Annotatsiya
Mehnat muhofazasi va xavfsiz sharoitlar ijtimoiy adolat va inson huquqlarining
asosiy qismidir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi fuqaro huquqlarini himoya
qilish va mehnat sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha kafolatlar taqdim etadi.
Maqolada Konstitutsiyaning mehnat muhofazasi va xavfsizlik jihatlari tahlil
qilinadi, ish beruvchilar va xodimlarning huquqlari xalqaro tajribalar bilan
taqqoslanadi. Shuningdek, O‘zbekiston mehnat qonunchiligi va xalqaro standartlarga
mosligi haqida tahliliy yondashuvlar va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha
tavsiyalar beriladi.