Mualliflar

  • O‘rinova Moxira Baxromjon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.132743

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: parrandalar go‘shti tuxum broyler zotlar veterinariya talab tovarlilik o‘tkir pichoq qaychi patlar klassifikatsiya.

Annotasiya

Annotatsiya:  Mazkur  maqola  parrandalar  go‘shti  va  tuxumini  veterinariya 
sanitariya  ekspertizasiga  qo‘yiladigan  talablar  bo‘yicha  keng  tarzdagi  ma’lumotlar 
tahlilidan  niborat.  Shuningdek,  tuxumni  tovarliligi  bo‘yicha  klassifikatsiyasigab 
tegishli barcha talablar maqolada o‘z aksini topgan. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

67-son_1-to’plam_Avgust-2025

96

ISSN:3030-3613

PARRANDALAR GO‘SHTI VA TUXUMINING VETERINARIYA

SANITARIYA EKSPERTIZASI

O‘rinova Moxira Baxromjon qizi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi

chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti

Toshkent filiali talabasi

Annotatsiya:

Mazkur maqola parrandalar go‘shti va tuxumini veterinariya

sanitariya ekspertizasiga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha keng tarzdagi ma’lumotlar
tahlilidan niborat. Shuningdek, tuxumni tovarliligi bo‘yicha klassifikatsiyasigab
tegishli barcha talablar maqolada o‘z aksini topgan.

Kalit so’zlar:

parrandalar go‘shti, tuxum, broyler zotlar, veterinariya, talab,

tovarlilik, o‘tkir pichoq, qaychi, patlar, klassifikatsiya.

Odamlar oziq-ovqat balanisida parranda mahsulotlari o‘ziga xos o‘rin tutadi.

Qishloq xo‘jaligida va go‘sht sanoatida parrandachilik yuqori o‘rinda turadi. Go‘sht
uchun boqiladigan va so‘yiladigan parrandalarga quydagilar kiradi. Tovuq, induk,
o‘rdak, g‘oz, va sesarkalar va boshqalar kiradi.

Uy parrandalari o‘zining tez yetiluvchanligi bilan ham boshqa

hayvonlarga nisbatan axamiyatli, uy tovuqlari 2-3 oyligida so‘yish darajasidagi
semizlikka ega bo‘ladi. Hozirgi kunda tovuqlarni tez yetiluvchan broyler zotlari
(“Ross-308”, “Ross-708”) boqilmoqdaki 28-30 kunda so‘yish (900 gr-1200 gr)
darajasidagi semizlikka yetkazilmoqda. Uy parrandalari go‘shti ta’mi va mazzasi bilan
baholanadi. Go‘shtining tarkibi boshqa so‘yiladigan hayvonlar go‘shtiga nisbatan
dag‘al biriktiruvchi to‘qimasining kamligi, muskul to‘qimasining nozikligi, bundan
tashqari odam organizimida yengil va tez xazm bo‘lishi bilan farqlanadi.

Tovuq muskuli to‘qimalari tarkibida oqsilning miqdori 24% gacha,

almashtirilmaydigan aminokislatalar foizi ham ko‘p, to‘yinmagan oqsillar to‘yingan
oqsillarga

nisbatan

7%

ni, qoramol

go‘shtida

esa

bu

ko‘rsatkich

15-20 % tashkil etadi. Parrandalar go‘shti hayvonlar go‘shtidan morfologik tarkibiga
ko‘ra suyaklarining yengil bo‘lishi, ingichkaligi va nozikligi hamda juda qattiqligi
bilan farq qiladi.

Parrandalar skeletiga bosh suyagi, umurtqalar, ko‘krak qismi, tos qismi,

qanotlari va oyoq suyaklari kiradi. Umurtqalari bir-biriga qo‘shilgan va birlashgan.
Naysimon suyaklarining ichki qismi bo‘shliqdan tashkil topgan bo‘lib, ichida ilik
bo‘lmaydi, balki havo bilan to‘lgan bo‘ladi. Shuning uchun parrandalar uchish
qobilyatiga ega. Tirik vazniga nisbatan parrandalar suyagi 14 % tashkil etadi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

67-son_1-to’plam_Avgust-2025

97

ISSN:3030-3613

Parrandalarni so‘yish va tanasini qayta ishlash ishlari quyidagi

jarayonlardan iborat:

Xushsizlantirish elektr toki yordamida.
Qonsizlantirish.
Patlardan tozalash va yuvish.
Ichki organlarini chiqarib olish.
Tanasini tozaligi va semizlik darajasidan kelib chiqib kategoriyalarga ajratish.
So‘yilishdan oldin parrandalar 12-13 soat och qoldiriladi.
Parrandalrni hushsizlantirish - elektr toki ta’sirida amalga oshiriladi. Bunda

hushsizlantirish uchun 24 amper kuchli elektr tokini 6-12 sekund davomida ta’sir
qildiriladi.

Qonsizlantirish - ikki xil usulda bajariladi; ichki va tashqi.
Ichki qonsizlantirish - o‘tkir pichoq yoki qaychi yordamida bajariladi. Buning

uchun tovuqni quloq suprasini chap qo‘l bilan qisib og‘zi ochiladi va o‘tkir pichoq
bilan tanglayini shilliq pardasi ostida joylashgan bo‘yinturuq vena tomirini ko‘prik
vena tomiri bilan birlashgan joyi kesiladi. Undan keyin esa pichoq chiqarilmasdan
miyachaning oldingi bo‘limiga sanchiladi.

Tashqi qonsizlantirish - bunda terini 2-3- bo‘yin umurtqalari to‘g‘risidan kesilib,

bo‘yinturuq venasini ko‘prigi venasi bilan birlashgan joyi va uyqu arteriyasi kesiladi.
Qonsizlashtirish tovuq, induk, sesarkalarda 1.5-2 daqiqa, o‘rdak va g‘ozlarda 3
daqiqa davom etadi. Qonsizlashtirish davomida parrandalar tana og‘irligiga nisbatan
3.5-4% qonini yo‘qotadi.

So‘yilgan parrandalar tanasini pari va patidan tozalash - uchun ularni 53-55`C

li issiq suv solingan tog‘aralarga 25-30 sekund botirib olinadi va parlari tozalanadi.
Patlarini maxsus mashinalarda, qo‘lda yoki parafin eritmasiga 2-3 marta solib olib,
undan keyin 4`C vannaga botirish orqali hosil bo‘lgan qobiqni patlar bilan ajratib olish
orqali amalga oshiriladi. 53-55`C li issiq suvli vannani suvi tez-tez almashtirilishi talab
etiladi. Tana par va patlardan tozalangandan so‘ng yuviladi. Bunda og‘iz bo‘shlig‘idagi
qotgan qonlari, oyog‘i va tanasi yaxshilab yuvib tozalanadi. Organlarni tanadan
chiqarish - bu jarayon ikki usulda olib boriladi: chala va to‘lig‘icha.

Chala usulda - organlarni chiqarib olishda tovuqni orqa chiqaruv teshigi

(kloakasi) atrofidan aylanasiga kesilib, undan so‘ng 3-4 sm kloakadan qorin devori
kesiladi. Hosil bo‘lgan kesikdan kloaka va ichaklari chiqarib olinadi

To‘liq usulda - esa boshi,oyoqlari hamda kloaka va ichki organlari hamda

qizilo‘ngach va jig‘ildon ham ajratib olinadi. Veterinariya sanitariya ko‘rigidan
o‘tkazilgunga qadar chiqarilgan organlar tana bilan tabiy birlashgan holda qoldirilib
keyin ajratiladi. Keyin go‘shtga ko‘rinish berish maqsadida qanotlari, boshi tanani yon
qismiga, oyoqlari to‘sh suyagi qismiga joylashtirilib sovutish xonasiga o‘tkaziladi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

67-son_1-to’plam_Avgust-2025

98

ISSN:3030-3613

Undan keyin tana semizligiga va asosan patlardan tozalanganligi hamda qonsizlanish
darajasiga ko‘ra parranda go‘shti 1va 2 kategoriyalarga ajratiladi.

Parranda go‘shti kategoriyalarga ajratilgandan so‘ng oyoqlarini pastki qismiga

yorliq yopishtiriladi. Bunda 1 kategoriyaga binafsha, 2 kategiriyaga yashil rangdagi
yorliq yopishtirilib sotishga chiqariladi. Sotuvga parranda go‘shti sovutigan,
yaxlatilgan va muzlatilgan holatlarda chiqariladi. Tez sotishga mo‘ljalllangan go‘shtlar
sovutilgan holda bo‘lib 0 `C dan +2`C haroratdagi maxsus kamerada 5 sutkagacha
saqlanadi. Parrandalarni go‘shtini uzoq muddat saqlash uchun -18`C kamerada
muzlatiladi. Muzlatish tusht go‘shtini chuqur qatlamida harorat -6`C gacha yetganda
to‘xtatiladi. Bunday go‘sht yashiklarda -12`C li kameralarda 12 oygacha saqlanadi.

Parrandalarni mexanizatsiyalashtirilgan go‘sht korxonalarida so‘yilganda,

istemolga yaroqsiz qismlari (boshi, tirnoqlari, ichak, taloq, o‘pka, qon va nam patlari)
qayta ishlanib oziqa tayyorlanadi. Agar tirik og‘irligi 1.5 kg bo‘lgan 24000 bosh tovuq
so‘yilsa ulardan quyidagicha qayta ishlash mahsulotlari chiqadi: 1.2 t qon, tirnoq va
boshi birgalikda 5.7 t, 5.4 t nam patlar, ularning umumiy miqdori 12.3 t. Bu mahsulotlar
to‘liq qayta ishlansa 3.4 t qimmatbaho go‘sht-suyak uni olinadi.

Parranda go‘shtini veterinariya sanitariya ekspertizasi:

Parrandalar go‘shti

tanasini veterinariya sanitariya ekspertizasidan o‘tkazishda quydagilarga e’tibor
beriladi. Tanani qonsizlanish darajasiga, tana va ichki organlardagi patologoanatomik
o‘zgarishlarga etibor beriladi. Yaxshi qonsizlangan tana och - sarg‘ich rangda
ko‘rinadi, tana yaxshi qonsizlanmasa ko‘kimtir yoki qizg‘ish rangda bo‘ladi. Yaxshi
qonsizlanmagan tanani tekshirishga yuboriladi. Keyin tanani par va patlardan
tozalanganligiga, tabiy bo‘shliqlar va teshiklarga, tojini rangiga va tanani tashqi tarafi
o‘zgarishlariga e’tibor beriladi. Agar tana oriq bo‘lsa, muskullarni yog‘ to‘planishi
joylarida shishlar bo‘lsa yoki quruq bo‘lsa va muskul to‘qimasi xamda tovuq tojida
ko‘karish bo‘lsa, unda butun organlar bilan tanani texnik utilizatsiya qilinadi. Organlar
va tanada yuqumli kasalliklarga xos belgilar aniqlansa, unda laboratoriya tekshiruviga
jo‘natiladi

Tuxumni veterinariya sanitariya ekspertizasi:

Tuxumni tuzilishi. Tuxum 3 ta

asosiy qismdan iborat: oqsil (54-60% ), tuxum sarig‘i (28-32 %) va qobiq va qobiq osti
pardasi (11-14 %).

Tuxum qobig‘i - Oxaklashgan qobiq bo‘lib, tarkibini 90% ni kalsif karbonat va

fosfor, hamda magniy fosfat tashkil qiladi. Uning rangi parrandaning turi va zotiga
bog‘liq. Tuxumning rangi tuxum yo‘nalishli zotlarda sarg‘ichroq- malla rangacha
bo‘ladi. Qobiqda bir qancha ko‘zga ko‘rinmas teshikchalar bo‘lib, ular orqali havo
almashinish bo‘ladi va namlik tashqariga chiqariladi, lekin ular orqali tuxumni ichiga
har xil mikroorganizmlar ham kirishi mumkun. Tuxumni pastki qismida havo kamerasi
bo‘lib, po‘stloqni shu qismida teshikchalar yanada ko‘proqni tashkil qiladi. Po‘stloqni
ichida joylashgan havo kamerasi, tuxum qo‘yilib sovugan vaqtida, ichidagi namlikni


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

67-son_1-to’plam_Avgust-2025

99

ISSN:3030-3613

parlanishi natijasida hosil bo‘ladi. Havo kamerasi tuxumni saqlanishiga qarab
kattalasha boradi, bu ko‘rsatgich tuxumni yangiligini aniqlashda yana bitta ko‘rsatgich
hisoblanadi.

Tuxum oqsili:

Tuxumni asosiy istemol qilinadigan qismi. U to‘rt

qavatdan iborat. Ichki ohirgi chegara qavati ma’lum vaqt tuxum sarig‘ini markazda
ushlab turadi. Tuxumni saqlash vaqtida tuxum oqsilini qattiq qavati halaz yemirilib,
chegara qavati kuchsizlanadi, natijada tuxum sarig‘i sekinlik bilan oqsil bilan aralashib
boshlaydi va tuxum po‘stlog‘iga yaqinlashadi (bu qurush). Bu ko‘rsatgich ham
tuxumni yangiligini va sifat ko‘rsatgichlarini asosiy belgilarini bildiradi. Ya’ni tuxum
oqsilini pH 7,2-7,6 bo‘lib, saqlash davomida 8,2 gacha oshadi. Bunday muhit chirish
mikroflorasini rivojlanishiga yaxshi sharoit yaratadi.

Tuxum sarig‘i - yaltiroq qobiqga o‘ralgan sharsimon formaga ega bo‘lgan

quyuq bo‘tqa, rangi oqimtir sariqdan, qoramtir sarg‘ichgacha bo‘lib, rangining bunday
o‘zgarishi ozuqa orqali tushadigan karatinoidni uning tarkibida bo‘lishligi. Tuxum
sarig‘i och va qoramtir qavatlardan iborat. markazi oqimtir sariq butqa bilan to‘lgan.
Sariqlikda embrion diski joylashgan bo‘lib otalangan tuxumda u kattaligi 3- 5 mm
oqimtir disk shaklida, otalanmagan tuxumda razmeri kichik bo‘ladi. Yangi tuxumni
sarig‘ida muhit kislatali (pH 4,8-5,2) bo‘ladi.

Tuxumni tavarliligi bo‘yicha klassifikatsiyasi: s

aqlanish muddatiga qarab

tuxum 2 xil bo‘ladi. Parxez va oshxona.

Parxez tuxum - navlarga ajratilgandan so‘ng, 7 kun saqlangan tuxum

hisoblanadi.

Oshxona tuxumi - ajratilgandan keyin 25 kungacha saqlangan tuxum.

Sovutgichda minus -1-20 da tuxumlar 120 kungacha saqlanishi mumkun. Tuxumni
navlarga ajratish tug‘ulgandan 1 kundan keyin boshlanadi. Parxez va oshxona
tuxumlari og‘irligiga qarab 3 toifaga bo‘linadi.

saralangan 65 gr
birinchi 55 gr
ikkinchi 45 gr og‘irlikka ega bo‘lganlar.
Davlat standarti bo‘yicha sotishga chiqariladigan parxez va oshxona tuxumlari

po‘stlog‘i toza va butun, qon va axlat bilan ifloslanmagan bo‘lishi lozim. Parxez tuxum
po‘stlog‘ida bitta dog‘ yoki chiziq, oshxona tuxumida esa po‘stloqni 8/1 qismida dog‘
bo‘lishi mumkun. Tuxumlarni navlarga ajratishda parxez tuxumiga qizil rangda 1;2 00
muhri, oshxona tuxumiga 1;2; 00 muhri ko‘k rangda bosiladi. Bunda 0 saralangan, 1-
birinchi va 2-ikkinchi toifalarni ko‘rsatadi.

Tuxumni veterinariya sanitariya ekspertizasi: s

otishga, qayta ishlashga yoki

saqlanishga olib kelingan har bir partiya tuxum ekspertizadan o‘tkazilishi lozim. Olib
kelingan partiyada tuxumni sifati va xo‘jalikni kasalliklardan tozaligi to‘g‘risida
pasporti yoki veterinariya guvohnomasi bo‘lishi kerak, aks holda tuxumlar 1000 C


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

67-son_1-to’plam_Avgust-2025

100

ISSN:3030-3613

haroratda 13 daqiqa qaynatiladi. Ekspertiza vaqtida tuxumni tozaligi, rangi va
po‘stlog‘ini butunligi aniqlanadi. Ovoskop apparati yordamida esa havo kamerasini
kattaligi va oqsil hamda sariqlikni holati aniqlanadi. Og‘irligi 45 gr dan kam bo‘lgan
tovuq tuxumlari sotishga chiqarilmaydi, xolati va sifati yaxshi bo‘lishiga qaramay.

Standart talablariga to‘g‘ri kelmaydigan tuxumlarda quyidagi kamchiliklar

bo‘ladi. Ichi aralashgan - kam miqdorda sarig‘i bilan oqsilni aralashgani

kichik dog‘li,- ichida bir nechta harakatsiz kichik dog‘lari bor, ular 8/1 ichki

qismini egallaydi. Qurib qotgan- bunday tuxumning sarig‘i qobiqqa yopishib, qotib
qurigan lekin mog‘orlamagan bo‘ladi. Bunday kamchiligi bo‘lgan tuxum ham umumiy
ovqatlanishiga chiqariladi yoki qayta ishlashga jo‘natiladi.

Oziq-ovqat uchun ishlatilmaydigan tuxumlar quyidagi kamchiliklari uchun.
Tumak - ichi qoramtir tiniq bo‘lmagan tuxum.
Krasyuk - oqi sarig‘iga butunlay aralashib ketgan tuxum.
Qonli halqa- sarig‘i yuzasida yoki oqi yuzasida har xil shakldagi qonli tomirlar

bo‘lgan tuxum.

katta dog‘ - ichida harakatsiz bir nechta katta dog‘lari bo‘lgan tuxum
Palog‘da - inkubatorlarrdan chiqarilgan urug‘lanmagan tuxum.
Bunday kamchiligi bo‘lgan tuxumlar texnik o‘tilizatsiya qilinadi.
Agar xo‘jalikda yuqumli kasalliklar aniqlansa, quyidagi tartibda tuxumlar

ishlatiladi. Tovuqlarda botilizm aniqlansa, unda tuxum ishlatilmaydi, yo‘qotiladi.

tez va o‘tkir kechadigan kasalliklar - pasterellyoz, leykoz, marika, leptospiroz va

boshqalar uchraganda tuxum qaynatilib xo‘jalik ichida ishlatiladi.

Tuberkullyoz, psevdatuberkullyoz, salmonellyoz, kolebakterioz, streptokokk,

stafilakok va boshqa kasalliklarda tuxum qayta ishlash va kondetir mahsulotlari uchun
ishlatiladi. Chechak va ornitozda - tuxum tarkibidagi 3 % aktiv xlori bo‘lgan ohakli
eritmaga 30 minut solinib dezinfeksiya qilinadi keyin sotishga chiqariladi. Yuqumli
kasalliklardan faqat mokoplazmoz va yuqumli laringatraxiyat kasalligida olingan
tuxumlar erkin chiqarishga ruhsat etiladi.

Tuxumlarni qaynatish kerak bo‘lganda ularni 13 min davomida qaynatiladi.

O‘rdak va g‘oz tuxumlarini sotishga ruxsat etilmaydi, ularni faqat non va konditer
sexlarida ishlatish mumkin.

Umuman parranda go‘shti va tuxumini iste’mol qilishdan oldin unda tegishli

bo‘lgan yuqorida keltirilgan barcha ma’lumotlarni bilishimiz va unga amal qilishimiz
lozim bo‘ladi. Bu esa har birimizni o‘z sog‘ligimizga befarq bo‘lmaslikka chorlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Mavlyanov M.T. Chorvachilik xo`jaliklarida ishlab chiqarishni tashkil etishda
ko`p omilli optimallashtirish usullari. Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot. 2025 –yil
17-18-aprel. Maxsus son. №5.

2.

S.M.Murodov. Veterinariya -sanitariya ekspertizasi. Darslik. Samarqand 2006.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

67-son_1-to’plam_Avgust-2025

101

ISSN:3030-3613

3.

Ibragimov F.B. va boshqalar. “Veterinariya sanitariya ekspertizasi” fani o‘quv
uslubiy majmuasi. T-2024.

4.

O‘rinova M.B. Yuqumli kasalliklarda veterinariya-sanitariya ekspertizasi.
Oбразование наука и инновационные идеи в мире. Vol. 71 No. 1 (2025) №-
71|Часть-1.

5.

T. To‘xtayev, A. Shomurodov. “Veterinariya xizmatlarining samaradorlik
tahlili”. Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti jurnali. T. 2021.

6.

O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish
qo‘mitasi rasmiy sayti: www.vetgov.uz


Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar

Mavlyanov M.T. Chorvachilik xo`jaliklarida ishlab chiqarishni tashkil etishda

ko`p omilli optimallashtirish usullari. Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot. 2025 –yil

-18-aprel. Maxsus son. №5.

S.M.Murodov. Veterinariya -sanitariya ekspertizasi. Darslik. Samarqand 2006.

Ibragimov F.B. va boshqalar. “Veterinariya sanitariya ekspertizasi” fani o‘quv

uslubiy majmuasi. T-2024.

O‘rinova M.B. Yuqumli kasalliklarda veterinariya-sanitariya ekspertizasi.

Oбразование наука и инновационные идеи в мире. Vol. 71 No. 1 (2025) №-

|Часть-1.

T. To‘xtayev, A. Shomurodov. “Veterinariya xizmatlarining samaradorlik

tahlili”. Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti jurnali. T. 2021.

O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish

qo‘mitasi rasmiy sayti: www.vetgov.uz