T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_1-to’plam_Aprel-2025
268
ISSN:3030-3613
RUHIY SALOMATLIKNING PSXOLOGIYADA TUTGAN OʻRNI VA
AHAMIYATI
Boynazarova Ra'no Taniberdiyevna
Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumani
MMTBga qarashli 28-maktab amaliyotchi psixologi
Аnnotatsiya:
Маqolаdа, salomatlik va ruhiy salomatlik tushunchasi mazmun
mohiyati, ruhiy salomatli bo‘yicha olimlarning ilmiy va nazariy qarashlari, ruhiy
salomatlikka tasir etuvchi omillar hamda ruhiy salomatlikni saqlash bo‘yicha
tavsiyalar taklif va tavsiyalar berilgan.
Kalit so‘zlari:
Salomatlik, euthumiya, barqarorlik, kontsepsiya, ijtimoiy-
psixologik muhit, individuallik, xulq atvor, korreksiya.
KIRISH
Tadqiqotga ko‘ra, O‘zbekistonda ruhiy salomatlik bilan bog‘liq muammolardan
aziyat chekayotgan yoki uni boshidan kechirayotgan aholining ulushi 32 foizni tashkil
etadi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Buyuk Britaniya, Janubiy Afrika (35 foiz), Braziliya
(34 foiz) va Avstraliya (33 foiz) eng yomon natija qayd etgan.
O‘zbekistonning ruhiy farovonlik bo‘yicha ko‘rsatkichlari ham past ekanligi
jumladan, kayfiyat va dunyoqarash, ijtimoiy «Men», idrok, aql va tana aloqasi
ko‘rsatkichlari bo‘yicha 71 mamlakat ichida so‘nggi o‘rinda, moslashuvchanlik va
chidamlilik bo‘yicha 67-o‘rinda, harakat va motivatsiya bo‘yicha 61-o‘rinda qayd
etilgan
Ruhiy salomatlik hissiy, ijtimoiy va psixologik sog‘lomlikdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 19 iyundagi PQ-196-son
“Aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda 2023-2024 yillarda Aholining ruhiy
salomatligini muhofaza qilish xizmatini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-
tadbirlar dasturi ishlab chiqilib amaliyotga joriy etilgan bo‘lsada Respublika
miqyosida mazkur soha va yo‘nalish bo‘yicha ijobiy o‘zgarish hamda natijalar
kuzatilmayotganligi yuqorida qayd etilgan tadqiqotda o‘z aksini topmoqda.
Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti-(JSST, ingl.
World Health Organization,
WHO
) Shveytsariyaning Jenevadagi shtab-kvartirasida 1948 yilda tashkil etilgan
Birlashgan millatlar tashkilotining maxsus bo‘linmasi bo‘lib, 194 ta a’zo davlatlardan
iborat, uning asosiy maqsadi sog’liqni saqlashning xalqaro muammolarini hal etish va
dunyo aholisi salomatligini muhofaza qilishdir.
Salomatlik (sog’lik)-har qanday tirik organizmning o‘zi va uning barcha a’zolari
o‘z vazifalarini to‘liq bajara oladigan holati: nuqson va kasalliklarning yo‘qligi
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_1-to’plam_Aprel-2025
269
ISSN:3030-3613
(salomatlik tushunchasining batafsil ta’rifi quyida keltirilgan). Salomatlikni
o‘rganadigan fanlarga dietologiya, farmakologiya, biologiya, epidemiologiya,
psixologiya (salomatlik psixologiyasi, rivojlanish psixologiyasi, eksperimental va
klinik psixologiya, ijtimoiy (sotsial) psixologiya), psixiatriya, pediatriya, tibbiy
sotsiologiya va tibbiy antropologiya, psixogigena, defektologiya va boshqalar kirad.
Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining nuqtai nazaricha ruhiy salomatlik
tushunchasi “Insonning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqara olishi, hayotning normal
stressli holatlariga dosh bera olishi, samarali mehnat qilishi, shuningdek, farovonlik
holatiga o‘z hissasini qo‘shishi mumkin bo‘lgan sifat va jihatlar bilan tavsiflanadi
Salomatlik tushunchasi Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan berilgan
ta’rifda “Salomatlik - bu to‘liq jismoniy, nafaqat kasallikning yo‘qligi, balki
psixologik va ijtimoiy farovonlik” o‘z aksini topgan
Ruhiy (psixik) salomatlik tushunchasi qadimgi davrlardan boshlab, ko‘plab
faylasuflar: Alkmeon, Sitseron, Epikur hamda turli psixologik maktablar asoschilari
Z.Freyd, A.Adler, K.G.Yung, F.Perlz, A.Maslou, V.Frankl va keyinchalik
P.B.Gannushkin, A.E.Lichko, T.F.Akbashev, V.I.Belov, B.S.Bratuslar tomonidan
o‘rganilgan. “Salomatlik” tushunchasi murakkabligi, noaniqligi va turdoshligi bilan
ajralib turadi. Uni kundalik turmushimizda qo‘llanilishi, soddaligiga qaramay, bu
insonning biologik, ijtimoiy, aqliy va ma’naviy borliqning asosiy jihatlarini aks ettiradi
Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti nuqtai nazaricha ruhiy salomatlik tushunchasi
“Insonning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqara olishi, hayotning normal stressli
holatlariga dosh bera olishi, samarali mehnat qila olishi shuningdek, umumiy
farovonlikka o‘z hissasini qo‘shishi mumkin bo‘lgan sifat va xususiyati bilan
tavsiflaydi
Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ruhiy salomatlik tushunchasining mazmunini
ochib, quyidagi fikrlarga e‘tibor qaratadi
Ruhiy salomatlik ruhiy kasallik belgilarning yo‘qligi
Ruhiy salomatlik salomatlikning ajralmas qismidir, ruhiy salomatliksiz
salomatlik bo‘lmaydi.
Ruhiy salomatlik bir qator ijtimoiy-iqtisodiy, biologik va ekologik omillar bilan
belgilanadi.
Shuningdek, ruhiy salomatlik-insonning murakkab hayotiy sharoitlarini
yengish, shu bilan birga eng optimal hissiy fonni va xatti-harakatlarning adekvatligini
saqlab qolish qobiliyatidir. Ruhiy salomatlik tushunchasi Demokritning fikriga ko‘ra,
“
euthumiya”
(ruhiyatning yaxshi holati) sifatida, Suqrot esa “Hayot va o‘limga tegishli
bo‘lgan ichki garmoniyaga erishgan inson obrazi” sifatida tavsiflaydi. Shuningdek,
tadqiqotchilar Zigmund Freyd, Alfred Adler, Karen Horney, Erix Fromm ishlarida
ruhiy azob-uqubatlarning manbaini ko‘pincha madaniyat deb fikr bildirishgan. Viktor
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_1-to’plam_Aprel-2025
270
ISSN:3030-3613
Frankl ruhiy sog’lomlikning muhim omilini insondagi qadriyatlar tizimining
mavjudligi deb ta’kidlaydi.
Sog’liqni saqlashga gender yondashuv bilan bog’liq holda, ruhiy salomatlikning
bir nechta modeli ishlab chiqilgan bo‘lib ular:
Normativ-ruhiy salomatlikning ikki tomonlama standartini qo‘llagan holda
(erkak va ayollar uchun).
Androsentrik-ruhiy salomatlikning erkak standarti qabul qilingan.
Androgen-jinsdan qat’iy nazar, yagona ruhiy salomatlik standarti va mijozlarga
nisbatan bir xil munosabatda bo‘lishni o‘z ichiga oladi.
Normativ bo‘lmagan (Sandra Bem modeli bo‘yicha)-bu faqat erkaklarga yoki
ayollarga tegishli bo‘lgan xususiyatlar bilan assotsiatsiyalanmaydigan sifatlarga
asoslangan
Ruhiy salomatlik mezonlari (belgilari, xususiyatlari) 1960-yillarda psixologlar
tomonidan taklif qilingan “Ijobiy ruhiy salomatlik” kontseptsiyasi asosida tuzilgan.
Kontseptsiya mustaqil qiymatga ega bo‘lgan, o‘z-o‘zini anglash va o‘zini o‘zi
anglash tushunchalari orqali mazmunli tavsiflangan ijobiy jarayon sifatida, shaxsning
sog’lom faoliyatini tahlil qilishga asoslanadi (K.Goldstein A.Maslou, Sh.Buhler),
to‘liq huquqli inson faoliyati
(K.Rojers), haqiqiylik (J.Buzhenthal),
maʼnoga
intilish
deb
(V.Frankl) hamda
(Zigmund Freyd)
esa
ruhiy
salomatlikni
“sevish va ishlash qobiliyati”-deb taʼriflagan
A.Anan’ev psixologik sog’lom shaxsning quyidagi xususiyatlarini belgilaydi:
somatik (тана) salomatlik;
inson hayotidagi turli vaziyatlarga adekvat bo‘lgan o‘zini tuta bilish va
reaksiyalarni o‘zlashtirishni rivojlantirish;
real va ideal maqsadlarni, “men”ning turli quyi tuzilmalari o‘rtasidagi
chegaralarni tug’dirish qobiliyati - men - xohlayman va men - kerak;
ijtimoiy me‘yorlar doirasida o‘z xatti-harakatlarini tartibga solish
qobiliyati.
do‘stona tarzda yutqazish, mag’lubiyat va umidsizlikni shikoyat va
g’azabsiz qabul qilish;
voqelikni adekvat idrok etish, illyuziyalardan qochish, yoqimsiz bo‘lsa-
da, voqelik bilan shug’ullanishni afzal ko‘rish;
o‘z maqsadlariga sodiq qolish, qiyinchilik va muammolar yechimiga
irodaviy zo‘r berish
Ruhiy salomatlik-bu samarali faoliyat, boshqalar bilan munosabatlar va
o‘zgarishlarga moslashish va noqulay vaziyatlarni yengish qobiliyatiga olib keladigan
aqliy funksiyaning muvaffaqiyatli bajarilishidir.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_1-to’plam_Aprel-2025
271
ISSN:3030-3613
Shuningdek, ruhiy salomatlik bilan bog’liq ijtimoiy muammolar sirasiga
doiymiy ravishda kuzatiladigan beqarorlik, o‘ziga nisbatan ishonchsizlik, stress,
depressiya, atrofdagilar bilan bo‘ladigan munosabatlardagi muammolar, yaqin
kishlarining o‘limi, o‘z-o‘ziga va atrofdagilariga zarar etkazishga urinish, alkogolizm,
giyohvandlik, o‘z joniga qasd qilish fikrlari va boshqalarni kiritish mumkin.
A.Reber tomonidan “Barqarorlik” individ xulq-atvorining ishonchliligi va
izchilligi sifatida ta’riflanadi. Uning antonimi “beqarorlik” tushunchasi bo‘lib, u
psixologiyada bir nechta ma’noda qo‘llaniladi. Masalan, birinchidan, “beqaror” inson-
bu betartib va kutilmagan xulq-atvor modeli hamda kayfiyatni namoyon qiluvchi
individ sifatida tushuniladi; ikkinchidan, “beqaror” shaxs-bu nevrotik, boshqalar
uchun xavfli xulq modelini namoyish qilishga moyil individ sifatida qaraladi
Yuqoridagi olimlarning fikriga qo‘shilgan holda ruhiy sog’lom shaxs-bu har
qanday o‘zgaruvchan muhit va munosabatlarga qulay moslasha oladigan, o‘zini kim
va qaerda ekanligini, nima qilayotganligini ongli ravishda nazorat qila oladigan, o‘zligi
va borlig‘idan mamnun va minnatdor bo‘la olgan insondir.
Psixologiya fanlari nomzodi R.Ismailovaning fikricha ruhiy salomatlik bu-
psixologik va ijtimoiy farovonlik holati bo‘lib, unda inson o‘z imkoniyatlarini anglab
etadi, hayotdagi qiyinchiliklar va stresslarga samarali qarshi turadi, samarali, ongli
faoliyat olib boradi va jamiyat rivojiga hissa qo‘shadi. Avvalo, ruhiy salomatlik
psixikaning barqaror, yetarli darajada ishlashi, shuningdek, asosiy bilish jarayonlari:
idrok, xotira, diqqat, tafakkur tufayli amalga oshiriladi.
Yuqoridagi olimlarning fikirlarga qo‘shilgan holda biz ruhiy sog‘lom insonlar
o‘zlarining jismoniy, aqliy, hissiy va ma’naviy jihatlarini muvozanatlashtirib,
rivojlantirishga intilishi, o‘zlarining borlig‘ini o‘z maqsadlariga muvofiqligini his
qilishadi, hayot va faoliyatlarini nazorat qila olishi, atrofdagilarning qo‘llab-
quvvatlashlarini his qilishadi va boshqalarga yordam berishga intiladi.
Ruhiy salomatlikning ko‘rsatkichlari:
His tuyg‘u - o‘zini o‘zi boshqara olish;
Tafakkur - adekvat, sog‘lom fikr yuritish;
Xotira - eslab qolish, esda saqlash, esga
tushirish; Xarakter - xulq-atvor, qadriyatlar tizimi.
Psixologik salomatlikka tasir etuvchi bir qancha omillar mavjud bo‘lib, ularning
ayrimlari quyidagilardan iborat.
Bolalikda orttirilgan ruhiy jarohatlar;
Qanday oilada tarbiyalanganlik holati;
Noqulay ijtimoiy-psixologik muhit;
Ishsizlik va og‘ir sharoit holatlarida yashash
Jismoniy nuqson yoki og‘ir turdagi kasalliklar;
Turli xil giyohvandlik va qaramliklar;
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_1-to’plam_Aprel-2025
272
ISSN:3030-3613
Spirtli ichimliklar, chekish, giyohvand moddalar kabi yomon odatlar.
Salbiy hissiyotlar tashvish, doimiy stress holatlari va boshqalarni kiritish
mumkin.
Yuqorida qayd etilgan omillarning barchasi odamlar ruhiy salomatlikka jiddiy
ta’sir ko‘rsatishi va hatto og‘ir kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
XULOSA
Ruhiy salomatlik ko‘p jihatdan shaxsning kayfiyati, dunyoqarashi va
salomatligiga hamda jamiyat taraqqiyotiga, aholi turmush tarzining farovonligiga
ta’sir ko‘rsatadi.
Shaxsning ruhiy salomatligini saqlashda quyidagi omillarga amal qilish tavsiya
etiladi.
Ijobiy bo‘lish;
Jismoniy faollik;
Stress va qiyin vaziyatlarni engish;
Yaxshi ijtimoiy munosabatlarga ega bo‘lish;
Keyinchalik bardoshli bo‘lish yoki qiyin vaziyatlardan osonroq qutulish;
O‘zingizni yanada baxtliroq va to‘laqonli his qiling;
Maqsad qo‘yishini hal qiling va unga intiling;
Meditatsiya qiling yoki ehtiyotkorlik bilan mashq qilish;
Zarur bo‘lganda mutaxassisdan yordam so‘rashdan qo‘rqmang!
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYHATI
1.
Ta’lim to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. – T.: O‘zbekiston,
2020.
2.
Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz.
– T.:O‘zbekiston, 2017.
3.
Davletshin M.G. va boshqalar. «Yosh davrlar va pedagogik psixologiya». — Т.:
TDPU. 2009.
4.
Karimova V.M., Sunnatova R.I., Tojibayeva R.N. Mustaqil fikrlash. — Т.: Sharq.
2000.
5.
Norliev, R., & Ibragimova, O. (2021). Constitutional And Legal Basis Of The
Institute Of Public Control In The Republic Of Uzbekistan (Theoretical Analysis).
The American Journal of Political Science Law and Criminology, 3(04), 42-45.
6.
Norliev, R., & Ibragimova, O. (2021). THE SPIRITUAL FOUNDATIONS OF A
DEMOCRATIC SOCIETY. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF
PEDAGOGICS, 2(12), 130-134.
7.
Nishanova Z.T. Mustaqil ijodiy fikrlash. — Т.: Fan. 2003.