T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_2-to’plam_Aprel-2025
13
ISSN:3030-3613
DEMOGRAFIK O‘ZGARISHLARNING IQTISODIY VA EKOLOGIK
MUVOZANATGA TA’SIRI
Abduraxmanova Nozima Akbar qizi
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Matematika yo‘nalishi talabasi
abduraxmonovanozima908@gmail.com
Karimova Iroda Kamol qizi
Matematika yo‘nalishi 1-kurs talabasi (ShDPI)
Boboqulova Durdona Sanjar qizi
Matematika yo‘nalishi 1-kurs talabasi (ShDPI)
Annotatsiya.
Ushbu maqolada demografik o‘zgarishlarning iqtisodiy va
ekologik muvozanatga ko‘rsatadigan ta’siri keng ko‘lamda tahlil qilingan
.
Maqolada
iqtisodiy muvozanatga ta’sir etuvchi asosiy jihatlar, jumladan, mehnat resurslari,
iste’mol va infratuzilmaga bosim, shuningdek, urbanizatsiyaning salbiy va ijobiy
oqibatlari batafsil yoritilgan. Shuningdek, ekologik muvozanatga, xususan, tabiiy
resurslarning ortiqcha ishlatilishi, atrof-muhitning ifloslanishi, iqlim o‘zgarishi va
biologik xilma-xillikning yo‘qolishi kabi jarayonlarning salbiy ta’siri tahlil qilingan.
Maqolada barqaror rivojlanish tamoyillari asosida ushbu muammolarning oldini olish
bo‘yicha yechimlar ham ko‘rsatilgan.
Аннотация
. В данной статье анализируется влияние демографических
изменений на экономический и экологический баланс. В статье подробно
рассмотрены основные аспекты, влияющие на экономический баланс, в том
числе давление на трудовые ресурсы, потребление и инфраструктуру, а также
негативные и позитивные последствия урбанизации. Также анализируется
негативное влияние на экологический баланс таких процессов, как чрезмерное
использование природных ресурсов, загрязнение окружающей среды, изменение
климата и утрата биологического разнообразия. В статье также показаны
решения по предотвращению этих проблем на основе принципов устойчивого
развития.
Annotation
. This article analyzes the impact of demographic changes on the
economic and ecological balance. The article details the main aspects affecting the
economic balance, including the pressure on labor resources, consumption and
infrastructure, as well as the negative and positive consequences of urbanization. Also,
the negative impact of processes such as overuse of natural resources, environmental
pollution, climate change, and loss of biological diversity on the ecological balance is
analyzed. The article also shows solutions to prevent these problems based on the
principles of sustainable development.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_2-to’plam_Aprel-2025
14
ISSN:3030-3613
Kalit so‘zlar
. Demografik o‘zgarishlar, iqtisodiy muozanat, ekologik muozanat,
tug‘ilish darajasi, o‘lim darajasi, urbanizatsiya, migratsiya, shaharlashuv, eko-
innovatsiyalar, mehnat bozori, eko-resurslar.
Ключевые слова
. Демографические изменения, экономический баланс,
экологический баланс, рождаемость, смертность, урбанизация, миграция,
урбанизация, экоинновации, рынок труда, экоресурсы.
Key words
. Demographic changes, economic balance, ecological balance, birth
rate, death rate, urbanization, migration, urbanization, eco-innovation, rynok truda,
ecoresursy.
Demografik o‘zgarishlar deganda, aholi tarkibi, soni va tuzilmasidagi dinamik
jarayonlarni aks ettiruvchi tushuncha tushuniladi. Ushbu jarayonlar tug‘ilish va o‘lim
darajalari, migratsiya, urbanizatsiya, shuningdek, aholining yosh va jins bo‘yicha
taqsimotidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Global miqyosda demografik o‘zgarishlar
iqtisodiy va ekologik muvozanatga kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda. Xususan, aholi sonining
keskin o‘sishi resurslardan foydalanishning ortishi, infratuzilmaga bo‘lgan talabning
oshishi, shuningdek, atrof-muhitga salbiy ta’sirni kuchaytirishi mumkin. So‘ngi
yillarda dunyo aholisining ko‘payishi va urbanizatsiya jarayonlarining, ya’ni aholi
sonining qishloqlardan shaharlarga ko‘chishi va shahar hududlarining kengayish
jarayonining tezlashuvi iqtisodiy rivojlanish va ekologik tizimlarni sinovdan
o‘tkazmoqda. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo aholisining soni 2050-yilga kelib 9,7
milliardga yetishi kutilmoqda, bu esa resurslarga bo‘lgan talabni sezilarli darajada
oshiradi. Shu bilan birga, iqlim o‘zgarishi, biologik xilma-xillikning yo‘qolishi va
resurslarning kamayishi kabi ekologik muammolar ham yanada dolzarb tus olmoqda.
Ekologik jihatdan, aholi zichligi ortgan hududlarda tabiiy resurslar cheklangan bo‘lib,
yer degradatsiyasi, suv taqchilligi va havo ifloslanishi kabi muammolar kuchaymoqda.
Masalan, FAO (Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi
tashkiloti) ma’lumotlariga ko‘ra, har yili o‘rmonlarning qariyb 10 million gektari
kesiladi, bu asosan aholining ko‘payishi va resurslarga bo‘lgan ehtiyojning oshishi
bilan bog‘liq.
Demografik o‘zgarishlarning iqtisodiy ta’siri ko‘pincha mehnat resurslari,
iste’mol va infratuzilmaga bosim bilan ifodalanadi. Masalan, rivojlanayotgan
mamlakatlarda tug‘ilish darajasining yuqoriligi yosh aholining ko‘payishiga olib
kelmoqda, bu esa ish o‘rinlari yaratishni va ta’lim tizimini kengaytirishni talab qiladi.
Shu bilan birga, aholi qarish jarayoni rivojlangan mamlakatlarda pensiya tizimlariga
va sog‘liqni saqlash xizmatlariga yukni oshirmoqda. XXI asrda global demografik
jarayonlar iqtisodiy rivojlanishga va tabiiy resurslarga nisbatan talabni oshirdi. Shu
sababli demografik o‘zgarishlarning ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik oqibatlarini chuqur
tahlil qilish zarurdir. Ushbu maqolada demografik o‘zgarishlarning iqtisodiy tizim va
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_2-to’plam_Aprel-2025
15
ISSN:3030-3613
ekologik muvozanatga qanday ta’sir ko‘rsatishi hamda ularning oqibatlarini
yumshatish yo‘llari yoritiladi.
Demografik o‘zgarishlarning salbiy jihatlari o‘laroq ularning ijobiy jihatlarini
ham ko‘rib chiqishimiz mumkin. Masalan, aholi qarish jarayoni yoki ish o‘rinlari
yetishmovchiligi iqtisodiy turg‘unlikni keltirib chiqarsa, aholi sonining o‘sishi esa
mehnat resurslariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Aholi ko‘payishi oziq-ovqat,
energiya, suv kabi asosiy resurslarga bo‘lgan talabni oshiradi. Bu iqtisodiyotda
resurslarni yetkazib berish va iste’mol o‘rtasida nomutanosiblikni yuzaga keltiradi.
Bundan tashqari, infratuzilma, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimiga sarflanadigan
xarajatlar oshadi. Urbanizatsiya ba’zida iqtisodiy muozanatning buzilishiga olib kelishi
mumkin. Bunga esa quyidagi misolni keltirishimiz mumkin: shaharlarga ko‘chish
(urbanizatsiya) aholi zichligini oshirib, iqtisodiy markazlarni rivojlantiradi, biroq bu
jarayon qishloq xo‘jaligining qisqarishiga, shuningdek, aholining qishloq hududlardan
voz kechishiga olib kelishi mumkin. Urbanizatsiya tufayli infratuzilma va ish
o‘rinlarini kengaytirish zarur bo‘ladi.
Demografik o‘zgarishlar ekologik muvozanatga ham juda katta ta’sir ko‘rsatadi.
Aholi sonining ko‘payishi o‘rmonlarning kesilishi, suv zaxiralarining kamayishi va
yerlarning degradatsiyasiga sabab bo‘lmoqda. Buning natijasida esa ekologik
muvozanat izdan chiqadi. Katta aholi zichligi sanoat va transport sohasida chiqindilar
hajmini oshiradi. Bu esa havo, suv va tuproqning ifloslanishiga olib kelib, sog‘liq
muammolarini keltirib chiqaradi. Aholining o‘sishi natijasida energiya sarfi va
issiqxona gazlari chiqindisi ortadi. Bu global iqlim isishiga va tabiiy ofatlar sonining
ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Infratuzilma qurilishi va resurslardan haddan tashqari
foydalanish natijasida ko‘plab o‘simlik va hayvonot turlari yashash joyidan mahrum
bo‘ladi. Bu ekologik tizimlarning izdan chiqishiga olib keladi.
Demografik o‘zgarishlar, iqtisodiy va ekologik muvozanat mavzusi bo‘yicha
ko‘plab olimlar tadqiqotlar olib borgan va nufuzli adabiyotlarni yaratgan. Quyida
ushbu mavzu bo‘yicha muhim adabiyotlar, ularda keltirilgan ma’lumotlar va tahlillari
haqida qisqacha ma’lumot keltirib o‘tamiz. Ingliz iqtisodchisi va demografiya bo‘yicha
tadqiqotchi Tomas Malthus o‘zining 1798-yilda yozgan “An Essay on the Principle of
Population” (Aholi haqida nazariya) asarida bu haqda keng bayon qiladi. U aholi soni
geometrik o‘sishda, oziq-ovqat ishlab chiqarish esa arifmetik o‘sishda davom etadi
degan nazariyani ilgari surgan. Natijada resurslar tanqisligi muammosi kelib chiqishi
mumkinligini ta’kidlagan. Amerikalik ekolog va biolog, demografiya masalalariga
bag‘ishlangan “The Population Bomb” kitobi orqali mashhur bo‘lgan Pol Erlich ham
bu sohaga o‘z hissasini qo‘shgan. Erlichning asari resurslarni tejash va aholi sonini
nazorat qilish bo‘yicha xalqaro siyosatga katta ta’sir ko‘rsatgan. Amerikalik olim Jared
Diamondning “Guns, Germs, and Steel" kitobida esa aholi zichligi, resurslardan
foydalanish va ijtimoiy taraqqiyot o‘rtasidagi bog‘liqlik yoritilgan. Jared Diamond
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_2-to’plam_Aprel-2025
16
ISSN:3030-3613
insoniyatning rivojlanishi demografik jarayonlar bilan chambarchas bog‘liq ekanini
ko‘rsatib beradi. Mazkur adabiyotlar mavzuning nazariy asoslarini chuqurroq anglash,
shuningdek, demografik o‘zgarishlarning iqtisodiy va ekologik oqibatlarini oldindan
anglash uchun muhim ahamiyatga ega.
Xulosa qilib aytganda, demografik o‘zgarishlar iqtisodiy va ekologik
muvozanatga ham ijobiy, ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Aholining o‘sishi
yangi iqtisodiy imkoniyatlarni ochib bersa-da, bu jarayon resurslardan oqilona
foydalanishni talab qiladi. Ekologik muvozanatni saqlash uchun resurslarni tejash,
ekologik toza texnologiyalarni rivojlantirish va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha
barqaror strategiyalarni amalga oshirish zarur. Davlatlar va xalqaro hamjamiyatning
bu boradagi hamkorligi aholi farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
Shunday qilib, iqtisodiy va ekologik muammolarni yechish uchun demografik
jarayonlarni to‘g‘ri boshqarish, innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash va barqaror
rivojlanish tamoyillariga amal qilish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.
Uktamov, M. "Modeling the professional training development of future teachers
through computer training."
Science and innovation
2.B9 (2023): 139-141.
2.
Musurmanova, Yayra, and Jasmina Toshpo‘lotova. "Iqtisodiyotni raqamlashtirish
sharoitida
iqtisodiy
jarayonlar
va
moliyaviy
munosabatlarning
transformatsiyasi."
Nashrlar
(2024): 38-41.
3.
O‘G‘Li, Madadjon O‘Ktam. "Kuzatuv quduqlarida yer osti suvlarini gidrorejim
parametrlarini masofaviy nazorat qilishning avtomatlashgan tizimlari."
Science and
Education
2.12 (2021): 202-211.
4.
Musirmonov, Shohboz, and Jasmina Toshpo‘lotova. "Moliya bozorini
rivojlantirishda
yashil
iqtisodiyotga
o‘tishining
muammolari
va
yechimlari."
Nashrlar
(2024): 374-377.
5.
Muhammadiyev, Alijon, and Shukurullo Aliqulov. "PROSPECTS OF USING
COMPUTER TECHNOLOGIES IN MODERN EDUCATION."
Наука и
технология в современном мире
3 (2024): 90-92.
6.
Musurmanova, Yayra, and Jasmina Toshpo‘lotova. "XXI ASR YOSHLARINING
AXBOROT
PSIXOLOGIK
XAFSIZLIGINI
TA’MINLASH
MASALALARI."
Universal xalqaro ilmiy jurnal
1 (2024): 445-447.
7.
Musurmanova, Yayra, and Jasmina Toshpo‘lotova. "SHAXSLARDA
TAVAKKALCHILIK BILAN BOG ‘LIQ VIRTUAL O ‘YINLARGA
MOYILLIGINI PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI."
Universal xalqaro ilmiy
jurnal
1 (2024): 776-777.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_2-to’plam_Aprel-2025
17
ISSN:3030-3613
8.
Toshpo‘lotova, Jasmina, and Yayra Musurmanova. "CURRENT ISSUES OF
TEACHING UZBEK AND RUSSIAN LANGUAGES IN THE PROCESS OF
GLOBALIZATION."
Models and methods in modern science
3 (2024): 187-191.
9.
Musurmanova, Yayra, and Jasmina Toshpo‘lotova. "TEXNIKA OLIY TA'LIM
MUASSASALARIDA XORIJIY TILLARNI O ‘QITISHNING DOLZARB
MASALALARI."
Прикладные науки в современном мире: проблемы и
решения
3 (2024): 10-12.
10.
Toshpo‘lotova, Jasmina, and Yayra Musurmanova. "TA’LIM TIZIMIGA
INNOVATSION
TEXNOLOGIYALARNI
JORIY
ETISH
VA
INTEGRATSIYALASH MASALALARI."
Общественные науки в современном
мире: теоретические и практические исследования
3 (2024): 46-49.
11.
Madadjon, O‘Ktamov. "PEDAGOGIKA OLIY TA’LIM MUASSASALARI
TALABALARINING
INFORMATIKADAN
AXBOROT-TEXNOLOGIK
KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI."
Academic research
in educational sciences
4.CSPU Conference 1 (2023): 275-281.
12.
Октамов, Мададжон, Жасмина Тошполотова, and Яйра Мусурманова. "Aniq
fanlarni o ‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo ‘llagan holda dars
jarayonlarini tashkil etish."
Новый Узбекистан: наука, образование и
инновации
1.1 (2024): 432-434.