Mualliflar

  • Ergesheva Farangiz Ravshan qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.132752

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlari:Atopik dermatit allergik kasalliklar terining yallig‘lanishi genetik omil immun tizimi davolash klinik belgilar qichishish terining qurishi.

Annotasiya

Annotatsiya-Ushbu maqolada bolalarda keng tarqalgan surunkali allergik teri 
kasalliklaridan biri- Atopik dermatitning sabablari, etiologiyasi, patogenezi, laborator 
tekshiruvlar,klinik ko‘rinishlari va davolash usullari yoritib berilgan.Maqolada Atopik 
dermatitni erta aniqlash va kasallikning zamonaviy davolash yondashuvlariga alohida 
e’tibor qaratilgan. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

67-son_1-to’plam_Avgust-2025

38

ISSN:3030-3613

BOLALARDA ATOPIK DERMATIT:SABABLARI, KLINIKASI VA

DAVOLASH USULLARI.

Ism familiya:

Ergesheva Farangiz Ravshan qizi

O’qish joyi:Alfraganus University

Email:

fergasheva07@gmail.com


Annotatsiya-

Ushbu maqolada bolalarda keng tarqalgan surunkali allergik teri

kasalliklaridan biri- Atopik dermatitning sabablari, etiologiyasi, patogenezi, laborator
tekshiruvlar,klinik ko‘rinishlari va davolash usullari yoritib berilgan.Maqolada Atopik
dermatitni erta aniqlash va kasallikning zamonaviy davolash yondashuvlariga alohida
e’tibor qaratilgan.

Kalit so’zlari:

Atopik dermatit, allergik kasalliklar, terining yallig‘lanishi,

genetik omil, immun tizimi, davolash, klinik belgilar, qichishish, terining qurishi.

Kirish:

Atopik dermatit-bu surunkali allergik teri kasalligi bo’lib,qichishish,teri

yallig’lanishi va davriy kuchayishlar bilan kechadi.Odatda hayotining birinchi
yilidayoq boshlanadi va yoshga qarab turlicha klinik belgilarga ega bo’ladi.Bu kasallik
bolalarda terining allergik shikastlanishlari orasida yetakchi o’rinda turadi.Kasallikga
e’tibor va to’g’ri parvarish talab qilinadi.

Kasallikning Etiologiyasi:

Atopik dermatitning rivojlanishiga quyidagi asosiy omillar ishtirok etadi:
1.Genetik moyillik- Ota-onasi yoki yaqin qarimdoshlarida allergik kasalliklar

bo‘lgan bolalarda atopik dermatit rivojlanish xavfi 60-80 % ga yetadi.

2. Immun tizimining buzilishi-T limfositlar faolligining oshishi, IgE-(ya’ni

Immunoglobulin E-organizmda allergik reaksiyalarda asosiy ro‘l o‘ynaydigan antitana
hisoblanadi).IgE darajasinining ko‘tarilishi va sitokinlar muvozanatining buzilishi
kasallikni keltirib chiqaradi.

3.Atrof – muhit omillari - Chang, hayvon juni, sovuq iqlim, oziq-ovqat,

allergenlari (sut, tuxum, shokolad) kasallikni kuchaytiradi.

4.Teri to‘siq funksiyasining zaiflashuvi-Terining quruqligi, namlik yo‘qolishi

va mikroblarga oson kirish imkoniyati kasallikning rivojlanishi olib keladi.

5.Psixologik stress- Bolalarda ruhiy holat, uyqu yetishmasligi, stress kasallikni

kuchaytiradi.

Kasallikning Patogenezi:

Atopik dermatit patogenezi asosan immun va neyroendokrin mexanizmlar bilan

bog‘liq.Tashqi allergenlar ta’sirida T-limfositlar faollashadi, IgE ishlab chiqarilishi
ortadi va yallig‘lanish jarayonlari boshlanadi. Shu bilan birga teri himoya funksiyasi


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

67-son_1-to’plam_Avgust-2025

39

ISSN:3030-3613

pasayadi. Natijada; terining quruqligi, yorilishi, ikkilamchi infeksiyalar bilan
murakkablanishiga olib keladi.

Klinik belgilari:

1.Emizikli yosh (0-2 yosh):
-Yuzda ( peshona, yanoq),bosh terisida qizil,ho‘l toshmalar.
-Teri shishgan , qizargan, qichishadi.
-Bola bezovta bo‘ladi va uyqusi buziladi.
2.Bog‘cha yoshi (2-7 yosh):
-Tirsak, tizza bog‘imlarining bukiluvchi yuzalarida toshmalar bo’ladi.
-Teri yog‘onlashgan va quruq bo’ladi.
-Qichishish kuchli,kechasi avj oladi.
3Maktab yoshi va o‘smirlarda:
- Bo‘yin, qo‘l, oyoq,orqa sohalarida surunkali toshmalar.
-Teri yoriladi, qichiydi, ikkilamchi infeksiyalar qo‘shilishi mumkin.
Laborator tekshiruvlar;
1. Umumiy qon tahlili; Eozinofillarning ko‘payishi kuzatiladi.
2. IgE miqdorini aniqlash; Allergik holatni baholaydi. IgE yuqori bo‘lsa, atopik

kasallik ehtimoli katta.

3.Mikroskopiya – Ikkilamchi infeksiyalangan holatlarda, qo‘ziqorin yoki

bakterial infeksiyani aniqlash uchun kerak bo‘ladi.

Davolash usullari:

1. Gigiyenik parvarish zarur bo‘ladi. Maxsus sovunlar va shampunlar.

Namlantiruvchi kremlar, gellar va malhamlar kuniga 2-3 marta qichishishni
kamaytirish va terini namlash uchun vositalar.

2. Dori vositalari; Antigistamin, antiallergik, yallig‘lanishga qarshi va

dezintoksikatsion vositalar qo‘llaniladi.

3. Yallig‘lanishni oldini olish uchun dezinfeksiyalovchi va yallig‘lanishga

qarshi preparatlar.

Atopik dermatitni oldini olish uchun- Allergenlar bilan aloqadan saqlanish;
Gipoallergen parhezga rioya qilish.
Kiyim- kechak gigiyenasiga rioya qilish zarur.
Uyingizda va xonada chang va hayvon juni kabi allergenlar bo‘lmasligi kerak.
Xonani har kuni namlik va shomollatish rejimi bo’lishi zarur.
Bola ruhiy holatin saqlash, yetarli uxlash va asabiy holatlardan himoyalash

kasallikning avj olishini oldini oladi.

Parhez: Bola sut mahsulotlari, tuxum, shokolad, qizil mevalar, gazli ichimliklar,

qadoqlangan ovqatlardan butunlay cheklanish zarur. Emizikli bolalarda-ona o‘zi
parhez qilishi zarur, chunki allergenlar ona sutiga o’tadi.

Asoratlari :


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

67-son_1-to’plam_Avgust-2025

40

ISSN:3030-3613

Agar Atopik dermatit vaqtida va to‘g‘ri davolanmasa, quyidagi asoratlar

rivojlanishi mumkin;

-Teri infeksiyalari; Streptokokk, Stafilokokk infeksiyalari.
-Bronxial astma, allergik rinit.
-Uyqu buzilishi, nevrotik holatlar.
Atopik dermatit ichki organlar bilan bog‘liq jiddiy muomolarga olib kelishi

mumkin.Tegishli davolanishsiz bu kasallik asab tizimi, ovqat hazm qilish va nafas
yo‘llariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Xulosa:

Atopik dermatit bolalar orasida keng tarqalgan, murakkab immun allergik

kasallik bo‘lib, erta aniqlansa va to‘g‘ri davolansa, to‘liq nazorat ostiga olinishi
mumkin. Teri parvarishiga rioya qilish, allergenlardan himoyalanish va to‘g‘ri
davolanish bolaning hayot sifatini sezirarli darajada yaxshilaydi.Atopik dermatitning
erta bosqichlarda aniqlanishi yoshga mos klinik belgilarni to‘g‘ri talqin qilish va
individual yondashuv asosida davolash choralari kasallik kechishini yengillashtirish,
assoratlarning oldini olish imkonini beradi. Maxsus gipoallergen parhez, gigiyenik
parvarish kerak bo‘lganda dorivor terapiyani o‘z ichiga olgan kompleks davolash
yondashuvi eng samarali hisoblanadi. Shuningdek, kasallikni nazorat ostida ushlab
turish va qaytalanishi oldini olishda oilaviy gigiyena, uy muhitini tozaligi, bolaning
ruhiy barqarorligini va to‘g‘ri ovqatlanishi muhim ahamiyatga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Mamajonova M.M.-“Teri va venerik kasalliklar”.-Toshkent: TTA, 2019.

2.

Yuldasheva A.Y. “Allergik kasalliklar klinikasi va davosi”.-Toshkent, 2022.

3.

Ibodullaeva Z.M. “Bola Dermatologiyasi”-Toshkent, 2021.

4.

Saidova M. “Klinik Dermatologiyasi asoslari”- Toshkent, 2020.

5.

Mirzayeva S. Pediatriya amaliyoti- Toshkent: O‘zbekiston Tibbiyot Akademiyasi
, 2020.

6.

Toirova D.X. “Bolalarda atopik dermatitni zamonaviy davolash yondashuvlari”-
Toshkent Pediatriya insituti, 2023.

7.

Qodirov M./ Karimova Z.-“Bolalarda keng tarqalgan kasalliklar”. –Toshkent ,
2018.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

Mamajonova M.M.-“Teri va venerik kasalliklar”.-Toshkent: TTA, 2019.

Yuldasheva A.Y. “Allergik kasalliklar klinikasi va davosi”.-Toshkent, 2022.

Ibodullaeva Z.M. “Bola Dermatologiyasi”-Toshkent, 2021.

Saidova M. “Klinik Dermatologiyasi asoslari”- Toshkent, 2020.

Mirzayeva S. Pediatriya amaliyoti- Toshkent: O‘zbekiston Tibbiyot Akademiyasi

, 2020.

Toirova D.X. “Bolalarda atopik dermatitni zamonaviy davolash yondashuvlari”-

Toshkent Pediatriya insituti, 2023.

Qodirov M./ Karimova Z.-“Bolalarda keng tarqalgan kasalliklar”. –Toshkent ,