T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_1-to’plam_Aprel-2025
57
ISSN:3030-3613
SPORTDA INTIZOM VA IRODANING O’RNI
Bekmuradova Gulnora O’ktamovna
O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasi xizmatchisi
Annotatsiya
: Mazkur ishda sport sohasida intizom va irodaning tutgan o‘rni
keng yoritilgan. Unda sportchilarning muvaffaqiyatga erishishida qat'iyat, o‘z ustida
ishlash, ichki intizom va iroda kuchining ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqotda
shuningdek, sport mashg‘ulotlari jarayonida intizomli yondashuv va kuchli iroda bilan
harakat qilish natijasida erishilgan yutuqlar misollar asosida yoritiladi. Ushbu mavzu
sportchilar, murabbiylar va sport bilan shug‘ullanuvchi yoshlar uchun muhim nazariy
va amaliy manba bo‘lib xizmat qiladi.
Kalit so’zlar
:sport,intizom,iroda,mashg’ulot,maqsad,natija,yutuq
KIRISH
Sport – bu nafaqat jismoniy faoliyat, balki kuchli iroda, qat’iyat, va doimiy
intizom talab qiladigan hayot tarzidir. Har qanday sport yutuqlari ortida sportchining
mehnati, o‘z ustida ishlashi va belgilangan rejaga qat’iy amal qilishi yotadi. Ayniqsa,
intizom va iroda sportchining muvaffaqiyat sari yo‘lida eng muhim omillar sanaladi.
Ushbu ikki fazilat orqali sportchilar nafaqat jismonan, balki ruhan ham kuchli bo‘lib,
to‘siqlarga bardosh bera oladi. Shu sababli, sportda intizom va irodaning o‘rni alohida
e’tiborga loyiqdir. Ushbu mavzuda biz aynan shu omillarning sportdagi ahamiyati,
ularning shakllanishi va sportchilarning muvaffaqiyatga erishishdagi roli haqida so‘z
yuritamiz. Sportchilarda chidamlilikni o’stirish maqsadida mashqlarni yuqori mahorat
bilan bajarish, ba’zi bir mashqlarni maksimal darajada bajarish, qisqa vaqt ichida aniq
ko’rsatkichlarga erishish, qiyin sharoitlarda mashqlarni yuqori texnik va taktik mahorat
bilan bajarish asosida yuqori natijalarga erishish (oyoqlarni almashtirib balandlikka
sakrash, qarama – qarshi tomondan chopib kelib sakrash, vaziyatni qiyinlashtirib
sakrash mashqlarini takror-takror bajarish) talab qilinadi. Shuningdek sportchilarda
irodaviy sifatlarni vujudga keltirish maqsadida sport mashg’uloti jarayonida bor
kuchini sarf qilish asosida o’z-o’zini irodaviy majburlashga o’rgatish ham juda
muhimdir.
Irodaviy kuch uslubini tashqi va ichki turlarga ajratish mumkin:
1. bosqichda sportchilarda axloqiy, irodaviy va jismoniy sifatlarning
ularning uyg’un rivojlanganligining jismoniy mashqlar bilan doimo shug’ullanish
uchun ularga nimalar xalaqit berayotganligini aniq hisobga olib, sportchilarni bu
kamchiliklarini bartaraf qilishga o’rgatish, ularda o’zini-o’zi tarbiyalashning g’oyaviy
tomonlarini o’stirish, o’zini-o’zi himoya qilish xususiyatlarini shakllantirish, o’zining
jismoniy kuchlilik sifatlarini yanada kamol toptirish uchun mustaqil ishlashga
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_1-to’plam_Aprel-2025
58
ISSN:3030-3613
odatlantirish, sport musobaqalarida faol ishtirok etish ehtiyojlarini shakllantirish talab
qilinadi.
2. Bosqichda sportchining o’zini-o’zi tarbiyalash faoliyatining amaliy
tomonlarini tashkil etishda quyidagi uslublardan foydalanish mumkin:
a) sportchi o’zining xohishi bilan yozma majburiyat – vazifalarni qabul
qilish;
b) ma’lum bir vaqt davomida, o’zining xulq-atvorini baholash, o’zi
qabul qilgan vazifalarni o’z vaqtida bajarish hamda o’zidagi axloqiy, irodaviy
va jismoniy sifatlar to’g’risida hisobot berish;
d) sportchining o’zi olgan majburiyatlarini yozma tahlil qilish; ishda, o’qishda,
sportda erishgan muvaffaqiyatlari va mag’lubiyatlarining sabablarini anglash
malakalarini shakllantirish;
v) sportchi o’zining kundalik daftariga o’zini-o’zi nazorat qilib borish haqidagi
ma’lumotlarni qayd etish zarurligini anglab olish;
y) sportchi o’zini-o’zi baholashda o’zida yetishmaydigan xususiyatlarni to’g’ri
his etish yordamida xulosa chiqarishga o’rganish. Murabbiy sportchilarda irodaviy
sifatlarni rivojlantirishda jismoniy mashqlarni o’rgatishda harakatning maqsadi, sharti
va uni bajarish usullari, shu bilan birga, harakatni bajarishda yo’l quyilgan xatolarni
to’g’rilash va harakatlarni umumlashtirgan holda bajarish kabilar haqida tushunchalar
berib borish lozim. Shuningdek, sportchining bajargan har bir to’g’ri harakatini
baholab borish, ularda bajargan harakatlari to’g’risida tushunchalar hosil qilish kerak.
Buning uchun murabbiy sportchilarning bajarayotgan har bir harakatini diqqat bilan
nazorat qilib borish zarur. Sportchilarga harakatning dastlabki bosqichlarini
o’rgatishda sportchiga quyidagi talablarga rioya qilishni tavsiya etamiz.
a) keraksiz, ortiqcha harakatlarni bajarishga yo’l qo’ymaslik;
b) aniq jismoniy mashq harakat tizimini bo’zmasdan maqsadsiz harakatlarni
bajarishga odatlanmaslik;
v) yuqori darajada bo’lmagan tezlikdagi harakatlarni bajarish asosida
sportchilarda yuqori darajada bajariladigan harakat malakalarini takomillashtirib
borish;
e) harakatni bajarishda tana muskullarini erkin tutishga o’rgatish. Sportchining
jismoniy, ruhiy, texnik va taktik jihatdan nechog’lik tayyorgarligi sport
musobaqalarida ko’rsatadigan natijalariga qarab belgilanadi. Shuning uchun ham sport
musobaqalarida emosional tanglikni keltirib chiqaruvchi omillarni tahlil qilish va
ularni bir tizimga keltirish uchun emosional holatning vujudga kelish mexanizmlarini
bilib olish zarur.
Odam tevarak - atrofdagi narsalarni o‘zgartirib o‘ziga moslashtirar
ekan, yangilik yaratadi, ijod qiladi, shu yangilikni tevarak-atrofdagi voqelikka
qo‘shadi, voqelikni o‘zgartiradi va to‘ldiradi. Umuman odam har doim harakat
qilmasdan tura olmaydi. Ana shu jihatdan olganda odamning barcha harakatlarini ikki
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_1-to’plam_Aprel-2025
59
ISSN:3030-3613
turkumga bo‘lish mumkin. Ulardan
birinchisi
ixtiyorsiz harakatlar bo‘lsa,
ikkinchisi
ixtiyoriy harakatlardir. Ixtiyoriy harakatlar iroda bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlardir.
Ixtiyoriy harakatlar oldindan belgilangan maqsad asosida to‘la ongli ravishda amalga
oshiriladigan harakatlardir. Lekin ixtiyoriy harakat deganda, faqat jismoniy harakatlar
emas, balki, aqliy harakatlar ham tushuniladi. Iroda tushunchasi turli adabiyotlarda
o‘ziga xos tarzda ta’riflanadi. Masalan, Sigmund Freyd (psixologiya): Freyd iroda
tushunchasini insonning ichki kuchi, maqsadga erishish uchun zarur bo‘lgan istak va
qat’iyat sifatida ko‘rgan. U irodaning shaxsning ongli va noongli qismlarining
muvozanatini saqlashda, shuningdek, muammolarni hal qilishda o‘rnini ta’kidlagan.
McDougall iroda tushunchasini insonning qarorlar qabul qilish va faoliyatga
intilishdagi ixtiyoriy kuchi sifatida tushuntirgan. U irodaning ichki motivatsiya bilan
bog‘liqligini va uning shaxsning turli vaziyatlarda maqsadga erishish uchun jasorat
ko‘rsatishini ta’kidlagan. John Locke (falsafa): Locke iroda tushunchasini erkinlik va
tanlash qobiliyati bilan bog‘lagan. Unga ko‘ra, iroda insonning shaxsiy erkinligini
ifodalaydi va insonning to‘g‘ri qarorlar qabul qilishda qobiliyatini ko‘rsatadi. Bu
adabiyotlarda iroda insonning ichki resursi, maqsadlarga erishishdagi kuch va erkin
qarorlar qabul qilishdagi qobiliyat sifatida ko‘riladi. Iroda tushunchasi turli nazariyalar
doirasida shakllangan, ammo barchasida uning hayotdagi ahamiyati va inson
faoliyatidagi roli ta’kidlanadi.
Iroda
– kishining o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishishi uchun
qiyinchiliklarni yengib o‘tishiga qaratilgan faoliyati va xulq-atvorini ongli ravishda
tashkil qilishi va o‘zini-o‘zi boshqarishidir.
Irodaning nerv fiziologik asoslari.
Ixtiyoriy, ya’ni irodaviy harakatlarning
nervfiziologik asosi bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘ining shartli reflekslar
shakllantirishga asoslangan murakkab faoliyati bilan bog‘liq. Irodaviy harakatlar to‘liq
ongli harakatlar hisoblanganligi sababli, ular bosh miya po‘stlog‘ida yuzaga keladigan
optimal qo‘zg‘alish o‘choqlari bilan uzviy aloqada bo‘ladi. Akademik I.P. Pavlov bu
haqda shunday degan: "Mening fikrimcha, ong – ayni paytda mavjud bo‘lgan
sharoitlarda bosh miya katta yarim sharlarining ayrim sohalarida hosil bo‘lgan optimal
(taxminan o‘rtacha) qo‘zg‘alish holati bilan bog‘liq nerv faoliyatidir." Bundan tashqari,
irodaviy harakatlar ikkinchi signal tizimining faoliyati bilan ham chambarchas bog‘liq.
Inson o‘zini nojo‘ya harakatlardan ko‘pincha so‘z orqali (masalan, o‘ziga o‘zi nasihat
qilish yoki tarbiya berish orqali) tiyib qoladi. Shu sababli irodaviy va ixtiyoriy
harakatlarda ikkinchi signal tizimining o‘rni beqiyosdir. I.P. Pavlovning
ta’kidlashicha, ikkinchi signal tizimi inson xulq-atvori va irodaviy harakatlarining oliy
boshqaruvchisidir. Shuni alohida qayd etish kerakki, ikkinchi signal tizimi o‘z
faoliyatini birinchi signal tizimiga asoslangan holda olib boradi. Agar ikkinchi signal
tizimi birinchi tizimga asoslanmasa, aks ettirish jarayoni tartibsiz va ma’nosiz bo‘lib
qoladi. Shu bilan birga, ikkinchi signal tizimi birinchi tizimning faoliyatini boshqarib
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_1-to’plam_Aprel-2025
60
ISSN:3030-3613
va nazorat qilib turadi. Demak, irodaviy harakatlar jarayonida ikkala signal tizimi ham
birgalikda faoliyat yuritadi
Irodaviy akt
– bu insonning ongli ravishda qabul qilgan qaroriga muvofiq
harakat qilishi yoki ichki qarama-qarshiliklarni yengib, maqsadga erishishga intilish
jarayonidir. Bu jarayon inson psixikasi va nerv tizimi faoliyatining o‘zaro
aloqadorligini o‘z ichiga oladi. Irodaviy akt odatda murakkab psixologik tuzilishga ega
bo‘lib, bir necha bosqichlardan iborat.
Birinchidan, musobaqalar bolalarning ichki motivatsiyasini va yuqori
natijalarga
erishish
istagini
rivojlantirishga
yordam
beradi.
Bolalar
musobaqalarda qatnashganda, muvaffaqiyatlarga erishish o‘zlarining sa’yi-harakatlari
va qat’iyatliligiga bog‘liqligini tushunishadi. Ular intizom, mehnatsevarlik
va
mas’uliyatni o‘rganadilar, bu esa bunday ko‘nikmalarni hayotning
boshqa sohalarida qo‘llashlariga imkoniyat yaratadi. Ikkinchidan, musobaqalar
bolalarni jamoada ishlashga o‘rgatadi. Qaysi sport turi yoki o‘yin bilan
shug‘ullanmasin, bolalar hamkorlik, muloqot va bir-birlarini qo‘llab-quvvatlashning
ahamiyati haqida bilib olishadi. Ular sheriklar bilan birgalikda qaror qabul qilishni
o‘rganadilar va zamonaviy jamiyatda ajralmas bo‘lgan jamoaviy ish ko‘nikmalarini
rivojlantiradilar. Uchinchidan, musobaqalar bolalarning sport va jismoniy
ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Ular muvofiqlashtirish, moslashuvchanlik, kuch va
chidamlilikni
yaxshilashga yordam beradi. Muntazam mashg‘ulotlar va
musobaqalarga tayyorgarlik bolalarga sog‘lom turmush tarzini saqlashga va butun
hayoti davomida olib boradigan ijobiy odatlarni shakllantirishga yordam beradi.
Sportda yuqori natijalarga erishish, avvalo, intizom va iroda kuchiga bog‘liq.
Intizom — sportchining kundalik rejimga rioya qilishi, mashg‘ulotlarni vaqtida va
sifatli bajara olishi demakdir. Iroda esa, qiyinchiliklarga bardosh berish, maqsad sari
sobit qadam tashlash va hech qachon taslim bo‘lmaslikdir. Ushbu ikki sifat
sportchining shaxsiy rivojlanishi va professional yutuqlari uchun muhim poydevor
hisoblanadi. Shuning uchun ham har bir sportchi o‘zida intizom va iroda kuchini
shakllantirishi lozim, chunki aynan shu sifatlar uni muvaffaqiyat sari yetaklaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Sarvinoz, Q. (2022). EMOTIONAL UNDERSTANDING OF INDIVIDUALS
THE ROLE OF EMOTIONS. ResearchJet Journal of Analysis and
Inventions,
3(1),
12-18.
2.
Qosimova, S. B. (2021). O’SMIRLIK DAVRIDAGI O’QUVCHILARDA
IJTIMOIY INTELEKT MUAMMOSINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI.
Oriental Art and Culture, 2(4), 554-559.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_1-to’plam_Aprel-2025
61
ISSN:3030-3613
3.
Исматова,
Д.
Т.
(2020).
ОТА-ОНАЛИК
МАЪСУЛИЯТИНИНГ
ФАРЗАНДЛАР ТАРБИЯСИГА ПСИХОЛОГИК ТАЪСИРИ. Oriental Art and
Culture, 1(3), 452-456.
4.
Ismatova, D. T. Y. (2021). Oiladagi ajrimlar psixologik muammosi sifatida.
Oriental Art and Culture, (8), 184-190.
5.
Murtazoyevna, Q. D., & Jamilovna, A. Z. (2021). FEATURES OF
EMOTIONS IN THE UPBRINGING OF CHILDREN. ResearchJet Journal of
Analysis and Inventions, 2(04), 60-64.
6.
Murtazoyevna, Q. D. (2021). Yosh oilalarda oilaviy munosabatning
shakllanishining psixologik xususiyatlari.
7.
Roziyev, U. (2021). ХАРАКТЕРНЫЕ ОСОБЕННОСТИ ПРОЯВЛЕНИЯ
СОЦИОФОБИИ У ПОДРОСТКОВ. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ
(buxdu. uz), 7(7).
8.
Roziyev, U. (2021). РАБОТА С ДЕТЬМИ ИЗ НЕБЛАГОПОЛУЧНЫХ
СЕМЕЙ. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 22(22).
9.
Umedjanova, M. L., Salikhov, S. M., & Salikhov, T. M. (2022). The Role of
National Education in Preparing Young People for Family Life. EUROPEAN
JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 2(2), 271-276.
10.
Salixov, S. M., & Salixov, T. M. (2022). Bo’lajak jismoniy madaniyat
o’qituvchisining kasbiy tayyorgarligini shakllantirish. Science and Education,
3(3), 1013-1019.
11.
Ахмедова, З. Ж. (2021). Issues of formation of youth preparation for family life
European Scholar Journal (ESJ) Available Online at: https://www. scholarzest.
com Vol. 2 No. 4.