T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_1-to’plam_Aprel-2025
303
ISSN:3030-3613
“ALALIYA: BOLALAR NUTQIY RIVOJLANISHIDAGI SIRLI TO‘SIQ”
Ibragimova Durdona Dilmurod qizi
Alfraganus Nodavlat Universiteti
Maxsus pedagogika yo’nalishi 1-bosqich talabasi.
Utbasarova Umida
Alfraganus Nodavlat Universiteti
Maxsus pedagogika kafedrasi o’qituvchisi.
durdonaibragimova873@gmail.com
Annotasiya:
Alaliya – bu bolalarda nutqning rivojlanishi kechikishi yoki to‘liq
yo‘qligi bilan tavsiflanadigan nevrologik buzilishdir. Ushbu maqolada alaliyaning
turlari, sabablari, tashxis qo‘yish usullari va samarali davolash usullari haqida batafsil
ma’lumot beriladi.
Kalit so’zlar:
alaliya, nutq rivojlanishi, nevrologik buzilish, nutq terapiyasi,
miyofunksional terapiya.
Аннотация:
Алалия - это неврологическое нарушение, характеризующееся
задержкой или полным отсутствием развития речи у детей. В данной статье
подробно рассматриваются виды алалии, её причины, методы диагностики и
эффективные способы лечения.
Ключевые слова:
алалия, развитие речи, неврологическое нарушение,
логотерапия, миофункциональная терапия.
Abstract:
Alalia is a neurological disorder in children characterized by a delay
or complete absence of speech development. This article provides detailed information
about the types of alalia, its causes, diagnostic methods, and effective treatment
approaches.
Keywords:
alalia, speech development, neurological disorder, speech therapy,
myofunctional therapy.
Kirish
Alaliya (grekcha a – yo‘q, lali – nutq, gapiraman) – umumiy nutq
rivojlanishining kattagina kamchiligi, fiziologik eshitish qobiliyati saqlangan holda
gapira olmaslik, soqov bo‘lish. Bu nuqson nutqning batamom yo‘qligi yoki uning kam
taraqqiy etganligi bilan xarakterlanadi. Olimlarning ta’kidlashicha, alaliya bosh
miyaning chap sharidagi nutqni idora etuvchi zonalarning homiladorlik davrida yoki
bolaning ilk yoshida jarohatlanishi, kam taraqqiy etganligi natijasida vujudga keladi,
analizatorlarning faoliyati sekinlashadi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_1-to’plam_Aprel-2025
304
ISSN:3030-3613
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, alalik bolalarning ba’zilarida jismoniy va aqliy
rivojlanishi ham sekinlashadi. Bu hol ularni boshqa kamchiliklar bor bolalardan ajratib
olishda qiyinchiliklarni tug‘diradi.
Alalik bolalarda aqliy va boshqa kamchiliklar ikkilamchi hodisa sifatida vujudga
keladi.
Bordiyu, alaliya barham topib, nutq tiklanadigan bo‘lsa, ulardagi ikkilamchi
hodisalar kamayadi yoki batamom yo‘qolib ketadi. Maktabgacha yoshdagi alalik bola-
larga maxsus nutq bog‘chalarida o‘z vaqtida to‘g‘ri yordam berib, tegishli choralar
ko‘rilsa, ular ommaviy maktabning birinchi sinfidan boshlab dastur materiallarini
o‘zlashtirishi va keyinchalik oliy o‘quv yurtlarida ham o‘qishini davom ettirishlari
mumkin.
Gapira olmaslik serjahllikka, odamlarga aralashmaslik, parishonxotirlikka,
ruhan qiynalish va boshqa noxush fazilatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lishi
mumkin. Alalik bola gapirishni istamaydi, bunga qiziqmaydi. O‘z istaklarini
bildirishda imo-ishoralardan keng foydalanadi, 4–5 yashar bola 1–2 yashar bolaga
o‘xshab, so‘zlarni chala, o‘zgacha, qisqartirib talaffuz etadi (ashsha, umma, bi-bi),
undovlarni keng ishlatadi.Ayrim alalik bolalar bidirlaydi, tovush va tovush
birikmalarini ongsiz sur’atda avtomatik ravishda talaffuz etadi, exilogiya (aks-sado
nutqi) kuzatiladi, ularning lug‘ati nihoyatda kambag‘al, agrammatik bo‘ladi.
Alalik bolalarning butun nutq sistemasi, ya’ni barcha tomonlfonetik-fonematik,
leksik va grammatik komponentlari rivojlanmagan bo‘ladi. Shartli ravishda alaliyani
motor va sensor turga bo‘lish mumkin. Biroq alaliya ning sof holdagi bir turi
amaliyotda kamdan-kam kuzatiladi. Motor-sensor yoki senso-motor turlari ko‘proq
uchrab turadi. Motor alaliyada nutq a’zolarini harakatga keltiruvchi analizator
jarohatlanganligi tufayli bola o‘zi gapira olmaydi, lekin atrofdagilar nutqini eshitadi va
tushunadi.
Sensor alaliyada esa nutqini idrok etish analizatorlarining faoliyati buzilganligi
tufayli, bolaning nutq apparati yaxshi rivojlangan bo‘lsa ham, u ga-pirmaydi.
Kar-soqov bolalarning fiziologik eshituv layoqati rivojlanmaganligi tufayli ular
nutqdan boshqa tovushlarni ham eshitmaydilar, ularning ovozi yo‘q yoki nihoyatda
past bo‘ladi. Alalik bolalarda esa ovoz kuchli bo‘lib, ular imo-ishora qilganlarida
ma’lum tovush yoki tovush birikmalarini jarangli ovoz bilan aytadilar.
Kar-soqov bolalarning qulog‘idagi, jumladan quloq ichida joylashgan
vestibulator apparatidagi nuqsonlar ularning umumiy yurish-turishi, qadam tashlashiga
ta’sir etsa, alalik bolalarda bunday kamchiliklar kuzatilmaydi.
Qulog‘i og‘ir bolalar ovozlarni umuman eshitmaydigan yoki kam eshitadigan bo‘lsa,
alalik bolalar nutqda tashqari tovushlarni yaxshi eshitadi. Alalikning ovozi
jaranglagan, tiniq; qulog‘i og‘ir bolalarning ovozi esa jarangsiz, kuchsiz bo‘ladi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_1-to’plam_Aprel-2025
305
ISSN:3030-3613
Alalik ko‘p hollarda umuman gapirmaydi, qulog‘i og‘ir bola esa o‘z faoliyatida
nutqdan foydalanadi. Albatta, qulog‘i og‘ir bola nutqi o‘zgacha grammatik qoidalarga
to‘g‘ri kelmaydigan, ko‘p xatoli bo‘lsa ham, bola o‘z fikrini nutq orqali bayon etishga
harakat qiladi. Alalik bolalar oligofren bolalardan o‘zining ongi, idrokliligi bilan ajralib
turadi. Ular o‘zini atrof-muhitga muvofiqlashtirib, mos ravishda, ya’ni adekvat
tutsalar, oligofren soqov bolalar nihoyatda og‘ir, ongsiz bo‘ladi. Alaliyani og‘ir
asabiy-ruhiy shikastlanishlar natijasida paydo bo‘lgan vaqtincha so‘qovlik –
mutizmdan ham ajrata bilish kerak.
Qattiq qo‘rqish, hayajonlanish natijasida bola 3–4 kun gapir-masligi mumkin.
Biroq bu hol vaqtincha bo‘lib,keyinchalik bola yana gapirib ketadi. Ayrim kar-soqov
ota-onalarning kichik yoshdagi bolalarida kuzatiladigan soqovlik ham alaliyadan
keskin farq qiladi.Ijtimoiy-psixologik sabablardan kelib chiqqan soqovlik isterik
bolalarda nutq negativizmi tufayli, ya’ni gapirishni xohlamaslikka aloqador bo‘ladi.
Bunday bolalar o‘ziga yoqqan kishilarga gapi-radi, yoqmagan kishilarga esa mutlaqo
gapirmaydi. Bularni ham alalik bolalardan ajrata olish kerak.
Artikulatsion a’zolardagi qo‘pol o‘zgarishlar ham, masalan, til, lab falaji
soqovlikka sabab bo‘lishi mumkin.Yuqorida ko‘rsatilib o‘tilgan nuqsonlarni iloji
boricha barvaqt ajratib, bolalarni tegishli maxsus muassasalarda ta’lim-tarbiya olishi
ni ta’minlash nihoyatda muhim.
Afsuski, hozirgi kunda hali ham ayrim alalik bolalar maxsus nutq bog‘chalari,
maktablarga yuborilmasdan, balki aqli zaif bolalar uchun, qulog‘i og‘ir, kar-soqov
bolalar maktablari va bog‘chalariga tushib qolmoqdalar.Alaliya,mediko-psixologik-
pedagogik, ya’ni kompleks, bolaga har tomonlama ta’sir ko‘rsatish, uning nutqi va
tafakkurini o‘stirishga qaratilgan korreksiya chora-tadbirlari orqali izchillik bilan, uzoq
vaqt davomida bartaraf etiladi.
Alaliyani bartaraf etish yo‘llari, usullari nuqsonning turi, darajasi, kechishiga
qarab har bir bola uchun individual tarzda belgilanadi.
V. K. Orfinskaya, L. V. Melexovalarning fikricha, korreksion ishlarni bola 3–
4 yoshga to‘lganda boshlash maqsadga muvofiqdir, chunki bu yoshda bolaning
qiziqishi, faolligi, ishlash uchun zarur bo‘lgan onglilik, ish qobiliyati, o‘z
kamchiliklarini seza olish kabi fazilatlari rivojlangan bo‘ladi.
Izchillik bilan olib boriladigan kompleks korreksion ishlar ala-lik bolada nutqiy
faoliyat mexanizmlarining tarkib topishi, nutqiykommunikatsiya, ya’ni aloqa bog‘lash
va fikr yuritish vositasi sifatida shakllantirib borishga qaratiladi.
Logopedik ishlar alalikning lug‘at boyligini oshirish, nutqning grammatik
tomonini shakllantirish, tovushlar talaffuzidagi nuqsonlarni bartaraf etish, so‘z va
gaplarni tuzishga o‘rgatish, fonematik uquvini rivojlantirish, yozma nutqni
o‘zlashtirishga tayyorlashni ko‘zda tutadi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_1-to’plam_Aprel-2025
306
ISSN:3030-3613
3–4 yil mobaynida muntazam olib boriladigan kompleks korreksion ishlar, ko‘p
hollarda bolaning umumiy, aqliy, nutqiy rivojlanishini bir qadar ta’minlash va alaliyani
to‘liq bartaraf etib, bolaning ommaviy maktab dastur-larini o‘zlashtira olishi uchun
barcha shart-sharoitlar yaratish mumkin.
Chala tug‘ilganlik
TORCH-sindrom (infektsiyalar)
Perinatal patologiya
Asfiksiyalar (nafas olishning buzilishi)
Onadagi kasalliklar
Irsiy moyillik:
Nutq kam rivojlangan bolalarda ko‘pincha miyaning nutq sohalariga ta’sir qiluvchi
irsiy omillar kuzatiladi.
Asosiy etiopatogenetik omillar:
Raxit
Meningitlar
Gipotrofiya
Ensefalitlar
Endokrin buzilishlar
Bosh miya jarohatlari
Yetarli darajada rivojlanmaganlik
Alaliyaning belgilari:
Motor alaliya:
Harakat,koordinatsiyasida qiyinchiliklar
Oddiy vazifalarni bajarishda noqulayliklar (masalan, poyabzal iplarini bog‘lash,
tugmalarni qadash)
Nutqiy belgilar:
Agrammatizmlar (grammatik xatolar)
Tovushlarni buzish
Nutqning kech paydo bo‘lishi
Bo‘g‘inlar tuzilishining buzilishi
Kichik lug‘at boyligi
Fonematik jarayonlarning buzilishi
Davolash usullari:
Nutq terapiyasi:
Nutq terapevtlari bolalarda talaffuz va nutqni yaxshilashga yordam beradi,
ularning nutq zonalarini faollashtirish va til ko‘nikmalarini shakllantirish uchun turli
mashqlarni qo‘llaydi.
Miyofunksional terapiya (MFT):
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_1-to’plam_Aprel-2025
307
ISSN:3030-3613
Yuz mushaklarining muvozanatini tiklashga qaratilgan. Bu terapiya bolalarning
og‘iz va yuz mushaklarini mustahkamlaydi va til shakllanishini osonlashtiradi.
Uy sharoitida mashqlar:
Muntazam kitob o‘qish
Bola bilan sodda va tushunarli til orqali savol-javob qilish Jag‘ mushaklarini
mustahkamlash va chaynash harakatlarini rivojlantirish uchun turli xil ovqat
teksturalarini tavsiya qilish.
Nutqning rivojlanmay qolishi uning sensor yoki motor tomonlarining
buzilishlaridan kelib chiqadi.
Ko'pincha ikkala funksiya ham buzilgan bo'ladi.Nutqning rivojlanmay qolishi
sabablariga homilalik davridagi turli salbiy ta’sirlar, tug'ilish jarohatlari va asfiksiya
bola tug'ilganidan so'ng nutq markazlarining jarohatlanishlari kiradi.Motor alaliyada
faol lug'at mustaqil ravishda shakllanmaydi yoki juda sekin shakllanadi.
Alalik bolalar faol nutqdan foydalanish zarur bo'lmagan topshiriqlami bajonidil
bajaradilar. Bunday bolalar rivojlanishdan sezilaiii, ravishda orqada qoladilar.
Ularning tushunchalari va tasawurlari chegaralangan bo'ladi.
Ba’zi bolalarda aqliy rivojlanishning sustlashishi yaqqol ifodalangan nutq
nuqsonlari bilan birgalikda keladi.
Logopedik mashg'ulotlar natijasida alalik bolalaming nutqi rivojlana boshlaydi.
Ammo lug'ati, ayniqsa faol lug'at sekinlik bilan ko'payadi. Nutqda aggramatizmlar
kuzatila boshlaydi. Keyinchalik ta’limda muammolar, qiyinchiliklar yuzaga keladi.
Nutqida sensor buzilishlar ustun bo'lgan bolalami tashxis qilish juda murakkab.
Bunday bolalar nutqni tushunmaydilar. Natijada nutqiy aloqa qiyinlashadi bu esa o'z
navbatida bolaning aqliy rivojlanishiga salbiy ta’sir etadi.
Mutaxassis bilan uzoq vaqt davom etgan mashg'ulotlardan so'ng bolalarda
nutqga reaksiya, keyin esa mustaqil talaffuz qilishga intilishlar paydo bo'ladi. Dastlabki
mashg'ulotlarda bolalar nutqi alohida tovush biriqmalaridan, ba’zan qisqa so'zlardan
iborat bo'ladi. Lug'at sekinlik bilan kengayadi.Tashxis qilishdagi qiyinchiliklar
xarakteri sababii ba’zan nutqida nuqsoni bo'lgan bolalar aqli zaif bolalarga almashtirib
yuboriladi.Nutqida nuqsoni bo'lgan bolalami tekshirishda ko'rgazmali qurollar
maksimal darajada foydalanish juda muhim.
Ularga bajarishda boladan faol nutq talab etilmaydigan topshiriqlami tavsiya
etish lozim. Shu tarzda bolada bilim, tasawurlar, o'yinni mustaqil tashkil etish va h.k.lar
aniqlanadi. Motor alalik bolalarda nutq buzilishlarini tashxis etish katta qiyinchilik
tug'dirmaydi. Alohida hollarda nutqning rivojlanmay qolishi aqliy faoliyatning
rivojlanmaganligi bilan birgalikda kelishi mumkin.
Olimlarning ta’kidlashicha, alaliya bosh miyaning chap yarim sharidagi nutqni
idora etuvchi zonalarning homiladorlik davrida yoki bolaning ilk yoshida
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_1-to’plam_Aprel-2025
308
ISSN:3030-3613
jarohatlanishi, kam taraqqiy etganligi natijasida vujudga keladi, analizatorlarning
faoliyati sekinlashadi.
Alalik bolalarning butun nutq sistemasi, ya’ni barcha tomonlari: fonetik
fonematik, leksik va grammatik komponentlari rivojlanmagan boladi.
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, alalik bolalaming ba’zilarida jismoniy va aqliy
rivojlanish ham sekinlashadi.Bu hol ularni boshqa kamchiliklari bor bolalardan ajratib
olishda qiyinchiliklarni tug'diradi. Alalik bolalarda aqliy va boshqa kamchiliklar
ikkilamchi hodisa sifatida vujudga keladi. Gapira olmaslik serjahillikka, odamlarga
aralashmaslik, parishonxotirlikka, ruhan qiynalish va boshqa noxush fazilatlaming
kelib chiqishiga sabab boiishi mumkin. Alaliya barham topib, nutq tiklanadigan boisa,
ulardagi ikkilamchi hodisalar kamayadi yoki batamom yo‘qolib ketadi. Alalik bolalar
oligofren bolalardan o‘zining ongi, idrokliligi bilan ajralib turadi. Logopediya fanida
alaliyaning turli xil tasniflari mavjud. Shartli ravishda alaliya motor va sensor turga
bo’linadi.
Nutqning rivojlanmay qolishi uning sensor yoki motor tomonlarining
buzilishlaridan
kelib
chiqadi.
Ko'pincha
ikkala
funksiya
ham
buzilgan
bo'ladi.Nutqning rivojlanmay qolishi sabablariga homilalik davridagi turli salbiy
ta’sirlar, tug'ilish jarohatlari va asfiksiya bola tug'ilganidan so'ng nutq markazlarining
jarohatlanishlari kiradi.Motor alaliyada faol lug'at mustaqil ravishda shakllanmaydi
yoki juda sekin shakllanadi. Alalik bolalar faol nutqdan foydalanish zarur bo'lmagan
topshiriqlami bajonidil bajaradilar. Bunday bolalar rivojlanishdan sezilaiii, ravishda
orqada qoladilar. Ulaming tushunchalari va tasawurlari chegaralangan bo'ladi. Ba’zi
bolalarda aqliy rivojlanishning sustlashishi yaqqol ifodalangan nutq nuqsonlari bilan
birgalikda keladi.Logopedik mashg'ulotlar natijasida alalik bolalaming nutqi rivojlana
boshlaydi.
Ammo lug'ati, ayniqsa faol lug'at sekinlik bilan ko'payadi. Nutqda
aggramatizmlar kuzatila boshlaydi. Keyinchalik ta’limda muammolar, qiyinchiliklar
yuzaga keladi. Nutqida sensor buzilishlar ustun bo'lgan bolalami tashxis qilish juda
murakkab. Bunday bolalar nutqni tushunmaydilar. Natijada nutqiy aloqa qiyinlashadi
bu esa o'z navbatida bolaning aqliy rivojlanishiga salbiy ta’sir etadi. Mutaxassis bilan
uzoq vaqt davom etgan mashg'ulotlardan so'ng bolalarda nutqga reaksiya, keyin esa
mustaqil talaffuz qilishga intilishlar paydo bo'ladi. Dastlabki mashg'ulotlarda bolalar
nutqi alohida tovush biriqmalaridan, ba’zan qisqa so'zlardan iborat bo'ladi.
Lug'at sekinlik bilan kengayadi.Tashxis qilishdagi qiyinchiliklar xarakteri sababii
ba’zan nutqida nuqsoni bo'lgan bolalar aqli zaif bolalarga almashtirib yuboriladi.
Nutqida nuqsoni bo'lgan bolalarni tekshirishda ko'rgazmali qurollar maksimal
darajada foydalanish juda muhim. Ularga bajarishda boladan faol nutq talab
etilmaydigan topshiriqlami tavsiya etish lozim. Shu tarzda bolada bilim, tasawurlar,
o'yinni mustaqil tashkil etish va h.k.lar aniqlanadi. Motor alalik bolalarda nutq
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_1-to’plam_Aprel-2025
309
ISSN:3030-3613
buzilishlarini tashxis etish katta qiyinchilik tug'dirmaydi. Alohida hollarda nutqning
rivojlanmay qolishi aqliy faoliyatning rivojlanmaganligi bilan birgalikda kelishi
mumkin.
Bu holatni bolani maxsus nutq maktablarida uzoq vaqt olib borilgan ish
natijasida aniqlash mumkin. "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarni davlat ta'lim
muassasalariga yo'llash tartibi to'g'risidagi nizom":
Ushbu hujjat jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo'lgan bolalarni
davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari, maktab va maktab internatlariga yo'llash
tartibini belgilaydi. Nizomga muvofiq, psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar
(PTPK) alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarni tekshiradi va ularni tegishli ta'lim
muassasalariga yo'naltirish bo'yicha xulosa beradi.
Xulosa:
Alaliya – bu bolalarda nutqning to‘liq yoki qisman rivojlanmasligi bilan
tavsiflanadigan jiddiy nutq buzilishi bo‘lib, u bosh miya po‘stlog‘ining nutq markazlari
shikastlanishi natijasida yuzaga keladi. Ushbu nutq buzilishining sabablari prenatal,
perinatal va postnatal omillar bilan bog‘liq bo‘lib, u asosan nevrologik asosga
ega.Alaliya ekspressiv (ifodali) va reseptiv (tushunish) shakllarga bo‘linadi.
Ekspressiv alaliya bilan bolalar so‘z boyligi va gap tuzish qiyinchiliklarini boshdan
kechiradilar, reseptiv alaliyada esa ular so‘z va iboralarni tushunishda muammolarga
duch keladilar.Tashxislash jarayonida nevrolog, logoped va psixologning kompleks
baholash usullari qo‘llaniladi. Alaliyani tuzatish va davolashda logopedik
mashg‘ulotlar, psixokorreksiya, farmakologik terapiya va uy sharoitida doimiy nutqiy
rag‘batlantirish muhim o‘rin tutadi.Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, erta tashxis
va to‘g‘ri terapiya orqali alaliyaning salbiy ta’sirlarini kamaytirish va bolaning ijtimoiy
moslashuvini yaxshilash mumkin. Shuning uchun, alaliya bilan shug‘ullanuvchi
mutaxassislarning kasbiy yondashuvi va ota-onalarning doimiy qo‘llab-quvvatlovi
bolaning nutqiy rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Orfinskaya V.K., Melexova L.V. (2003). Alaliya: Diagnostika va korreksiya
metodlari. Moskva: Pedagogika nashriyoti.
2.
Luria A.R. (1966). Nutq va miya faoliyati. Moskva: Nauka.
3.
Levina R.E. (1951). Bolalar nutqining rivojlanishidagi buzilishlar va ularni tuzatish
metodikasi. Leningrad: Prosveshchenie.
4.
Torsunov G.A. (2010). Logopediya asoslari: Nutq buzilishlarini tashxislash va
davolash. Toshkent: Fan va texnologiya.
5.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi (2018). Logopedik yordam
ko‘rsatish bo‘yicha metodik qo‘llanma. Toshkent.
6.
Vygotskiy L.S. (1983). Bola rivojlanishi va nutq. Moskva: Pedagogika.
Internet manbalari:
1.
WHO (Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti)