Mualliflar

  • Mullajonov Shohruxbek Isroiljon o'g'li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.95778

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Ertalabki gigienik gimnastika jismoniy harakat harakat xajmi

Annotasiya

Annotatsiya:  Jismoniy mashqlarni xar xil dastlabki xolatlarida, tanani bo‘sh 
tutib, taranglashtirib,  tez va sekin, simmetrik va  assimmetrik tarzda  bajarib,  qaddi-
qomatni holatiga e’tibor qaratiladi. Keyinchalik murakkab bo‘lgan mashqlar  qo‘shib 
boriladi.Maqolada  o‘quvchilarning  jismoniy  harakatga  bo‘lgan  tabiiy  extiyojni 
qoplash  uchun  harakat  rejimini  faollashtirishda  gigienik  gimnastikaning  foydali 
jixatlari taxlil qilindi  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_1-to’plam_Aprel-2025

100

ISSN:3030-3613

ERTALABKI GIGIENIK GIMNASTIKANING FOYDALI JIXATLARI

Mullajonov Shohruxbek Isroiljon o'g'li

Andijon davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat kafedrasi o'qituvchisi.


Annotatsiya:

Jismoniy mashqlarni xar xil dastlabki xolatlarida, tanani bo‘sh

tutib, taranglashtirib, tez va sekin, simmetrik va assimmetrik tarzda bajarib, qaddi-
qomatni holatiga e’tibor qaratiladi. Keyinchalik murakkab bo‘lgan mashqlar qo‘shib
boriladi.Maqolada o‘quvchilarning jismoniy harakatga bo‘lgan tabiiy extiyojni
qoplash uchun harakat rejimini faollashtirishda gigienik gimnastikaning foydali
jixatlari taxlil qilindi

Kalit so‘zlar:

Ertalabki gigienik gimnastika, jismoniy harakat, harakat xajmi,

Аннотация:

Физические упражнения выполняются в различных исходных

положениях, сохраняя тело расслабленным и напряженным, быстрым и медленным,
симметричным и асимметричным, обращая внимание на осанку. Позже добавляются
более сложные упражнения. В статье анализируются полезные стороны гигиенической
гимнастики в активизации двигательного режима студентов, удовлетворении их
естественной потребности в физической активности.

Ключевые слова:

Утренняя гигиеническая гимнастика, физическая активность,

амплитуда движений, гимнастические палки, канаты, мяч, гантели, резиновые ленты,
турник.

Abstract:

Physical exercises are performed in various initial positions, keeping the div

relaxed and tense, quickly and slowly, symmetrically and asymmetrically, paying attention to
the posture. Later, more complex exercises are added. The article analyzes the beneficial aspects
of hygienic gymnastics in activating the movement regime of students to meet their natural
need for physical activity

Keywords:

Morning hygienic gymnastics, physical activity, range of motion,

gymnastic sticks, ropes, ball, dumbbell, rubber bands, horizontal bar.

KIRISH

Umumiy o‘rta talim muassalarida xaftasiga ikki marta o‘tkazilayotgan jismoniy

tarbiya darslari ilmiy ma’lumotlarga ko‘ra o‘quvchilarni jismoniy harakatga bo‘lgan
tabiiy extiyojlarini 10-20 % qoplaydi xolos.

O‘quvchilardagi jismoniy harakatga bo‘lgan tabiiy extiyojni qoplash uchun

harakatning rejimini faollashtirish, mashg‘ulotlar xajmi darsdan va maktabdan tashqari
ommaviy sport va sog‘lomlashtirish tadbirlari xamda mustaqil mashg‘ulotlar xisobidan
oshirish lozim, deb xisoblaymiz.

O‘quvchi organizmini jismoniy harakatga bo‘lgan extiyojini qondirishda


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_1-to’plam_Aprel-2025

101

ISSN:3030-3613

jismoniy tarbiyadan uyga berilgan vazifalarni bajarish mustaqil mashg‘ulotlarning bir
turi xisoblanadi.

Jismoniy tarbiya bo‘yicha o‘quv dasturining barcha bo‘limlari bo‘yicha uyga

beriladigan topshiriqlar dasturda aniq ko‘rsatilgan. Harakat xajmini oshirish uchun
topshiriqlarni mustaqil bajarish o‘quvchilarning sog‘ligini mustaxkamlashda, nazariy
bilimlarini oshirishda, harakat ko‘nikma va malakalarini shakllanishi, jismoniy
mashqlar texnikasini takomillashishida xamda jismoniy sifatlarini rivojlanishi uchun
xizmat qiladi.

MUXOKAMA VA NATIJALAR

Jismoniy mashqlar bilan mustaqil muntazam shug‘ullanish o‘quvchilarning

jismoniy tayyorgarligi, harakat ko‘nikma va malakalarini shakllanishida katta
ahamiyatga ega.

O‘quvchilar jismoniy mashqlar bilan mustaqil shug‘ullanishlari uchun darslarda

topshiriqlar oladilar. Mustaqil bajariladigan mashqlarning mazmuni jismoniy
tarbiyalash samaradorligini oshirishga qaratiladi. Bunday mashqlar oddiy bo‘lib,
jismoniy tarbiya darslarida o‘qitilgan bo‘lishi lozim.

Oilada, mahallalarda dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarning o‘zaro

bog‘liqligida amalga oshiriladigan mustaqil mashg‘ulotlar harakat ko‘nikma va
malakalarini shakllanishi xamda barqarorlashishida katta o‘ringa ega.

Jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirish ishlarining eng ommaviylashgan shakli –

ertalabki gigienik gimnastika bo‘lib, aholining turli qatlamlarini qamrab oladi.
Ertalabki gigienik gimnastika o‘quv dasturida uyga beriladigan topshiriqlarning
asosini tashkil etadi.

Topshiriqlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirish uchun o‘quvchilar darsdan bo‘sh

paytlarida sport maydonchalarida va xovlilarda harakatli o‘yinlar va ertalabki gigienik
gimnastika shaklida mashqlar bilan shug‘ullanadilar.

Mashg‘ulotlarning gigienik jixatdan muxim tomonlaridan biri – bolalarni ochiq

havoda shug‘ullanishi ularning sog‘ligi va ish qobiliyatiga ijobiy ta’sir etadi.

O‘quvchilarning mustaqil mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishida mahalla

qo‘mitalari, jamoatchilik, ota-onalar, pedagog tashkilotchilar maktab bilan xamkorlik
qiladilar.

Tadqiqotlarga ko‘ra, uyqudan keyingi bajariladigan ertalabki gigienik

gimnastika organizm faoliyatini tetiklashtiradi, ishga tez kirishishni ta’minlaydi va
uning samaradorligini oshiradi.

Mashqlar dastlab qomatni to‘g‘ri shakllantirishga, keyin tana qismlariga,

bo‘g‘imlarga yo‘naltirib bajariladi. Bunday mashqlar mushaklarni mustaxkamlashga
va rivojlantirishga, yassi oyoqlikni oldini olishga yordam beradi.

Jismoniy mashqlarni xar xil dastlabki xolatlarida, tanani bo‘sh tutib,

taranglashtirib, tez va sekin, simmetrik va assimmetrik tarzda bajarib, qaddi-qomatni


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_1-to’plam_Aprel-2025

102

ISSN:3030-3613

holatiga e’tibor qaratiladi. Keyinchalik murakkab bo‘lgan mashqlar qo‘shib boriladi.
Tez yurish, yugurish, sakrash, qo‘llar va oyoqlar bilan tez harakatlar bajarish,
arg‘amchida sakrash va boshqa mashqlar kiritilib, organizmning faoliyati kuchaytirib
boriladi.

Mashqlarni me’yorlashda o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligi, ularning

sog‘ligi, yoshi, jinsi, kayfiyati, bir kecha-kunduz davomidagi faoliyati e’tiborga
olinadi. Mashqlarni takrorlash soni, murakkabligi, shiddatini nazorat qilib, mashqlar
oralig‘ida dam olish tashkil etiladi.

XULOSA

Mustaqil mashg‘ulotlarda ertalabki gigienik gimnastikani 3-4 oy muntazam

bajarib borib, keyinchalik jismoniy yuklamalar oshiriladi, jismoniy sifatlarni
rivojlantiruvchi

maxsus

mashqlarni

qo‘llab, kuch, tezkorlik, chaqqonlik,

egiluvchanlik, chidamlilik sifatlari rivojlantiriladi. Bunday mashqlar aholini sog‘liq
darajasini belgilovchi «Alpomish va Barchinoy» maxsus testini topshirishga
tayyorlaydi va organizmning harakatga bo‘lgan xaftalik tabiiy extiyojini ta’minlashni
yanada oshiradi.

Mashg‘ulotlarda turli xil yordamchi jixozlardan – gimnastika tayoqchalari,

arqonchalar, to‘p, gantel, rezina espanderlar, turnik va skameykalardan foydalanish
maqsadga muvofiqdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Axmatov M.S. Uzluksiz ta’lim tizimida ommaviy sport-sog‘lomlashtirish ishlarini
samarali boshqarish. 2001y. Toshkent.

2.

Koshbaxtiev I. A. Valeologiya asoslari. 2001y. Toshkent.

3.

SHaripov T.YU., Usmonxodjaev T.S. Jismoniy tarbiya. Dars ishlanmalari va
harakatli o‘yinlar.2005 y.

4.

Usmonxodjaev T. S. va boshqa. Bolalar va o‘smirlar sporti mashg‘ulotlari
nazariyasi va uslubiyatlari. 2005 y. Toshkent.

5.

“Jismoniy tarbiya va sport” Soliev.X. Andijon. 2001y.

6.

Kushbaxtiev I.A. “Valeologiya asoslari” . Darslik . 2001y.

7.

Salomov R.S. Kerimov F.A. Jismoniy tarbiyada pedagogik texnologiyalar. O‘quv
qo‘llanma. 2002y

8.

“Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyoti” A.Abdullaev, SH. Xonkeldiev.
Toshkent. 2005.

9.

Uzluksiz ta’limda ommaviy sport-srg‘lomlashtirish ishlarini samarali boshqarish.
Axmatov M.S. Toshkent. 2005.

10.

Bolalar va o‘smirlar sporti mashg‘ulotlari nazariyasi va uslubiyotlari.
Usmonxadjaev.T.S. 2005y.

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Axmatov M.S. Uzluksiz ta’lim tizimida ommaviy sport-sog‘lomlashtirish ishlarini

samarali boshqarish. 2001y. Toshkent.

Koshbaxtiev I. A. Valeologiya asoslari. 2001y. Toshkent.

SHaripov T.YU., Usmonxodjaev T.S. Jismoniy tarbiya. Dars ishlanmalari va

harakatli o‘yinlar.2005 y.

Usmonxodjaev T. S. va boshqa. Bolalar va o‘smirlar sporti mashg‘ulotlari

nazariyasi va uslubiyatlari. 2005 y. Toshkent.

“Jismoniy tarbiya va sport” Soliev.X. Andijon. 2001y.

Kushbaxtiev I.A. “Valeologiya asoslari” . Darslik . 2001y.

Salomov R.S. Kerimov F.A. Jismoniy tarbiyada pedagogik texnologiyalar. O‘quv

qo‘llanma. 2002y

“Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyoti” A.Abdullaev, SH. Xonkeldiev.

Toshkent. 2005.

Uzluksiz ta’limda ommaviy sport-srg‘lomlashtirish ishlarini samarali boshqarish.

Axmatov M.S. Toshkent. 2005.

Bolalar va o‘smirlar sporti mashg‘ulotlari nazariyasi va uslubiyotlari.

Usmonxadjaev.T.S. 2005y.