Mualliflar

  • Raximaliyev Ikromjon Inomjonovich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.95790

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar: Oila nikoh munosabatlari yosh oila oilaviy muhit jamiyat oilaviy muammolar davlat ijtimoiy siyosat.

Annotasiya

 
Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  oila,  nikoh  munosabatlari,  yosh  oila 
munosabatlarida  yuzaga  kelayotgan  ijtimoiy-psixologik  muammolar,  ularning  kelib 
chiqish sabablari va masalalari yoritilgan. Asosiy e‘tibor yosh oiladagi muammolarni 
yechimini  topish,  ularni  har  tomonlama  qoʻllab-quvvatlash  qonunchilikda  yosh 
oilalarga koʻmak berish huquqiy bazasini kengaytirish zarurligiga e`tibor qaratildi.   


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_1-to’plam_Aprel-2025

44

ISSN:3030-3613

JAMIYATIMIZDA OILALARDA KUZATILGAN PSIXOLOGIK

MUOMMOLAR DOLZARB MASALA SIFATIDA

Raximaliyev Ikromjon Inomjonovich

Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani 26-maktab amaliyotchi psixologi


Annotatsiya:

Ushbu maqolada oila, nikoh munosabatlari, yosh oila

munosabatlarida yuzaga kelayotgan ijtimoiy-psixologik muammolar, ularning kelib
chiqish sabablari va masalalari yoritilgan. Asosiy e‘tibor yosh oiladagi muammolarni
yechimini topish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash qonunchilikda yosh
oilalarga koʻmak berish huquqiy bazasini kengaytirish zarurligiga e`tibor qaratildi.

Kalit soʻzlar:

Oila, nikoh munosabatlari, yosh oila, oilaviy muhit, jamiyat,

oilaviy muammolar, davlat, ijtimoiy siyosat.

KIRISH

Oila muammosi azaldan insoniyatning diqqat markazida bo’lib kelgan. Chunki

oila mustahkamligi jamiyat faravonligining asosiy negizidir. Shu sababli
Respublikamiz rahbariyati har bir xonadonning tinchligini, oilalarda farzandlarning
baxtli, barkamol o’sishini ta’minlashga qaratilgan qator tadbirlarni amalga
oshirmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti SH.Mirziyoyev aytganlaridek ―Oila

kichik vatan, oila tinch boʻlsa, baxtli boʻlsa, vatan tinch boʻladi.

Darhaqiqat jamiyatning kuch-qudratini ta‘minlaydigan eng oliy qadriyat

oilaning tinchligi va mustahkamligidir. Bizga ma‘lumki yurtimizda oila, nikoh
masalalari azal azaldan qadrlanib kelinadi. Bu muqaddas qadriyatlar hozirgi davrgacha
ham oʻz qadr-qimmatini yoʻqotgani yoʻq.Oilalarning jamiyat hayotida tutgan oʻrni va
roʻli beqiyos, chunki har bir shaxs tarbiyasi avvalo kichik bir vatan oiladan boshlanadi.

Hozirgi rivojlanayotgan jamiyatga har tomonlama sogʻlom, barkamol, yetuk

shaxslar kerak. Bunda jamiyatda oilaning rolini oshirish uni yanada mustahkamlash,
oiladagi sogʻlom ijtimoiy-psixologik muhitni yaratish, yosh oilalardagi muammolar
yuzasidan tadqiqot olib boorish asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Shu oʻrinda
aytishimiz kerakki, Oʻzbekiston Respublikasi Konstititsiyasining 63-moddasida oila
jamiyatning ajralmas boʻgʻini ekanligi e‘tirof etilgan: Oila jamiyatning asosiy
boʻgʻinidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida boʻlish huquqiga ega.

Yosh avlodni yetuk shaxs qilib tarbiyalash ularni hayotda oʻz oʻrnini topishlari

uchun zarur shart-sharoitlar yaratish uchun albatta, jamiyatdagi endi tarkib topayotgan
yosh oilaga e‘tibor qaratish lozimdir.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_1-to’plam_Aprel-2025

45

ISSN:3030-3613

Оila

– inson o`z baxti va saodati, orzu-havaslari, maqsadmuddaolarini

mushtarak qilgan, o`zini inson sifatida idrok etib hayot nashidasini suradigan
muqaddas makondir.

Oila

– ijtimoiy institutlarning eng qadimgisidir. Insoniyat boshidan

kechirgan tarixiy davrlarning qanchalik turfa va murakkab bo`lishiga qaramay,
ayniqsa, XIX va XX asrlarda ro`y bergan buyuk o`zgarishlar va islohotlarga dosh
bera olgan ushbu maskan o`z tizimi, tarkibi va jamiyat oldida turgan majburiyatlarini
bajarishi nuqtai nazaridan sog’ omon saqlanib qolgan tuzilmadir. Oilani insonlar
tashkil etgani va undagi hayot- mamotni ular o`rtasidagi o`zaro munosabatlar
tashkil qilishini hisobga oladigan bo`lsak, uni sof psixologik jarayonlar maskani
ham deb atash mumkin.

Respublikamizda keyingi yillarda oila-nikoh munosabatlari o‘zgarib

bormoqda. Bu boradagi o‘zgarishlarga:

1)

oilaning jamiyat oldidagi funksiyalarining o‘zgarib borishi;

2)

oila a’zolari sonining va tug‘ilishning kamayishi, murakkab ko‘p oilali

tipdan, alohida mavjud bo‘lgan oilalar tipiga aylanib borayotganligi;

3)

oilaviy munosabatlar tizimida er-xotin funksiyalarining va oilaviy rollar

haqidagi ijtimoiy tasavvurlarning o‘zgarib borayotganligi;

4)

ayollardagi reproduktiv ustanovkalarning o‘zgarib borayotganligi

kabilarni kiritish mumkin.

Ma’lumki, insoniyat jamiyat taraqqiy etib borgan sari odamlarning o‘zlari

ham, o‘zaro munosabatlar ham, ayniqsa shaxslararo munosabatlar orasida eng
samimiy, eng yaqin bo‘ladigan oilaviy munosabatlar ham takomillashib, o‘ziga xos
tarzda murakkablashib boradi. Sababi hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti, ishlab
chiqarish munosabatlari, vositalari, qishloq xo‘jaliklari, sanoat ishlab chiqarish,
umuman xalq xo‘jaligining barcha jabhalarida yangi texnologiya, texnik
jarayonlarning jadal joriy etilishi bevosita shu jarayonlarning yaratuvchisi,
ishtirokchisi bo‘lgan inson omiliga, inson shaxsiga o‘ziga xos yangicha talablar
qo‘ymoqda. Ishlab chiqarish munosabatlari, jamiyat taraqqiyoti bir tomondan,
odamlarning o‘zlarida ro‘y berayotgan ijtimoiypsixologik, fiziologik va boshqa
o‘zgarishlar o‘zaro muloqat munosabatlari doirasining ma’lum darajada
chegaralanib qolishiga, ularda o‘tmishdoshlarimizda kuzatiladigan tabiiylikning
ma’lum darajada buzilishiga va oqibatda inson ruhiyatida mumkin qadar hissiy,
emotsional zo‘riqishlarning yuzaga kelishiga asos bo‘lmoqda. Bularning ta’siri
oilaviy hayot va undagi psixologik iqlimda o‘z ifodasini topadi.Maxsus adabiyotlarda
yozilishicha va o‘tkazilgan tadqiqot natijalaridan kuzatilishicha, so‘nggi 100 yil
ichida odamlarda kuzatiladigan akseleratsiya jarayoniga ko‘ra ularning jinsiy,
fiziologik balog‘atga etishi 2-3 yil ilgarilab ketgan. Bundan 100 yilcha oldin


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_1-to’plam_Aprel-2025

46

ISSN:3030-3613

yoshlarni jinsiy balog‘atga etish davri 15-16 yoshga to‘g‘ri kelgan, hozir esa bu holat
o‘rtacha 12-13 yoshlarga to‘g‘ri keladi.

Ilgarigi o‘smirlar 15-16 yoshlarida oilaviy hayotga etuklik talablaridan biri

bo‘lmish jinsiy etuklikka, balog‘atga etar ekanlar, ular aksariyat hollarda shu yoshga
kelib o‘sha davrlar uchun xos va lozim bo‘lgan, unchalik murakkab bo‘lmagan
de’qonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik sir-asrorlaridan deyarli boxabar
bo‘lganlar (chunki u vaqtlarda bolalarning odatda 13-14 yoshida shogirdlikka
berishgan), o‘sha davrdagi ishlab chiqarish munosabatlari va texnologik jarayonlar
ulardan maxsus yoki oliy ma’lumot talab qilinmagan, 2-3 yil ustoz ko‘rgan shogird
16-17 yoshida o‘zi ish yuritadigan mutaxassisga aylangan. Mabodo u shu vaqtda oila
quradigan bo‘lsa, o‘z hunari orqali me’nat qilib o‘zini va oila a’zolarini iqtisodiy
jihatdan ta’minlay olishi mumkin bo‘lgan. Bundan tashqari, u vaqtlardagi 18-20 yoshli
yigitmahalla -ko‘yda, jamoatchilik orasida ma’lum darajada ijtimoiy etuk shaxs
sifatida qabul qilingan, turli tadbirlar, marosimlarda etuk ishtirokchi sifatida
qatnashishi mumkin bo‘lgan, ya’ni uning ijtimoiy jihatdan balog‘atga etganligi
jamoatchilik tomonidan tan olingan.

Shaxsning oila va jamiyat oldida o‘ziga xos mas’uliyatni his qilishi esa uning

psixologik etukligi alomatlaridan biri bo‘lib xizmat qilgan.Endi shu xususiyatlarning
bugungi kun yoshlarida ko‘rib chiqaylik. Ular 12-13 yoshlarida jinsiy (fiziologik)
etuklikka erishadilar, biroq ular biror -bir kasb-hunar egasi bo‘lib, mustaqil ishlab
o‘zini va oilasini iqtisodiy jihatdan ta’minlay oladigan bo‘lishi uchun avvalo maktabni
bitirishi, yoki 9 yil maktabda, 3 yil kollej yoki litseyda o‘qishi zarur bo‘ladi. 12 yillik
barcha uchun majburiy ta’limdan so‘ng yoshlarimizning ma’lum bir qismi o‘qishni oliy
o‘quv yurtida davom ettiradi. Bundan ko‘rinib turibdiki yoshlarimizning iqtisodiy
mustaqillikka erishishlari ularning ma’lum qismi uchun 20-21, boshqalari uchun 23-25
yoshga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari odamlarning kundalik hayoti o‘zgarib,
kiyinishga, maishiy buyumlarga moddiy farovonlik darajasiga bo‘lgan ehtiyoji ham
ortib bormoqda.Har qanday jamiyat taraqqiyotida oilaning, oila mustahkamligining
o‘rni beqiyosdir. Chunki tirik organizmning salomatligi uni tashkil qiluvchi har bir
hujayraning sog‘lomligiga bog‘liq bo‘lganidek, oila ham davlat, jamiyat deb
atalgan butun bir organizmni tashkil etuvchi hujayradir.

Shuningdek, jamiyat taraqqiyotining kutilgan darajaga chiqa olmasligi uning

taraqqiyotiga to‘sqinlik qiluvchi uni inqirozga olib keluvchi kuchlarning yuzaga
kelishida oilaning hissasi kattadir. Chunki nosog‘lom, noqobil va nizoli oilalar,
ajrashishlar sonining ortishi, jamiyatgaturli iqtisodiy, ijtimoiy ziyon etkazishi bilan
birga bunday nosog‘lom psixologik muhitda, nizo-janjalli, o‘zaro mehr-oqibatsiz
muhitda dunyoga kelgan,shakllangan bola keyinchalik nafaqat otaonasi, aka-ukalariga
nisbatan mehr-oqibatsiz,balki atrofdagilarga, qolaversa o‘zi yashagan jamiyatga
nisbatan mehr oqibatsiz bo‘lib, shafqatsiz, zolim,xudbin jamiyat yurt manfaatlariga zid


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_1-to’plam_Aprel-2025

47

ISSN:3030-3613

har xil tashqi kuchlar ta’siriga oson beriluvchan shaxs bo‘lib shakllanishi, shu asosda
esa o‘z oilasi, o‘z xalqi, o‘z yurti uchun xavfli insonlarning etishib chiqishiga ham asos
bo‘lishi mumkin.

Demak, oilaning mustahkamligi jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy,

milliy xavfsizligini, uning ravnaqi, taraqqiyotini belgilovchi hal qiluvchi omil
hisoblanadi.Oila psixologiyasigadoir eng muhim bilimlarni berish va ular asosida
tegishli malakalar va ko‘nikmalarni shakllantirib, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash
bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.

Ekspertlar ta'kidlashlaricha, MDH mamlakatlarida yosh oilaning eng katta

muammo to'rtta xususiyatga ega:

1. Yosh oilalarga moddiy va ma'naviy xavfsizlikning etarlicha darajasining

yo'qligi. Shunday qilib, bugungi kunda yangi turmush qurgan juftliklar umumiy
davlatga nisbatan 2 barobar kamroqdir.

2.Yosh oilalarning ijtimoiy muammolari, oilaviy hayotni tashkil etish, o'z

yashash joylarini sotib olish va hokazolarni talab qilish bilan bog'liq bo'lgan moliyaviy
va moddiy ehtiyojlarning ortishi hisoblanadi.

3.Turmush o'rtoqlarni ijtimoiylashtirish davri (ta'lim, ish joyi). 5.Yosh oilada

psixologik moslashish. Shunday qilib, oilalarning 18% mutaxassislarga psixologik
maslahat berishga muhtoj. Albatta, yosh oila borasidagi eng muhim masalalardan biri
– yoshlarning o’zaro munosabatlari va ularning yangicha munosabatlar tizimiga
ko’nikishi masalasidir. Chunki romantik sevgi, bir-birini yoqtirish bosqichidan o’tgan
yoshlarning endi yangi oilaviy hayot tamoyillari asosida kundalik hayotni boshdan
kechirishiga muayyan qiyinchiliklar bo’lishi tabiiy. Yigit-ku o’z uyida, ota-onasi
yaratib bergan sharoitda yashaydi. Moslashuv jarayonidagi qiyinchiliklarning eng
og’iri kelinchakning bo’yniga tushadi. U boshdan kechiradigan muammolardan biri esa
– yangi oila a’zolari bilan muomala maromlarini to’g’ri o’rnatishdir. To’g’ri, to’ydan
keyin turkona, o’zbekoana urq-odatga ko’ra qizning onasi va uning yaqin qarindoshlari
kelinchakni “yo’qlaydi”, ya’ni, pishir-kuydir qilib, qiz o’z xonadonida suygan taomini
pishirib, yangi kelin tushgan xonadonda dasturxon yuboriladi. Albatta, bu kabi azaliy
urf-odatni asosida yotgan muhim sabablar bo’lib, birinchisi, yangi muhitga tushib
qolgan qiz bu erdagi issiq-sovuqqa tez ko’nikib ketolmasligi, taom tanavvul qilishda
keskin o’zgarish bo’lmasligi uchun to ko’nikkuncha, bir necha kun o’z xonadonidan
ovqat yuborish va shu orqali uni “yupatish” bo’lsa, ikkinchi ma’nosi – ota-ona qizini
unutmaganligi, hanuz unga mehrli munosabatda ekanliklarini izhor qilishdir. Bu kabi
munosabatlarning saqlanishi qisman bizning hozirgi sharoitimizda ham o’zini oqlaydi,
lekin yo’qlov bahonasida tog’oralarda ovqat-oziqning xadeb kuyov uyiga jo’natilishi,
ortiqcha dabdabalarga yo’l qo’yilishida umuman mantiq yo’q. Chunki hozir ko’pchilik
onalar oila yumushidan tashqari davlat va jamoat muassasalarida xizmat qiladilar. Ular
uchun bunday tashvishlar ortiqcha, ikkinchidan, qizlar ilgarigiday juda erta turmush


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_1-to’plam_Aprel-2025

48

ISSN:3030-3613

qurmaydigan va o’qish, ish bahonasida turli taomlarni eyishga yoshlikdan o’rgangan
sharoitda ularning oshqozonlari yangi xonadonda ham birday ishlayveradi. Ya’ni, yosh
oilaning mustahkam bo’lishiga rahna soluvchi omillardan biri hisoblanmish ortiqcha
ovoragarchiliklar, dabdabali tushliklarning ikkinchi xonadonga yuborilishi bugshungi
taraqqiyot bosqichida biroz erish tuyulishi tabiiy. O’tkazilgan tadqiqotlardan yana shu
narsa ma’lum bo’lmoqdaki, yosh oilaning tinchlik-totuvchilikda yashashiga halaqit
berayotgan sabablardan biri – qaynonalar bilan yangi kelinchakning tez kirishib, til
topishib keta olmayotganligi. Bu ham oilaviy munosabatlar borasidagi muammolardir.
Chunki ayniqsa, shahar sharoitida bitta yoki ikkitagina o’g’il o’stirgan ona ko’pincha
yangicha munosabatlar tizimiga o’zi ko’nika olmaydi va kelinchakni ham tezroq
ko’nikib ketishiga yordam berish choralarini bilmaydi.

Oila hamjihatlikda yashashi o‘zaro hurmat qaror topmog‘ lozim, lekin hozirgi

paytga kelib nikoh ajrimlari soni 2021-yilda Respublikamizda 39 000 dan ortiq oilaviy
ajrimlar qayd etildi. “Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi tomonidan nikoh
ajrimlarining sabablari o‘rganilganda, aksariyat holatlarda bu birinchi o‘rinda er-
xotinlarning o‘zaro kelishmovchiliklari, fe‘l-atvorning bir-biriga mos kelmasliklari,
rashk, xiyonat, kelin bilan qaynona va boshqa yaqin qarindoshlarning
chiqishmasliklari, erkakning zararli odatlarga berilib ketishi (ichkilikka, giyohvand
moddalarga va shu kabi), moddiy qiyinchiliklar (asosan erning ishlamasligi, mustaqil
oilani boshqara olmasligi), qudalarning to‘ydan keyin o‘zaro kelishmay qolishlari,
erning daraksiz ketib qolishi kabilar qayd etiladi.”

XULOSA

Xulosa qilib aytganda oilada sog‘lom psixologik muhitning yaratilishi, sog‘lom

turmush tarzini rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadi. Sog‘lom psixologik muhit
er va xotin o‘rtasidagi psixologik jihatdan yetilganlik hamda ijtimoiy jihatdan tayyorlik
asosida shakllanadi. Sog‘lom turmush tarzining oilaviy muhitga ta’siri ham katta
hisoblanadi. Chunki har bir oila a’zosi sog‘lom turmush tarziga rioya qilsa, to‘g‘ri
ovqalansa, sport bilan shug‘ullansa ushbu jarayonlar ularda psixosomatik o‘zarishlarni
keltirib chiqaradi. Ya’ni ularning sog‘lom turmush tarziga rioya qilishi mental
psixologik holatini yaxshilaydi. Sog‘lom turmush tarzi oilaviy muhitning ijtimoiy
psixologik jihatdan o‘zgarishiga ta’sir o‘tkazadi. Sog‘lom munosabatlar sog‘lom
turmush tarzidan boshlanadi. Ushbu holatlar oiladagi ijtimoiy psixologik jarayonlarga
katta ta’sir o‘tkazadi. Oilada sog‘lom turmush tarzini rivojlantirishda sog‘lom
psixologik muhitning ijtimoiy psixologik ahamiyati ushbu jarayonlarning sinxron
ravishda tashkil qilnganligiga bog‘liq hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Shavkat Mirziyoyev «Oila kichik vatan, oila tinch boʻlsa, baxtli boʻlsa, vatan tinch
boʻladi» Xabar.uz 22.01.2018


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_1-to’plam_Aprel-2025

49

ISSN:3030-3613

2.

V.M.Karimova. Oila psixologiyasi: Darslik. Pedagogika oliygohlari talabalari
uchun // Muallif: - T.: -Fan va texnologiya, 2008. - 170 b.;

3.

Oʻzbekiston Respuplikasi Konstitutsiyasi, - T. Oʻzbekiston 2014

4.

Kamolova, S. (2021). Umuminsoniy qadriyatlar asosida talabalar dunyoqarashini
shakllantirishning uzluksizligi. Jurnal Pedagogiki i psixologii v sovremennom
obrazovanii, (1).

5.

Kamolova, S. (2021). Ta’lim jarayonida interfaol usullardan foydalanishning
afzaliklari . Jurnal Pedagogiki i psixologii v sovremennom obrazovanii, (2).

6.

Sh., Kamolova, Yaxshieva, M Sh., Eshonkulov, E. S., Jumartova, U. U., &
Urazoliev, X. A. (2015). Formirovanie nauchnogo mirovozzreniya studentov. In
Aktualnыe zadachi pedagogiki (pp. 184-186).

7.

Kamolova, Sh. O‘.,& Munarova, R. O‘. (2010). Urovni sovershenstvo lichnosti.
Issledovatel nauchnыy jurnal.–Qozog‘iston, 5(49), 100-105.









Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Shavkat Mirziyoyev «Oila kichik vatan, oila tinch boʻlsa, baxtli boʻlsa, vatan tinch

boʻladi» Xabar.uz 22.01.2018

V.M.Karimova. Oila psixologiyasi: Darslik. Pedagogika oliygohlari talabalari

uchun // Muallif: - T.: -Fan va texnologiya, 2008. - 170 b.;

Oʻzbekiston Respuplikasi Konstitutsiyasi, - T. Oʻzbekiston 2014

Kamolova, S. (2021). Umuminsoniy qadriyatlar asosida talabalar dunyoqarashini

shakllantirishning uzluksizligi. Jurnal Pedagogiki i psixologii v sovremennom

obrazovanii, (1).

Kamolova, S. (2021). Ta’lim jarayonida interfaol usullardan foydalanishning

afzaliklari . Jurnal Pedagogiki i psixologii v sovremennom obrazovanii, (2).

Sh., Kamolova, Yaxshieva, M Sh., Eshonkulov, E. S., Jumartova, U. U., &

Urazoliev, X. A. (2015). Formirovanie nauchnogo mirovozzreniya studentov. In

Aktualnыe zadachi pedagogiki (pp. 184-186).

Kamolova, Sh. O‘.,& Munarova, R. O‘. (2010). Urovni sovershenstvo lichnosti.

Issledovatel nauchnыy jurnal.–Qozog‘iston, 5(49), 100-105.