T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_1-to’plam_Aprel-2025
76
ISSN:3030-3613
UMUM TA’LIM MAKTABIDA O‘QUVCHILARGA O‘ZBEKISON DAVLAT
MADHIYASINI TO‘G‘RI KUYLASHGA O‘RGATISH.
Xabibullayeva Mubinaposhsha Saidakbar qizi
Andijon davlat pedagogika instituti Ijtimoiy gumanitar fanlar va san’at fakulteti
Musiqa ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi.
Anotatsiya:
Ushbu maqolada umum o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilariga
O‘zbekiston davlat madhiyasini to‘g‘ri kuylash, davlat madhiyasini kuylashda ichki
hissiyotni his qilish, Vatan tuyg‘usini xis qilib kuylashni shakllantirish yuzasidan
ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
Davlat
madhiyasi, musiqiy tovush, milliy an’ana, qadriyatlar,
umuminsoniy tuyg‘u, milliy an'ana, qadriyatlar, umuminsoniy tuyg‘u, milliy g‘urur,
tovush, qo‘shiq.
Аннотация:
В данной статье представлена информация о том, как
правильно
петь
государственный
гимн
Узбекистана
учащимся
общеобразовательных школ, формировать внутреннюю эмоциональность при
пении государственного гимна, формировать чувство Родины.
Ключевые слова:
государственный гимн, музыкальный звук,
национальная традиция, ценности, универсальное чувство, национальная
традиция, ценности, универсальное чувство, национальная гордость, звук, песня.
Anotation:
this article provides information on the formation of the correct
singing of the state anthem of Uzbekistan to schoolchildren of general secondary
education, the feeling of inner feelings when singing the state anthem, the formation of
the singing of the feeling of the motherland.
Keywords:
state anthem, musical sound, national tradition, values, universal
feeling, national tradition, values, universal feeling, national pride, Sound, song.
Madhiyada xalqimizning ezgu orzu-umidlari, kelajakka mustahkam ishonchi
teran ifodalangan. Unda mardona va sharaflarga boy o‘tmishimiz, milliy an'ana va
qadriyatlarimiz, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi
umuminsoniy tuyg‘ular tarannum etilgan.
Davlat madhiyasi (yunon. humnos - gimn, tantanali qo‘shiq) Vatanni, davlatni,
tarixiy voqealarni, ularning qahramonlarini ulug‘lovchi sheʼriy-musiqiy asar,
davlatning ramzlaridan biri. Madhiya tanatanali
marosimlari, bayram va tantanalarida, davlat delegatsiyalari, mehmonlarni kutib olish
va kuzatish chog‘ida ijro etiladi. Davlat madhiyasi ijro etilganda hamma ishtirokchilar
o‘rnidan turadi. Harbiylar qo‘llarini chakkalariga tekizgancha (“chest” berib) turadi,
fuqarolar bosh kiyimlarini yechib, tikka, qo‘lni ko‘krakka qo‘yib tinglaydi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_1-to’plam_Aprel-2025
77
ISSN:3030-3613
Madhiya – qalbida o‘z Vataniga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bor har qanday
kishida milliy g‘urur, o‘ziga xos faxr, eng muhimi yurtga mehr uyg‘otadi. Bu milliy
timsolda xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagi, shuningdek, ziynati, orzu-o‘yi, maslak-
maqsadi mujassam. O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi yoshlarda Vatanga
muhabbat, boy tariximizga, milliy o‘zligimizga chuqur hurmatni shakllantirishda,
farzandlarimizning har tomonlama barkamol va yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishida
muhim tarbiyaviy vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Davlat ramzlari ham vatanparvarlik
fazilatini shakllantiruvchi, shu aziz yurtimizni jonu dildan sevishga undovchi muhim
vositadir. O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi mustaqillikka e'tiqodni targ‘ib
qiladi. Uning matni fuqarolarimizni mustaqil davlat qurish yo‘lida matonat va
jasoratga, sabr-toqat va fidokorlikka, tashabbuskorlik va kurashga chaqiradi, milliy
g‘ururni uyg‘otadi. Madhiyamiz bayramlar, siyosiy chiqishlar, sport anjumanlari,
rasmiy davlat qabullari, ahamiyatli mitinglar, turli davlat boshliqlarini kutib olish va
kuzatish marosimlari hamda qonun bilan belgilangan boshqa hollarda ijro etilib, davlat
suverenitetiga e'tiqod va hurmatni rasmiy musiqa hamda matn bilan ifoda etadi.
Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usini mujassam etgan madhiyamiz bugun ta'lim
maskanlarida yosh avlodning Vatanga muhabbat ruhida kamol topishiga xizmat
qilmoqda. Endi harf taniy boshlagan jajji farzandlarimiz millatimizning bosh
qo‘shig‘ini kuylay boshlaganida sevinchdan hayajonga tushamiz. Bunday lahzalarda
xalq va Vatan ulug‘langan qo‘shiq insonlar qalbiga yuksak va beg‘ubor tuyg‘ularni jo
etishga, bu yorug‘ olamni yanada munavvar ko‘rsatadigan ilohiy mo‘'jiza ekanligiga
yana bir bor amin bo‘lamiz. Yurtning eng ulug‘ qo‘shig‘ini e'zozlash, yod olish va
baralla kuylash har bir yurtdoshimizning burchidir.
O‘zbekiston Davlat madhiyasi 1992-yil 10-dekabrda
768-XII-sonli O‘zbekiston
Respublikasining Davlat madhiyasi to'g‘risidagi Qonuni bilan tasdiqlangan.
Qonunda madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi, unga katta ehtirom bilan
qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchidir, deb belgilab qo‘yilgan.
O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek, mamlakatimizda yashab turgan boshqa shaxslar
ham madhiyamizni hurmat qilishi shartligi alohida taʼkidlangan.
Madhiya to'g'risida boshlang'ich tushunchalar berish orqali o'quvchilarda hissiy
taassurotlarini shakllantirish;
- Ijro etish rejasini to'zishga qaratilgan musiqiy yo'nalishni tahlil qilish;
- Asarni kichik bo'laklarga bo'lib ishlash hamda kuylash malakalarini shakllantirish
yo'llarini rejalashtirish;
- Ayrim jumlalarni puxta o'rganish maqsadida takrorlash hamda ifodali kuylashga
zamin yaratadigan mashqlardan foydalanish;
- Asarning badiiy harakterini tinglovchiga yetkazib kuylash o'qituvchi bu
vazifalarni bajarishga kirishar ekan eng avvalo tanlangan bu qo'shiqning yaratilishi
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_1-to’plam_Aprel-2025
78
ISSN:3030-3613
haqida o'qituvchilarga qisqacha malumot berib malum cholg'u asbobi jo'rligida ifodali
kuylab beradi;
Musiqiy tovushlarning baland - pastlik yo'nalishi hamda ijro xususiyatlarining
bolalar yoshiga mos yoki mos emasligi to'g'risida ular bilan savol - javob qilish orqali
qisqacha tahlil o'tkazadi. Qo'shiqning kichik bo'laklariga qayta ishlash, ular orasidagi
bolalar qayta o'ylab aniq idrok etganlaridan so'ng qo'shiqni to'liqligicha kuylash
mumkin: bolalar qo'shiqni to'lig'icha ijro etayotgan bir birini eshitishga harakat qila
boshlaydilar. Bu holatni bo'lib navbat bilan qo'shiqni quylatadi. U yerda ham
kuylovchilar, ham tinglovchilar hosil bo'ladi. Savol - javob tariqasida har qaysi
g‘uruhning qay darajada kuylanganligi aniqlanadi va o'qituvchi tomonidan baholanadi.
Bu bilan asarning badiiy harakterini tinglovchiga yetkazib kuylash vazifasi amalga
oshiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
G.Sharipova, G'.Najmiddinov. Musiqa o'qitish metodikasi (darslik). 2018.
2.
D. Omonullayeva. Darsda xalq merosi o'rganish. Boshlang'ich ta'lim 2003y.
3.
Tursunbaevna, Botirova Xilola. "New approach to vocal-choral skills." ACADEMICIA:
An International Multidisciplinary Research Journal 11.4 (2021): 1638-1654.
4.
Tursunbaevna, Botirova Xilola "New approach to vocal-choral skills." ACADEMICIA:
An International Multidisciplinary Research Journal 11.4 (2021): 1638-1654.
cejsr.academicjournal.io›index.php/journal/…
5.
"New approach to vocal-choral. skills." ACADEMICIA: An International
Multidisciplinary Research. Journal 11.4 (2021): 1638-1654. Tursunbaevna, Botirova
Xilola.
6.
Khilola Tursunbaevna Botirova STUDENT, VIDYALANKAR INSTITUTE OF
TECHNOLOGY
https://doi.org/10.36713/epra6721
7.
Botirova Khilola Tursunbayevna, . (2023). WAYS OF DEVELOPING THE SYSTEM
OF SPIRITUAL AND MORAL EDUCATION OF THE STUDENT - YOUTH
THROUGH PERFORMING ART OF UZBEK FOLK INSTRUMENTS. CURRENT
RESEARCH
JOURNAL
OF
PEDAGOGICS,
4(06),
61–66.
https://doi.org/10.37547/pedagogics-crjp-04-06-11
8.
324am_2.EPRA JOURNALS-6742.pdf
9.
Botirova, K. T. . (2021). Performance And Art. The American Journal of Social Science
and
Education
Innovations,
3(05),
465–474.
https://doi.org/10.37547/tajssei/Volume03Issue05-83
10.
Botirova Khilola Tursunbayevna, . (2023). WAYS OF DEVELOPING THE SYSTEM
OF SPIRITUAL AND MORAL EDUCATION OF THE STUDENT - YOUTH
THROUGH PERFORMING ART OF UZBEK FOLK INSTRUMENTS. CURRENT
RESEARCH
JOURNAL
OF
PEDAGOGICS,
4(06),
61–66.
https://doi.org/10.37547/pedagogics-crjp-04-06-11
11.
Urozali Toshmatov "Folklor qo'shqlari" 2009 yil