Mualliflar

  • G’AFFUROVA PARVINA TOSHTEMIROVNA

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.93330

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: mehr e’tibor boshlang‘ich sinf o‘quvchi tarbiya o‘qituvchi insoniy fazilatlar jamiyat hamkorlik ota-ona ijtimoiy tarbiya maktab muhiti bolalar tarbiyasi.

Annotasiya

 Annotatsiya.  Ushbu  maqolada  mehr  va  e’tiborning  inson  hayotidagi  o‘rni, 
ayniqsa,  boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilari  uchun  naqadar  muhim  ekani  haqida  so‘z 
yuritiladi.  Mehribonlik,  hurmat,  do‘stlik  va  o‘zaro  yordam  kabi  insoniy  fazilatlar 
yoshligidan shakllanadi. Shuning uchun ham maktabning ilk bosqichlarida bolalarga 
mehr bilan yondashish, ularning his-tuyg‘ulariga e’tiborli bo‘lish kelajakda mehrli va 
oqil  jamiyatni  barpo  etishga  xizmat  qiladi.  Maqolada  o‘qituvchilarning  mehrli 
muomalasi,  ota-onalar  bilan  hamkorlik,  bolalarda  ijobiy  fazilatlarni  shakllantirish 
yo‘llari  haqida  fikr  yuritiladi.  Bu  orqali  yosh  avlodda  mehr-oqibatli,  hurmatli, 
bag‘rikeng inson sifatida kamol topishga zamin yaratiladi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_1-to’plam_Iyun-2025

11

ISSN:3030-3613

BOSHLANG’ICH SINFDA MEHR VA E’TIBOR- KELAJAK

JAMIYATINING POYDEVORI

G’AFFUROVA PARVINA TOSHTEMIROVNA

SAMARQAND VILOYATI SAMARQAND TUMANI

32-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI
BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHISI

Annotatsiya.

Ushbu maqolada mehr va e’tiborning inson hayotidagi o‘rni,

ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun naqadar muhim ekani haqida so‘z
yuritiladi. Mehribonlik, hurmat, do‘stlik va o‘zaro yordam kabi insoniy fazilatlar
yoshligidan shakllanadi. Shuning uchun ham maktabning ilk bosqichlarida bolalarga
mehr bilan yondashish, ularning his-tuyg‘ulariga e’tiborli bo‘lish kelajakda mehrli va
oqil jamiyatni barpo etishga xizmat qiladi. Maqolada o‘qituvchilarning mehrli
muomalasi, ota-onalar bilan hamkorlik, bolalarda ijobiy fazilatlarni shakllantirish
yo‘llari haqida fikr yuritiladi. Bu orqali yosh avlodda mehr-oqibatli, hurmatli,
bag‘rikeng inson sifatida kamol topishga zamin yaratiladi.

Kalit so’zlar

:

mehr, e’tibor, boshlang‘ich sinf, o‘quvchi, tarbiya, o‘qituvchi,

insoniy fazilatlar, jamiyat, hamkorlik, ota-ona, ijtimoiy tarbiya, maktab muhiti, bolalar
tarbiyasi.

CARE AND ATTENTION IN PRIMARY SCHOOL – THE FOUNDATION OF

FUTURE SOCIETY


Abstract:

This article discusses the importance of care and attention in human

life, especially for primary school students. Human values such as kindness, respect,
friendship, and mutual assistance begin to take shape from early childhood. Therefore,
showing care and being attentive to children’s emotions during the early stages of
schooling contributes to the development of a compassionate and wise society in the
future. The article explores the significance of teachers’ kind attitudes, collaboration
with parents, and methods for fostering positive qualities in children. Through these
efforts, a foundation is laid for nurturing a young generation that is compassionate,
respectful, and tolerant.

Keywords:

care, attention, primary grade, student, upbringing, teacher, human

values, society, cooperation, parents, social education, school environment, child
development.

BOSHLANG’ICH SINFDA MEHR VA E’TIBOR- KELAJAK

JAMIYATINING POYDEVORI


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_1-to’plam_Iyun-2025

12

ISSN:3030-3613


Respublikamiz mustaqillikka erishgach ta’lim-tarbiya jarayonini rivojlantirish

uchun bir qancha yangi asoslar yuzaga keldi. Jumladan “Ta’lim to‘g‘risidagi”
Qonunning yangilanishi ta’limni tubdan isloh etish, rivojlangan demokratik davlatlar
darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi malakali kadrlar
tayyorlash imkoniyatini beradi.

Insonning shaxs sifatida shakllanishida bolalik davri hal qiluvchi bosqich

sanaladi. Ayniqsa, maktabga qadam qo‘ygan ilk yillari – boshlang‘ich sinf davri – bola
dunyoqarashi, fe’l-atvori va ijtimoiy munosabatlarining shakllanishida asosiy rol
o‘ynaydi. Shu bois, bu davrda bolaga ko‘rsatilgan mehr va berilgan e’tibor kelajakda
uning jamiyatga munosabatini, hayotga bo‘lgan qarashini belgilaydi. Mehr va e’tibor
bolalarda ijobiy insoniy fazilatlarni shakllantirishga xizmat qiladi.

Tarbiya tushunchasi millat tarixi va jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida

turlicha mohiyatga ega bo‘lib, har xil tarzda izohlanib kelindi. O‘zbekiston
mustaqillikka erishgach, tarbiyani izohlashda yangi sog‘lom pedagogik tafakkurga
tayangan holda yondashuv qaror topa boshladi. Endilikda tarbiyaning irsiy-biologik
jihatlari va milliyligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Milliy tarbiya xalq nomi va uning
tarixi chambarchas bog‘liqdir. Buning uchun xalq pedagogikasi boyliklari,
mutufakkirlarning pedagogik qarashlari tizimli sinchkovlik bilan o‘rganilmoqda.
Tarbiya jarayonini amalga oshirishda ijtimoiy tarbiya alohida ahamiyat kasb etadi.
Chunki tarbiya jarayoni ijtimoiy xarakterga ega bo‘ladi. Ijtimoiy tarbiya bolada
ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan fazilatlarni rivojlantirish jarayonidir.

Tarixdan ko‘pgina allomalarimiz tarbiyaga katta ahamiyat berib jamiyatning

asosiy vazifalaridan deb bilishgan. “Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot
- yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir” A. Avloniyning ushbu so‘zlaridan ham
tarbiya naqadar muhum ijtimoiy jarayon ekanligini bilib olishimiz mumkin.

Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fanining predmeti bo‘lajak o‘qituvchi

tarbiyachilarga kelajak avlodni ma’naviy yuksak fazilatlar egasi qilib tarbiyalash
sanatining qirralari, shakl va yo‘llari hamda bilim, ko‘nikma va malaka hosil qilish
haqida bahs yuritadi. Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fanining o‘rganish obyektini esa
ta’lim muassalaridagi uzluksiz ta’lim –tarbiya jarayoni tashkil etadi. Tarbiyaviy
ishlarni tashkil qilish metodikasi ijtimoiy faollikni shakllantirishga xizmat qiladi.
Tarbiya - yosh avlodni har tamonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq
atvorni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan faoliyat bo‘lib, shaxsni aqliy, jismoniy,
axloqiy, ma’naviy sifatlarini shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, insonning jamiyatda
yashashini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan xususiyatlarini tarkib toptirishning
jarayonlaridir. Tarbiya shaxsni tarkib toptirishga qaratilgan bo‘lib, shaxs va
jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar asosida rivojlanadi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_1-to’plam_Iyun-2025

13

ISSN:3030-3613

Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fanining asosiy maqsadi, bugungi kun talabiga

javob beradigan barkamol shaxsni shakllantirishga qaratilgan ekan, aynipaytda bu
o‘qituvchilarga katta mas’uliyatni yuklaydi. Shu jihatdan ham o‘qituvchining
pedagogik faoliyat yuritishi davr talabiga javob bermog‘i lozim. Shu jihatdan ham yosh
avlodni barkamol qilib voyaga yetkazish uchun Respublikamizda ijtimoiy – tashkiliy,
tarbiyaviy ishlar amalga oshirilmoqda. Barkamol avlodni tarbiyalash, ma’naviy,
ma’rifiy, tashkiliy uslubiy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari bilan murakkab tarbiyaviy ishlar
tizimi kundan-kunga takomillashib bormoqda.

Qadimgi faylasuflar-u donishmandlar axloq-odobga juda katta baho berib, uni

jamiyatning

poydevori

deganlar.

Asrlar

davomida

axloq-odob

mavzuida

qanchadanqancha

kitoblar,

hikmatnomalar,

odobnomalar,

pandnomalar

va

nasihatnomalar, ibratli hikmatu rivoyatlar yaratilgan. Xalq og‘zaki ijodi xazinalarida
axloq-odobga doir bebaho fikr javohirlari borki, ularning hammasini hisoblab-
hisobiga, ta’riflab-ta’rifiga yetib bo‘lmaydi. Muqaddas Qur’oni Karimda va
payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning hadislarida insoniy axloqodobning
barcha qirralari o‘z ifodasini topgan.

Axloqiy tarbiya vazifalaridan yana biri insonning jamiyatga bo‘lgan

munosabatini yuqori pog‘onaga ko‘tarishdir. Imon va insof, so‘z va ish birligi,
insonparvarlik – yangi ko‘rilayotgan jamiyatning asosiy xususiyatlari bo‘lib qoladi.
Shunday ekan, jamiyat va xalq manfaati, uning baxt-saodati uchun kurashish
mas’uliyatini har bir fuqaro teran his etishi va unga amal qilishi lozim. Yoshlarni
tarbiyalashda sho‘rocha axloq usullaridan voz kechib, sharqona va milliy axloqodob
normalari asosida ish yuritish bilan birga jamiyatga hurmat, mustaqillikni
mustahkamlash, insonlarga insoniy munosabatda bo‘lish kabi fazilatlarni singdirish
taqozo etiladi. Bu vazifalarni amalga oshirish o‘quvchilarning jamiyatga bo‘lgan
munosabatini shakllantirishda muhim ahamiyatga egadir.

Axloqiy tarbiya vazifalaridan biri - ongli intizom bo‘lishidir. Ongli intizom

kishining kundalik faoliyatida, xulq-atvorida, kishilar bilan aloqasida, umumiy
dunyoqarashida namoyon bo‘ladi. Ongli, intizomli kishining madaniyati, muomalasi
kundalik masalalarni hal qilish bilan hayotining mazmuni, yaxshilik va yomonlik,
ma’naviy boylik haqidagi tasavvurlari bilan u yoki bu tarzda bog‘langandir. Ongli
intizom egasi bo‘lgan kishi o‘z axloqiy burchini to‘g‘ri anglaydi, o‘z xatti harakatlariga
baho beradi, noto‘g‘ri xatti-harakatni qoralaydi.

Intizomli kishi o‘z xulq-atvoriga to‘g‘ri baho berish bilan birga biror xatti-

harakat uchun shaxsiy mas’uliyatni his etadi.

Abdulla Avloniy “Intizom deb qiladurgan ibodatlarimizni, ishlarimizni har

birini o‘z vaqtida tartibi ila qilmoqni aytilur. Agar yer yuzida intizom bo‘lmasa edi,
insonlar bir daqiqa yasholmas edilar” deb ta’kidlaydi. Demak, intizom ruhimizga,


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_1-to’plam_Iyun-2025

14

ISSN:3030-3613

fikrimizga ta’sir qiladigan xislat, tartib-odob, ma’naviy quvvatdir. Intizom yaxshi
xulqlarning manbaidir.

Haqiqatan ham, bugungi kunda O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlash va

kelajakda istiqlol istiqbolini rivojlantirish, avvalo komil insonlarga bog‘liq. Komil
inson O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlashda o‘z e’tiqodi, g‘ayrat-shijoati,
madaniyati, bilimi va ularni tatbiq etish mahorati bilan ajralib turadi. Komil insonni
shakllantirishda maktabda, oilada, sog‘lom ma’naviy muhit barqaror bo‘lishiga
erishish muhim ahamiyatga ega. Chunki sog‘lom muhit natijasidagina axlokqy
fazilatlar tarkib topadi.

Ota-onalar o‘z farzandlarini komil insonlar qilib tarbiyalashi, ularda Vatanga

muhabbat, mehnati va fidoyiligi bilan o‘zgalarga foyda keltirish, sadoqat, samimiylik
kabi xislatlarni kamol toptirishga xizmat qiladi. Farzandlarimizning bunday insonlar
bo‘lishida oilaning totuvligi, ota-onaning o‘zaro mehr-muhabbati ham samarali ta’sir
ko‘rsatadi. Kishi o‘z hayotida axloqiy kamolotga qanchalik ko‘p intilsa, shunchalik o‘z
xato-kamchiliklarini anglab boradi.

Hadisi shariflardagi axloqqa oid ibratli, maslahatlar, hikoyatlar, asrlar

davomida ajdodlarimiz hayotida tarkib topgan milliy urf-odatlar, an’analar Beruniy,
Forobiy, Ahmad Yassaviy, Amir Temur, Navoiy, Bobur singari buyuk allomalar,
olimlar, yozuvchilarning axloq haqidagi ko‘plab fikr-mulohazalari bugungi kunda ham
oilaviy hayot uchun, har bir inson uchun qadr-qimmatini yo‘qotmagan muhim
tarbiyaviy ahamiyatga molikdir. Jumladan, Amir Temur axloqi husniya - yaxshi
xulqlar egasi bo‘lgan. U oqil va tadbirli sarkarda sifatida odamlarni ishga tayinlashda
ham, vazifasidan ozod etishda ham shoshmashosharlik va adolatsizlikka yo‘l
qo‘ymagan, balki yetti o‘lchab bir kesgan. Amir Temur singari jahon ma’naviyati
saltanatida o‘z o‘rinlariga ega bo‘lgan buyuk bobokalonlarimizning axloq, go‘zal xulq
haqidagi fikrlari bugungi kun talabi bilan yozilgandek tuyuladi. “O‘g‘illarim!
Millatning ulug‘ martabasini, saodatini saqlamoq uchun sizlarga qoldirayotgan vasiyat
va tuzuklarni yaxshi o‘qing, aslo unutmang va tatbiq eting. Millatning dardlariga
darmon bo‘lmoq vazifangizdir.

Zaiflarni qo‘riqlang, yo‘qsillarni boylar zulmiga tashlamang. Adolat va ozodlik

dasturingiz, rahbaringiz bo‘lsin”.

Ismoil Al-Buxoriy “Axloqning yaxshi bo‘lishi, taomning pokizaligi, rostlik va

omonatga xiyonat qilmaslik shart, dunyoviy ishlardan chetda qolgan bo‘lsang ham
zarari yo‘qdir”, – deb yozadi. O‘rta Osiyo mutafakkirlarining axloq haqidagi fikrlari,
o‘gitlari shunday kuchga egaki, ular o‘quvchilar qalbida insoniylik urug‘larining unib
chiqishiga, katta hayot yo‘liga olib chiqishga yordam qiladi, ma’naviy kuch-quvvat
beradi.

Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Abu Ali ibn Sino,

Alisher Navoiy kabi ulug‘ mutafakkirlarning axloqiy qarashlari va qadriyatlardan


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_1-to’plam_Iyun-2025

15

ISSN:3030-3613

mustaqil O‘zbekiston istiqlolini mustahkamlashda, o‘quvchilarning axloqiy
madaniyatini shakllantirishda, kundalik turmushimizda keng foydalanishimiz
maqsadga muvofiqdir.

Tarbiya - shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma’naviy sifatlarni

shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi
uchun zarur bo‘lgan xususiyatlarga ega bo‘lishini ta’minlash yo‘lida ko‘riladigan chora
tadbirlar yigindisi. Tarbiya insonning insonligini ta’minlaydigan eng qad. va abadiy
qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud bo‘la
olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar
Tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga o‘tadi.

Pedagogik adabiyotlarda “Tarbiya” atamasi keng va tor ma’nolarda ishlatiladi.

Keng ma’noda Tarbiya inson shaxsini shakllantirishga, uning jamiyat ishlab chiqarish.i
va ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy hayotida faol ishtirokini ta’minlashga karatilgan barcha
ta’sirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yigindisini anglatadi. Bunday tushunishda
Tarbiya faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan
tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi goyalari, adabiyot,
san’at, kino, radio, televidenie va boshqalarni ham o‘z ichiga oladi. Shuningdek, keng
ma’nodagi Tarbiya tushunchasi ichiga ta’lim va ma’lumot olish ham kiradi.

Barchamizga ma’lumki, ma’naviy-ahloqiy rivojlanish shaxsning butun hayoti

davomida yuz beradi. Ma’naviyat shunday jarayonki, unda dastlab vujudga kelgan
shakllar keyingi bosqichlarda boyitib va to‘ldirib boriladi. Ma’naviy-ahloqiy
rivojlanish shaxs rivojining senzitiv davrlarida, ayniqsa, faol yuz beradi. Bunday hol
shaxsning o‘z hayotidagi muayyan davrda yuksak darajadagi ma’naviy, ahloqiy,
estetik va bilish ehtiyojlari bilan bog‘langan bo‘ladi. O‘smirlik davrida shaxs o‘zining
ma’naviy-ahloqiy rivojlanishida hal qiluvchi qadamlarni qo‘yadi. Bunga mazkur
jarayonning rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan shartsharoitlarning muvofiqligi katta
ta’sir o‘tkazadi.

Shaxs taraqqiyotining har bir davri psixik rivojlanishning o‘ziga xos sifat

ko‘rsatkichlariga ega bo‘ladi. Ko‘pchilik psixik xususiyatlar birgalikda shaxsning
rivojlanishidagi vaziyatlar majmuasi bilan bog‘liq bo‘lib, ular jumlasiga shaxsning
turmush tarzi, ijtimoiy shart-sharoitlari, tarbiyasi va faoliyati xususiyatlari, jinsiy,
tipologik va individual xususiyatlarni kiritish mumkin. Insonning, jumladan
o‘smirning ijtimoiy mavqeyi (uning o‘quv-tarbiya muassasadagi, oiladagi o‘rni)
muloqot shakllari va faoliyat turlari bilan belgilanadi.

Yaponiya - kun chiqar mamlakat aholisi farzandlarining tarbiyasiga o‘ta jiddiy

qarashadi. Bu erda har bir yoshga nisbatan ma’lum bir munosabatda bo‘linadi va ayri
tarbiya usullari qo‘llaniladi. Mashhur yapon ruhshunosi Masara Ibukining fikriga
ko‘ra, bolaga asosiy tarbiyani 3 yoshgacha berish lozim. Aynan 3 yoshga qadar
farzandingizdagi yashirin iqtidorni yuzaga chiqarish mumkin. Yaponiyaliklar 5


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_1-to’plam_Iyun-2025

16

ISSN:3030-3613

yoshgacha bo‘lgan kichkintoyga qiroldek muomala qilishadi. Ular istaganlaricha
o‘ynashlari, miyasiga kelgan ishni qilishlari mumkin. Hattoki bolalar bog‘chalarida
bolakaylar flomaster bilan devorga to‘ygunlaricha chizishlari uchun maxsus xonalar
mavjud. Ota-onalar o‘z farzandlarini o‘yinchoqlar va ortiqcha kiyim-kechak bilan
siylashmaydi.

Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi erkinlik bola tarbiyasida ham o‘z aksini

topgan. Onalar farzandlarining har soniyalik qiziqishlari va injiqliklarini qondirishga
tayyordirlar. Aksariyat bolalar 4-5 yoshlarida o‘yinchoqlarning barxa turi bilan
tanishishadi, ko‘pincha amerikalik oilalarning garaj va omborxonalari bir marotaba 22
o‘ynalgan o‘yinchoqlar bilan to‘lib-toshadi. Ikkinchi tomondan, go‘dakligidanoq
amerikalik bolakaylar “Sen eng chiroylisan, eng yaxshisan, eng aqllisan, eng
qobiliyatlisan”, degan so‘zlarni har kuni eshitgan holda o‘sishadi. Maqsad - mustaqil
insonni tarbiyalash! Agarda bola xato qilsa, uni urushmay: “Yana bir marotaba harakat
qilib ko‘r! Sen, albatta, buni uddalaysan! Chunki sen zo‘rsan!” deya qo‘llab
quvvatlanadi.

Albatta, bunday yondashuv kelgusida o‘zining mevasini beradi. Shvesiyada

bolalarga shakllangan shaxs sifatida qarashadi. Ularning ham o‘z huquqlari va
majburiyatlari bor. Shuningdek, shvedlardagi bag‘rikenglik, o‘zgaga, uning
qarashlariga, madaniyati, dini, irqiga nisbatan hurmatda va sabrli bo‘lish, agarda
insonning biror-bir jismoniy yoki ruhiy kamchiligi bo‘lsa, unga tengqur sifatida qarash
bolalikdanoq yosh avlod ongiga singdiriladi. 8-sinfdan boshlab o‘quvchilarga “Bolalar
haqida” degan fan o‘tiladi. Ular oila qurish, homiladorlik, undan saqlanish yo‘llari,
jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklar, bola tarbiyasi va balog‘at yoshida o‘smirlar
bilishi zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. “Save the children” deb
ataluvchi Amerikadagi tashkilot har yili dunyo mamlakatlarining qaysi birida onalar
va bolalar yaxshi yashashlarining ro‘yxatidan iborat Mothers Index (Onalar indeksi)ni
tuzib chiqadi. Unda Shvesiya deyarli har yili birinchi o‘rinni egallaydi. Chaqaloq
dunyoga kelgach, yosh shved onalar davlat tomonidan har tomonlama qo‘llab
quvvatlanadi.

Boshlang‘ich sinflarda yuqori bilim, ko‘nikma va malakalarni shaklllantirish

uchun o‘quv-biluv faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlar majmuasiga
o‘quvchilarning motivlari sohasini o‘rganish masalalari ham muhim ahamiyat kasb
etadi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi” hamda O‘zbekistonda ta’lim tizimini isloh qilish va
takomillashtirishga qaratilgan qator hujjatlarda ta’lim jarayonini insonparvarlashtirish
va demokratlashtirish, uni shaxsga - ta’lim jarayonining asosiy subyektlaridan biriga
qaratish alohida ta’kidlab o‘tiladi. Shu munosabat bilan ta’lim tizimini isloh qilishning
hozirgi bosqichida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatlarning adekvat
modelini qurish uchun o‘quvchi individual xususiyatlarini tahlil etishga yanada


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_1-to’plam_Iyun-2025

17

ISSN:3030-3613

sinchkovlik bilan yondashish talab etiladi. Qayd etilgan muammolarni tadqiq etish
qator shart-sharoitlarga bog‘liq. Avvalo, ta’limda o‘quvchilar maqomini yangilash,
ularni ta’lim jarayonining faol subyektiga aylantirish ehtiyoji tug‘iladi. Binobarin, bu
masala muammoning ikkinchi tomoniga, ya’ni o‘quvchining ta’lim jarayoni
subyektiga aylanish istagi va ehtiyojiga ham bog‘liq. Aynan, ana shunday ehtiyojni
ularda paydo etish, ya’ni o‘quvchini o‘quv-biluv faoliyatiga motivlashtirish bugungi
kunning eng dolzarb muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Har qanday jamiyat, ijtimoiy-tarixiy birliklar (urug‘, qabila, elat, halq, millat),

ijtimoiy subektlar va boshqalar o‘ziga hos qadriyatlar tizimiga ega bo‘ladi. Bu
qadriyatlar tizimida asosiy bo‘lmagan qadriyatlar muayyan qatorni tashkil qiladi, turli
36 holatlarda namoyon bo‘ladi. Jamiyat rivojining muayyan davri yoki biror davlatda
ham ana shunday qadriyatlar tizimi mavjud bo‘ladiki, u o‘sha davr, jamiyat va davlat
kishilari, ularning faoliyati uchun umumiy mezon vazifasini o‘taydi. Har bir ijtimoiy
tarixiy birlik, sinf va partiyalar ham ana shunday qadriyatlar tizimi asosida faoliyat
ko‘rsatadilar, ulardan foydalanadilar yoki ularga erishishning turli usullarini
qo‘llaydilar.

U yoki bu qadriyatning ahamiyatini aniqlashda ana shunday tizimlar mavjud

ekanligini unutmaslik, uning biror davr, ijtimoiy birlik, soha, jarayon va boshqalar
uchun qanday mavqega ega ekanligini nazardan qochirmaslik lozim.

Qadriyatlarning namoyon bo‘lish shakllari. Bir qarashda qadriyatlarning

shakllari son-sanoqsiz va nihoyatda tartibsizga o‘hshab ko‘rinadi. Aslida esa
bashariyat, olam, tabiat va jamiyatda ajabtovur uyg‘unlik mavjud. Qadriyat shakllari
ham ularga mos ravishda ana shunday uyunlikda, qonuniy bog‘lanishda, umumiy
aloqadorlikdadir. Bunday holatda ularning klassifikaciyasida tabiat va jamiyatdagi
narsa, voqea, hodisa, jarayonlar muayyan ko‘lamda, qadriyat shakllari esa ular bilan
bog‘liq holda namoyon bo‘ladi.

Boshlang‘ich sinf — bu bolalikning eng muhim, eng nozik va ta’sirchan

bosqichi bo‘lib, aynan shu davrda inson shaxsiyati, axloqiy qiyofasi va hayotga
munosabati shakllana boshlaydi. Shu nuqtai nazardan qaralganda, maktabning ilk
yillarida bolalarga nisbatan ko‘rsatiladigan mehr va e’tibor ularning butun hayoti,
jamiyatdagi o‘rni va kelajakdagi faoliyati uchun asos yaratadi. Chunki bola o‘zini
qanday his qilsa, qanday muhitda voyaga yetsa, keyinchalik aynan shu holatlar uning
boshqalarga bo‘lgan munosabatida, hayotiy qarorlarida namoyon bo‘ladi.

O‘qituvchining mehrli, sabrli va e’tiborli bo‘lishi bolani faqat bilim bilan emas,

balki ruhiy jihatdan ham boyitadi. Bu esa o‘z navbatida, ijtimoiy mas’uliyatni his
qiladigan, boshqalarni tushunadigan, muammolarga befarq bo‘lmagan, hamjihatlikka
intiluvchi yosh avlodni shakllantiradi. Shunday sharoitda ulg‘ayayotgan bolalar
nafaqat o‘z hayotini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yadi, balki kelajakda jamiyat taraqqiyotiga faol
hissa qo‘shadigan, mehr-oqibatga boy, barkamol insonlarga aylanadi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_1-to’plam_Iyun-2025

18

ISSN:3030-3613

Yana bir muhim jihat shundaki, boshlang‘ich sinfda berilgan tarbiya — bu

nafaqat maktab muhitida, balki oilada ham mustahkamlanmog‘i zarur. Maktab va oila
o‘rtasidagi uzviy hamkorlik, o‘zaro hurmat va tushunish asosida olib boriladigan
tarbiya jarayoni bolalarda ijtimoiy ong, axloqiy mas’uliyat, madaniy va ma’naviy
qadriyatlar singari muhim fazilatlarning shakllanishiga xizmat qiladi.

Kelajak jamiyatining barkamolligi va mustahkamligi aynan bugungi yosh

avlodning qanday tarbiya olayotganiga bevosita bog‘liq. Shu bois, bugun har bir
pedagog, har bir ota-ona o‘z zimmasidagi ma’suliyatni chuqur anglab, har bir bolaga
mehr va e’tibor bilan yondashmog‘i lozim. Chunki bolalikka ekilgan mehr urug‘i —
ertangi kunda sog‘lom, farovon va hamjihat jamiyat daraxti mevasiga aylanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RО‘YXATI:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning Oliy Majlisga
Murojaatnomasi // Xalq so‘zi. 2017 yil 23 dekabr

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori

3.

Ishmuxamedov R. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini
oshirish yo‘llari (2 kitob). –T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2009.

4.

Mavlonova R., Rahmonqulova N., Normurodova B. Tarbiyaviy ishlar metodikasi.
–T.: Tib-kitob, 2010

5.

Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. – Qarshi.: Nasaf, 2000.

6.

Yuldashev J.G., Usmonov S. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga
joriy qilish. – T.: «Fan va texnologiya», 2008 y.

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RО‘YXATI:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning Oliy Majlisga

Murojaatnomasi // Xalq so‘zi. 2017 yil 23 dekabr

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini

yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori

Ishmuxamedov R. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini

oshirish yo‘llari (2 kitob). –T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2009.

Mavlonova R., Rahmonqulova N., Normurodova B. Tarbiyaviy ishlar metodikasi.

–T.: Tib-kitob, 2010

Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. – Qarshi.: Nasaf, 2000.

Yuldashev J.G., Usmonov S. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga

joriy qilish. – T.: «Fan va texnologiya», 2008 y.