Authors

  • ESHMATOV AZAMAT ISMATULLAYEVICH

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.95773

Keywords:

Tayanch iboralar: tadbirkorlik Oʻzbekiston mintaqalari kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mikrodarajada tadbirkorlikning rivojlanishi tadbirkorlikni rivojlantirish ustuvor yoʻnalishlari mintaqaviy dasturlar.

Abstract

Annotatsiya. Maqolada boshqaruvning turli darajalarida, jumladan, mikro va 
makrodarajalarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning oʻrni va roli muhokama 
qilingan.  Makroiqtisodiy  nomutanosibliklar  sharoitida  kichik  biznes  va  xususiy 
tadbirkorlikning  ahamiyati  koʻrsatib  oʻtilgan.  Oʻzbekistonda  kichik  biznes 
subyektlarini innovatsion rivojlantirish uchun toʻsqinlik qilayotgan omillar aniqlanib, 
kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  qoʻllab-quvvatlashning  qator  mintaqaviy 
dasturlari tadqiq etilgan.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_1-to’plam_Aprel-2025

123

ISSN:3030-3613

MINTAQADA TADBIRKORLIK SALOHIYATI RIVOJLANTIRISHNING

USTUVOR YOʻNALISHLARI

ESHMATOV AZAMAT ISMATULLAYEVICH

Oʻzbyekiston Respublikasi Bank moliya akademiyasi magistranti


Annotatsiya.

Maqolada boshqaruvning turli darajalarida, jumladan, mikro va

makrodarajalarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning oʻrni va roli muhokama
qilingan. Makroiqtisodiy nomutanosibliklar sharoitida kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikning ahamiyati koʻrsatib oʻtilgan. Oʻzbekistonda kichik biznes
subyektlarini innovatsion rivojlantirish uchun toʻsqinlik qilayotgan omillar aniqlanib,
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashning qator mintaqaviy
dasturlari tadqiq etilgan.

Tayanch iboralar:

tadbirkorlik, Oʻzbekiston mintaqalari, kichik biznes va

xususiy tadbirkorlik, mikrodarajada tadbirkorlikning rivojlanishi, tadbirkorlikni
rivojlantirish ustuvor yoʻnalishlari, mintaqaviy dasturlar.

ПРИОРИТЕТНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ РАЗВИТИЯ

ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСКОГО ПОТЕНЦИАЛА РЕГИОНА

ЭШМАТОВ АЗАМАТ ИСМАТУЛЛАЕВИЧ

Магистр Академии банковского дела и финансов Республики Узбекистан

Аннотация

. В статье обсуждается роль и роль малого бизнеса и частного

предпринимательства на различных уровнях управления, в том числе в микро и
мего уровнях. Рассмотрена значимость малого бизнеса и частного
предпринимательства

в

условиях

макроэкономического

дисбаланса.

Определены факторы, препятствующие инновационному развитию субъектов
малого бизнеса в Узбекистане. Исследован ряд региональных программ
поддержки малого бизнеса и частного предпринимательства.

Ключевые слова:

предпринимательство, регионы Узбекистана, малый

бизнес и частное предпринимательство, развитие предпринимательства в
мегаполисе, приоритетные направления развития предпринимательства в
микрорайоне, региональные программы.

PRIORITY DIRECTIONS OF REGION’S ENTREPRENEURIAL

POTENTIAL DEVELOPMENT

ESHMATOV AZAMAT ISMATULLAEVICH


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_1-to’plam_Aprel-2025

124

ISSN:3030-3613

Master of the Academy of Banking Finance of the Republic of Uzbekistan

Annotasia.

In the article is discussed the role of small business and private

entrepreneurship at various levels of management, including micro and meso levels.
The importance of small business and private entrepreneurship in the context of
macroeconomic imbalance is considered. The factors that hinder the innovative
development of small businesses in Uzbekistan are identified. A number of regional
programs to support small business and private entrepreneurship have been
investigated.

Key words:

entrepreneurship, regions of Uzbekistan, small business and private

entrepreneurship, development of entrepreneurship in the megalopolis, priority areas
for the development of entrepreneurship in the microdistrict, regional programs.


Kirish.

Mintaqalarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish

mintaqaviy

tizimlarning

innovatsion

va

ijtimoiy-iqtisodiy

barqarorligini

taʼminlashning asosiy shakli hisoblanadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
iqtisodiyotning barqarorlashtiruvchi omili hisoblangan egiluvchanlik va bozor
konyunkturasiga moslashuvchanlik, ishlab chiqarish tarkibini tezkor oʻzgartirish,
yangi texnologiyalar va ilmiy ishlanmalarni tezkor yaratish va qoʻllash qobiliyatlariga
ega. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasini 2030 yilga
qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi toʻgʻrisida”gi ID-9413-sonli qarori
loyihasida berilgan Oʻzbekiston Respublikasini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish Konsepsiyasida institutsional islohotlarning yoʻnalishlaridan biri sifatida
“Davlatning iqtisodiy faoliyatini maqbullashtirish va davlat-xususiy sheriklikni
rivojlantirish orqali davlat xizmati tizimini isloh qilish, iqtisodiyotda davlatning rolini
qisqartirish ushbu ustuvorlikni amalga oshirish davrida Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun
muhim ahamiyatga ega boʻladi. Davlat tomonidan tartibga solishni qisqartirishga,
infratuzilmaviy sektorlarga xususiy sektorni jalb etishga, shuningdek, mahalliy davlat
hokimiyati organlarining rolini kamaytirishga alohida eʼtibor qaratiladi. Samarasiz
davlat korxonalarini tarkibiy oʻzgartirish yoki qayta ixtisoslashtirish nazarda tutiladi.
Bu, eng avvalo, raqobat afzalliklariga ega boʻlgan tarmoqlarda iqtisodiyotning eksport-
xomashyoviy yoʻnaltirilganlikdan rivojlanishning innovatsion modeliga oʻtishini
taʼminlaydi”, deb taʼkidlangan.

Jahon bankining “Biznes yuritish” reytingida eng yaxshi 50 ta mamlakat

qatoriga kirish boʻyicha barcha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar koʻrildi. Hukumat
ushbu tadbirlarning amaliy ijrosini samarali tashkil etishi taqozo etiladi. Soliq
kodeksiga muvofiq, 2020-yildan boshlab koʻplab yangiliklar amaliyotga joriy
etilmoqda. Jumladan, soliq turlari 13 tadan 9 taga kamaytirildi. Soliqlarni toʻlash
muddatini uzaytirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat berish boʻyicha


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_1-to’plam_Aprel-2025

125

ISSN:3030-3613

yengillashtirilgan mexanizmlar kiritildi. Birinchi marta tadbirkorlarga ichki bozorda
sotgan mahsuloti boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismini qaytarish tartibi
joriy etildi. Hozirgacha bu tartib faqat mahsulot eksport qilinganda qoʻllanar edi.
Buning hisobidan tadbirkorlar ixtiyorida 3,4 trillion soʻm yoki oʻtgan yilga nisbatan
2,5 barobar koʻp mablagʻ qoladi. Endi tadbirkor tomonidan toʻlangan ortiqcha soliq
oʻz muddatida qaytarilmasa, unga Markaziy bankning asosiy stavkasi boʻyicha
byudjetdan foiz toʻlanadi. Soliq kodeksi normalarini har bir soliq xodimi, tadbirkorlar
va soliq toʻlovchilar puxta oʻzlashtirishi, buning uchun ularni muntazam ravishda
oʻqitishni tashkil qilishga eʼtibor qaratilmoqda. Bu jarayonga katta tajribaga ega
boʻlgan nufuzli xorijiy ekspertlarni jalb etish Prezidentimiz tomonidan taklif qilindi.
Shu bilan birga, tadbirkorlarni koʻp qiynaydigan soha – litsenziyalash va
ruxsatnomalar berish tartiblari ham jiddiy oʻzgartirishlarga tortilmoqda. Mavjud 280
ga yaqin litsenziya va ruxsatnomalar orasida faoliyat turlari yuritish, mablagʻ undirish
yoki shunchaki nazorat qilish uchun joriy qilinganlari ham bor. Bu esa tadbirkorlarning
haqli eʼtirozlariga sabab boʻlmoqda. Shu sababli Adliya vazirligi, Savdo-sanoat
palatasi, Biznes-ombudsman litsenziya va ruxsatnomalar berish asoslarini tubdan qayta
koʻrib chiqib, ularning sonini kamida 2 barobar qisqartirish boʻyicha aniq choralar
ishlab chiqildi. Shuningdek, “Kichik va oʻrta biznes toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini
ishlab chiqish zarurligi Prezident tomonidan taʼkidlandi. Unda kichik va oʻrta biznes
mezonlari hamda bu soha vakillarini ragʻbatlantirish mexanizmlari nazarda tutilishi
zarurligi qayd etildi. Har bir hududda tadbirkorlarga yer uchastkalariga oid
maʼlumotlarni ochiq va haqqoniy yetkazish boʻyicha yangi tizim joriy etildi. Unga
koʻra, tadbirkorning faoliyat yuritishi uchun zarur boʻlgan boʻsh yer maydonlari, bino
va inshootlar, ularning qiymati va shartlari haqidagi toʻliq xaritani istalgan vaqt va
hududda onlayn tartibida olish imkoniyati yaratilmoqda. 2022 yilning birinchi
choragida, ilgʻor tajribalar asosida, barcha darajadagi nazorat qiluvchi idoralarda yangi
zamonaviy tizim joriy etildi. Ana shu tizim orqali har bir korxona va tadbirkor boʻyicha
alohida-alohida ish olib borib, ularning qonuniy faoliyat yuritishini taʼminlash,
tekshirishni esa eng soʻnggi favqulodda chora sifatida adolatli oʻtkazish koʻzda
tutilmoqda. Tadbirkorlik sohasida ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan ayrim jinoyat
turlarini jinoyat toifasidan chiqarish siyosati izchil davom ettirilmoqda.

Oʻzbekistonda tadbirkorlikning mikro, kichik, yakka va oʻz-oʻzini band qilish

shakllarining ahamiyati oshdi. Shu sababli iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida
aynan ushbu shakllar yangi ish oʻrinlarini yaratish va nafaqat kafolatlangan
tadbirkorlik, balki fuqarolarning mehnat daromadi olishlari uchun imkoniyat ham
hisoblanadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi nafaqat ijtimoiy
muammolarning hal qilinishiga yordam beradi, balki milliy iqtisodiyot va istalgan
mintaqa iqtisodiy rivojlanishiga asos boʻlib xizmat qiladi, Infratuzilmaviy, xoʻjalik,
sheriklik, institutsional aloqalar orqali birlashgan xoʻjalik subyektlari majmuini


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_1-to’plam_Aprel-2025

126

ISSN:3030-3613

mujassamlashtiradi. Beqarorlik sharoitida kichik tadbirkorlik tuzilmalarining alohida
rolini belgilaydigan olimlarning yondashuvlarini keltirish mumkin boʻlib, ular
quyidagilardan iborat:

– milliy va mintaqaviy tovarlar va xizmatlar bozorlarida raqobat muhitini

yaratish;

– yirik biznes uchun manfaatli boʻlmagan joylarda bozor taklifini yaratish;
– yollanma mehnat va oʻz-oʻzicha bandlik sohasida yangi ish oʻrinlarining real

asosini shakllantirish;

– ijtimoiy ruhiy muhit barqarorligini taʼminlash va ijtimoiy barqarorlik asosi

sifatida oʻrta sinfni shakllantirish;

– davlat, mintaqa va mahalliy byudjetlarga soliq tushumlarini oʻstirish

imkoniyatlarini kengaytirish.

Tahlil va natijalar.

Oʻzbekiston Respublikasini 2030-yilgacha ijtimoiy-

iqtisodiy rivojlantirish Strategiyasi doirasida uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan
kichik biznesni rivojlantirish uzoq muddatli dasturlari oʻzaro muvofiqlashtirilgan.
Ushbu strategiya asosiga qoʻyilgan asosiy tamoyillardan biri barcha darajalarda va
sohalarda qoʻllabquvvatlash tizimidan teng foydalanishni taʼminlashdan iboratdir.
Biroq tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash tizimining amal qilishiga va tadbirkorlarning
ushbu qoʻllab-quvvatlashni olish imkoniyati haqida xabardorligi darajasiga javob
beradigan hukumat tuzilmalari mutaxassislari va rahbarlari kompetentligining turli
darajadaligi tufayli ushbu tamoyil faqat qisman bajarilmoqda. Buning uchun
respublika hududlari darajasida ustuvor kompleks choralar alohidalashmagan tarkibiy
boʻlimlar tomonidan amalga oshirilmadi, balki kichik biznes ustuvor yoʻnalishlariga
muvofiq, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi doirasida birlashtirilgan. Barcha
dasturlar kichik biznes subyektlarining barcha qoʻllab-quvvatlash vositalaridan teng
foydalanish tamoyiliga asoslangan. Bu esa ragʻbatlantirishlar rivojlanishi sharoitida
dolzarb boʻlib qoladi. Aynan shuning uchun ham barqaror rivojlanishni taʼminlashga
qaratilgan vositalar mikrodarajadagi ustuvorliklarga muvofiq, guruhlanishi va
tadbirkorlik tuzilmalarini rivojlantirish manfaatlari va jamiyat manfaatlarining
muvozanatini taʼminlashi zarur boʻlib, u makro- va mezodarajadagi davlat shaxsida
davlat-maqsadli usulidan foydalanib, ularni qoʻllab-quvvatlashni taʼminlaydi:

– barqaror daromad va turli darajadagi byudjetga tushumlarni taʼminlaydigan

kichik biznes subyektlari sonini koʻpaytirish boʻyicha choralar;

– tadbirkorlik faoliyatini kasbiy va ijtimoiy ahamiyatli faoliyatga aylantirish

uchun shartsharoit yaratish;

– tadbirkorlik faoliyati uchun real imkoniyatlarga ega iqtisodiyot sohalarini

belgilash;


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_1-to’plam_Aprel-2025

127

ISSN:3030-3613

– kichik korxonalar mulkiy huquqlarini muhofazalash, ularning faoliyatini

mulkiy resurslar bilan taʼminlash uchun sharoit yaratish (ijara va investitsiya
maydonchalari asosida);

– kichik biznesni boshqarish sifatini oshirishga qaratilgan axborot va taʼlim

dasturlarini yaratish, buning oqibatida mazkur tashkilotlar daromadliligi va
samaradorligini oshirish;

– kichik biznes subyektlarining tenderlar va tanlovlarda qatnashish, kredit

stavkalarini qoplash jozibadorligi hisobiga moliyaviy resurslar barcha turlaridan teng
foydalanishlarini taʼminlash;

– tovarlar va xizmatlarni respublika va jahon bozorlariga siljitishga qaratilgan

samarali koʻrgazma faoliyatini rivojlantirish.

Surxondaryo viloyati Oʻzbekistonning janubiy hududida joylashgan boʻlib,

Tojikiston va Afgʻoniston bilan chegaradosh. Viloyatning iqlimi quruq va issiq boʻlib,
qishloq xoʻjaligi uchun qulay sharoit yaratadi. Shuningdek, bu yerda yerosti boyliklari,
jumladan, neft, gaz, marmar va boshqa foydali qazilmalar mavjud.

Viloyat aholisi 2,7 milliondan ortiq boʻlib, ularning katta qismi qishloq joylarida

yashaydi. Ishsizlik darajasi mamlakatning boshqa hududlariga nisbatan yuqoriroq
boʻlib, bu tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratish zaruriyatini
oshiradi.

Surxondaryo viloyati iqtisodiyotining asosiy tarmoqlari quyidagilardan iborat:

Qishloq xoʻjaligi:

paxta, gʻalla, sabzavot va meva yetishtirish, chorvachilik;

Sanoat:

neft-gaz qazib olish, qurilish materiallari ishlab chiqarish;

Savdo va xizmat koʻrsatish

: yirik bozorlar va transport-logistika markazlari;

Turizm

: qadimiy tarixiy obidalar va tabiiy ziyoratgohlar.

Viloyat iqtisodiyoti asosan qishloq xoʻjaligi, sanoat, savdo va xizmat koʻrsatish

sohalariga tayanadi. Quyidagi yoʻnalishlar iqtisodiy rivojlanishning asosiy tarmoqlari
hisoblanadi:

Qishloq xoʻjaligida tadbirkorlik imkoniyatlari

Surxondaryo viloyati qishloq xoʻjaligi uchun qulay tabiiy-iqlimiy sharoitlarga

ega boʻlib, bu yerda quyidagi yoʻnalishlarda tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari
mavjud:

Paxtachilik va gʻallachilik

: Viloyatda yirik paxta va gʻalla maydonlari

mavjud boʻlib, fermer xoʻjaliklari uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Qishloq
xoʻjaligi klasterlari tizimi joriy qilinib, mahsulotlarni qayta ishlash va eksport qilish
imkoniyatlari kengaymoqda.

Sabzavot va meva yetishtirish

: Surxondaryo iqlimi limonchilik, uzumchilik,

anorzorlar va boshqa mevalarni yetishtirish uchun juda qulay. Tadbirkorlar
issiqxonalar barpo etish, organik mahsulot yetishtirish va eksport qilish imkoniyatiga
ega.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_1-to’plam_Aprel-2025

128

ISSN:3030-3613

Chorvachilik:

Viloyatda qoramolchilik, echkichilik va qoʻychilik

rivojlangan. Goʻsht va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash yoʻnalishida
tadbirkorlik qilish uchun davlat tomonidan subsidiya va imtiyozlar mavjud.

Parrandachilik:

Viloyatda tuxum va goʻsht yetishtirish maqsadida yirik

parrandachilik fermalari tashkil etilgan. Tadbirkorlar uchun inkubator va parranda
yetishtirish boʻyicha kredit liniyalari ochilgan.

Asalarichilik:

Surxondaryo viloyatining tabiati asalarichilik bilan

shugʻullanish uchun qulay hisoblanadi. Bu sohada organik asal ishlab chiqarish va
eksport qilish istiqbollari mavjud.

Sanoat

: viloyatda neft va gaz qazib olish, qurilish materiallari ishlab

chiqarish, toʻqimachilik va oziq-ovqat sanoati asosiy sanoat tarmoqlari hisoblanadi.
Termiz shahrida yirik zavod va fabrikalar faoliyat yuritadi.

Savdo va xizmat koʻrsatish:

viloyatda savdo va logistika infratuzilmasi

rivojlanmoqda. Xususan, Termiz xalqaro logistika markazi Afgʻoniston va Markaziy
Osiyo mamlakatlari bilan savdo aloqalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb
etmoqda.

Turizm:

viloyatda tarixiy va madaniy meros obidalari koʻp boʻlib, Sayrob,

Termiz arxeologik yodgorliklari, Sultan Saodat majmuasi, Kampirtepa va boshqa
muhim maskanlar turistlarni jalb qilmoqda.

Ijtimoiy rivojlanish

Surxondaryo viloyatida taʻlim, tibbiyot va madaniyat sohalarida ham ijobiy

oʻzgarishlar kuzatilmoqda:

Taʻlim:

viloyatda oliy taʻlim muassasalari, jumladan, Termiz davlat

universiteti, Termiz muhandislik-texnologiya instituti, Islom akademiyasi faoliyat
yuritmoqda.

Tibbiyot

: viloyatda zamonaviy shifoxonalar va poliklinikalar soni ortib

bormoqda, jumladan, ixtisoslashgan klinikalar ochilmoqda.

Transport va infratuzilma:

viloyat ichki va xalqaro transport aloqalari

rivojlanmoqda. Termiz aeroporti va temir yoʻl magistrallari yuk va yoʻlovchi tashishda
muhim ahamiyatga ega.

Viloyatda aholi soni tez oʻsib bormoqda. Mehnat resurslarining koʻpligi

tadbirkorlikni rivojlantirish uchun muhim omillardan biri hisoblanadi. Ishsizlik
darajasi mamlakatning boshqa hududlariga nisbatan yuqoriroq boʻlib, bu tadbirkorlik
faoliyatini rivojlantirish orqali bandlikni oshirish zarurligini koʻrsatadi.

Adabiyotlar roʻyxati:

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2020-yil 24-yanvardagi
Oliy Majlisga Murojaatnomasi. //www.president.uz


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_1-to’plam_Aprel-2025

129

ISSN:3030-3613

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasini 2030-yilga
qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi toʻgʻrisida”gi ID-9413-sonli
qarori loyihasi. // www.president.uz 13.11.2019

3.

Воронов А.С. Разработка региональных стимуляторов устойчивого
инновационного развития // Экономика и предпринимательство 2015. 258-
261.

4.

Леонтьева Л.С., Башкатова Ю.И., Воронов А.С. Конкурентоспособность
предпринимательских структур в условиях информационного общества. —
М.: МЭСИ, 2015. — 155 с.

References

Adabiyotlar roʻyxati:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2020-yil 24-yanvardagi

Oliy Majlisga Murojaatnomasi. //www.president.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasini 2030-yilga

qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi toʻgʻrisida”gi ID-9413-sonli

qarori loyihasi. // www.president.uz 13.11.2019

Воронов А.С. Разработка региональных стимуляторов устойчивого

инновационного развития // Экономика и предпринимательство 2015. 258-

Леонтьева Л.С., Башкатова Ю.И., Воронов А.С. Конкурентоспособность

предпринимательских структур в условиях информационного общества. —

М.: МЭСИ, 2015. — 155 с.