Mualliflar

  • Xalilova Nozima Xolmumin qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.95801

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: o‘yin nutq qoida harakat ijtimoiy ta’sir munosabat didaktik o‘yin harakatli o‘yin.

Annotasiya

Annotatsiya.  Maqolada  maktabgacha  yoshdagi  bolalarning  milliy  o‘yinlar 
vositasida ijtimoiy faolligini hamda odob-axloqni va ta’lim tarbiyani o‘rgatish haqida 
yoritilgan. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_1-to’plam_Aprel-2025

323

ISSN:3030-3613

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA MILLIY O‘YINLARI

ASOSIDA BOLALARDA ODOB-AXLOQNI VA TA’LIM-TARBIYANI

SHAKLLANTRISH.

Navoiy viloyati Navbahor tumani DMMT-7 tarbiyachisi

Xalilova Nozima Xolmumin qizi

Annotatsiya.

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning milliy o‘yinlar

vositasida ijtimoiy faolligini hamda odob-axloqni va ta’lim tarbiyani o‘rgatish haqida
yoritilgan.

Аннотация.

В статье описана социальная деятельность дошкольников

посредством национальных игр, а также обучение манерам и воспитанию..

Abstract.

The article describes the social activity of preschool children through

national games, as well as the teaching of manners and education.

Kalit so‘zlar:

o‘yin, nutq, qoida, harakat, ijtimoiy ta’sir, munosabat, didaktik

o‘yin, harakatli o‘yin.

Ключевые слова:

игра, речь, правило, действие, социальное воздействие,

отношение, дидактическая игра, игра-действие.

Key words:

game, speech, rule, action, social influence, attitude, didactic game,

action game.


Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida milliy o‘yinlardan foydalanish bolalarning

axloqiy, estetik, jismoniy va aqliy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu
o‘yinlar bolalarda odob-axloq me’yorlarini shakllantirish, ijtimoiy muomala
madaniyatini rivojlantirish, hamjihatlik, do‘stlik, halollik va sabr-toqat kabi fazilatlarni
tarbiyalashda samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi. Milliy o‘yinlar orqali nafaqat ta’lim-
tarbiya jarayoni boyitiladi, balki xalqning urf-odati, qadriyatlari, madaniy merosi ham
kichik yoshdagi bolalarga tabiiy yo‘l bilan singdiriladi. Bu esa ularning kelgusidagi
shaxsiy va fuqarolik kamoloti uchun mustahkam zamin yaratadi. Shu bois,
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida milliy o‘yinlardan pedagogik jihatdan maqsadli
foydalanish – zamonaviy ta’limda an’anaviy qadriyatlarni saqlab qolgan holda, har
tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazishning muhim vositalaridan biridir.

Milliy o‘zbek o‘yinlarini yoshlar, ayniqsa tarbiyalanuvchilar sevib, maroq

bilan o‘ynamoqdalar. Bunday o‘yinlar jismoniy tarbiya darslaridagina emas, balki
hovlilar va bog‘, parklarda dam olish soatlarida o‘ynaladi. Muhim sifatlarni
rivojlantirishga mo‘ljallangan umumiy rivojlantiruvchi va maxsus mashqlarga doir
bayon qilingan material ko‘proq o‘yin tarzida beriladi, lekin mashqlarni
tuShuntirish va faol dam olish uchun qisqacha pauzalar bo‘lgan kichik dozada


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_1-to’plam_Aprel-2025

324

ISSN:3030-3613

uzluksiz bajariladi. O‘yin mashqlaridan keyin bo‘shashtiradigan, ohista yuriladigan
mashqlarni yoki diqqat-e’tiborini o‘stiradigan mashqlarni berish lozim.

Milliy o‘yinlarning tarbiyaviy mohiyati:

Milliy o‘yinlar xalq og‘zaki ijodi namunasi bo‘lib, ular:

bolalarda halollik, sabr-toqat, to‘g‘rilik kabi axloqiy sifatlarni

shakllantiradi;

sog‘lom raqobat, do‘stlik, o‘zaro hurmat hissini kuchaytiradi;

jismoniy va aqliy rivojlanishga xizmat qiladi;

milliy qadriyatlar, urf-odatlar va madaniyatni singdiradi.

Masalan:

Milliy o‘yinlar bilan shug‘ullanish jarayonida mehnat tarbiyasi

amalga oshiriladi. Bolalarning salomatligi yaxshilanadi, ularda harakat

malakalari shakllanadi, mehnat faoliyati uchun
zarur bo‘lgan jismoniy fazilatlar rivojlanadi.
Bolalarni mehnatga tayyorlashda jismoniy
madaniyatning, jumladan, xalq milliy
o‘yinlarining tutgan o‘rnini ularga tushuntirish va
bu tushunchani ularning ongida shakllantirish
g‘oyat muhim ahamiyatga ega.

Halqimiz orasida har bir faslga mos

o‘yinlar mavjud bo‘lib o‘ynalib kelingan. O‘zbek milliy o‘yinlari hatiyligi, har
tomondan yaratilganligi uchun xam katta-yu kichik va hatto xotin-qizlartomonidan
sevib uynalgan. Ota-bobolarimiz o‘z farzandlarini qiyinchiliklar
oldidadovdiramaslik, qurqmaslik ruxida tarbiyalab uni yechishga o‘rgatganlar.
Ko‘p yillar davomida yiqqan malakalariga tayanib o‘z farzandlariga badan tarbiya
va aqliy o‘yinlardan foydalanish yo‘l yo‘riqlarini ko‘rsatganlar Og‘ir mehnatdan
keyin kishilar bir joyga to‘planishib turli milliy o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘lganlar,
dam olganlar . Bolalarning o‘yinda birlashishlari bir necha bosqichga bo`linadi.
Birinchi bosqich bolalarning «yonma-yon» o‘yinining shakllanib borishidir. Bu ilk
yoshli va kichik guruh bolalariga xosdir. Bunday o‘yinda bolalar o`rtog`ining o`yiniga
qiziqish bilan qaraydilar, birga o‘ynab, «yonma-yon» o‘tirganlaridan xursand
bo‘ladilar. Bu yoshdagi bolalarning o‘yini kattalar rahbarligida ularning xulqiga ta’sir
etish orqali tashkil etiladi. Ikkinchi bosqichda bolalar o`yin orqali mexanik ravishda
birlasha boshlaydilar. Bunday birlashishlar qisqa muddatli bo`ladi. Bu davrga kelib
bolalardan kimning qaysi o‘yinga qiziqishi aniq bo`la boshlaydi, bir xil bolalar didaktik
o‘yinga qiziqsalar, ikkinchilari harakatli o`yinni yoqtiradilar, uchinchilariga ijodiy
o‘yinlar ma’qulroq bo‘ladi va h.k. Tarbiyachining vazifasi bolalarni u yoki bu o‘yin
bilan uzoqroq o‘ynashga o`rgatishdir. Uchinchi bosqichda o‘ynovchi bolalar guruhi
bir-biriga do`stona munosabat va o‘zaro yoqtirish orqali birlashadilar. Birga
o‘ynovchilar soni ko‘p bo`lmasa-da, bolalar qiziqib o‘ynaydilar. Bu davrga kelib bir-


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_1-to’plam_Aprel-2025

325

ISSN:3030-3613

birlariga baho berish umumiy talabi yuzaga keladi. Bu bosqichda tarbiyachi
bolalarning o‘yinda birlashishlarining axloqiy asosini yuzaga keltirishi, ularda o‘zaro
yordam, o‘rtoqlik, do‘stlik munosabatlarini shakllantirishi lozim. Bolalar bog`chasida
bolalarning uyushgan, qiziqarli va mazmunli hayotini ta’minlash uchun yosh
guruhlarida rang-barang o‘yinlardan foydalanish zarur. Ijodiy o‘yinlar qoidalarining
ichki, April 25, 2024 263 yashirin tabiati bolaga harakat qilishi uchun katta erkinlik
yaratadi; uning o`ynayotgan jamoa oldidagi vazifasi tayyor qoidali o`yinlar
mazmuniga nisbatan noaniqroq bo`ladi.

Tarbiya berish vazifalari.

Jismoniy madaniyat

bilan shug‘ullanishtanda, bolalarda joriy qilingan
tartibga rioya qilish odatini hamda xalq o‘yinlari bilan
iloji bo‘lsa xar kuni muntazam ravishda Shug‘ullanish
ishtiyoqini uyg‘otish, ularda maktab va uyda Shu
o‘yinni bilan mustaqil shug‘ullana olish layoqatini
rivojlantirish, ularni o‘z tengqurlari va o‘zlaridan kichik
bo‘lgan bolalar jamoasida o‘yinlarni tashkil qilish,

ularni birgalikda bajarishga o‘rgatish lozim.

O‘yinlar orqali odob-axloqni shakllantirishda!

bola xatti-harakatida odoblilik va intizomni o‘rgatadi;

kattalarga hurmat, kichiklarga mehrni singdiradi;

nizolarni tinch yo‘l bilan hal qilishni o‘rgatadi;

qoidalarga amal qilish odatini shakllantiradi;

vatanparvarlik, milliy iftixor, ona tiliga hurmat tuyg‘ularini uyg‘otadi.

O‘yinning ijtimoiy O‘yin tanlay bilish ham muhim ahamiyatga ega. O‘yin bilan

ta’lim o‘rtasidagi bog‘liqlik bola ulg`aygan sari o‘zgarib boradi. Kichik guruhda o‘yin
ta’lim berishning asosiy shakli hisoblansa, katta guruhga borganda esa mashg`ulotlarda
ta’limning roli ortadi. Tayyorlov guruhiga borganda bolalarning o‘zlarida maktabdagi
o‘qishga ishtiyoq uyg‘onib qoladi. Ammo bolalar uchun o`yinning qadri yo`qolmaydi,
balki mazmuni o‘zgaradi. Endi bolalarni ko‘proq fikriy faollikni talab etuvchi o‘yinlar,
sport tarzidagi (musobaqa jihatlari bor) o‘yinlar qiziqtira boshlaydi. Bolalar tabiat
xodisalari, jonivorlar hayoti va xarakatlariga taqlid qilib, o‘ynar ekan, shu qatorda
ularning ma’nosini anglay boshlaydi. Asta-sekin hayotiy tajriba ortiradi.
Qiyinchiliklarni еngishga o‘rganadi. Unda harakat ko‘nikmalariga hosil bo‘ladi va
tasavvuri tobora boyib boradi. Bundan tashqari, o‘yinlar bolalarning jismoniy
barkamol bo‘lishi uchun uchungina emas, balki ularga, aqliy, ma’naviy va ahloqiy
jihatdan tarbiyalashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ko‘plashib o‘ynaladigan
o‘yinlarda bolalar maqsadga erishi uchun farosati va tadbirkorligini, qat’iyatini
ko‘rsatish, jamiyat oldida faqat o‘zining emas, balqi o‘rtoqlarining hatti harakatlari
uchun ham javobgralik hissini seza olishni o‘zida shakllantirib borishi zarur.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_1-to’plam_Aprel-2025

326

ISSN:3030-3613

Xulosa:

Yuqoridagi fikrlarni inobatga olgan holda shunday xulosaga kelish

mumkinki, bundan tashqari milliy o‘yinlar asosida ta’lim-tarbiya, odob –axloqning
maktabgacha yoshdagi bolalar hayotida o‘yinlar katta ahamiyatga ega. Ma’lumki,
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning o‘yinlari taklid qilish tabiatida bo‘ladi.
Bola tevarak atrofidagi borliqni boshqalardan o‘zgacharoq faxmlaydi, kuzatiladi.
O‘yindagi ba’zi narsalarni o‘yiniga kiritadi va shu o‘yin vositasida o‘zini qurshab
turgan olam haqida muayyan axborotga ega bo‘ladi. Shuning barobarida unda
xodisalarga nisbatan muayyan munosabat paydo bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

1.

F.Xo‘jayev. “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘tkaziladigan harakatli
o‘yinkar”. Toshkent – 2022

2.

Qodirova R.M. Qodirova F.R. Bolalar nutqini rivojlantirish. O‘zbekiston
Respublikasi Oliy va o`rta- maxsus ta’lim muassasalari uchun darslik. T.:,
“Istiqlol”, 2006 y.

3.

Imomova

SH.M.,

Norova

F.F.

Учебные

методы

организации

спортивнооздоровительных мероприятий в образовательных учреждениях//
Вестник науки и образования, 2021. № 9 (112). Часть 2. С.38.

4.

Soliyev I. et al. The role of aesthetic education in introducing children to the
environment //Science and Innovation. – 2022. – Т. 1. – №. 3. – С. 801-804.
International scientific and practical conference“current issues of special pedagogy
and pre-school education: problems, solutions and development prospects” April
25, 2024 264

5.

Sobirovich S. I. et al. Socio-personal and mental development of a preschooler
//Ijodkor o‘qituvchi. – 2022. – Т. 2. – №. 23. – С. 50-54.

6.

Soliyev I. et al. Tarbiyalanuvchilar ijtimoiy faolligini oshirishda foydalaniladigan
milliy o‘yinlar //Бюллетень студентов нового Узбекистана. – 2023. – Т. 1. – №.
3. – С. 83-86.

7.

Tursunaliyeva D. et al. Maktabgacha yoshdagi bolalarning hayotida o‘yin
faoliyatining o‘rni //Бюллетень студентов нового Узбекистана. – 2023. – Т. 1. –
№.5 Part 2. – С. 129-131.

8.

Fozilova O., Omonova M. Mashg‘ulotlar jarayonida o‘yin faoliyatini tashkil
etishning o‘ziga xosligi //Бюллетень студентов нового Узбекистана. – 2023. – Т.
1. – №. 5 Part 2. – С. 98-101.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

F.Xo‘jayev. “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘tkaziladigan harakatli

o‘yinkar”. Toshkent – 2022

Qodirova R.M. Qodirova F.R. Bolalar nutqini rivojlantirish. O‘zbekiston

Respublikasi Oliy va o`rta- maxsus ta’lim muassasalari uchun darslik. T.:,

“Istiqlol”, 2006 y.

Imomova SH.M., Norova F.F. Учебные методы организации

спортивнооздоровительных мероприятий в образовательных учреждениях//

Вестник науки и образования, 2021. № 9 (112). Часть 2. С.38.

Soliyev I. et al. The role of aesthetic education in introducing children to the

environment //Science and Innovation. – 2022. – Т. 1. – №. 3. – С. 801-804.

International scientific and practical conference“current issues of special pedagogy

and pre-school education: problems, solutions and development prospects” April

, 2024 264

Sobirovich S. I. et al. Socio-personal and mental development of a preschooler

//Ijodkor o‘qituvchi. – 2022. – Т. 2. – №. 23. – С. 50-54.

Soliyev I. et al. Tarbiyalanuvchilar ijtimoiy faolligini oshirishda foydalaniladigan

milliy o‘yinlar //Бюллетень студентов нового Узбекистана. – 2023. – Т. 1. – №.

– С. 83-86.

Tursunaliyeva D. et al. Maktabgacha yoshdagi bolalarning hayotida o‘yin

faoliyatining o‘rni //Бюллетень студентов нового Узбекистана. – 2023. – Т. 1. –

№.5 Part 2. – С. 129-131.

Fozilova O., Omonova M. Mashg‘ulotlar jarayonida o‘yin faoliyatini tashkil

etishning o‘ziga xosligi //Бюллетень студентов нового Узбекистана. – 2023. – Т.

– №. 5 Part 2. – С. 98-101.