Mualliflar

  • Axadov Inomjon Jamolitdinovich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.93364

Annotasiya

   Movarounnahr diyori ko’plab ilmlarga beshik bo’lib uni dunyoga taqdim etgan. 
Shu  yo’sinda  tafsir  ilmi  doirasida  ham  katta  ahamiyatga  ega.  Movarounnahr 
mufassirlari,  asosan,  islom  madaniyatining  rivojlanishi  va  Qur'on  tafsirining 
mustahkamlanishi  davrida  muhim  rol  o'ynagan.  Movarounnahr  –  O'rta  Osiyoning 
qadimgi  hududlaridan  biri  bo'lib,  bugungi  kunda  O'zbekiston,  Qozog'iston  va 
Qirg'izistonning ayrim qismlarini o'z ichiga oladi. Bu hudud islom tarixida muhim o'rin 
tutgan va ko'plab mufassirlar bu yerda faoliyat yuritganlar. 
         Movarounnahr  mufassirlari  Qur'onni  chuqur  o'rganish,  tafsir  qilish  va 
musulmonlarning diniy bilimlarini oshirishda katta hissa qo'shgan. Bu mufassirlar o'z 
asarlarida  Qur'on  va  sunnatni  izohlar,  ularning  ma'nolarini  tushuntiradilar,  hamda 
ijtimoiy hayotda amaliy ko'rsatmalar beradilar. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_1-to’plam_Iyun-2025

167

ISSN:3030-3613

ABU BAKR JASSOS: HAYOTI, TAFSIR ILMIGA QO‘SHGAN HISSASI VA

FIRQALAR HAMDA MAZHABLARGA BERGAN RADDIYALARI.

Axadov Inomjon Jamolitdinovich

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom

institutining “Aqoid va fiqhiy fanlar”

kafedrasi o’qituvchisi. +998908080465


Movarounnahr diyori ko’plab ilmlarga beshik bo’lib uni dunyoga taqdim etgan.
Shu yo’sinda tafsir ilmi doirasida ham katta ahamiyatga ega. Movarounnahr
mufassirlari, asosan, islom madaniyatining rivojlanishi va Qur'on tafsirining
mustahkamlanishi davrida muhim rol o'ynagan. Movarounnahr – O'rta Osiyoning
qadimgi hududlaridan biri bo'lib, bugungi kunda O'zbekiston, Qozog'iston va
Qirg'izistonning ayrim qismlarini o'z ichiga oladi. Bu hudud islom tarixida muhim o'rin
tutgan va ko'plab mufassirlar bu yerda faoliyat yuritganlar.
Movarounnahr mufassirlari Qur'onni chuqur o'rganish, tafsir qilish va
musulmonlarning diniy bilimlarini oshirishda katta hissa qo'shgan. Bu mufassirlar o'z
asarlarida Qur'on va sunnatni izohlar, ularning ma'nolarini tushuntiradilar, hamda
ijtimoiy hayotda amaliy ko'rsatmalar beradilar.
Eng Mashhur Mufassirlardan, Imom al-Buxoriy (810-870 y) hadisning eng
mashhur mualliflaridan biri bo'lib, u Qur'on tafsirida ham juda ko'p mehnat qilgan. U
tomonidan yozilgan "Al-Jome as-Sahih" asarida Qur'on ayatlari bilan bog'liq hadislarni
ham o'z ichiga olgan. Faxriddin ar-Roziy (1149-1209 y) Qur'oni karim hukmiy oyatlari
tafsirining mashhur olimlaridan biri. U "Tafsir al-Kabir" asarida muhim tafsiriy
masalalarni yoritib bergan. Imom Abu Mansur Moturudiy (vafotlari hijriy 944 y).
Moturudiyning “Ta’vilatu ahlis-sunna ” nomli tafsirlari bo’lib, bu tafsirlarida
mo’tazila, xavorij, rofiza, karromiy, jahmiya, mushabbiha, munajjim va boshqa
firqalarga raddiya berganlar.Yana ko’plab Movarounnahrdan yetishib chiqqan
mufassirlarni sanab o’tishimiz mumkin.
Movarounnahr

mufassirlari

nafaqat

Qur'onni

o'rganishda,

balki

musulmonlarning madaniy va ijtimoiy taraqqiyotida ham muhim rol o'ynagan.
Ularning asarlari bugungi kunda ham o'qilmoqda va diniy bilimlarimizni
kengaytirishda yordam bermoqda. Islomiyat tarixi va faoliyatining kelajagi uchun bu
mufassirlarning merosi katta ahamiyatga ega. Ana shunday buyuk mufassirlardan biri
Abu Bakr Ahmad ibn Ali ar-Roziy al-Jassosdir. Ammo bu kishini ko’pchilik ulamolar
eronning Ray shahriga nisbat beradilar va shu gapni quvvatlaydilar. Bu kishini
Samarqandga nisbat berishlikda ismlar o’xshahshligidagi chalkashlik deb deb
izohlaydilar. Lekin nima bo’lganda ham bu kishi hanafiy mazhabini qo’llab
quvvatlaydilar.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_1-to’plam_Iyun-2025

168

ISSN:3030-3613

Abu Bakr Jassosning hayoti va ilmiy faoliyati

.

Islom tafsir ilmining yirik namoyandalaridan biri bo‘lgan Abu Bakr Ahmad ibn
Ali ar-Roziy al-Jassos (vafoti: 370 h./980 m.) hanafiy mazhabiga mansub faqih va
mufassirdir. U Qur’oni karimni tafsir qilishda fiqhiy asoslarni mujassamlashtirgan,
mantiqiy yondashuv va hujjatli isbotlar asosida tafsir ilmini rivojlantirgan.
Abu Bakr Jassos as-Samarqandiy Bag‘dodda yashab, ilmiy faoliyat yuritgan. U
Imom Abu Hanifaning ta’limotiga sodiq qolgan, uning fiqhiy uslubini tafsirga tatbiq
etgan. Jassos o‘z davrida yirik faqih, usuliy va mufassir sifatida tanilgan. U o‘z
zamonasining mashhur olimlari — Abu Bakr al-Ka’biy (mu’taziliy) va boshqalar bilan
bahslar olib borgan. Asosiy asarlari quyidagilar:
1. "Ahkām al-Qur’ān" — Qur’ondagi shar’iy hukmlarni fiqhiy asosda izohlaydigan
uch jildlik mashhur tafsir asari.
2. "Al-Fusūl fil-Usūl" — Usul al-fiqhga oid muhim risola.
3. "Mukhtasar al-Tahsīn" — fiqh va tafsirga oid masalalarni ixcham shaklda bayon
qilgan.
4. “Manosik”.
Bu asarlaridan tashqari Imom Muhammadning “Al-jomi as-sag’iyr”, “Al-jomi al-
kabiyr” va “Muxtasari Tahoviy” kabi muhim ahamiyat kasb etgan asl manbalarga
sharhlar yozgan.

1

Mufassirning tafsir metodologiyasi va "Ahkām al-Qur’ān" asarining tafsir ilmi
borasida tutgan o‘rni.
Mufassir Jassos tafsirga fiqhiy yondashuvni olib kirgan ilk mufassirlardandir. U
Qur’on oyatlarini sharhlar ekan, hanafiy fiqh qoidalari asosida dalillar keltirib,
hukmlarni tafsir qilgan. Ayniqsa, u oyatlardagi hukm, sabab, shart, natija kabi uslubiy
unsurlarni mantiqiy tahlil qilgan.
Misol:

ۡلِل ُةَّی ِص َو ۡلٱ اًرۡیَخ َكَرَت نِإ ُت ۡوَم ۡلٱ ُمُكَدَحَأ َرَضَح اَذِإ ۡمُكۡیَلَع َبِتُك

َو

َنیِقَّتُم ۡلٱ ىَلَع اًّقَح ِِۖفوُرۡعَم ۡلٱِب َنیِبَرۡقَ ۡلۡٱ َو ِنۡیَدِل⁠

"Birortangizga o’lim kelganda, agar u boylik qoldirayotgan bo’lsa, ota-onasi
va yaqinlariga to’g’rilik bilan vasiyat qilish taqvodorlarning burchi sifatida
sizlarga farz qilindi".

2

Bu oyatni tafsirlar ekan, Jassos hanafiy fiqhga tayanib, vasiyat hukmida voris
bo‘lgan kishining huquqi, boshqa mazhablardagi ixtiloflar, hadislar va sahobalar ijmosi
orqali chuqur tahlil qilib beradi.

Firqalar va mazhablarga bergan raddiyalari.

Mufassir o‘zining “Aḥkām al-Qur’ān” asarida Qur’on oyatlarining huquqiy
(ahkomiy) ma’nolarini tafsir qilgan. Shu asarda u ba’zi firqalarga, jumladan Rofiziylar

1

“Toj ut-tarojim”. Abul Fado Zayniddin Abuladl qosim ibn Qutlubug’o as-Sudaniy.

2

Baqara surasi 180-oyat. 1-juz. 162- sahifa. Tafsiri hilol. “Sharq” nashriyot – matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh

tahririyati. Toshkent- 2008


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_1-to’plam_Iyun-2025

169

ISSN:3030-3613

(shi’a oqimlari), Mu’tazilalarga raddiyalar ham bergan. Quyida Jassosning
Rofiziylarga bergan raddiyalaridan ba’zilarini, asarlaridagi manbalar bilan keltiraman.
1. "Aḥkām al-Qur’on" asarida Rofiziylarga raddiya:
a) Imom Ali va xalifalik masalasi:

يِ نِإ ِةَكِئ َلََمْلِل َكُّب َر َلاَق ْذِإ َو

َتَأ اوُلاَق ًةَفیِلَخ ِض ْرَ ْلۡا يِف ٌلِعاَج

ْفُی نَم اَهیِف ُلَعْج

ِس

ُحِ بَسُن ُنْحَن َو َءاَمِ دلا ُكِفْسَی َو اَهیِف ُد

َنوُمَلْعَت َلَ اَم ُمَلْعَأ يِ نِإ َلاَق َكَل ُسِ دَقُن َو َكِدْمَحِب
Esla, Robbing farishtalarga: “Men yer yuzida xalifa qilmoqchiman” dedi.
Ular: “Unda fasod qiladigan, qonto’kadigan kishini qilmoqchimisan? Va holbuki,
biz Senga tasbeh hamd aytib va seni ulug’lab turibmiz”, dedilar. U: “men, siz
bilmaganni bilaman”, dedi.

3

Jassos bu oyatni tafsir qilarkan, Rofiziylarning Imom Ali (r.a.) xalifa etib
tayinlangan, deb da’vo qilishlarini rad etadi. U Qur’onda xalifalik yoki imomat haqida
aniq nom tilga olinmasligini, balki bu masala ijtihod va shuro asosida hal qilinganini
aytadi.

4

Ushbu o’rinda mufassir Jassos Ahli-Sunna va-l-Jamo‘aning ijtimoiy tartibga

oid qarashlarini bayon qiladi.
b) Sahobalarni tahqirlashga raddiya.
Rofiziylar ko‘plab sahobalarni, ayniqsa Abu Bakr, Umar, Usmon kabi xalifalarni
tahqirlashga harakat qilishadi. Jassos bu oyatni keltirib, sahobalar Alloh tomonidan
rozi bo‘lingan shaxslar ekanini ta’kidlaydi.
Misol:

مُهوُعَبَّتا َنیِذَّلا َو ِراَصنَ ْلۡا َو َنی ِر ِجاَهُمْلا َنِم َنوُل َّوَ ْلۡا َنوُقِباَّسلا َو

ْمُهَل َّدَعَأ َو ُهْنَع اوُضَر َو ْمُهْنَع ُ َّاللَّ َي ِضَّر ٍناَسْحِإِب

ٍتاَّنَج

َعْلا ُز ْوَفْلا َكِلََٰذ اًدَبَأ اَهیِف َنیِدِلاَخ ُراَهْنَ ْلۡا اَهَتْحَت ي ِرْجَت

ُمیِظ

Birinchi peshqadam muhojirlar va ansoriylar va ularga yaxshilik bilan
ergashganlar. Alloh ulardan rozi bo’ldi, ular ham Allohdan rozi bo’ldilar. Ularga
ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarni tayyorlab qo’ydi. Ularda abadiy
qolurlar. Ana o’sha ulkan yutuqdir.

5

Mufassir Jassosning sharhi:
Bu oyat Abu Bakr, Umar, Usmon va boshqa sahobalarning afzalligiga ochiq
dalildir. U Rofiziylarning ularni tahqirlashini Qur’on oyatlariga zid deya baholaydi.

6

c) Mut’a nikohi va Rofiziylar:

ْیَلَع ِ َّاللَّ َباَتِك ْمُكُناَمْیَأ ْتَكَلَم اَم َّلَِإ ِءاَسِ نلا َنِم ُتاَنَصْحُمْلا َو

َأَِب اوُغَُتْبَت نَأ ْمُكِلََٰذ َءاَر َو اَّم مُكَل َّل ِحُأ َو ْمُك

ُكِلا َوْم

َنیِن ِصْحُّم م

َضی ِرَف َّنُهَروُجُأ َّنُهوُتآَف َّنُهْنِم ِهِب مُتْعَتْمَتْسا اَمَف َنی ِحِفاَسُم َرْیَغ

ِدْعَب نِم ِهِب مُتْیَضاَرَت اَمیِف ْمُكْیَلَع َحاَنُج َلَ َو ًة

اًمیِكَح اًمیِلَع َناَك َ َّاللَّ َّنِإ ِةَضی ِرَفْلا

3

Baqara surasi 30-oyat. 1-juz. 33- sahifa. Tafsiri hilol. “Sharq” nashriyot – matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh

tahririyati. Toshkent- 2008

4

Jassos, Aḥkām al-Qur’ān, 1-jild, 47-bet (Dorul-kutub al-‘ilmiyyah nashri) 1994.

5

Tavba surasi 100-oyat. 2-juz. 604- sahifa. Tafsiri hilol. “Sharq” nashriyot – matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh

tahririyati. Toshkent- 2008

6

Aḥkām al-Qur’ān, 3-jild, 114-bet “Dorul-kutub al-‘ilmiyyah” nashri 1994.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_1-to’plam_Iyun-2025

170

ISSN:3030-3613

Qo’lingizga mulk bo’lib tushganlardan boshqa erli ayollar ham(harom
qilindi). Bu sizlarga Allohning yozganidir. Ana o’shalardan boshqalarni poklik
va zino aralashtirmagan holda mollaringiz ila talab qilmog’ingiz halol qilindi.
Ulardan huzurlanishingiz sababidan mahrlarini bering. Bu farzdir. Farz
mahrdan keyin o'zaro kelishganingiz gunoh emas. Albatta, Alloh biluvchi,
hikmatli Zotdir.

7

Rofiziylar mut’a nikohini halol deb hisoblashadi. Jassos bu oyatning tafsirida
mut’a nikohi Rasululloh (s.a.v.) tomonidan bekor qilinganini ta’kidlaydi va
Rofiziylarning bu masaladagi da’volarini rad etadi.

8

Jassos bu yerda sahih hadislarni, xususan, Ali ibn Abu Tolib (r.a.) rivoyat qilgan
hadisni keltirib, mut’a bekor qilinganini isbotlaydi.
Mufassir Jassos asarida Rofiziylarga raddiyalarni ularning hujjatlariga tafsiriy va
fiqhiy yondashuv bilan beradi. U raddiyalarida ko‘pincha sahih hadislar, ijmo’,
sahobalarning amali va Qur’on oyatlarini birgalikda tahlil qiladi. Raddiyalar ilmi
kalom darajasida emas, balki tafsir va fiqh asosida berilgan bo‘lib, Ahli Sunna val-
Jamo‘aning manhajini himoya qiladi.
2. "Aḥkām al-Qur’on" asarida Mo’tazilalarga raddiya:
a) Mo’tazilalarga raddiya:
Mu’tazilachilarning aqlni nasdan ustun qo‘yishi, Allohning sifatlarini inkor etishi
borasida Jassos ularning dalillarini rad etgan.
"Ahkām al-Qur’on"da Mu’tazilalarning istihsonga qarshi fikrlarini tanqid qiladi va
hanafiylarning istihsonga asoslangan yondashuvini himoya qiladi.

9

b) Shofi’iy va Zohiriylar:
Usulul-fiqhda qiyos, istihson, amal bilan mansux, dalolat qoidalari borasida
shofi’iy va zohiriylar fikriga raddiyalar bergan. Masalan, "Amr" (buyruq) lafzining
majburiyligi borasida zohiriylar bilan ixtilof qiladi va ularning har bir daliliga fiqhiy-
mantiqiy javob beradi.
Jassosning asarlari keyingi hanafiy olimlar, xususan, Burxoniddin
Marg‘inoniy, Abu Zayd ad-Dabboosiy va boshqalar tafsir va fiqh sohasida ko‘plab
foydalanishgan. Uning tafsiri, zamonaviy huquqiy tafsir uslublariga asos solgan.

Xulosa.

Abu Bakr Jassos — Qur’on tafsirini fiqhiy asosda olib borgan ilk hanafiy
mufassirlar qatoriga kiradi. U Qur’ondagi shar’iy hukmlarni aniqlashda faqat naslarga
emas, balki mantiqiy dalillar, ijtimoiy holat va fiqhiy usullarga ham tayangan.

7

Niso surasi 24-oyat. 1-juz. 520- sahifa. Tafsiri hilol. “Sharq” nashriyot – matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh

tahririyati. Toshkent- 2008

8

Aḥkām al-Qur’ān, 2-jild, 55-57-betlar “Dorul-kutub al-‘ilmiyyah nashri” 1994.

9

Manba: Ahkām al-Qur’ān, 1-jild,. 94-96-betlar. “Dorul-kutub al-‘ilmiyyah” nashri 1994.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_1-to’plam_Iyun-2025

171

ISSN:3030-3613

Shuningdek, u turli firqalar, xususan Mu’tazila, Shofi’iy, Rafiziylar bilan ilmiy bahslar
olib borib, hanafiylikni asrashga harakat qilgan. Uning asarlari, bugungi kunda ham
fiqh va tafsir ilmi uchun bebaho manba hisoblanadi.