T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_1-to’plam_Iyun-2025
31
ISSN:3030-3613
“FIZIKAVIY QONUNLARNING KUNDALIK HAYOTDAGI AKS
ETTIRILISHI: AMALIY MISOLLAR ASOSIDA TAHLIL”
BOYMAXMATOVA MAFTUNA SHUKRULLOYEVNA
SAMARQAND VILOYATI SAMARQAND TUMANI
32-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI
FIZIKA FANI O’QITUVCHISI
Annotatsiya.
Mazkur maqolada fizikaviy qonunlarning kundalik hayotda
qanday namoyon bo‘lishi va inson faoliyatida tutgan o‘rni amaliy misollar asosida
tahlil qilingan. Jumladan, Nyuton qonunlari, Arximed qonuni, energiyaning saqlanish
qonuni kabi asosiy fizika qonunlari oddiy hayotiy holatlarda – transport vositalarining
harakati, suzuvchi jismlarning suvda tutgan holati, elektr energiyasidan foydalanish
jarayonlari orqali ochib beriladi. Maqolada ushbu qonunlarning insonga foydali
jihatlari hamda texnika va texnologiya rivojidagi o‘rni ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot
ta’lim jarayonida fizika fanini yanada jonlantirish, uni hayot bilan bog‘lab
tushuntirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Kalit so’zlar
:
fizikaviy qonunlar, kundalik hayot, amaliy misollar, Nyuton
qonunlari, Arximed qonuni, energiyaning saqlanishi, mexanika, elektr hodisalari,
texnologiya, fan va hayot.
“THE MANIFESTATION OF PHYSICAL LAWS IN EVERYDAY LIFE: AN
ANALYSIS BASED ON PRACTICAL EXAMPLES”
Abstract:
This article analyzes how physical laws manifest in everyday life
and their role in human activities based on practical examples. Specifically,
fundamental physical laws such as Newton’s laws, Archimedes’ principle, and the law
of conservation of energy are explained through common everyday situations—such
as the motion of vehicles, the buoyancy of objects in water, and the use of electrical
energy. The article highlights the benefits of these laws to humans as well as their
significance in the development of technology and engineering. The study is important
for enhancing the teaching process of physics by making it more engaging and
connecting it to real-life experiences.
Keywords:
physical laws, everyday life, practical examples, Newton’s laws,
Archimedes’ principle, conservation of energy, mechanics, electrical phenomena,
technology, science and life.
“FIZIKAVIY QONUNLARNING KUNDALIK HAYOTDAGI AKS
ETTIRILISHI: AMALIY MISOLLAR ASOSIDA TAHLIL”
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_1-to’plam_Iyun-2025
32
ISSN:3030-3613
Zamonaviy texnologiyalar, ilmiy kashfiyotlar va kundalik turmushdagi ko‘plab
qulayliklarning asosi fizikaviy qonunlarga borib taqaladi. Fizika — bu tabiat
hodisalarini o‘rganuvchi fan bo‘lib, uning qonunlari nafaqat laboratoriyalarda, balki
har bir insonning kundalik hayotida ham o‘z aksini topadi. Biz har kuni fizik
qonunlarga muvofiq harakat qilamiz, ammo ko‘pincha bunga e’tibor bermaymiz.
Masalan, eshikni ochish, avtomobilni boshqarish, elektr asboblaridan foydalanish,
suzish yoki yurish – bularning barchasi fizik qonunlarga bog‘liq.
Ushbu ishda fizikaviy qonunlarning kundalik hayotdagi ifodalanishi, ya’ni real
hayotdagi amaliy misollar orqali ularning qanday ishlashi tahlil qilinadi. Maqsad –
fizikani nazariy emas, balki amaliy jihatdan o‘rganishga yordam berish, o‘quvchilarda
va keng jamoatchilikda unga nisbatan qiziqish uyg‘otishdir. Amaliy misollar orqali
fizik qonunlarning hayotimizda qanchalik muhim rol o‘ynashini ko‘rsatish ilm-fanga
bo‘lgan e’tibor va tushunishni oshiradi. Fizika — tabiatning asosiy qonuniyatlarini
o‘rganadigan fan bo‘lib, kundalik hayotimizda ham ularning ishtirokini ko‘rish
mumkin. Harakat, energiya, harorat, elektr va magnit hodisalari — bularning barchasi
fizik qonunlar orqali tushuntiriladi. Ushbu maqolada fizik qonunlarning oddiy
hayotdagi namoyon bo‘lishi, ularning amaliy qo‘llanilishi va inson faoliyatidagi
ahamiyati ko‘rib chiqiladi.
Nyutonning harakat qonunlari:
Birinchi qonun (inertsiya qonuni):
Jism
tinchlikda yoki bir xil tezlik bilan harakatda bo‘lishni davom ettiradi, unga tashqi kuch
ta’sir qilmaguncha.
Misol:
Avtomobil to‘xtaganda, yo‘lovchi oldinga siljiydi. Bu inertsiya kuchining
natijasidir — tana to‘xtashga qarshi harakat qilishga urinadi.
Ikkinchi qonun (kuch va tezlanish):
Jismga ta’sir qilgan kuch uning
tezlanishini
belgilaydi
(F
=
m
×
a).
Misol:
Og‘ir yuk mashinasi yengil mashinaga nisbatan sekinroq tezlanadi, chunki
uning massasi katta.
Uchinchi qonun (harakatga teng va qarama-qarshi kuch):
Har bir harakatga
qarshi teng va teskari yo‘nalishdagi kuch bor.
Misol:
Siz devorga qarab turtganingizda, devor ham sizga qarab turtadi.
Nyutonning uchta asosiy qonuni mexanikaning poydevori hisoblanadi. Ushbu
qonunlar jismlarning harakatini tushuntirib beradi va kundalik hayotimizda ham
ko‘plab misollarga ega. Nyutonning birinchi qonuni – Inersiya qonuni. Agar jismga
tashqi kuch ta’sir qilmasa yoki ta’sir qilayotgan kuchlarning umumiy ta’siri nolga teng
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_1-to’plam_Iyun-2025
33
ISSN:3030-3613
bo‘lsa, jism o‘zining tinch holatini yoki tekis chiziqli harakatini saqlaydi. Shu bilan
birga, nafaqat vaqt, balki fazo ham mutloq deb hisoblangan. Misol: Mashina tez
harakatlanayotganida tormoz bossa, yo‘lovchilar oldinga siljishga intiladi. Chunki
ularning tanasi avvalgi harakatini davom ettirishga harakat qiladi. Inersiya bu o‘z
harakatiga qodirligi va faqat tashqi kuch ta’sirida o‘zgaradi. Shuning uchun mashina
tez harakatlanayotganida va to‘xtayotganda yo‘lovchilarning oldinga siljishi aynan shu
inersiya sababli sodir bo‘ladi. Bu hodisa haydovchilar va yo‘lovchilar uchun muhim
bir ogohlantirish bo‘lishi kerak, chunki har qanday tormozlash jarayoni o‘zgarishga
sabab bo‘lgan tashqi kuch bo‘lib, jismning holatini o‘zgartiradi. Bundan tashqari,
inersiya tushunchasi nafaqat mashina va yo‘lovchilar uchun, balki barcha jismoniy
tizimlar uchun amalda qo‘llaniladi. Har qanday jism, harakati davomida o‘zining
holatini o‘zgartirish uchun tashqi kuchga muhtojdir. Nyutonning birinchi qonuni bu
juda oddiy, lekin hayotimizda muntazam uchraydigan ko‘plab hodisalarni
tushuntirishda yordam beradi Mutloq erkin jism tinch holatda yoki to‘g‘ri chiziqli tekis
harakatda bo‘ladigan sanoq sistemasi inersial sanoq sistemasi deb ataladi. Birgina
bo‘lsa ham demak, cheksiz sondagi inersial sanoq sistemalarining mavjud bo‘lishligi
hozirgi kun tushunchasidagi Nyuton birinchi qonunidir.
Nyutonning ikkinchi qonuni – Dinamika asosiy tenglamasi:
Jismning tezlanishi unga ta’sir etayotgan kuchga to‘g‘ri proportsional va uning
massasiga teskari proportsional bo‘ladi. Demak, kuchning miqdori bir xil bo‘lsa,
tezlanish jismning massasiga teskari proparsional bo‘ladi, aksincha massa kattaroq
bo‘lsa, tezlanish kamayadi Misol: Bir xil kuch bilan futbol to‘piga va basketbol to‘piga
tepganimizda, futbol to‘pi tezroq harakatlanadi, chunki uning massasi kichik
Nyutonning uchinchi qonuni – Harakat va teskari harakat qonuni
Nyutonning uchinchi qonuni shuni ta’kidlashicha, agar bir jism boshqa jismga
kuch ta’sir etsa, ikkinchi jism ham bir xil kuchni bir xil kattalikda, lekin qarama-qarshi
yo‘nalishda birinchi jismga ta’sir qiladi Bu kuchlar bir-biriga ta’sir etayotgan ikki jism
orasida taqsimlanadi, lekin ularning ta’siri bir xil bo‘ladi. Misol: Kema va suv
o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirini misol qilib keltirishimiz mumkin: Kema
harakatlanayotganda, uning dvigateli suvga kuch ta’sir qiladi. Dvigatel tomonidan
chiqarilgan kuch, kemaning oldinga harakatlanishini ta’minlaydi. Biroq, Nyutonning
uchinchi qonuni bo‘yicha, suv ham kemaga qarama-qarshi kuch bilan ta’sir qiladi. Bu
kuch kema va suv o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni yaratadi. Shunday qilib, kema
harakatlanayotganda, u faqat o‘z dvigatelining kuchi bilan harakatlanmaydi, balki
suvdan qaytgan qarama-qarshi kuchning ta’siri tufayli oldinga siljiydi. Kema
harakatlanayotganda, uning dvigateli suyuqlikka kuch ta’sir qiladi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_1-to’plam_Iyun-2025
34
ISSN:3030-3613
Bu kuch, odatda, kemaning dvigatelidan chiqadigan suyuqlik oqimi orqali
amalga oshadi. Kema dvigatelidan chiqarilayotgan kuch, uning oldinga
harakatlanishini ta’minlaydi. Ammo shu bilan birga, Nyutonning uchinchi qonuniga
ko‘ra, suyuqlik, ya’ni suv, kemaga qarama-qarshi teng kuch bilan ta’sir qiladi. Bu
qarama-qarshi kuch kema harakatining davom etishini ta’minlaydi, chunki kema
oldinga siljiydi va bu harakat suvning qarama-qarshi ta’siriga asoslanadi. Shu tarzda,
kema va suv o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir, kemaning oldinga harakatlanishini ta’minlaydi.
Nyutonning uchunchi qonunining ma’lum bir chegaralari mavjud. Har qanday
kuchlarning ta’siri ham, bir vaqtda emas balki chekli vaqt oralig‘ida uzatiladi. Bu
qonunda ikkala kuchlar ham bir vaqtda o‘lchanishi zarur hisoblanadi. Nyuton
qonunlari kundalik hayotdagi harakatlarni va kuchlarning ta’sirini tushunishga yordam
beradi. Ularning amaliy ahamiyati muhandislik, transport va kosmik texnologiyalarda,
hatto sportda ham keng qo‘llaniladi. Masalan, avtomobillarning tezlanishi yoki
to‘xtash jarayoni Nyutonning ikkinchi qonuni yordamida aniqlanadi. Ular
tezlanishning kuchga va avtomobilning massasiga bog‘liqligini ko‘rsatadi. Yana bir
misol, kosmik raketalar va samolyotlarning uchish jarayonlarida Nyutonning uchinchi
qonuni qo‘llaniladi, ya’ni raketa tashqi kuchlarni chiqarish orqali o‘zini yuqoriga
itaradi. Nyuton qonunlarining boshqa sohalarda qo‘llanilishi ham juda muhimdir.
Masalan, sportda futbol to‘pini nishonga qarab to‘g‘ri urish, skeytbord ustida
harakatlanish yoki basketbol to‘pining harakati bularning barchasi Nyutonning
qonunlari bilan tushuntiriladi.
Bugungi kunda ekologiya bilan bog‘liq ko‘plab texnologiyalarda Nyuton
qonunlarining qo‘llanilishi o‘sib bormoqda. Yengil va energiya tejamkor transport
vositalari, masalan, elektr avtomobillari va hibrid transport vositalari, Nyutonning
ikkinchi qonuniga asoslanadi. Bu qonun yordamida bu vositalarning tezlanishi va
energiya sarfini optimallashtirish mumkin.
Gravitatsiya qonuni: Yer barcha jismlarni o‘ziga tortadi. Bu kuch sababli biz yer
yuzida turamiz va narsalar pastga tushadi. Mevalarning daraxtdan tushishi: Daraxtda
pishgan olma yoki shaftoli o‘z vaznidan kelib chiqib pastga tushadi. Bu hodisa Yerning
tortishish kuchi tufayli yuzaga keladi. Agar gravitatsiya bo‘lmaganda, mevalar
daraxtda osilib qolardi yoki havoda suzib yurardi.
Odamning yerga yopishishi: Biz yerda turamiz, yuramiz, sakraymiz —
bularning barchasi Yerning tortishish kuchi tufaylidir. Bu kuch bizni osmonga uchib
ketishimizdan saqlaydi. Agar gravitatsiya bo‘lmasa, odamlar havoga ko‘tarilib,
nazoratdan chiqib ketardi. Sharni erkin tushishi: Agar siz sharni qo‘ldan qo‘ysangiz, u
erkin tushadi. Bu harakat gravitatsiya kuchining ta'siri ostida sodir bo‘ladi. Sharning
tezligi erga yaqinlashgan sari ortib boradi va yerga tegadi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_1-to’plam_Iyun-2025
35
ISSN:3030-3613
Suv yuzasining tekisligi: Dengiz, ko‘l va daryolarning suv yuzasi gorizontal
bo‘ladi. Sababi, suv molekulalari Yer tortishish kuchi ta'sirida markazga qarab tortiladi
va o‘zini teng taqsimlaydi. Shuning uchun suvning yuzasi tekis ko‘rinadi.
Oy va quyosh harakati: Oy yer atrofida, Yer esa Quyosh atrofida aylanishi ham
gravitatsiya kuchining natijasidir. Agar bunday kuch bo‘lmasa, sayyoralar o‘z
orbitasidan chiqib ketardi. Bu esa hayotning mavjudligi uchun muhim shartlardan
biridir.
Sportdagi qo‘llanishi: Futbol to‘pini tepishda yoki basketbol to‘pini uloqtirishda
uning harakati gravitatsiya ta'sirida egri chiziqda harakatlanadi. To‘p havoda qancha
baland ko‘tarilsa, gravitatsiya uni pastga tortadi va u yerga tushadi.
Termodinamika qonunlari:
Issiqlik energiyasi harakati:
Issiqlik doim yuqori
haroratdan past haroratga o'tadi.
Energiyaning saqlanishi:
Energiya yo‘qolmaydi,
faqat
bir
turdan
boshqasiga
aylanadi.
Birinchi qonun (energiyaning saqlanishi): Misol:
Gaz pechkasida gaz
yonayotganda, uning kimyoviy energiyasi issiqlik energiyasiga aylanadi va suv
qaynaydi. Bu jarayonda energiya yo‘qolmaydi, faqat turini o‘zgartiradi. Avtomobil
dvigatelida yoqilg‘i yonishi natijasida kimyoviy energiya mexanik harakatga va
issiqlikka aylanadi.
2. Ikkinchi qonun (issiqlik har doim yuqoridan pastga o'tadi):
Misol:
Issiq
choynakdagi suv vaqt o‘tishi bilan soviydi, chunki issiqlik xona havosiga tarqaladi.
Muzlatgich ichidagi mahsulotlar soviydi, chunki issiqlik tashqariga chiqariladi,
issiqlikning tabiiy oqimi yuqori haroratdan past haroratga bo‘ladi.
3. Uchinchi qonun (entropiya minimal bo‘ladi): Misol:
Sovutgich juda past
haroratga tushganda, uning ichidagi harakatlar susayadi, entropiya kamayadi va tizim
tartibli holatga keladi.
Optika qonunlari: Yorug‘likning sinishi va aks etishi ko‘zgu, ko‘zoynak, kamera
kabi qurilmalarda qo‘llaniladi.
Yorug‘lik sinishi va aks etishi hodisalari kundalik hayotda keng qo‘llaniladi.
Ko‘zgu yorug‘likning aks etishiga asoslanadi: yorug‘lik nurlari ko‘zgu yuzasidan aks
etib, biz o‘z aksimizni ko‘ramiz. Ko‘zoynak va linzalarda yorug‘lik sinadi, bu esa
tasvirni aniqroq ko‘rishga yordam beradi. Masalan, ko‘zoynaklar miyopiya yoki
gipermetropiya kabi ko‘rish kamchiliklarini to‘g‘rilaydi, chunki yorug‘lik nurlari ko‘z
sohasida to‘g‘ri markazga jamlanadi. Kameralar ham linzalari orqali yorug‘likni sinish
printsipiga asoslanib ishlaydi; ular yorug‘lik nurlarini o‘zgartirib, tasvirni sensorga
yo‘naltiradi. Bundan tashqari, teleskop va mikroskop kabi ilmiy asboblar ham
yorug‘likning sinishi orqali ob’ektlarni kattalashtirishga yordam beradi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_1-to’plam_Iyun-2025
36
ISSN:3030-3613
Qaytish qonuni (Elastiklik qonuni):
Jismga berilgan kuch olib tashlanganda,
jism o‘zining dastlabki holatiga qaytadi.
Misol:
Trampolinda sakrashda tana yerga tushganda qisqaradi, so‘ngra yana
ko‘tariladi. Yoki bilyard sharining to‘qmasdan boshqa shar bilan urilganda yo‘nalishi
o‘zgaradi.
Atmosfera bosimi qonuni:
Havo ustida joylashgan barcha jismlarga atmosfera
bosimi ta’sir qiladi.
Misol:
Suv idishidagi stakanning ustiga bosim berilganda suv toshadi yoki
vakuum paketlar orqali oziq-ovqat mahsulotlarini uzoq saqlash mumkin.
Qo‘zg‘alish qonuni (Zamonaviy fizikada impuls saqlanish qonuni):
Tizim
ichidagi impuls (harakat miqdori) saqlanadi, tashqi kuch bo‘lmaganda impuls
o‘zgarmaydi.
Misol:
Shaxmatdagi figuralar harakati yoki avtomobil to‘qnashganda tortishish
qonunlari impulsni qanday o‘zgartirishini tushunishga yordam beradi.
Magnitizm va elektromagnit induksiya qonuni:
Magnit maydon o‘zgarishi
elektr tokini hosil qiladi.
Misol:
Elektr generatorlari va transformatorlar shu printsipda ishlaydi. Kundalik
hayotda elektr chiroqlar, o‘choqlar, va ko‘plab texnik vositalar elektr energiyasini shu
yo‘l bilan oladi.
Sirpanish kuchi:
Jismlarning yuzasi orasida yuzaga keladigan qarshilik kuchi.
Misol:
Velosiped g‘ildiraklari yo‘lda surtilib, harakatni sekinlatadi. Mashinalarning
tormoz tizimi ham shu kuch orqali ishlaydi.
Om qonuni va elektr zanjiri:
Elektr tokining kuchlanishi, oqimi va qarshiligi
o‘rtasidagi bog‘lanish.
Misol:
Uyda ishlatadigan elektr lampalar, televizorlar va boshqa qurilmalar
ushbu qonun asosida ishlaydi. Lampaning yorug‘ligi va elektr iste’moli shu qonun
yordamida nazorat qilinadi.
Kauchukning elastikligi va issiqlik ta’siri:
Kauchuk yoki plastmassa
moddalarning issiqlikka ta’siri ostida deformatsiyasi va elastikligi o‘zgaradi.
Misol:
Issiq kunlarda avtomobil shinalari biroz kengayadi, chunki kauchuk
issiqlik ta’sirida yumshaydi.
XULOSA
Fizikaviy qonunlar kundalik hayotimizning barcha sohalarida doimiy ravishda
namoyon bo‘ladi. Nyuton qonunlari, gravitatsiya, termodinamika, elektromagnitizm va
optika qonunlari bizning harakatlarimizdan tortib, texnika vositalarigacha, tabiatdagi
jarayonlargacha har bir jihatni boshqaradi. Ushbu qonunlar tufayli biz atrofdagi
dunyoni yaxshiroq tushunamiz, texnologiyalardan unumli foydalanamiz va
hayotimizni qulaylashtiramiz.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_1-to’plam_Iyun-2025
37
ISSN:3030-3613
Shuning uchun fizikani o‘rganish va uni kundalik hayotda qo‘llash juda
muhimdir. Fizika nafaqat ilm-fanning asosi, balki insoniyat taraqqiyotining
poydevoridir. U hayot sifatini oshirish, texnologik yutuqlarga erishish va atrof-muhitni
muhofaza qilishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RО‘YXATI:
1.
Abdullayev, O. “Fizikaning asosiy qonunlari”. Toshkent, 2018.
2.
Axmedov, S. “Kundalik hayotda fizika”. T.: “Ilm-fan”, 2020.
3.
Mirzaev, J. “Termodinamika va uning amaliyoti”. Toshkent, 2019.
4.
A.A.Abdumalikov, H.M.Sattorov. Mexanika. (O‘quv qo‘llanma). Toshkent-2017
5.
Karimov, A. “Elektr va magnitizm”, O‘zbekiston fanlar akademiyasi nashri, 2015.