T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_2-to’plam_May-2025
226
ISSN:3030-3613
KAM TA’MINLANGAN KO‘P BOLALI OILALAR BILAN IJTIMOIY ISH
OLIB BORISH TEXNOLOGIYALARI.
SamDUKF Aniq va tabiiy fanlar fakulteti
Ijtimoiy ish yo’nalishi 4-kurs talabasi
Doniyarova Saida
SamDUKF Aniq va tabiiy fanlar fakulteti
Ijtimoiy ish yo’nalishi 4-kurs talabasi
Xamidova Sevara
Ilmiy rahbar SamDUKF Raqamli texnologiyalar
va iqtisodiyot kafedrasi o’qituvchisi
Ibragimov Jahongir Toshniyozovich
Annotatsiya.
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida kam ta’minlangan
ko‘p bolali oilalar bilan ijtimoiy ish olib borishning zamonaviy texnologiyalari tahlil
qilinadi. Mavzuning dolzarbligi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlar sonining ortib
borayotgani, ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosatining izchil
rivojlanib borayotganida namoyon bo‘ladi. Maqolada kam ta’minlangan ko‘p bolali
oilalarning huquqiy maqomi, ularni aniqlash mezonlari, mavjud muammolar va
yechimlar tizimli ravishda ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, individual, guruhli va
jamoaviy ijtimoiy ish shakllari, axborot-resurs bazasini shakllantirish, davlat va
nodavlat tashkilotlar hamkorligidagi amaliy mexanizmlar ochib berilgan. Amaliyotda
uchrayotgan muammolar, mavjud imkoniyatlar hamda ularni bartaraf etishga
qaratilgan takliflar asosida ijtimoiy ish faoliyatining samaradorligini oshirishga oid
xulosalar ishlab chiqilgan. Maqola ijtimoiy ish sohasi bo‘yicha faoliyat yuritayotgan
mutaxassislar, tadqiqotchilar va talabalar uchun ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
Аннотация
. В статье анализируются современные технологии проведения
социальной работы с малообеспеченными многодетными семьями в Республике
Узбекистан. Актуальность темы обусловлена ростом числа групп, нуждающихся
в социальной защите, и последовательной разработкой государственной
политики, направленной на их поддержку. В статье системно рассматривается
правовой статус малообеспеченных многодетных семей, критерии их выделения,
существующие проблемы и пути их решения. Раскрываются индивидуальные,
групповые и коллективные формы социальной работы, формирование
информационно-ресурсной базы, практические механизмы взаимодействия
государственных и негосударственных организаций. Разработаны выводы по
повышению эффективности деятельности социальной работы на основе
выявленных на практике проблем, имеющихся возможностей и предложений,
направленных на их устранение. Статья представляет научное и практическое
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_2-to’plam_May-2025
227
ISSN:3030-3613
значение для специалистов, научных работников и студентов, работающих в
сфере социальной работы.
Abstract.
This article analyzes modern technologies for conducting social work
with low-income large families in the Republic of Uzbekistan. The relevance of the
topic is reflected in the increasing number of groups in need of social protection and
the consistent development of state policy aimed at supporting them. The article
systematically examines the legal status of low-income large families, the criteria for
their identification, existing problems and solutions. It also reveals individual, group
and collective forms of social work, the formation of an information and resource base,
practical mechanisms for cooperation between state and non-state organizations. Based
on the problems encountered in practice, existing opportunities and proposals to
eliminate them, conclusions are drawn on increasing the effectiveness of social work.
The article is of scientific and practical importance for specialists, researchers and
students working in the field of social work.
Kalit so’zlar:
kam ta’minlangan oila, ko’p bolali oila, individual yondashuv,
guruhli ish texnologiyasi, ijtimoiy himoya, integratsiya, mahallabay ishlash.
Ключевые слова:
малообеспеченная семья, многодетная семья,
индивидуальный подход, групповая технология работы, социальная защита,
интеграция, работа по соседству.
Keywords:
low-income family, large family, individual approach, group work
technology, social protection, integration, neighborhood work.
Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli ijtimoiy islohotlar jamiyatning
barcha qatlamlariga, xususan, aholining ijtimoiy jihatdan himoyaga muhtoj
guruhlariga e’tibor qaratish zarurligini ko‘rsatmoqda. Ayni paytda kam ta’minlangan
ko‘p bolali oilalar bilan samarali ishlash texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni
amaliyotga tatbiq etish dolzarb masalaga aylangan. Chunki bunday oilalar, odatda,
ko‘plab ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy va psixologik muammolarga duch keladi. Bu esa
ularning jamiyat hayotiga to‘laqonli integratsiyalashuviga to‘sqinlik qiladi. Ijtimoiy ish
esa ana shu to‘siqlarni bartaraf etishga, oilalarning ichki resurslarini safarbar qilishga
va ijtimoiy moslashuvni ta’minlashga xizmat qiluvchi muhim vositadir.
Kam ta’minlangan ko‘p bolali oila —
bu iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy
resurslari chegaralangan, to‘liq yoki to‘liq bo‘lmagan tarkibga ega, tarkibida kamida
to‘rt nafar voyaga yetmagan farzandi
bo‘lgan, o‘rtacha oylik daromadi
belgilangan
yashash minimumidan past
bo‘lgan, davlat tomonidan ijtimoiy yordamga muhtoj deb
e’tirof etilgan oila hisoblanadi. Oila kodeksiga kiritilgan so‘nggi o‘zgartirishlarga
ko‘ra,
to‘rt nafar va undan ortiq 18 yoshga to‘lmagan bolasi bo‘lgan oila
ko‘p
bolali oila hisoblanadi. Shuningdek, agar oilaning bolalaridan biri yoki bir nechasi
kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan va 22 yoshga to‘lmagan bo‘lsa, bu oila ham ko‘p
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_2-to’plam_May-2025
228
ISSN:3030-3613
bolali oila sifatida e’tirof etiladi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Oila
to‘g‘risida”gi Qonun, “Ijtimoiy himoya to‘g‘risida”gi Qonun hamda boshqa qator
normativ-huquqiy hujjatlar oilalarni qo‘llab-quvvatlashni davlat siyosatining ustuvor
yo‘nalishi sifatida belgilab bergan. Prezident tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “Temir
daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” kabi mexanizmlar esa kam ta’minlangan
qatlamlar, xususan, ko‘p bolali oilalarning ehtiyojlarini o‘rganish va ularni manzilli
qo‘llab-quvvatlash imkoniyatini yaratdi. Bu kabi yondashuvlar jamiyatda ijtimoiy
adolatni qaror toptirishga, ijtimoiy tenglikka erishishga xizmat qilmoqda.
Ijtimoiy ishda kam ta’minlangan ko‘p bolali oilalarni aniqlash muhim bosqich
hisoblanadi. Ular bilan ishlashda, avvalo, oiladagi bolalar soni, oila a’zolarining
bandlik darajasi, mavjud daromad manbalari, sog‘liq holati, yashash joyi va uy-joy
sharoitlari, bolalarning maktabga qatnashi, sog‘lig‘i va psixologik muammolari
hisobga olinadi. Kam ta’minlangan oila sifatida tan olinishi uchun, odatda, ularning
daromadi belgilangan yashash minimumidan past bo‘lishi kerak. Bu holat tuman va
shahar hokimliklari, mahalla fuqarolar yig‘inlari hamda tegishli ijtimoiy xizmat
ko‘rsatish muassasalari tomonidan maxsus mezonlar asosida aniqlanadi.
Ijtimoiy ishchilarning asosiy vazifasi nafaqat muammolarni aniqlash, balki
ularni tizimli tarzda bartaraf etish, oilalarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, zarur
hollarda ularni psixologik, huquqiy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Bunda ijtimoiy ish texnologiyalari muhim o‘rin tutadi. Ular orasida individual, guruhli
va jamoaviy ish uslublari keng qo‘llaniladi.
Individual yondashuvda ijtimoiy ishchi har bir oila bilan alohida ishlaydi,
oilaning ichki muhitini o‘rganadi, ehtiyojlar tahlil qilinadi, har bir a’zoning muammosi
alohida ko‘rib chiqiladi. Bu orqali oilaning rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan ichki
va tashqi omillar aniqlanadi hamda ular bo‘yicha individual yordam dasturi ishlab
chiqiladi.
Guruhli ish texnologiyasida esa bir nechta oilalar ishtirokida umumiy
muammolar tahlil qilinadi, tajriba almashiladi, masalan, “Ko‘p bolali onalar klubi”
orqali tarbiyaviy tajribalar, iqtisodiy resurslarni tejash usullari, farzandlar tarbiyasi
borasida foydali maslahatlar beriladi. Bunday yondashuv oilalar o‘rtasida o‘zaro
qo‘llab-quvvatlash tizimini shakllantirishga xizmat qiladi.
Jamoaviy texnologiyalar esa butun mahalla yoki hudud darajasida amalga
oshiriladi. Bu jarayonda mahalla faollari, tibbiyot xodimlari, o‘qituvchilar, psixologlar
va boshqa mutaxassislar hamkorligida ijtimoiy loyihalar, profilaktik tadbirlar, kasb-
hunar o‘rgatuvchi dasturlar yo‘lga qo‘yiladi.
Kam ta’minlangan ko‘p bolali oilalar bilan ishlashda axborot-resurs bazasini
shakllantirish ham alohida ahamiyat kasb etadi. Har bir oila to‘g‘risida tizimli
ma’lumotlar jamlab borilishi, ularning ehtiyojlari, salohiyatlari, ilgari ko‘rsatilgan
yordamlar va natijalari haqida aniq ma’lumotlar bo‘lishi ijtimoiy ishchi faoliyatini
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_2-to’plam_May-2025
229
ISSN:3030-3613
samarali tashkil etishda yordam beradi. Bunday ma’lumotlar zamonaviy axborot
texnologiyalari yordamida elektron platformalarda saqlanadi, bu esa har bir ijtimoiy
ishchiga o‘z faoliyatini tahlil qilish, baholash va strategik rejalashtirish imkonini
yaratadi.
Davlat va nodavlat tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik kam ta’minlangan
oilalarga yordam ko‘lamini kengaytirishda muhim ahamiyatga ega. Masalan,
“Saxovat” va “Mehr-shavqat” jamg‘armalari, mahalliy biznes tuzilmalari, xalqaro
nodavlat tashkilotlar orqali ijtimoiy xizmatlar doirasini kengaytirish, mikrograntlar va
mini-loyihalar orqali oilalarning o‘zini o‘zi ta’minlash imkoniyatlarini yaratish
mumkin. Ayni vaqtda bir nechta hududlarda tajriba tariqasida “Mahallabay ishlash”
tizimi joriy qilinmoqda, bu esa mahalla darajasida ijtimoiy muammolarga tezkor va
manzilli yondashishni ta’minlaydi.
Ko‘p bolali oilalarning farzandlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib
qilish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, ta’lim olishiga imkoniyat yaratish ijtimoiy
ishning yana bir yo‘nalishi hisoblanadi. Bu borada maktablar, sport va san’at
muassasalari bilan hamkorlikda tadbirlar, to‘garaklar va tanlovlar tashkil etiladi. Shu
orqali bolalarning ijtimoiy moslashuvi, o‘z-o‘ziga ishonchi oshadi.
Shunga qaramasdan, amaliyotda muammolar mavjud. Jumladan, ijtimoiy
ishchilar yetarli emas, mavjudlarining malaka darajasi har doim ham yetarli emas.
Ayrim hollarda yordamlar manzilli emas, takroriy yordamlar bir oilaga berilib,
boshqalarga yetmay qolmoqda. Bundan tashqari, oilalarning o‘zlarida ham
muammolarga befarqlik, tashabbus yetishmovchiligi, ijtimoiy yordamga faqat moddiy
vosita sifatida qarash holatlari uchramoqda. Bu esa ijtimoiy ishchilarning faqat tashqi
yordam emas, balki ichki motivatsiyani oshirish ustida ham ishlashini taqozo etadi.
Yechim sifatida ijtimoiy ishchilar uchun maxsus o‘quv kurslarini tashkil etish,
tajriba almashuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, zamonaviy texnologiyalardan keng
foydalanish, monitoring va tahlil tizimini takomillashtirish, mahallalarda “ijtimoiy
kurator” institutini joriy etish taklif etiladi. Bu orqali har bir oila uchun shaxsiy mas’ul
ijtimoiy ishchi belgilanadi va ular bilan doimiy aloqada bo‘lib, holatni nazorat qilib
boradi.
Yana bir yechim sifatida “Loyiha menejerlari” loyihasini ijtimoiy xodimlar
faolioyatida qo’llashni taklif beramiz. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
huzurida yuqori natijaga erishib kelayotgan, ijobiy tajribaga ega 50 nafar hokim
yordamchisidan iborat “Loyiha menejerlari” guruhi tashkil etiladi.
Bunda: “Loyiha menejerlari” guruhi tarkibidagi har bir hokim yordamchisi
samaradorlik ko‘rsatkichlari past bo‘lgan tuman (shahar)larga biriktiriladi va ular olti
oygacha mazkur tuman (shahar)lardagi mahallalarga xizmat safariga yuboriladi.
Respublikamizdagi o’z faoliyatida ijobiy ko’rsatkichlarni qayd etib kelayotgan
ijtimoiy xodimlarni ham aynan ushbu loyihadagi kabi past ko’rsatkich qayd etayotgan
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_2-to’plam_May-2025
230
ISSN:3030-3613
hududlarga safarbar qilish va ish tajribasini boshqalar bilan ulashish imkoniyatini
yaratib berish lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
1.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori
— "Kam
ta’minlangan oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida", 2021-yil.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi 30.04.1998y
3.
Jo‘raev, M. M.
Ijtimoiy ish nazariyasi va amaliyoti
. Toshkent: O‘zbekiston
Milliy universiteti nashriyoti. 2020
4.
Qodirova, G. R.
Ijtimoiy ishda maqsadli guruhlar bilan ishlash texnologiyasi
.
Toshkent. 2018
5.
Rasulova, M. "Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimi:
muammolar va yechimlar".
Ijtimoiy fanlar jurnali
2020
6.
Karimov, B. "Ko‘p bolali oilalarning ijtimoiy himoyasi va ijtimoiy ishning roli".
O‘zbekiston ijtimoiy fanlari axborotnomasi
2021