T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_3-to’plam_Aprel-2025
23
ISSN:3030-3613
MAVZU: JINOYATLARNI TERGOV QILISHDA OZIQ-OVQAT
EKSPERTIZASINING ROLI
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi
Kriminalistik ekspertizalar kafedrasi o‘qituvchisi, mayor
XUDAYBERDIYEV SHAROFJON ABDUAZIZOVICH
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi
Kunduzgi ta’lim 2-o’quv kursi kursanti, safdor
HAMROYEV HUSNIDDIN ZAYNITDIN O‘G‘LI
ANNOTATSIYA:
Ushbu maqolada jinoyatlarni tergov qilishda oziq-ovqat
mahsulotlari ekspertizasining rolini o‘rganish hamda ushbu tizimni yanada
takomillashtirishni muhokama qilishga bag‘ishlangan. Jinoyatlarni tergov qilishda
oziq-ovqat mahsulotlari ekspertizasi mavjud mexanizmini yanada optimallashtirish
bo‘yicha qisqacha ma’lumotlar berilgan.
Kalit so‘zi:
oziq-ovqat mahsulotlari
,
oziq-ovqat ekspertizasi, oziq-ovqat
xavfsizligi, yaroqlik muddati, kimyoviy, mikrobiologik, fizikaviy tahlil
АННОТАЦИЯ:
Данная статья посвяшена изучению роли пишевой
експертизы в расследовании престулений и обсуждению дальнейшего
совершенствования этой системы. Даны краткие сведения о дальнейшей
оптимизации существующего механизма пишевой експертизы при
расследовании престулений
.
Ключевые слова:
пищевая продуксия, пищевая
експертиза,
безопасность
пищевых
продуктов,
срок
годности,
химический,
микробиологический физический анализ.
ANNOTATION:
This article is devoted to the study of therole of food
expertise in the investigation of crimesand the discussion of issues of further
improvement of the system. A summaryof further optimization of the current
mechanism of food forensics in criminal investigation is provided.
Keywords:
food products, food expertise, food safety, shelf life, chemical,
microbiological, physical analysis.
KIRISH
Oziq-ovqat ekspertizasi — bu mahsulotning tarkibi, sifatini, xavfsizligini va
uning normativ hujjatlarga muvofiqligini aniqlash uchun o‘tkaziladigan tahlil
jarayonidir. Bu jarayon nafaqat sog‘liqni saqlash, balki jinoyatlarni tergov qilishda
ham katta ahamiyatga ega. Oziq-ovqat ekspertizasi jinoyatlarni aniqlash va dalillarga
asoslangan tergovlar olib borishda qimmatli vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ayniqsa,
intoksikatsiya, soxta mahsulotlar, zaharlanish holatlari, shuningdek, oziq-ovqat
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_3-to’plam_Aprel-2025
24
ISSN:3030-3613
mahsulotlarini noto‘g‘ri saqlash yoki ishlab chiqarish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun bu
tahlillar juda muhimdir.
Oziq-ovqat ekspertizasining eng keng qo‘llaniladigan sohasi — zaharlanish va
intoksikatsiya holatlari. Odamlar, odatda, xavfli yoki taqiqlangan kimyoviy moddalar
mavjud bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish orqali zaharlanadilar.
Bunday holatlarda, ekspertiza yordamida mahsulot tarkibidagi zaharli moddalar, toksik
kimyoviy elementlar yoki bakteriyalar mavjudligi aniqlanadi. Oziq-ovqat
mahsulotlarida, masalan, pestitsidlar, o‘simliklar va hayvonlardan kelib chiqadigan
zararli moddalar yoki to‘qima bo‘lgan elementlar bo‘lishi mumkin. Bunday tahlillar
jinoiy ishlarni tergov qilishda muhim rol o‘ynaydi, chunki ular odamlarning
zaharlanishi sababini aniqlashga yordam beradi.Jinoyatlarni tergov qilishda oziq-ovqat
ekspertizasining roli katta. Jinoyatlarni tergov qilishda oziq-ovqat ekspertizasi nafaqat
sog‘liq uchun xavfli mahsulotlarni aniqlashda, balki jinoyatga aloqador bo‘lgan
mahsulotlarni topishda ham muhim ahamiyatga ega.
Oziq-ovqat mahsulotlari orqali narkotik moddalar yoki boshqa noqonuniy
moddalarning savdosi amalga oshirilishi mumkin. Oziq-ovqat ekspertizasi
mahsulotdagi izlarni va kimyoviy elementlarni tahlil qilib, noqonuniy faoliyatga
aloqador bo‘lgan mahsulotlarni aniqlashda yordam beradi. Shuningdek, ishlab
chiqarish yoki saqlash jarayonidagi buzilishlar, masalan, sog‘liqni saqlashga qarshi
jinoyatlar, ekspertiza yordamida fosh qilinishi mumkin.
Oziq-ovqat ekspertizasi bu jinoyatni aniqlashda va tergov qilishda
ishlatiladigan ilmiy metodlardan biridir. Uning roli asosan quyidagi jihatlarni o‘z
ichiga oladi
1.
Zararli moddalarni aniqlash
2.
Sodir bo‘lgan jinoyatlar haqida dalillarni taqdim etish
3.
Oziq ovqat identifikatsiyasi
Zaharli moddalarni aniqlash:
Oziq-ovqat ekspertizasi, ozuqa yoki
ichimliklar tarkibida mavjud bo'lgan zararli moddalarni, masalan, zaharlarni,
toksinlarni yoki narkotik moddalarni aniqlashda yordam beradi. Bu jinoyatlarni tergov
qilishda odamlarning o‘limi yoki salomatligiga zarar yetkazilishi mumkin bo'lgan
jinoyatlarni aniqlashda muhimdir.
Sodir bo'lgan jinoyatlar haqida dalillarni taqdim etish:
Oziq-ovqat
tahlillari yordamida, masalan, qotillik, o‘g‘rilik yoki boshqa jinoyatlar yuzasidan
tasdiqlovchi dalillar olish mumkin. Agar jinoyat ozuqa yoki ichimliklarni tarkibida
bo'lsa, ekspertiza ularni tekshirib, jinoyatga aloqadorlikni aniqlaydi.
Oziq-ovqatning identifikatsiyasi:
Ba'zan jinoyatlarning tergovida, odamlar
tomonidan iste'mol qilingan oziq-ovqat va ichimliklar identifikatsiyasi kerak bo'ladi.
Bu oziq-ovqat ekspertizasi orqali, olingan mahsulotning nima ekanligini aniqlash va
ularni jinoyat bilan bog'lash mumkin.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_3-to’plam_Aprel-2025
25
ISSN:3030-3613
Oziq-ovqat ekspertizasi jarayonida quyidagi bir necha tahlillar orqali amalga
oshiriladi:
1.
Sog'liqni saqlash va xavfsizlikka oid tahlillar
2.
Tarkibni va sifatni tekshirish
3.
Zaharlanish holatlarini tekshirish
Oziq-ovqat mahsulotlarida zaharli moddalarning mavjudligini aniqlash,
masalan, pestitsidlar, og‘ir metallar, bakteriyalar yoki boshqa zararli moddalar. Bu
ozuqalar iste'mol qilganda sog‘liqqa zarar yetkazishi mumkin.Oziq-ovqat
mahsulotlarining ishlab chiqarilishida sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya
qilinishini tekshirish.Oziq-ovqatlar va ichimliklarda mikroorganizmlar (masalan,
bakteriyalar, viruslar) mavjudligini aniqlash. Oziq-ovqat mahsulotlarining ozuqaviy
tarkibini tekshirish, masalan, oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, vitaminlar va minerallar
miqdori. Oziq-ovqat mahsulotining sifatini, strukturasi, hidi va ta'mini tekshirish
muhim ahamiyatga ega.
XULOSA
Jinoyatlarni tergov qilishda oziq-ovqat ekspertizasi, asosan, sog‘liqni saqlashga
qarshi jinoyatlar, zaharlanishlar, soxta mahsulotlar, zararli kimyoviy moddalar va oziq-
ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq bo‘lgan holatlarni aniqlashda muhim vosita hisoblanadi.
Oziq-ovqat ekspertizasi orqali jinoiy faoliyatlar va jinoyatchilarni aniqlash,
shuningdek, jismoniy zarar va intoksikatsiya holatlariga sabab bo‘lgan omillarni
o‘rganish mumkin. Bu tahlillar jinoyatlarni tergov qilish jarayonida kuchli dalil bo‘lib,
sudda ham ahamiyatli rol o‘ynaydi. Shuningdek, oziq-ovqat ekspertizasi orqali
iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish, soxta mahsulotlarning oldini olish va
jinoyatlarni fosh qilish imkoniyatlari oshadi. Lekin oziq-ovqat ekspertizasini
o‘tkazishda bir nechta kamchiliklar vujudga kelmoqda ya’ni ekspertizani o‘tkazadigan
mutaxasislarning yetishmasligi va malakasining yetrali emasligi.
Ekspertizani o‘tkazishda texnikalarning yo‘qligi bo‘lsa ham eski texnikalar
yordamida o‘tkazilayotganligi. Bu kabi kamchiliklarni oldini olish uchun
biyosensonlar va biomonitoring kabi yangi texnologiyalarni joriy qilish va
xodimlarning malakasini oshirish. Chet davlat tajribalaridan foydalanish va xodimlarni
chet el davlati xodimlari bilan tajribalar almashish juda muhim sanaladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining ekspert-
kriminalistika faoliyatini zamonaviy ilm-fan yutuqlarini keng joriy etgan holda
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 08.02.2022
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida sud-
ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021 yil 5
iyuldagi PF-6256-sonli Farmoni
3.
“Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonun
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_3-to’plam_Aprel-2025
26
ISSN:3030-3613
4.
Saparbayeva N.K., Bobojonova R.K., Хаkimova B.B., Radjapov M.F. Oziq-ovqat
mahsulotlarining
sifat
ekspertizasi»
FANIDAN
LABORATORIYA
MASHG’ULOTLARI (USLUBIY KO’RSATMА)
5.
. Normaxmatov R. Oziq-ovqat mahsulotlari ekspertizasi asoslari. Toshkent,
“Tafakkur”, 2013.