T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_1-to’plam_Aprel-2025
278
ISSN:3030-3613
OʻQUVCHILARNI RUHIY SOG’LOM MUHITDA TARBIYASHNING
PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Mavlonova Hayotxon Ravshanovna
Farg'ona shahar 9-umumiy oʻrta ta'lim maktabi psixologi
ANNOTATSIYA
Bugungi jаdаl rivоjlаnuvchi dаvr tаlаblаrigа muvоfiq, o’zgаruvchаn zаmоnаviy
mаktаb tа’limi оldidа tа’lim mаzmuni vа tuzilmаsigа yangichа yondаshuv zаrurаti
mаvjudligi sаbаbli ko’plаb dоlzаrb vаzifаlаr yuzаgа kеldi. Endilikdа zаmоnаviy
o’quvchi o’qitishdа аn’аnаviy tа’lim-tаrbiya usullаridаn fоydаlаnib emаs, bаlki ulаrgа
mustаqil bilim оlish hаmdа egаllаgаn bilimlаrini tаkоmillаshtirishgа intilish
mаlаkаlаrini shаkllаntirishi hаmdа o’rgаtishi zаrur. Ushbu maqolada pedagogikada
bolalarning sog’lom ruhiy muhitda tarbiyash usullari tadqiq etilgan.
Kalit so’zlar:
pedagogika, nutq madaniyati, sog’lom muhit, innovatsiya,
pedagogik mahorat, tarbiya, xarakter.
KIRISH
Maktab ostonasiga oyoq qo‘yish har bir inson uchun nihoyatda katta hayotiy
burilishdir. Mana shu davrdan boshlab bolalikning eng beg‘ubor onlariga bir qadar
cheklanishlar kirib keladi. Endi bola oilada nafaqat oilaviy ba’zi burchlarni, vaholanki,
uz shaxsi uchun zarur bo‘lgan xususiy vazifalarni bajarishi shart davrga o‘tadi. Bu bilan
uning oiladagi roli bir qarashda kamayganday emas, aksincha ko‘paygan bo‘ladi. Ya’ni
u o‘z obro‘sini endi nafaqat oila a’zolari o‘rtasida, aksincha, jamiyat o‘rtasida oila
obro‘sini o‘z shaxsiy harakati bilan himoya qilish davri boshlanadi.
Bizga maʼlumki, har qanday odam boshqa odamdan oʼzining individual-
psixologik xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bundan maʼlum bir odamga xos boʼlgan
xislatlar nazarda tutiladi. Psixologiyada xarakter deganda mazkur shaxs uchun tipik
hisoblangan faoliyat usullarida nomoyon boʼladigan, tipik sharoitlarida koʼrinadigan
va bu sharoitlarga shaxsning munosabati bilan belgilanadigan individual psixik
xususiyat yigʼindisi tushuniladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Ruhiy muhiti sog‘lom oila a’zosi bo‘lgan bolaning birinchi bor maktabga borishi
qanchalik hayajonli bo‘lmasin bola uchun jiddiy qiynchiliklar tug‘dirmaydi. Chunki
maktabda o‘qituvchi hamma bolalarga bir ko‘z bilan qaraydi. Oilada ham bolaga
maktabga borganligi munosabati bilan alohida erkatoyga qarash qilmasdan, maktab
uning o‘zi uchun kerak bo‘lgan burch, sifatida qaragan ma’qul. Chunki, mana shunday
qaralgandagina bola uy vazifalariga, maktabda berilgan topshiriqlarga shaxsiy burch
sifatida qarashga o‘rganib boradi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_1-to’plam_Aprel-2025
279
ISSN:3030-3613
O‘z burchini sezgan shaxsda esa o‘z shaxsiga hurmat tuyg‘usi tobora ortib yaxshi
shakllanadi. Hammamizga ma’lum tushuncha, ya’ni o‘zini hurmat qilmaydigan shaxs
boshqalarni hurmat qilishni bilmaydi. Bu o‘rinda tarbiyaning, maktab va oila
tarbiyasining bola shaxsiyatiga bir yo‘nalishda mutanosib olib borilishi jiddiy e’tiborga
molik.
Maktab bolani kengroq jamiyatga kirishiga yordam beradi. Maktabda bola
oʼzining individual qobilyati va qiziqishiga qarab kengroq bilimga ega boʼla boshlaydi.
Maktabda bolaning olgan taʼlim tarbiyasiga qarab dunyoqarashi kengaya boshlaydi va
shu bilan birga uning ochilmagan qirralari yaʼni xar xil soxaga boʼlgan qiziqish va
qobilyatlari namoyon boʼla boshlaydi. Qiziqish qobilyat bolaning individual
hususiyatlari qatoriga kiradi. Qiziqish va qobilyatdan tashqari, temperament va
xarakter ham individual hususiyatlar qatoriga kiradi.
NATIJALAR
Har bir bolaning oʼziga yarasha individual hususiyatlari mavjud boʼladi.
Individual xususiyatlarga toʼxtalib oʼtamiz;
Qobilyat—insonning individual salohiyati va imkoniyatlaridir. Qobilyat bilimdan
keskin farqlanadi, bilim mutolaa natijasi hisoblanadi, qobilyat shaxsning psixologik va
fiziologik tuzilishining xususiyati sanaladi. Qobilyat koʼnikma, malakadan farq qiladi.
Аksariyat ilmiy manbalarda mohirlik bilan qobilyat anglashtiriladi. Qobilyat inson
tomonidan koʼnikma va malakalarning egallanishi jarayonida takomillashib boradi.
Har qanday qobilyat turi shaxsga tegishli murakkab psixologik tushunchadan
tashkil topgan boʼlib, u faoliyatning talablariga mutanosib xususiyatlar tizimini oʼz
ichiga oladi. Shuning uchun qobilyat deganda birorta xususiyatning oʼzini emas, balki
shaxs faoliyatining talablariga javob bera oladigan va shu faoliyatda yuqori
koʼrsatkichlarga erishishni taʼminlashga imkoniyat beradigan xususiyatlar sintezini
tushunmoq lozim. Barcha qobilyat uchun tayanch xususiyat — kuzatuvchanlikda, yaʼni
insonni fahmlash, obʼektdan u yoki bu alomatlarni koʼra bilish, ajrata olish
koʼnikmasidir.
Qobilyatning yetakchi xususiyatlaridan biri — narsa va hodisalar mohiyatini
ijodiy tasavvur qilishdir. U shaxsning shakllanishi va rivojlanishi natijasi boʼlishi bilan
birga, tabiiy manbaga ham ega. Bu tabiiy manba koʼpincha zehn tushunchasi bilan
yuritiladi. Zehn muayyan bir faoliyatga yoki koʼpgina narsalarga nisbatan ortiqcha
qiziquvchanlikda, moyillikda, intilishda namoyon boʼladi. Zehn nishonalari deganda
qobilyat ichki imkonyatlarning mohiyatini tushunish lozim. U ishtiyoq, moyillik,
mehnatsevarlik, ishchanlik, talabchanlik kabilarning mahsulidir.
Qobilyat umumiy va maxsus turkumlarga ajratiladi. Umumiy qobilyat deganda
yuksak aqliy imkoniyat va taraqqiyot tushuniladi. Qobilyat tabiiy ravishda shakllanishi
va muayyan reja asosida rivojlantirilishi mumkin. Qobilyatni maʼlum faoliyatga
moyillik yoki intilish orqali, tabiiy zehn nishonalarini aniklash, mutaxassis rahbarligida
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_1-to’plam_Aprel-2025
280
ISSN:3030-3613
uzluksiz faoliyatga jalb etish, qobilyatni takomillashtirishning maxsus vositalarini
qoʼllash, shaxsning faollik alomatlarini maksimal darajada rivojlantirish, inson
shaxsiga alohida yondashuvni umumiy talablar bilan uygʼunlikda olib borish va boshqa
orqali rivojlantirish yoʻllari mavjud. Qobilyatning yuqori darajasi isteʼdod va
daholikda namoyon boʼladi.
MUHOKAMA
Xarakter – (yunoncha tamgʼa, nishon, xislat) – xarakter; ijtimoiy muhit taʼsirida
tarkib topib, shaxsning atrofidagi voqealikka va oʼz - oʼziga boʼlgan munosabatda
ifodalanadigan, uning muayyan sharoitlardagi xatti - harakatlarni belgilab beradigan
barqaror individual psixik xususiyatlar yigʼindisidir.
Xarakter termini fanga qadimgi yunon olim va faylasufi Teofrast tomonidan
kiritilgan. Xarakter tugʼma oʼzgarmaydigan xususiyat emas. U kishining hayot
sharoitlarga bogʼliq holda tarkib topib, oʼzgaruvchan va tarbiyalanuvchandir: maxsus
sharoitda, maxsus taʼlim-tarbiya taʼsirida salbiy xarakter xislatlarini bartaraf qilish,
ijobiy xarakter xislatlarini tarbiyalash mumkin.
Yendi individual hususiyatlarni taʼlim jarayoniga bogʼlaymiz. Bolalarni taʼlimga
oʼrgatish avvalo uning qiziqish va qobilyatidan kelib chiqsa maqsadga muvofiq
boʼladi. Shu masalaga pedagoglar alohida ahamiyat berishlari kerak. Har bir bola oʼz
individual hususiyatiga qarab oʼzi qiziqqan va qobilyati boʼlgan sohani tanlaydi.
Qaysidir bola aniq fanga qiziqsa qaysidir bola gumanitar sohaga qiziqadi. Shuning
uchun aniq fanni bilmagan bolani biz qobilyatsiz bola deb ayta olmaymiz. Biz ular
qaysi sohaga qiziqishi va qobilyati mavjudligini aniqlab uni oʼsha soxaga
yoʼnaltirishimiz darkor.
Har bir inson yoshligidanoq kamchiligu yutuqlari, oʼz imkoniyatlari haqida oz
boʼlsa-da tasavvurga ega boʼla boshlaydi. Yoshligidanoq bolalar feʼl-atvori haqida
oldin ota-onalari, keyin esa atrofdagilari oʼz munosabatini bildira boshlaydi. Tashqi
taʼsir natijasi oʼlaroq, har bir insonda oʼziga-oʼzi baho berish qobilyati shakillana
boshlaydi. Qaysidir bola oʼziga juda yuqori baho bersa, yana qaysidir bola oʼzi haqida
salbiy fikrga ega boʼladi. Oʼziga yuqori baho bergan bolalar ham past baho beradigan
bolalar ham taʼlim dargohida bilim olishga qiynaladi. Yuqori baho bergan bolalarning
qiynalishini sababi shundaki, uning oʼzi haqidagi fikri real imkoniyatlaridan koʼra
ilgarilab ketgan boʼladi. Bunday bolalar atrofdagilaridan norozi boʼlishadi, ularning
oʼzi haqidagi fikrini ijobiy tomonga o;zgartirgandan soʼnggina u bilim olishga
qiynalmaydi. Ularning oʼzi haqidagi fikirlarini oʼzgartirish ham qiyin kichadi. Buning
uchun oʼzgalarning yutigʼini koʼrib, u bilan oʼz imkonyatlarini taqqoslash,
atrofdagilarining unga nisbatan toʼgri muomila qila olishi muhum ahamiyatga ega
ekanligini tushuntirish darkor.
Oʼzi haqida salbiy fikirga ega boʼlgan bolalarga ham oson emas. Ularning
boshqalar bilan muomilaga kirishlari, yangi tanishlar orttirishlari qiyin kichadi shu
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_1-to’plam_Aprel-2025
281
ISSN:3030-3613
bilan birgalikda taʼlim olishlari ham qiyin kechadi. Ularni doim bir ishni boshlashdan
oldin “men toʼgʼri yoʼl tutyapanmikin” kabi shubhali savollar qiynaydi. Bunday shubha
gumonlardan qutilish uchun bolalarga avvalambor oʼzlariga chettan nazar solish
kerakliligini tushuntirish kerak. Ularga hech kimdan kam emasligini shu bilan
barobarda boshqalardan ustun jihati mavjudligini tushuntirish va shu jihatni his qila
bilishni oʼrgatish kerak. Аna shundagina bola hayotda oʼz oʼrnini topa oladi.
Maktab, akademik litsey, kasb hunar koliji oʼquvchilarining qaysi sohaga qiziqish
va qobilyati mavjudligini aniqlab ularni shu sohaga yoʼnaltirish uchun oʼqituvchilar
quydagi inovatsion metodlardan foydalanishsa yuqori natijalarga erishadilar;
-“qobilyatni aniqlash testi” bu test oʼquvchilarning hayotda oʼz yoʼnalishlarini
toʼgʼri tanlashga yordam berishi bilan birgalikda, oʼqituvchilarga oʼquvchilarning
qobilyatini aniqlab qiziqishlariga qarab dars samaradorligini oshirsh imkoniyatini
beradi.
-“ijodiy qobilyatlarni aniqlash soʼrovnomasi” mazkur soʼrovnoma shaxsda ijodiy
faollik bilan bogʼliq boʼlgan 4ta asosiy xususiyat- qiziquvchanlik, yaxshi rivojlangan
xayol, murakkab hodisalarni yechishga intiluvchanlik, tavakalchilikka moyilik
darajasini aniqlashga imkon beradi.
-“Gottshald shakillari” mazkur metodika shaxsning bilish faoliyatida ikki
kognetiv uslub maydonga tobe va maydondan mustaqil uslubning qaysi biri ustunligini
aniqlash uchun qoʼlaniladi. Bunda maydonga tobelik odamning olamni bilish
jarayonida tashqi chalgʼituvchi omillar taʼsiriga kuchli berilishini, maydondan mustaqil
uslub esa bunday taʼsirdan yetarlicha holi ekanligini anglatadi.
XULOSA
Bolalarning qobilyatiga qarab ularni oʼz xayotida oʼzi qiziqqan soha mutaxasislari
boʼlishlari uchun ularga toʼgʼri yoʼnalish berish kerak. Baʼzi bir bolalar judayam
qobilyatli boʼlishadi leki judayam qaysar boʼlishadi ular bilan koʼproq shugʼullanish
kerak. Аna shundagina ular ham oʼz hayotida oʼz oʼrniga ega boʼlishadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Khankeldiev S. K., Uraimov S. R. EXPERIMENTAL SUBSTANTIATION OF
THE METHODOLOGY FOR CONDUCTING PHYSICAL EDUCATION
LESSONS IN THE SCHOOL EDUCATION SYSTEM, TAKING INTO
ACCOUNT REGIONAL
2.
FACTORS //Herald pedagogiki. Nauka i Praktyka. – 2021. – Т. 1. – №. 1.
3.
Allamuratov S. I., Uraimov S. R. MOTOR TRAINING OF STUDENT YOUTH
IN THE PROCESS OF TRAINING IN SPECIALIZED MILITARY-
TECHNICAL LYCEUMS IN CONDITIONS OF HYPERTHERMIA //Herald
pedagogiki. Nauka i
4.
Praktyka. – 2021. – Т. 1. – №. 1.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_1-to’plam_Aprel-2025
282
ISSN:3030-3613
5.
Kipchakova, Y.
X., & Kodirova, G. A. (2020). INNOVATIVE
TECHNOLOGIES IN MODERN EDUCATION.
Теория и практика
современной науки
, (5), 29-31.
6.
KIPCHAKOVA, Y., ABDUXAMIDOVA, M., & RAXMONALIYEVA, M.
THE IMPACT OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN IMPROVING
STUDENT