T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_1-to’plam_Iyun-2025
26
ISSN:3030-3613
“KIMYO FANINI O‘QITISH METODIKASI: SAMARALI DARS BERISH
USULLARI VA YONDASHUVLAR”
XAZRATQULOVA RAISA ORMONBEKOVNA
ANDIJON VILOYATI ASAKA TUMANI
39-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI
KIMYO FANI O’QITUVCHISI
Annotatsiya:
Ushbu mavzu kimyo fanini o‘qitishda samarali dars berish usullari
va yondashuvlarni o‘rganishga bag‘ishlangan. Kimyo darslarida o‘quvchilarning
qiziqishini oshirish, mavzularni yaxshiroq tushunishga yordam berish va bilimlarni
mustahkamlash maqsadida turli pedagogik metodlar tahlil qilinadi. Mavzu zamonaviy
ta’lim texnologiyalari, interfaol usullar va innovatsion yondashuvlar orqali kimyo
ta’limini yanada samarali qilish yo‘llarini ko‘rsatadi.
Kalit so’zlar:
kimyo ta’limi, o‘qitish metodikasi, dars berish usullari, pedagogik
yondashuvlar, interfaol metodlar, ta’lim texnologiyalari, innovatsion darslar, o‘quvchi
faolligi, bilim mustahkamlash, ta’lim samaradorligi
.
“METHODS OF TEACHING CHEMISTRY: EFFECTIVE TEACHING
TECHNIQUES AND APPROACHES”
RAISA ORMONBEKOVNA HAZRATQULOVA
CHEMISTRY TEACHER
SCHOOL NO. 39, GENERAL SECONDARY EDUCATION
ASAKA DISTRICT, ANDIJAN REGION
Annotation:
This topic is dedicated to studying effective teaching techniques
and approaches in chemistry education. It analyzes various pedagogical methods aimed
at increasing students’ interest, improving understanding of topics, and strengthening
knowledge retention in chemistry lessons. The topic highlights ways to enhance
chemistry education through modern educational technologies, interactive methods,
and innovative approaches.
Keywords:
chemistry education, teaching methodology, teaching techniques,
pedagogical approaches, interactive methods, educational technologies, innovative
lessons, student engagement, knowledge retention, educational effectiveness.
KIMYO FANINI O‘QITISH METODIKASI: SAMARALI DARS BERISH
USULLARI VA YONDASHUVLAR
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_1-to’plam_Iyun-2025
27
ISSN:3030-3613
Kimyo fani maktab ta’limida muhim o‘rin tutadi. Bu fan o‘quvchilarga tabiat
qonunlari, moddalar tarkibi va ularning o‘zgarishi haqida bilim beradi. Biroq, kimyo
ko‘pincha murakkab va qiyin fan sifatida qabul qilinadi. Shuning uchun kimyo fanini
samarali o‘qitish uchun maxsus metodik usullar va yondashuvlar qo‘llanishi zarur.
Kimyo fani bo‘yicha ta’lim sifatini tubdan oshirish, umumta’lim maktablarida
ushbu fanlarni o‘qitishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish, ta’lim muassasalarini
zamonaviy laboratoriyalar, darsliklar va boshqa o‘quv jihozlari bilan ta’minlash
hozirda zamon talablaridan biriga aylangan. Ushbu yo‘nalishlarga malakali o‘qituvchi-
murabbiylarni jalb etish, kadrlar tayyorlash va ilm-fan natijalaridan foydalanishda
ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari o‘rtasida o‘zaro yaqin muloqot va
hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biri boʻlib
hisoblanadi.
Kimyo fani oʻqituvchisi – kimyo ta’limini amalga oshirishda integratsiya va
moslashuvchanlikni ta’minlash, oʻquvchilarda fan boʻyicha amaliy va nazariy
koʻnikmalarni shakllantirish qobiliyati boʻlishi, kimyoning boshqa fanlar bilan
aloqadorligi haqida maʼlumotlar berishi kabi muammolarni hal etish imkoniyatiga ega
boʻlishi kerak.
Samarali dars usullari o‘quvchilarning fan bo‘yicha qiziqishini oshiradi,
mavzularni yaxshiroq tushunishga yordam beradi va ularning amaliy ko‘nikmalarini
rivojlantiradi. An’anaviy o‘qitish usullaridan tashqari, interfaol metodlar va zamonaviy
texnologiyalarni qo‘llash kimyo darslarini yanada samarali qiladi.
Bugungi kunda darslarni yanada samarali o‘tkazish uchun turli multimedia
vositalari qo‘llaniladi: video, animatsiyalar, interaktiv taqdimotlar. Shuningdek, virtual
laboratoriyalar va simulyatsiyalar yordamida xavfsiz va qulay sharoitda tajribalar
o‘tkazish mumkin.
Bu mavzuda kimyo fanini o‘qitishda eng yaxshi usullar, interfaol yondashuvlar
va ta’lim texnologiyalaridan foydalanish yo‘llari o‘rganiladi.
Maktabda kimyoni o'qitish uzluksiz ta'lim tizimi xususan, o'rta ta'limi oldiga
qo'ygan umumiy maqsadlarni amalga oshirishga yo'naltiriladi. Maktabda o'qitiladigan
kimyo o'quvchilarni o'quv fani asoslari bilan bog'liq bo'lgan umumiy qonuniyatlar,
nazariyalar, umumkimyoviy tushunchalar va atamalar bilan tanishtirish barobarida
o'quvchi shaxsining barkamolligini ta'minlashga muayyan hissa qo'shadi va kurs
mazmuni bilan bog'lik holda o'quv-tarbiyaviy jarayonlarni zamon talablariga mos
holda tashkillantirish va boshqarish imkonini beradi.. Maktabda kimyoni o'qitish ta'lim
mazmuni, o'qitish shakllari, metodlari, vositalarini oʻzaro bog'liq holda amaliyotga
joriy etishni asosiy maqsad qilib qo'yadi. Uzluksiz ta'lim tizimining o'rta ta'limi turida
ta'lim-tarbiya jarayoniga qo'yilgan talablar tahsil oluvchilarning yosh va psixologik
xususiyatlari hisobga olingan holda, ta'lim mazmuni, o'qitish shakli, metodi va
vositalarining uzviyligini ta'minlash masalasi dolzarb muammo sanaladi. Kimyo
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_1-to’plam_Iyun-2025
28
ISSN:3030-3613
o'qitish metodikasining asosiy vazifasi o'quvchilarga kimyo o'quv fanlari bo'yicha DTS
bilan me'yorlangan bilim berish, rivojlantirish, tarbiyalash, ularning har tomonlama
rivojlangan shaxs sifatida kamol topishi, mustaqil hayotga tayyorlashga ko'mak
beruvchi o'quv fanlar mazmuni o'qitish shakllari, vositalari va metodlarini ishlab
chiqishdan iborat.
Maktabda kimyoni o'qitishni takomillashtirish maqsadida quyidagi vazifalarni
hal etish nazarda tutiladi:
1. Barkamol shaxsni kamolga yetkazish, o'qitish, rivojlantirish va tarbiyalash
jarayonida kimyo o'quv fanining o'rnini aniqlash va bu borada amalga oshirish lozim
bo'lgan tadbirlarni belgilash;
2. Maktabda kimyoni o'qitishda dars, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari
mashg'ulotlar
va
ekskursiyalarning
uzviyligini
ta'minlash,
bu
jarayonda
o'quvchilarning mustaqil ishi va tahsilining ustuvorligini ta'minlash;
3. O'quvchilarning bilim zaxirasi, yosh va psixologik xususiyatlariga mos
ravishda o'quv fanlarining mazmuni, undagi mavzularning oʻrganish izchilligi va
mantiqiy bog'lanishlarni belgilash;
4. Kimyo o'quv fanlarining uziga xos xususiyatlarini e'tiborga olgan holda
o'qitish metodlari, vositalari va tashkiliy shakllarini ishlab chiqish;
5. O'qitish jarayonida qo'llash uchun zarur jihozlar, kimyo va laboratoriya
xonasini o'qitish vositalari va reaktivlar bilan ta'minlash;
6. Kimyodan o'quvchilaming o'zlashtirgan bilim va ko'nikmalarini nazorat qilish
va baholash reyting tizimining metodik ta'minotini ishlab chiqish;
7. Kimyoni o'qitish samaradorligini orttirishga imkon beradigan elektron darslik
va kimyoviy jarayonlarni aks ettirgan animatsiyalar yaratish.
Maktab kimyo fan o'qituvchisi dars o'tish jarayonida qo'yidagilarni amalga
oshirishlari zarur: Darslarga tayyorlanish jarayonida moddiy ta'minotni (kerakli reaktiv
va jihozlar, asbob va materiallar) birinchi galdagi vazifa sifatida tan olish, oldindan
taxtlash, zararli moddalarni kam zararli yoki zararsiziga almashtirish, ularni oldindan
sinab ko'rish hamda mahalliy materiallardan foydalangan holda qo'l ostida bo'lmagan
reaktivlar o'rnini to'ldirish. O'quvchilarning salomatligi uchun doimiy g'amxo'rlik
qilish, zarur bo'lganida ularga birinchi va tez yordam bera olish. Tajribalar va amaliy
ishlarni bajarish bo'yicha o'quvchilarga yo'riqnomalar tayyorlab berish hamda ularning
to'g'ri bajarilishini uzluksiz nazorat qilish. Kimyoviy eksperiment o'tkazish texnikasi
va metodikasining zarur elementlarini o'quvchilar ongiga muntazam ravishda singdirib
borish. Yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan xato va kamchiliklarning oldini ola bilish.
Kimyo xonasining doimiy ozoda va sarishtaligiga erishish, sanitariya va gigiena
qoidalariga qat'iy rioya qilish hamda ularga tegishli talablarning to'liq bajarilishiga
erishish. Texnika xavfsizligi (shu jumladan, yong'in xavfsizligi) qoidalarining so'zsiz
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_1-to’plam_Iyun-2025
29
ISSN:3030-3613
bajarilishini ta'minlash va o'zining o'quvchilar salomatligini muhofaza qilinishiga to'la
mas'uliyatli ekanligini bir zum ham unutmaslik va boshqalar.
Kimyo fani tabiiy fanlardan hisoblanib, qadim zamonlardan boshlab o'rganib
kelingan. Kimyo fani tugallanmagan fan hisoblanib, yildan yilga rivojlanib bormoqda.
O'quvchilarga fanni o'rgatishda hayotiy misollar, kundalik hayot tizimida ishlatish
sohalari bilan tanishtirib o'rgatiladi. Ayniqsa boshqa fanlar bilan bog'lab o'rgatish katta
samara beradi. Maktablarda kimyo fani 7-sinfdan boshlab o'rgatiladi. Men ko'pincha
o'quvchilarga ilk bor maktabga kelganida alifbodan foydalanib harf o'rganganligini
eslatib o'taman. Kimyo fani asosi bo'lgan D.I.Mendeleyev davriy jadvalini o'rgatishni
boshlayman. Alifboda 29 ta harf bo'lsa, D.I.Mendeleyevning davriy jadvalida 118 ta
element bor. Harflar o'zaro birikib qancha-qancha so'zlarni hosil qiladi. 118 ta element
ham o`zaro birikib turli xil moddalarni hosil qiladi.
Har bir darsda, uning maqsadidan kelib chiqqan holda aniq dasturlar qoʼllanishi
mumkin. Oʼquv jarayonida samarali foydalaniladigan dasturiy vositalar kasbiy kimyo
oʼqitishga mos boʼlishi, yuqori darajadagi koʼrgazmalilikka, foydalanishga oson,
umumoʼquv va tajribaviy koʼnikmalarini shakllantirishiga, bilimlarni umumlashtirish
va chuqurlashtirish imkoniyatlariga ega boʼlishi kerak.
Tadqiqotlarning natijalari shuni koʼrsatdiki, talabalarni oʼz kasbiga boʼlgan
qiziqishini oshirishda yangi axborot texnologiyalari, xususan pedagogik dasturiy
vositalarning roli katta. Pedagogik dasturiy vositalarni oʼquv jarayonida maqsadga
muvofiq boʼlgan metodika asosida qoʼllash boʼlajak pedagoglarni va boshqa
mutaxassislikka oid kurslar boʼyicha amaliy bilimlarini mustahkamlash bilan
birgalikda yangi axborot texnologiyalariga boʼlgan qiziqishini oshiradi. Yuqoridagi
fikrlar asosida kimyo darslarini har doim anʼanaviy tarzda emas, baʼzan noanʼanaviy
tarzda tashkil etish yaxshi natija beradi. Masalan, dars boshlanishida oʼquvchilarga
kartochka-topshiriq va shu topshiriqqa oid model (krossvord yoki skanvord, rebuslar
tuzish ham mumkin) tarqatib chiqiladi.
Topshiriqni birinchi boʼlib bajargan oʼquvchilar baholar orqali ragʼbatlantirilishi
eʼlon qilinadi. Kimyoga oid qiziqarli masalalarga krossvord, rebus va ijobiy izlanishga
undaydigan masalalarni kiritish mumkin. Bunda oʼquvchilarni zeriktirmaslikka, kimyo
atamalaridan soʼz boyligini oshirish va tez fikrlashga oʼrgatadi.
Kimyoga oid rebusni tuzishga turmushda uchraydigan va oʼquvchilarga maʼlum
boʼlgan obʼektlar, shakllar yoki tasvirlarni tanlash maqsadga muvofiq. Oʼquvchilarni
fanga qiziqtirish, darsda qiziqarli masalalar va didaktik oʼyinlardan unumli foydalanib
faol oʼquv-biluv jarayonini vujudga keltirish orqali oʼquvchilarning grafik
tayyorgarligi darajasini oshirish va kasbiy shakllantirish mumkin.
Kimyodan yaratilgan oʼyin dasturlari oʼquvchilarda oʼquv motivatsiyasini
shakllantirishga, ijodiy fikrlashga, mustaqil ishlash va bilim boyligini oshirishga
xizmat qiladi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_1-to’plam_Iyun-2025
30
ISSN:3030-3613
XULOSA
Kimyo fanini o‘qitish metodikasi zamonaviy ta’lim jarayonining muhim qismi
bo‘lib, samarali dars berish usullari va yondashuvlar o‘quvchilarning fan bo‘yicha
bilim darajasini oshirishda katta ahamiyatga ega. Kimyo kabi murakkab va ko‘p qirrali
fan o‘qitilishi uchun an’anaviy metodlar bilan birga interfaol, innovatsion va
texnologik yondashuvlarni qo‘llash talab etiladi.
Samarali metodlar o‘quvchilarning qiziqishini uyg‘otadi, mavzularni yaxshiroq
tushunishga yordam beradi va ularning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Interfaol
usullar — masalan, laboratoriya ishlari, guruhli muhokamalar, loyihalar va multimedia
vositalari — kimyoni yanada qiziqarli va tushunarli qiladi. Shuningdek, ta’limda
zamonaviy texnologiyalar, masalan, virtual laboratoriyalar va ta’lim platformalaridan
foydalanish ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.
O‘qituvchilarning pedagogik mahorati, kreativligi va o‘quvchilarga individual
yondashuvi ta’lim jarayonining muvaffaqiyatli bo‘lishini ta’minlaydi. Darslarni
rejalashtirishda o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, bilim darajasi va qobiliyatlari
hisobga olinishi zarur.
Shu bois, kimyo fanini o‘qitish metodikasini doimiy ravishda takomillashtirish,
yangi pedagogik yondashuvlar va texnologiyalarni joriy etish ta’lim jarayonining
samaradorligini oshirishda asosiy omil hisoblanadi. Natijada, o‘quvchilar nafaqat
nazariy bilimlarni, balki amaliy ko‘nikmalarni ham mukammal egallab, kimyo faniga
bo‘lgan qiziqishlari ortadi va kelajakda ilm-fan sohasida muvaffaqiyat qozonishlari
uchun mustahkam poydevor yaratiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RО‘YXATI:
1.
Abdullaev SH.V., Muxitdinova D.X. «Kimyo o’qitish metodikasi»dan metodik
qo’llanma- Namangan, 2003.
2.
Abdukarimov, M. (2018).
Kimyo fanini o‘qitish metodikasi
. Toshkent: O‘qituvchi.
3.
Karimova, S. (2020).
Innovatsion pedagogik texnologiyalar va kimyo darslari
.
Toshkent: Fan va ta’lim.
4.
Islomov, J. (2019).
Maktabda kimyo o‘qitishning samarali usullari
. Toshkent:
Pedagogika.
5.
Qodirov, M. (2016).
Kimyo fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik yondashuvlar
.
Toshkent: Fan va ta’lim.
6.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. (2022).
Kimyo fanini o‘qitish
bo‘yicha metodik qo‘llanma
. Toshkent.