T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_1-to’plam_Aprel-2025
24
ISSN:3030-3613
UMUMTAʼLIM MAKTABI AMALIYOTCHI PSIXOLOGLARINING
FAOLIYATIGA TO‘SIQ BOʻLAYOTGAN OMILLARNI BARTARAF
ETISHNING DOLZARB MASALALARI
Yuldasheva Gulzoda Yusubjonovna
Namangan viloyati Pop tumani
10 AFCHO'SMUM amaliyotchi psixologi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada maktab psixologi faoliyatiga doir ayrim
mulohazalar, kasb faoliyatiga to`sqinlik qiluvchi omillar hamda uni bartaraf etish
yo`llari muhokama etilgan hamda takliflar kiritilgan.
Kalit so‘zlar:
psixolog, rivojlanish, pedagoglar jamoa, jismoniy va aqliy
qobiliyat, iqtidorli o‘quvchilar.
KIRISH
Bugungi kunda ko‘pchilik umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘zining
psixologlariga ega. Biroq shunga qaramay direktor va o‘qituvchilar ko‘pincha
psixologning qo‘lidan nima kelishi mumkinligini yaxshi tasavvur etolmaydilar. Ularga
psixolog hamma muammolarini bir zumda hal qilib beradigandek tuyuladi. Ammo
psixologning maktabda ish boshlaganidan keyin maktabda tashqi jihatdan hech narsa
o‘zgarmaganini ko‘rishgach, ularda «Maktab psixologining o‘zi nima keragi bor?»
degan tipdagi savollar tug‘iladi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, maktabdagi amaliy
ish uchun psixolog o‘rgangan nazariy bilimlar yetmay qoladi.
ADABIYOTLAR SHARHI
Maktabga kelib qolgach, psixologlar ko‘pincha amaliyotning ular oldiga
qo‘ygan muammolaridan dovdirab qoladilar. Shunday ahvolga tushib qolmasligi
uchun psixolog avvalo maktabga nima maqsadda borayotganligini aniqlashtirib olishi
kerak. Psixologik xizmatning umumiy maqsadlaridan kelib chiqib, psixolog umumiy
o‘rta ta’lim maktabida quyidagi vazifalarni bajarishi talab etiladi:
1.
Bolalarning har-bir yosh bosqichida shaxs sifatida va intellektual jihatdan
to‘laqonli rivojlanishini ta’minlash, ularda o‘z-o‘zini tarbiyalash va rivojlantirish
qobiliyatini shakllantirish:
2.
Har bir bolaga indivudual yondashuvni va uning psixologik- pedagogik
o‘rganilishini taminlash:
3.
Bolaning intellektual jihatdan va shaxs sifatida rivojlanish jarayonida yuz
berishi mumkin bo‘lgan chetga chiqishlarni profilaktika qilish.
TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL
Shunday qilib, psixolog maktabga avvalo bolalar uchun keladi. Lekin bu
psixolog o‘qituvchilar bilan ishlamaydi, degani emas.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_1-to’plam_Aprel-2025
25
ISSN:3030-3613
Psixolog maktabda yengib o‘tishi kerak bo‘lgan birinchi to‘siq - bu maktabning
pedagogik jamoasiga qo‘shila olishdir. Bordi-yu psixolog bu murakkab organizmga
qo‘shilib keta olmasa, o‘z ishida muvaffaqiyatga erishishi dargumondir. Psixolog
adaptatsion davrining qiyin kechishiga bir necha omil sabab bo‘ladi. Ko‘pincha
o‘qituvchilar psixologni bolalarni qanday qilib tarbiyalashni, qanday yashashni
o‘rgatuvchi inson sifatida ko‘rib, dastlabki kezlardayoq unga nisbatan salbiy
ustanovkani shakllantirib oladilar. O‘z- o‘ziga ishonchi sust bo‘lgan o‘qituvchilar
psixologni go‘yo uning kamchiliklarini oshkor etuvchi shaxs sifatida idrok etib, uni
qandaydir inspektor sifatida qabul qiladilar. Bular esa psixologning maktab sharoitiga
tez ko‘nikib, maktab hayotiga chuqur singib ketishga halaqit beradi. Buning oldini
olish uchun psixolog o‘qituvchilar bilan o‘zaro teng
munosabatlarga kirishishi, ikkala taraf ham o‘zini bilag‘on qilib ko‘rsatmasligi,
eng muhimi bir-birini raqib deb hissoblamasligi zarur. Shunga erishish kerak-ki,
o‘qituvchilar psixologni ularga yordam bera oladigan boshqa mutaxassis sifatida qabul
qilsinlar [2].
Maktabdagi ilk qadamlardanoq psixolog ma’muriyatga ularning faoliyat
doirasiga nimalar kirmasligini, mo‘jizalar ko‘rsatish uning qo‘lidan kelmasligini
tushuntirishi lozim.
O‘qituvchi bilan bo‘lgan suhbatda u yoki bu bolaning muammosi psixologik
muammo bo‘lmagani uchun u bo‘yicha hech narsa qila olmasligini tan olishdan
qo‘rqmaslik kerak. Dastlabki qadamlarni qo‘yishda ota - onalar bilan aloqa o‘rnatish
juda muhim. Dastlabki aloqa ixtiyoriy xarakterda bo‘lishi va o‘zi murojaat qilgan ota-
onalar bilan amalga oshirilishi kerak. Buning uchun psixolog alohida kun va soatlarni
ajratishi lozim.
Demak, umumiy o‘rta ta’lim maktabida ishni boshlashdan avval psixolog [4]:
1.
O‘zining pedagoglar jamoasi va maktab ma’muriyati bilan bo‘lgan
munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishi.
2.
O‘z ishining asosiy maqsadi - bu bolaning optimal rivojlanishini
ta’minlash ekanini doim yodda saqlashi.
3.
O‘zining faoliyatida profilaktik ishga u bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan
diagnostik va rivojlantiruvchi ishga alohida e’tibor bilan qarashi lozim bo‘ladi.
Demak, psixologning zamonaviy funksional vazifalari quyidagicha:
a)
o‘quvchilarning (tarbiyalanuvchilarning) muassasalarda tarbiyalash va
o‘qitish jarayonida ruhiy, jismoniy (somatik) va ijtimoiy farovonligini muhofaza
qilishga yo‘naltirilgan kasbiy faoliyatni amalga oshirish [6];
b)
Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyaga muvofiq shaxs huquqlarini
himoya qilishga, ta’lim muassasasi ijtimoiy sohasini uyg‘unlashtirishga ko‘maklashish
va ijtimoiy jihatdan ko‘nika olmaslik hollari yuzaga kelishining oldini olish bo‘yicha
tadbirlarni amalga oshirish;
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_1-to’plam_Aprel-2025
26
ISSN:3030-3613
d)
o‘quvchilar (tarbiyalanuvchilar) rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan
omillarni aniqlash va turli ko‘rinishdagi psixologik yordam (psixokorreksiya,
reabilitatsiya va maslahat) berish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish, o‘quvchilar
(tarbiyalanuvchilar), ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar), pedagogik
jamoaga aniq muammolarni hal qilishda yordam berish;
e)
turli yo‘nalish va maqsadlardagi psixologik diagnostikalarni o‘tkazish,
ruhiy, jismoniy va aqliy, qobiliyat, moyillik, imkoniyat kabi sifatlarni aniqlash uchun
testlar o‘tkazish, test natijalarini tahlil qilish va baholash;
f)
bolalarni birinchi sinfga qabul qilish komissiyasi tarkibida bolalarni olti
yoshdan o‘qishga tayyorligini aniqlashda ishtirok etish va boshqalar.
XULOSA VA MUNOZARA
Takliflar: 1. Psixolog quyidagilarni bilishi uchun amaliy seminarlar tashkil etishi
lozim:
a)
amaldagi umumiy o‘rta ta’lim sohasidagi, bolalar huquqlarini tartibga
soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni;
b)
jamoadagi ijtimoiy-psixologik muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni;
d)
umumiy va ijtimoiy psixologiya, yosh psixologiyasini, tibbiy psixologiya,
maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar psixologiyasi xususiyatlarini, bolalar
neyropsixologiyasini;
e)
psixodiagnostika
yutuqlarini,
individual
farq
psixologiyasini,
defektologiya asoslarini, psixoterapiya, psixogigiena, kasbga yo‘naltirish va mehnat
psixologiyasini;
f)
tashxislash metodologiyasi va metodikasini, psixopatologiya, individual
va guruhlar bo‘yicha kasbga maslahat berishning zamonaviy metodlarini, bolaning
me’yoriy va noto‘g‘ri rivojlanishini tashxislash va tuzatishni, xulq etikasi va
madaniyatini;
2. Psixolog lavozimiga qo`yilgan malaka talablari: kamida bakalavr darajasidagi
maxsus psixologik yoki oliy pedagogik ma’lumotga ega bo`lish.
Xulosa kilib aytganda, psixolog o‘z vazifasini yaxshi bajara olganda maktabda
psixologik muxit sog‘lom bo‘ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
B.Zіyomuxammadov. Pedagogіka. O‘quv qo‘llanma. Toshkent, 2016.
2.
N.A.Muslіmov, M.H.Usmonboeva, D.M.Sayfurov, A.B.To‘raev. Іnnovatsіon
ta’lіm texnologіyalarі. Toshkent, 2015.
3.
N.Boymurodov. Amalіy psіxologіya. O‘quv qo‘llanma. Toshkent, 2018.
4.
Абдурахманова, С. Е. (2016). Современные транспортные магистрали
Великого шелкового пути в Евразии.
Молодой ученый
, (3), 723-726.
5.
Собиржонова, М. В., Атаханова, Ю. Ю., & Назарова, М. Т. (2018).
6.
СЕСТРИНСКОЕ ДЕЛО В ПЕДИАТРИИ.
Мировая наука
, (12 (21)), 396-399.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_1-to’plam_Aprel-2025
27
ISSN:3030-3613
7.
Собиржонова, М. В., Атаханова, Ю. Ю., & Холматова, Ё. Н. (2019).
МИОПИЯПРОБЛЕМА XXI ВЕКА.
Мировая наука
, (11 (32)), 298-301.
8.
Содикова, А. Х. (2023). ДИДАКТИЧЕСКИЕ ВОЗМОЖНОСТИ РАЗВИТИЯ
СПЕЦИАЛЬНЫХ КОМПЕТЕНЦИИ СТУДЕНТОВ ТЕХНОЛОГИЧЕСКОГО
ОБРАЗОВАНИЯ.
Science and innovation in the education system
,
2
(5), 118-124.
9.
Содикова, А. Х. (2019). Признаки процесса обучения.
УЧЕНЫЙ XXI ВЕКА
,
49.
10.
Содикова, А. (2023). New Uzbekistan–The Value of Membership in the
11.
Continuous Education System.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
31
(31).
12.
Sadikov, E. T. (2021). SPECIFIC PECULIARITIES OF TEACHING AND
EVALUATING PRAGMATIC SPEECH ACTS THROUGH THE LISTENING
SKILLS.
EPRA International Journal of Research & Development (IJRD)
,
6
(12),1.
13.
Tursunovich, S. E. (2021). Teaching Pragmatics to Uzbek Learners of English.
Middle European Scientific Bulletin
,
19
, 120-122.
14.
Sadikov, E. T. (2021). ESTABLISHING CONNECTIVITY BETWEEN
GRAMMAR SKILL APPROACH AND SPEECH ACTS. IS PRAGMATICS IN
OR OUT?.
ВЕСТНИК МАГИСТРАТУРЫ
, 52.
15.
Sadikov, E. (2022). LANGUAGE CONTACT SITUATIONS AND PRAGMATIC
FACTORS.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
25
(25).