T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_1-to’plam_Aprel-2025
316
ISSN:3030-3613
"ZAIF ESHITUVCHILARGA TA'LIM BERISH: PEDAGOGIK
MASALALAR VA JAMIYATDAGI DOLZARB O‘RNI"
Ibragimova Durdona Dilmurod qizi
Alfraganus Nodavlat Universiteti Maxsus pedagogika yo'nalishi 1-bosqich talabasi
Utbasarova Umida
Alfraganus Nodavlat Universiteti pedagogika kafedrasi oʻqituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada surdopedagogikaning asosiy masalalari,
eshitishida nuqsonlari bo‘lgan bolalarning rivojlanishi va ta’lim olish jarayonlari
haqida batafsil ma'lumotlar berilgan. Eshitish qobiliyati buzilgan bolalar uchun maxsus
pedagogik yondashuvlar, metodlar,ta'lim,tarbiya jarayonining xususiyatlari hamda
ularning umumiy rivojlanishiga ta’siri muhokama qilingan.Maqola, ayniqsa, eshitish
nuqsonlari bo‘lgan bolalarga ijtimoiy faol shaxslarni tarbiyalashda pedagogik va
psixologik metodlarning muhimligini ko'rsatadi. Eshitish qobiliyati pasaygan bolalarga
ta'lim berishda o'qitishning ilmiy-metodologik asoslari, innovatsion usullar, vizual
materiallar va interaktiv o‘qitishning samaradorligi taqdim etilgan.
Kalit so'zlar:
surdopedagogika, eshitish nuqsonlari, zaif eshtuvchilarga
korreksion-pedagogik: yordam, maxsus taʼlim, nutq rivojlanishi vizual oʼqitish.
Аннотация:
В данной статье подробно рассматриваются основные
вопросы сурдопедагогики, процессы развития и обучения детей с нарушениями
слуха. Обсуждаются специальные педагогические подходы, методы,
особенности образовательного и воспитательного процесса, а также их влияние
на общее развитие детей с нарушениями слуха. Статья подчеркивает важность
педагогических и психологических методов в воспитании социально активных
личностей среди детей с нарушениями слуха. Представлены научно-
методологические основы обучения, инновационные методы, эффективность
визуальных материалов и интерактивного обучения в образовании детей с
нарушениями слуха.
Ключевые слова:
сурдопедагогика, нарушения слуха, коррекционно-
педагогическая помощь слабослышащим, специальное образование, развитие
речи, визуальное обучение.
Abstract:
This article provides detailed information on the main issues of
surdopedagogy, the development and educational processes of children with hearing
impairments. Special pedagogical approaches, methods, characteristics of the
educational and upbringing process, and their impact on the overall development of
children with hearing impairments are discussed. The article highlights the importance
of pedagogical and psychological methods in educating socially active individuals
among children with hearing impairments. The scientific and methodological
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_1-to’plam_Aprel-2025
317
ISSN:3030-3613
foundations of teaching, innovative methods, the effectiveness of visual materials, and
interactive learning in the education of children with hearing impairments are
presented.
Keywords:
surdopedagogy, hearing impairments, correctional and pedagogical
assistance to the hearing impaired, special education, speech development, visual
learning.
Kirish:
Surdopedagogika (lot. "surdus"-kar) maxsus pedagogika tarmog’i,
eshitish qobiliyati buzilgan bolalar va katta kishilarning rivojlanishi, tarbiyalanishi,
ta'lim olishi haqidagi fandir.Eshitish qobiliyati buzilgan ilk va maktabgacha tarbiya
yoshidagi bolalarning rivojlanish va ta'lim-tarbiya olish jarayonlari va muammolari-
maktabgacha surdopedagogika fanining predmeti hisoblanadi.
Maktabgacha davr eshitishda nuqsoni bo’lgan bolaning rivojlanishida muqim
ahamiyatga egadir, zero korreksion-pedagogik tadbirlarning barvaqt boshlanishi uning
o’sishidagi nosozliklarini oldini olishga, shuningdek, ijtimoiy faol, mustaqil fikrlovchi
,bilimli shaxsni tarbiyalashga yordam beradi. (L.A.Golovchis). Psixolog va
surdopedagog
olimlar
L.S.Vigotskiy,
I.M.Solovyov,N.A,Rau,U.Fayzieva,
F.Alimxodjaeva, F.qodirova,I.Kislisinalar eshitmaydigan bolalarni ijtimoiy tarbiyalash
tizimida dastlabki nuqta deb maktabgacha tarbiyani e'tirof etadilar.
Maktabgacha surdopedagogikaning aloqida fan bo’lib ajralishi, eshitishda
nuqsoni bo’lgan bolalarning turli yosh bosqichlariga hos jismoniy, psixik va fiziologik
xususiyatlarining mavjudligi, bolalar turmushini tashkil etish va qulay ta'lim-tarbiya
shart-sharoitlarni yaratishda bularni qisobga olish zarurligi bilan belgilanadi.
Maktabgacha surdopedagogika fanining asosiy vazifalari eshitishda nuqsoni
bo’lgan bolalarga ta'lim berish vazifalari ularning rivojlanish imkoniyatlari, ilk
maktabgacha davrdan boshlab korreksion-pedagogik yordam ko’rsatish zaruratidan
kelib chiqqan holda belgilanadi. Eshitish qobiliyatining pasayishi bolaning umumiy
rivojlanishiga, birinchi navbatda esa nutqning shakllanishiga to’sqinlik qiladi.
Maxsus o’qitilmagan maktabgacha tarbiya yoshdagi kar va zaif eshituvchi bola gapira
olmaydi, o’zgalar nutqini tushunmaydi, muloqotda esa cheklangan miqdordagi imo-
ishoralardan foydalanadi.
Kundalik turmushda, kattalarga tahlid qilib oddiy xatti-qarakat va faoliyat
turlarini o’zlashtira oladilar, turli buyumlarning funksional vazifalarini, ulardan
foydalanishni o’zlashtiradilar, o’z-o’ziga xizmat qilish malakalarni egallaydilar.
Maxsus yo’naltirilgan ta'lim berish uchun qulay shart-sharoit yaratilmagan
holda, bolalarning sensor va intellektual rivojlanishi so’zli nutqdan xoli kechadi.
Shunday qilib, eshitish qobiliyatining pasayishi va nutqiy rivojlanishiningg buzilishi
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_1-to’plam_Aprel-2025
318
ISSN:3030-3613
oqibatida bolaning rivojlanishi to’xtamasa-da, ancha cheklanib qoladi.Demak, bu
bolaning risoladagidek rivojlanishi uchun, me'yorda eshitadigan bolalardan ko’proq
maxsus ta'lim-tarbiya sharoitlari zarur bo’ladi.
Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarga ilk yoshdan boshlab maxsus ta'lim-tarbiya
berilsa, uning umumiy rivojlanishidagi orqada qolishni oldini olish hamda ularning
uyqun o’sishini ta'minlash mumkin bo’ladi. Maktabgacha surdopedagogikaning
asosiy vazifalari:
Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni aniqlash va ularga korreksion-pedagogik
yordam ko’rsatilishga ko’maklashish;
Ilk va maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning rivojlanish qonuniyatlarini
aniqlash; Eshitish qobiliyatining buzilishini jismoniy, bilish, ijtimoiy, nutqiy
rivojlanishiga, shaxsning shakllanishiga bo’lgan ta'sirini o’rganish;
Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni oilada tarbiyalash bo’yicha ota-onalarga
metodik yordamni tashkil etish;
Korreksion-tarbiyaviy ishlarning nazariy asoslarini ishlab chiqish:ilk va
maktabgacha yoshdagi kar va zaif eshituvchi bolalarga ta'lim tarbiya berish vazifalari,
tamoyillari va metodlarini belgilash;
Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarga ta'lim berishning turli shart-sharoitlarda:
maxsus maktabgacha ta'lim muassasasi, maktab-internatlar qoshidagi guruhlar,
umumiy yo’nalishdagi bolalar bogʻchasi huzuridagi guruhlar, integrasiya ta'limi.
belgilash, o’qituvchi-surdopedagog, tarbiyachi, umumta'lim muassasa pedagoglariniva
ota- onalarni pedagogik bilimlar bilan qurollantirish;
Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarga korreksion-pedagogik yordam berishning
yangi shakllarini izlash;
Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni eshituvchi insonlar orasiga
integrasiyalashuvi
(uyg’unlashuvi)ga yordam berish;
Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarning maktab, oila, maqalla, jamoa
tashkilotlari bilan aloqasini mustaqkamlash.
Maktabgacha tarbiya muassasasi, oila, jamoat tashkilotlarining kar va zaif
eshituvchi bolalarga ta'lim-tarbiya berish borasidagi ijobiy tajribalarini o’rganish.
Nutq – murakkab ruhiy faoliyatdir. U ruhiy jarayonlarning tarkib topishiga va
bolaning umuman barkamol bo‘lib o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Nutq eshituv organlari vositasi bilan idrok etishga asos- langan bo‘lib, atrofdagilarga
taqlid etish yo‘li bilan rivojlanib boradi. Og‘zaki nutqning shakllanishida eshituv
analizatori, nutqni harakat- ga keltiruvchi analizator ishtirok etadi.
Nutqni harakatga keltiruv- chi analizator eshituv analizatori bilan mahkam bog‘langan
holda ishlaydi, eshituv analizatorining rivojlanish darajasi esa ko‘p jihat-
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_1-to’plam_Aprel-2025
319
ISSN:3030-3613
dan talaffuzga bog‘liq. Bola nutqining o‘sib borishi tovushlar talaffuzi, fiziologik va
fonematik eshitishning kamol topib borish dara- jasi bilangina xarakterlanib qolmay,
balki eng muhimi – o‘z nutqi va atrofdagilar nutqidagi so‘zlarning tuzilishini, tovush
tarkibini farqlay olish qobiliyati bilan ham xarakterlanadi.
So‘z tarkibini anglab olishdan iborat bu qobiliyat grammatik va leksik
komponentlarning rivojlanishida ham muhim ahamiyatga ega. Ikkala signal sistemasi,
shuningdek, idrok bilan so‘zning o‘zaro aloqada bo‘lishi aqliy rivojlanishning asosini
tashkil etadi. Defektologlarning (T.A. Vlasova, R.M. Boskis, D.V. Neyman va
boshqalarning) bergan ma’lumotlariga ko‘ra, eshitishida nuq- sonlari bor bolalarning
rivojlanish darajasi shu nuqsonning bola hayotining qaysi davrida paydo bo‘lganligiga
va og‘ir-yengilligiga bog‘liq. Surdopedagogikada eshitishida nuqsonlari bor bolalar
kar, zaif eshituvchi, keyinchalik zaif eshituvchi bo‘lib qolgan bolalar guruhiga bo‘lib
o‘rganiladi.
Tug‘ma hali tili chiqmagan go‘daklik davrida ikkala quloqning mutlaqo
eshitmasligi kar-soqovlikka olib keladi.Eshitish qobiliyatining qisman buzilishi
natijasida nutqiy nuqsonga uchragan bolalar zaif eshituvchi bolalar guruhiga kiritiladi.
Zaif eshituvchilar uchun o‘qitish va rivojlantirishda qo‘llaniladigan metodlar nafaqat
samarali, balki ular uchun ijobiy motivatsiyani kuchaytiradi. Zaif eshituvchilar ham
oddiy odamlardek imkoniyatlarga ega va ulardan ham mashhur odamlar chiqishi
mumkin. Quyida zaif eshituvchilar uchun qiziqarli va samarali metodlarni keltiraman,
shuningdek, bu metodlarning ularga qanday imkoniyatlar yaratishini ham ko‘rsatib
beraman.
Zaif Eshituvchilar uchun Qiziqarli Metodlar
Vizual materiallar va animatsiyalar Vizual o‘qitish usullari yordamida zaif
eshituvchilar uchun materiallarni ko‘rgazmali tarzda taqdim etish muhim. Rasm va
videolar yordamida bolalar mavzularni aniqroq tushunishadi. Masalan, animatsion
videolar yordamida o‘qitilayotgan mavzuni yanada qiziqarli va tushunarli qilish
mumkin. Imo-ishora nutqi va vizual tizimlar yordamida eshitish muammolarini
yengish, eshitishning yetishmagan joylarini to‘ldirish uchun samarali bo‘ladi.
Interaktiv o‘qitish
Kompyuter va mobil ilovalar yordamida interaktiv o‘quv dasturlarini ishlatish.
Bu dasturlar bolalarni yanada faol ishtirok etishga, o‘rganish jarayonida
qo‘llaniladigan texnologiyalardan samarali foydalanishga rag‘batlantiradi. O‘yinlar,
musiqiy va vizual dasturlar orqali ularning qiziqishini oshirish mumkin. Bolalar
shuningdek, xabar almashish uchun elektron vositalardan foydalanishni o‘rganadilar,
bu esa ularning ijtimoiy muloqotini rivojlantiradi. Dastlabki o‘qish va yozish
ko‘nikmalarini rivojlantirish Zaif eshituvchilarga yozma va og‘zaki nutqni
rivojlantirish uchun maxsus metodlar ishlatiladi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_1-to’plam_Aprel-2025
320
ISSN:3030-3613
Masalan, harflar va so‘zlarni ko‘rgazmali tarzda o‘rganish va bolalar bilan ular
o‘rgatish uchun sevimli hikoya va ertaklar orqali mashqlar qilish. O‘zaro muloqotda
foydalanish uchun vizual qo‘llanmalar va multimedialar yordamida bu jarayonni
yanada qiziqarli va samarali qilish mumkin.
Tadqiqotlar va ijodiy faoliyat
Zaif eshituvchilarni ijodiy faoliyatlarga jalb qilish, masalan, rasm chizish,
hikoya yozish, sahnalashtirish orqali ularni ijtimoiy va emotsional jihatdan
rivojlantirish mumkin.
Bu usul bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirib, ular o‘zini namoyon
qilishga yordam beradi. Ularni teatr yoki musiqa kabi faoliyatlarga jalb qilish ham
o‘ziga xos foyda beradi. Masalan, imoviy musiqiy ilovalar yordamida musiqani
eshitish va ijro etish qobiliyatlarini rivojlantirish mumkin.
Sosial integratsiya va guruh ishlari
Eshitish muammolariga duchor bo‘lgan bolalarni boshqa bolalar bilan birga
ishlashga, ular bilan guruhda o‘rganishga rag‘batlantirish juda muhim. Bu, nafaqat
ta'lim jarayonini osonlashtiradi, balki ijtimoiy integratsiyani ham ta'minlaydi.
Jamoaviy faoliyatlar, ijodiy loyihalar va sport musobaqalarida qatnashish, ularning
o‘zaro munosabatlarini va muloqot ko‘nikmalarini oshiradi.
“Zaif Eshituvchilar Ham Oddiy Odamlardek Boʼla Oladi”.
Zaif eshituvchilar ham boshqa bolalar kabi o‘z hayotida muvaffaqiyatlarga
erishishi mumkin. O‘ziga xos imkoniyatlar yaratish va ta'limda to‘g‘ri yondashuvlar
orqali ular jamiyatda faol qatnashishlari mumkin. Masalan:mashhur odamlar chiqishi
mumkin:
Zaif eshituvchilardan bir nechta mashhur shaxslar chiqib, o‘z qobiliyatlarini
isbotlashgan.
Masalan, Helen Keller va Ludwig van Beethoven kabi buyuk shaxslar
o‘zlarining qiyinchiliklariga qaramay, dunyoga tanilgan va katta yutuqlarga
erishganlar. Bu misollar zaif eshituvchilarni ilhomlantiradi va ularni o‘z
imkoniyatlarini to‘liq ishlatishga undaydi.
Ota-onalar va o‘qituvchilarga maslahatlar:
Ota-onalar bolalarini quvvatlashlari va ular bilan mustahkam aloqalarni
o‘rnatishlari kerak. Eshitish nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun oilaviy qo‘llab-
quvvatlash juda muhimdir. Bolalar yaxshi o‘qishlari, dunyo bilan bog‘lanishlari va
o‘zlarini ifoda eta olishlari uchun o‘qituvchilar va ota-onalar ularni rag‘batlantirishi,
ularning muvaffaqiyatlari uchun ijobiy muhit yaratishi kerak.
Yuqori malakali mutaxassislar yordamida o‘qitish:
Zaif eshituvchilarning rivojlanishiga yordam berish uchun mutaxassis
pedagoglar va logopedlar tomonidan maxsus metodikalar va yondashuvlar qo‘llanilishi
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_1-to’plam_Aprel-2025
321
ISSN:3030-3613
muhimdir. Bu usullar nafaqat bolalar uchun samarali bo‘ladi, balki ular uchun
motivatsiyani oshiradi va ularni muvaffaqiyatga erishishga ilhomlantiradi.
Xulosa:
Zaif eshituvchilarga qiziqarli va samarali o‘qitish metodlari nafaqat
ta’lim jarayonini yengillashtiradi, balki ular uchun yangi imkoniyatlarni yaratadi.
Ta'lim jarayonida eng muhimi, bu bolalarga o‘zlarini ko‘rsatish va jamiyatda to‘liq
qatnashish imkoniyatlarini yaratishdir.
Zaif eshituvchilarni rag‘batlantirish va ularning ijtimoiy, emotsional va
intellektual rivojlanishiga yordam berish, ulardan mashhur va muvaffaqiyatli shaxslar
chiqishiga turtki bo‘lishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Vlasova T.A., Boskis R.M., Neyman D.V. (yil). Eshitish nuqsonlari bo‘lgan bolalar
rivojlanishini o‘rganish.
2.
Solovyov I.M. (yil). Pedagogik psixologiya: Eshitish nuqsonlari bo‘lgan
bolalarning rivojlanishiga ta'sir.
3.
Golovchis L.A. (yil). Maktabgacha tarbiya va surdopedagogika: bolalarning
rivojlanish jarayonlari.
4.
Yusupova P. (yil). Falsafa va pedagogika: Nutq va eshitish bo‘yicha metodlar.
5.
Pavlov I.P. (yil). Refleksologiya: Eshitish va nutq rivojlanishining fiziologiyasi.
6.
Fayzieva U. (yil). Maxsus ta'lim va korreksion yordam metodlari.