar
o'zlashtirildi.
Asosiy kapitalga o'zlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari
bo'yicha eng yuqori ko'rsatkichlar va o'sish sur'atlari korxona va tashkilotlarning o'z
mablag'lari hisobiga to'g'ri kelib, 2021 yilga nisbatan 110,6 foizni tashkil etdi.
Kafolatlanmagan va boshqa xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan 60,0 trln.
so'm investitsiyalar o'zlashtirilib, jami asosiy kapitalga investitsiyalar hajmidagi ulushi
22,3 % ni tashkil etdi.
To'g'ridan-to'g'ri va kafolatlanmagan xorijiy kreditlar hisobidan quyidagi yirik
investitsiya loyihalari amalga oshirildi:
Sirdaryo viloyatida quvvati 1500 MVt bo'lgan yangi elektr stantsiyasini qurish;
Sirdaryo viloyatida quvvati 220 MVt bo'lgan gaz-porshenli elektr stantsiyasini
qurish;
2017-2021 yillarda uglevodorod xom ashyosi qazib chiqarish hajmlarini
ko'paytirish bo'yicha Dastur;
2021 2022 yillarda respublika magistral gaz uzatish tizimini modernizatsiya qilish
va samaradorligini oshirish dasturi;
Samarqand viloyatining Nurobod tumanida quvvati 100 MVt bo'lgan quyosh
fotoelektr stantsiyasini qurish;
Buxoro viloyatida quvvati 270 MVt bo'lgan gaz-porshenli elektr stantsiyasini
qurish;
“Mustaqillikning 25 yilligi” konida geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish va
konni o'zlashtirish, gaz-kimyo kompleksini qurish;
Mineral o'g'itlar ishlab chiqarish kompleksini tashkil etish;
Quruq sianid tuzlari ishlab chiqarishni tashkil etish
Shuningdek, tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag'lari hisobidan
moliyalashtirilgan 21,1 trln. so'm (jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 7,8 % ini
tashkil etib, 2021 yilga nisbatan 0,2 % punktga kamayish) asosiy kapitalga
investitsiyalar o'zlashtirildi.
Aholi mablag'lari hisobidan jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 9,5 % i yoki 25,8
trln. so'm o'zlashtirildi. Aholi mablag'lari hisobidan asosan uy-joylar qurish sohasida
investitsiya faoliyati amalga oshirilgan.
Asosiy kapitalga investitsiyalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha tarkibida
qayta ishlash sanoati yetakchilik qilmoqda. Yangi avtomobil' modellarini ishlab
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_2-to’plam_Iyul-2025
53
ISSN:3030-3613
chiqarishni tashkil etish (Oniks, Treker), tsement ishlab chiqarishni kengaytirish (3-
bosqich), texnik gaz ishlab chiqarishni tashkil etish, mineral o'g'itlar ishlab chiqarish
kompleksini tashkil etish, paxta-to'qimachilik va agroklaster tashkil etish kabi yirik
investitsiya loyihalari natijasida ushbu iqtisodiy faoliyat turida jami moliyalashtirish
manbalari hisobidan 76,4 trln. so'm yoki jami asosiy kapitalga kiritilgan
investitsiyalarning 28,3 % i o'zlashtirildi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (2024).
Investitsiya faoliyati bo‘yicha hisobotlar.
2.
Davlat statistika qo‘mitasi (2024). O‘zbekiston Respublikasida investitsiyalarning
asosiy ko‘rsatkichlari.
3.
Xasanov, A. A. (2023). “O‘zbekiston iqtisodiyotida investitsion jarayonlar
rivojining zamonaviy tendensiyalari.” Iqtisodiy tahlil va prognozlash, 3(2), 40–48.
4.
World Bank (2023). Uzbekistan Country Economic Update: Strengthening
Investment Climate.
5.
Karimov, M. T. (2022). “Sanoat tarmoqlariga investitsiyalar oqimi va ularning
samaradorligi.” Moliyaviy-iqtisodiy tadqiqotlar jurnali, 1(4), 56–63.
6.
UNCTAD (2023). World Investment Report: Investing in Sustainable Energy for
All.
7.
OECD (2022). Investment Policy Review of Uzbekistan
.