Annotatsiya: Mazkur maqolada bolani maktabga tayyorlash jarayonida sog‘lom
turmush tarzining tutgan o‘rni, kundalik rejimga rioya qilish, ovqatlanish, jismoniy
faollik va psixologik tayyorgarlik kabi omillarning ahamiyati yoritilgan. Bola
organizmining to‘g‘ri rivojlanishi, maktabga tezroq moslashuvi hamda salomatligining
mustahkamlanishida bu omillar hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Bolaning maktabga borishdan oldingi jismoniy tayyorgarligi va uning ta’limdagi
muvaffaqiyatiga ta’siri haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, bola organizmining
rivojlanishi, sog’lom turmush tarzi va ota-onalarning roli yoritiladi. Maktab yoshidagi
bolalar uchun jismoniy faollik me’yorlari va tavsiyalarga ham e’tibor qaratilgan.